O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XIZMAT TURAR JOYLARI OLISh HUQUQIGA EGA BO‘LGAN ShAXSLAR RO‘YXATIGA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tuman, shahar ichki ishlar bo‘lim (boshqarma)lari boshliqlari hamda shaxsiy tarkib bo‘yicha maxsus inspeksiya xodimlari uchun ular xizmat o‘tayotgan hududlarda qulay yashash sharoitlari yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 27-yanvardagi 24-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 7-modda) bilan tasdiqlangan Xizmat turar joylari olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxatida:
a) 16-band “organlarining” so‘zidan keyin “tuman, shahar ichki ishlar bo‘lim (boshqarma) lari boshliqlari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
b) 17-band “organlarining” so‘zidan keyin “shaxsiy tarkib bo‘yicha maxsus inspeksiya xodimlari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 8-noyabr,
247-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 44-45-son, 384-modda)