Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.03.2020 19.11.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2155
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 19.11.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2155
Kuchga kirish sanasi
29.11.2010
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.03.2020
Hujjat 05.12.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat koʻrsatish tizimlarida ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 19-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2155]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2020-yil 15-fevraldagi 3/9-sonli “Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat koʻrsatish tizimlarida ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2155-5, 09.03.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 12-son, 247-modda) va “Elektron toʻlovlar toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 51-son, 373-modda) qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat koʻrsatish tizimlarida ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu qaror kuchga kirgan kundan boshlab quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 1998-yil 27-iyundagi 11/10-sonli “Hisob-kitoblarni “Bank-Mijoz” dasturiy majmuasi orqali amalga oshirish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 497, 1998-yil 8-oktabr);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2007-yil 24-apreldagi 12/4-sonli “Hisob-kitoblarni “Bank-Mijoz” dasturiy majmuasi orqali amalga oshirish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 497-1, 2007-yil 17-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlar toʻplami, 2007-yil, 19-20-son, 210-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 23-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34/8-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 23-oktabrdagi 34/8-sonli qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat koʻrsatish tizimlarida ishlash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Oldingi tahrirga qarang.

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Elektron toʻlovlar toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat koʻrsatish tizimlarida ishlash tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 26-noyabrdagi 38/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2155-2, 21.12.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 51-son, 588-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat koʻrsatish tizimi (keyingi oʻrinlarda tizim deb yuritiladi) bank va uning mijozi oʻrtasidagi munosabatlarni avtomatlashtirishga moʻljallangan boʻlib, pul mablagʻlarini boshqarishning tezkorligini hamda bank operatsiyalarining sifatli qayd qilinishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tizimning asosiy vazifalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijozni autentifikatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron toʻlov hujjatlarini kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron toʻlov hujjatlarini shifrlash va ularni bank axborot tizimlarida qayta ishlash uchun aloqa kanallari orqali uzatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot xabarlarini qabul qilish-uzatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot shakllarini (shaxsiy hisobvaraqlar, elektron toʻlov hujjatlari, kiritilgan hujjatlarning roʻyxatini) koʻrish va chop etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga tashqi savdo kontraktlari boʻyicha maʼlumotlarni kiritish, kiritilgan maʼlumotlarni koʻrish va chop etish.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 26-noyabrdagi 38/1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2155-2, 21.12.2016-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 51-son, 588-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tizim bankning mulki hisoblanadi va Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlarini qoʻllagan holda toʻlov tizimlarini tashkil qilish qoidalari (roʻyxat raqami 1767, 2008-yil 13-fevral) talablariga mos boʻlishi shart.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 26-noyabrdagi 38/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2155-2, 21.12.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 51-son, 588-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tizimdan foydalanish va tizim xizmatlari uchun haq miqdori bank va mijoz oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Tizimda ishlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mijoz va bankning aloqa kanallari orqali axborot almashinuvi shartnomada koʻrsatilgan vaqtda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mijoz Tizimda mazkur Nizomning ilovasida keltirilgan chizmaga muvofiq ishlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mijoz yangi amaliyot kunida ishni boshlashdan oldin, oʻzining shaxsiy hisobvaragʻidagi avvalgi amaliyot kuni uchun aylanma va qoldiqlarini tekshirishi kerak. Aylanma va qoldiqlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mos kelgan holda mijoz elektron toʻlov hujjatlarini kiritishni boshlashi mumkin, aks holda ular oʻrtasidagi farq sabablarini aniqlashi shart. Mijoz va bank oʻrtasida axborot soʻrovlari va xabarlari almashinuvi shaxsiy depozit hisobvaraqlardagi aylanma va qoldiqlarni tekshirish natijalaridan qatʼi nazar, amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mijoz Tizimda toʻlovlarni toʻlovchi sifatida amalga oshirishda faqat toʻlov topshiriqnomalarini qoʻllashi mumkin. Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi nizomning (roʻyxat raqami 2465, 2013-yil 3-iyun) 59-bandida nazarda tutilgan inkasso topshiriqnomalarini taqdim etish huquqiga ega boʻlgan subyektlar bevosita mablagʻlarni toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bankka inkasso topshiriqnomalarini elektron shaklda taqdim etishi yoki ularni chaqirib olishi mumkin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 25-noyabrdagi 32/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2155-3, 04.12.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2017-y., 10/17/2155-3/0360-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tizim orqali telekommunikatsiya provaydyerlari va operatorlari yoki kommunal xizmat tashkilotlari foydasiga mijoz tomonidan bir xil turdagi operatsiyalarni amalga oshirish uchun bank bilan mijoz oʻrtasidagi shartnomada toʻlovchi — mijozning aniq identifikatsiya maʼlumotlari (telefon raqamlari, shaxsiy hisobvaraqlari va boshqalar) koʻrsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mijozning topshirigʻi boʻyicha tizim orqali uchinchi shaxslarning toʻlovlarini amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi, qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron toʻlov hujjati pul-hisob-kitob hujjatining asl nusxasiga tenglashtiriladi va u bilan bir xil yuridik kuchga ega boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mijozlarning soʻrovlari avtomatik tarzda qayta ishlanadi. Barcha oʻzgartirishlar, shu jumladan, mijozlarning tizimga kirish va chiqish vaqtlari, IP manzillari bank axborot tizimida qayd qilinadi hamda elektron bayonnoma tuziladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 25-noyabrdagi 32/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2155-3, 04.12.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2017-y., 10/17/2155-3/0360-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tizim orqali yuborilgan pul-hisob-kitob hujjatlarining asl nusxalari bankka taqdim qilinmaydi va mijozda saqlanadi. Bunda, pul-hisob-kitob hujjatlari rasmiylashtirilishining toʻgʻriligi, ularning elektron va qogʻoz koʻrinishlari muvofiqligi boʻyicha javobgarlik mijozga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Mijozlarning ishlashi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tizimda mijoz tomonidan milliy valyutadagi pul-hisob-kitob hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2465, 2013-yil 3-iyun) talablariga muvofiq rasmiylashtiriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 26-noyabrdagi 38/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2155-2, 21.12.2016-y.) tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 51-son, 588-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
141. Xalqaro toʻlovlarni amalga oshirishda chet el valyutasidagi pul-hisob-kitob hujjatlari quyidagi rekvizitlardan iborat boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlovning turi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hujjatning sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mablagʻlarni toʻlovchining toʻliq nomi va pochta manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mablagʻlarni toʻlovchining hisobvaragʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlov summasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlov maqsadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlovni amalga oshirish bilan bogʻliq bank komission xarajatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mablagʻlarni toʻlovchi bankining nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mablagʻlarni toʻlovchi bankining pochta manzili (mamlakat, shahar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mablagʻlarni toʻlovchi bankining maxsus kodi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mablagʻlarni oluvchi bankining nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mablagʻlarni oluvchi bankining pochta manzili (mamlakat, shahar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mablagʻlarni oluvchi bankining maxsus kodi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mablagʻlarni oluvchi bankining mablagʻlarni toʻlovchi bankidagi hisobvaragʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mablagʻlarni oluvchining toʻliq nomi va pochta manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mablagʻlarni oluvchining hisobvaragʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mablagʻlarni toʻlovchining mablagʻlarni oluvchiga xabari.
