Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 08.10.1992 yildagi PF-478-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RESPUBLIKA “MAHALLA” XAYRIYA JAMG‘ARMASIGA MABLAG‘ AJRATISH TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish hamda iste’mol mollarining narxlari va xizmatlar haqi to‘xtovsiz o‘sib borishi sharoitida respublikaning “Mahalla” xayriya jamg‘armasi aholining kambag‘al tabaqalarini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularni ijtimoiy muhofaza qilish borasida, o‘z vazifalarini amalga oshirishga yordam berish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan “Mahalla” jamg‘armasining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi 700-son hisob raqamiga yigirma besh million so‘m pul o‘tkazilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qo‘yilsinki, “Mahalla” jamg‘armasiga o‘tkaziladigan hamda boshqa moddiy mablag‘lar asosan kambag‘al oilalarga, nogironligi bo‘lgan shaxslarga, yetim-yesirlarga, yolg‘iz keksalarga moddiy yordam berish hamda aholining ijtimoiy zarur talab va ehtiyojlarini qondirish uchun mo‘ljallangandir.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirliklar va idoralarning, assotsiatsiyalar, konsernlar, xo‘jaliklar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari insonparvarlik va mehr-shafqat g‘oyalarini targ‘ib etishga doir tadbirlarni amalda ro‘yobga chiqarish, respublika aholisining eng muhtoj tabaqalarini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Mahalla” xayriya jamg‘armasiga aniq maqsadni ko‘zlab yordam berish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Gazetalar, jurnallar, teleradioeshittirish muharririyatlari “Mahalla” jamg‘armasiga faoliyatini, shuningdek vazirliklar, korxonalar, xo‘jaliklar va tashkilotlar respublika aholisiga ijtimoiy yordam borasidagi ishini keng targ‘ib qilishga oid maxsus ruknlar ochsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 8-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-478-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 12-son, 450-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)