15.10.2009 yildagi PQ-1206-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sho‘rtan GKK” tozalangan metani negizida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tabiiy resurslarni yanada chuqur qayta ishlashni ta’minlash, eksport tushumlarini diversifikatsiyalash, xorijiy investitsiyalar jalb qilish ko‘lamini kengaytirish hamda Sho‘rtan GKKning tozalangan metani negizida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarishni tashkil etish orqali neft-kimyo sanoatini rivojlantirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “O‘zbekneftgaz” MXK, Malayziyaning “Petronas International Corporation LTD” kompaniyasi va Janubiy Afrikaning “Sasol Synfuels International PTY Limited” kompaniyasi o‘rtasidagi O‘zbekiston Respublikasida suyuq sintetik yoqilg‘i ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma korxona to‘g‘risidagi bitim ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy hisoblangan qiymati 2 739,0 mln AQSh dollari bo‘lgan “Sho‘rtan GKKning tozalangan metani negizida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish” loyihasining dastlabki texnik iqtisodiy asosi belgilangan tartibda tasdiqlanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha doirasida “Sasol Technology (Pty) Ltd” (JAR) kompaniyasi sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish texnologiyasi litsenziari (Sasol SPDTM process) ekanligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va “O‘zbekneftgaz” MXKning quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekneftgaz” MXK tizimida “O‘zbekneftgaz” MXK, “Petronas” va “Sasol” kompaniyalarining (yoki bosh kompaniyalar kafolati ostida ularning sho‘ba kompaniyalari) teng ulushlari bilan (33,33 foiz) ustav fondining dastlabki qiymati 30 mln AQSh dollari miqdorida bo‘lgan, keyinchalik ustav fondi summasini investitsiya davri davomida loyihani amalga oshirish jadvalidan kelib chiqib, 840 mln AQSh dollaridan kam bo‘lmagan (loyiha summasidan kamida 30 foizi) ekvivalentdagi summaga yetkazgan holda mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qo‘shma korxona tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani “Petronas”, “Sasol” va “O‘zbekneftegaz” MXKning o‘z mablag‘lari, shuningdek, tashkil etiladigan qo‘shma korxonaga loyihaviy moliyalashtirish shartlarida 1899 mln AQSh dollari (loyiha summasining 70 foizigacha) miqdorida kreditlar (qarzlar) taqdim etuvchi banklar konsorsiumlari va moliya institutlari hisobidan moliyalashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “O‘zbekneftgaz” MXK:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda “Petronas” va “Sasol” kompaniyalari, xalqaro konsultantlar bilan kelishgan holda, 2010-yil 1-iyungacha “Sho‘rtan GKKning tozalangan metani negizida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish” loyihasini xalqaro loyihaviy moliyalashtirish tamoyillariga muvofiq ishlab chiqilgan texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlari (investitsiyaviy asoslantirish)ni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pudratchilar bilan sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish zavodining texnologik qurilmalarini va infratuzilmasini barpo etish qiymati hamda shartnoma shartlari aniqlanganidan, jalb qilinayotgan loyihaviy moliyalashtirish doirasida kredit bitimlarini rasmiylashtirish yakunlanganidan keyin bir oy muddatda “Sho‘rtan GKKning tozalangan metani negizida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish” loyihasining belgilangan tartibda ishlab chiqilgan texnik-iqtisodiy asosini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “O‘zbekneftgaz” AJga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda, loyihani amalga oshirish doirasida maxfiylik to‘g‘risidagi bitimlar asosida xalqaro konsultantlarga, xorijiy banklar konsorsiumi va xorijiy investorlarga gaz konlari, xususan, ularning joylashgan joyi, zaxiralari, qazib olish hajmi, kapital ta’mirdagi, foydalanilayotgan va konservatsiya qilingan quduqlar soni to‘g‘risidagi axborotni belgilangan tartibda berish huquqi taqdim etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Adliya vazirligi va “O‘zbekneftgaz” MXK bilan birgalikda loyihaning tasdiqlangan texnik-iqtisodiy parametrlar asosida 2010-yil 1-sentabr muddatiga qadar “Petronas” va “Sasol” kompaniyalari bilan investitsiyalarni qaytarish va dividendlarni to‘lash kafolatlari, tomonlarning o‘zaro majburiyatlari va ularni bajarish kafolatlari, investitsiya davrida mablag‘larning qo‘shma korxona hisobraqamlarida harakatlanishi, qo‘shma korxona mablag‘larining maqsadli va samarali sarf etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibini o‘z ichiga olgan investitsiya shartnomasi belgilangan tartibda kelishilishi va imzolanishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Qashqadaryo viloyati hokimligi Yergeodezkadastr bilan birgalikda qo‘shma korxonaning murojaatidan keyin bir oy muddatda belgilangan tartibda loyiha doirasida obyektlar qurilishi uchun yerlar, shu jumladan muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi uchun joy ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari “O‘zbekneftgaz” AJ murojaatlariga ko‘ra “Uzbekistan GTL” MChJga belgilangan tartibda ushbu loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan tegishli litsenziya va ruxsatnomalarni bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mazkur loyihani amalga oshirish doirasida “Uzbekistan GTL” MChJ, uning pudratchilari va yordamchi pudratchilari murojaatlariga ko‘ra radioelektron aloqa vositalari va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish uchun ruxsatnomalarni belgilangan tartibda bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish obyektini qurish, tayyorlash va o‘zlashtirish davrida, “Uzbekistan GTL” MChJ, uning pudratchilari va yordamchi pudratchilari tomonidan “O‘zbekneftgaz” AJ tasdiqlaydigan “Uzbekistan GTL” MChJ buyurtmanomalariga asosan, shu jumladan “vaqtincha olib kirish” rejimida olib kiriladigan tovarlar, xususan, uskuna, avtotransport vositalari, maxsus transport, katalizatorlar, ishlab chiqarishda ishlatiladigan kimyoviy moddalar, materiallar, ehtiyot qismlar, xomashyo, texnik resurslar bojxona to‘lovlaridan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirish davrida “Uzbekistan GTL” MChJga ish va xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar daromadlari, shuningdek, xorijiy banklar va moliyaviy institutlar daromadlari loyiha doirasida to‘lov manbai va O‘zbekiston Respublikasi norezidentlaridan olinadigan yuridik shaxslar foyda solig‘idan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Uzbekistan GTL” MChJning xorijiy xodimlari mazkur loyihani amalga oshirish doirasida oladigan daromadlari jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan soliqdan ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “O‘zbekneftgaz” AJ tasdiqlaydigan “Uzbekistan GTL” MChJning buyurtmanomalariga asosan loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga vizalar konsullik va boshqa yig‘imlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini belgilangan tartibda ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekneftgaz” AJ tasdiqlaydigan “Uzbekistan GTL” MChJning buyurtmanomalariga asosan loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmasdan ko‘p martali vizalar berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning O‘zbekiston Respublikasida yashash joyi bo‘yicha vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazilishi va muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “O‘zbekneftgaz” AJ tasdiqlaydigan “Uzbekistan GTL” MChJning buyurtmanomalariga asosan loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi yuqori malakali (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari orasida bo‘lmagan) mutaxassislarni O‘zbekiston Respublikasiga jalb qilish uchun ruxsatnomalar berilishini, shuningdek, ushbu xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 15-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-1206-son