(141-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 26-noyabrdagi 38/1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2155-2, 21.12.2016-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2016-y., 51-son, 588-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Telekommunikatsiya provaydyerlari va operatorlari yoki kommunal xizmat tashkilotlari foydasiga bir xil turdagi operatsiyalarni amalga oshirish uchun toʻlovchi — mijozning faqat identifikatsiya maʼlumotlarini (telefon raqamlari, shaxsiy hisobvaraqlari va boshqalarni) kiritishga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Hujjatlarni Tizimga kiritish tugatilgandan soʻng yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxsning masʼul xodimi (buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs) hujjatning asl nusxasini uning elektron nusxasi bilan taqqoslab tekshirishi va elektron hujjatni oʻzining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tizim orqali bankdan qabul qilingan axborotni mijoz faqatgina koʻrish va chop etish imkoniyatiga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tizim orqali xizmat koʻrsatiladigan shaxsiy hisobvaraqlardan koʻchirmalar mijozning oʻzi tomonidan chop qilinadi. Mazkur Nizomning 4-bandiga asosan tuzilgan shartnomaga muvofiq mijoz hisobvaraqlaridan koʻchirmalar bank tomonidan chop qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mijoz tomonidan elektron raqamli imzo yopiq kaliti yoʻqotilgan taqdirda yoki identifikatsiya va autentifikatsiya maʼlumotlari uchinchi shaxslarga maʼlum boʻlib qolgani boʻyicha shubha tugʻilganda, mijoz Tizim orqali xizmat koʻrsatishni toʻxtatish yuzasidan bankni darhol mazkur Nizomning 4-bandiga asosan tuzilgan shartnomaga muvofiq xabardor qilishi kerak. Shundan soʻng, tizim orqali mijoz hisobvaraqlaridan amalga oshirilgan operatsiyalar boʻyicha javobgarlik bank zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Bankning ishlashi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Mijozlardan kelgan barcha axborotlar dasturiy ravishda deshifrlanadi, rekvizitlar boʻyicha nazorat qilinadi va qayta ishlash uchun bank amaliyot kuniga uzatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Toʻlov amalga oshirilgandan soʻng elektron toʻlov hujjatlari reyestr koʻrinishida chop etiladi va bankning kunlik hujjatlar yigʻmajildiga tikiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Bankning masʼul xodimi Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga (roʻyxat raqami 2886, 2017-yil 23-may) muvofiq mijozlarni lozim darajada tekshirishda elektron toʻlov hujjatlarini chop etishi va ularni bankning tegishli boʻlimlari bilan kelishishi mumkin.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 25-noyabrdagi 32/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2155-3, 04.12.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2017-y., 10/17/2155-3/0360-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Mijozning hisobvaragʻida toʻlov uchun mablagʻlar yetarli yoki mavjud boʻlmasa, agar bank hisobvaragʻi boʻyicha shartnomada boshqa tartib koʻzda tutilmagan boʻlsa, mijoz tomonidan tizim orqali bankka yuborilgan elektron toʻlov topshiriqnomasi qayta ishlash uchun bank amaliyot kuniga qabul qilinmaydi va bu haqida mijozga xabar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Mijozlardan olingan barcha axborot bankda har kuni arxivlanadi va Oʻzbekiston Respublikasi banklarida elektron arxiv ishlarini yuritish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 1685, 2007-yil 2-iyun) talablariga muvofiq saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Markaziy bankning banklararo toʻlov tizimi orqali elektron toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizom (roʻyxat raqami 1545, 2006-yil 14-fevral) talablariga muvofiq mablagʻlarni hisobvaraqlarga oʻtkazish, hisobdan chiqarish hamda Markaziy bank Hisob-kitoblar markaziga qayta ishlash uchun elektron toʻlov hujjatini uzatish uchun javobgarlik bankka yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Mazkur Nizom talablarini buzishda aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat koʻrsatish tizimlarida ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat koʻrsatish tizim
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 47-son, 438-modda; 2014-y., 11-son, 130-modda; 2016-y., 51-son, 588-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2017-y., 10/17/2155-3/0360-son; 12.04.2019-y., 10/19/2155-4/2926-son)