Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 03.09.2010 yildagi PQ-1398-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010 YIL HOSILI PAXTA XOM AShYoSINI O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI YIG‘IB-TERIB OLIShNI TA’MINLAShGA DOIR TAShKILIY ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil hosili paxta xomashyosini sifatli yig‘ib-terib olishga o‘z vaqtida tayyorgarlik ko‘rish va uni uyushqoqlik bilan o‘tkazish, shuningdek tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari bajarilishini ta’minlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vaziri, “O‘zpaxtasanoat” va “O‘zagromashservis” uyushmalari rahbarlari zimmasiga 2010-yil paxta hosili yig‘im-terimini tegishli darajada tashkil etish va xomashyosini sifatli qabul qilish, shuningdek paxta yig‘im-terimi kampaniyasi davrida paxtani qayta ishlash korxonalari, tayyorlov punktlari, yig‘im-terim texnikasi, yuklash-transport vositalarining uzluksiz ishlashini ta’minlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi “O‘zpaxtasanoat” va “O‘zagromashservis” uyushmalari, hududiy transport tashkilotlari bilan birgaliqda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yilning 6-sentabrigacha tashkiliy-iqtisodiy tadbirlar kompleksi hamda paxtani qayta ishlash korxonalari, tayyorlov punktlari, yig‘im-terim texnikasi va zarur yuklash-transport vositalari qabul qilib olinishi tugallanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yig‘im-terim va yuklash-transport texnikasiga, shuningdek paxta xomashyosini qabul qilish va qayta ishlashda ishtirok etadigan barcha mashina-uskunalarga o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ehtiyot qismlar va ta’mirlash materiallarining tegishli zaxirasi tayyorlanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar va tashkilotlarning paxta xomashyosini tashishga yaroqli bo‘lgan transport vositalari shartnoma asosida jalb etilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta teruvchilar uchun zarur ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratilishini, shuningdek yig‘im-terim kampaniyasini uyushqoqlik bilan o‘tkazishga doir boshqa zarur chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tayyorlangan obyektlar va texnikaning qabul qilib olinganligi to‘g‘risida shu yilning 6-sentabrigacha Vazirlar Mahkamasiga axborot berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zpaxtasanoat” va “O‘zagromashservis” uyushmalarining 2010-yil hosili paxta xomashyosining xarid narxlarini 2009-yilga nisbatan 17 foizga hamda paxtani qo‘lda va mashinada yig‘ib-terib olishdagi tarif stavkalari (to‘lovlar)ni 20 foizga oshirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda bir hafta muddatda 2010-yil paxta hosili uchun xarid narxlarining yangi preyskurantini paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga ma’lumot uchun yetkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan narxlardan kelib chiqib, terimchilarga har besh kunda, zarur hollarda esa har kuni amalda topshirilgan paxta xomashyosi miqdori uchun haq to‘lanishini ta’minlash tavsiya qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 561-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5 O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi, “Agrobank” ATB va boshqa tijorat banklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda paxta yig‘im-terimida, paxta xomashyosini transportda tashish va tayyorlashda band bo‘lgan xodimlarning mehnatiga o‘z vaqtida haq to‘lanishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi “O‘zagromainservis” uyushmasi bilan birgalikda, paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarining takliflarini hisobga olgan holda, paxta terish mashinalaridan imkon qadar samarali foydalanishni ta’minlab, hosili ushbu mashinalarda teriladigan paxta dalalarini belgilasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7 “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi bilan birgalikda paxta xomashyosi uchun paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari bilan preyskurant narxlari bo‘yicha joriy yilda 90 foiz miqdorida hamda paxta tolasi sifati va chiqishini hisobga olgan holda 10 foiz miqdorida qayta ishlash tugallangandan keyin o‘z vaqtida hisob-kitob qilinishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi va “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi yonilg‘i-moylash materiallarining zarur zaxirasi yaratilishini hamda ularning paxta xomashyosi yig‘im-terimida, uni tashish va qayta ishlashda band bo‘lgan fermer xo‘jaliklariga, mashina-traktor parklariga, avtotransport korxonalariga hamda boshqa tashkilotlarga mazkur ishlarni bajarish uchun zarur hajmlarda, limit bo‘yicha ajratilgan dizel yoqilg‘isi qiymatining 60 foizi, birja savdolari orqali xarid qilinadigan avtobenzin, suyultirilgan gaz va dizel yonilg‘isi qiymatining 100 foizi oldindan to‘langandan keyin uzluksiz yetkazib berilishini tashkil qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 3-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-1398-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-y., 9-son, 371-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 52-son, 561-modda)