OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJXONA QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJXONA QOʻMITASINING
Qarori
MAQSADLI MOLIYALASh ChIZMALARI BOʻYIChA RESPUBLIKA BUDJETINING REJADAGI XARAJATLARINI MOLIYALAShTIRISh UChUN MARKAZIY BANKNING MAQSADLI QISQA MUDDATLI KREDITLARIDAN FOYDALANISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOM, ShUNINGDEK UNGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALARNI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 6-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 806-4]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 31-dekabrdagi 490-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 22-24 son, 159-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank Boshqaruvi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan 1999-yil 24-avgustda 72, 144-V, 99-107 va 02/8-63-son bilan tasdiqlangan (roʻyxat raqami 806, 1999-yil 26-avgust) Maqsadli moliyalash chizmalari boʻyicha respublika budjetining rejadagi xarajatlarini moliyalashtirish uchun Markaziy bankning maqsadli qisqa muddatli kreditlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan 1999-yil 7-sentabrda 72/1, 144-V-1, 99-112 va 02/866-son bilan tasdiqlangan (roʻyxat raqami 806-1, 1999-yil 14-sentabr) Maqsadli moliyalash chizmalari boʻyicha respublika budjetining rejadagi xarajatlarini moliyalashtirish uchun Markaziy bankning maqsadli qisqa muddatli kreditlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga 1-son qoʻshimcha;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan 2000-yil 11-yanvarda 7-son, 1999-yil 20-dekabrda 144-V-2-son, 2000-yil 15-yanvarda 2000-7-son va 2000-yil 19-yanvarda 02/8-05-son bilan tasdiqlangan (roʻyxat raqami 806-2, 2000-yil 20-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 2-son, 82-bet) Maqsadli moliyalash chizmalari boʻyicha respublika budjetining rejadagi xarajatlarini moliyalashtirish uchun Markaziy bankning maqsadli qisqa muddatli kreditlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga 2-son qoʻshimcha;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2001-yil 4-avgustdagi 86, 199-V-3, 2001-82 va 0218-20-son “Maqsadli moliyalash chizmalari boʻyicha respublika budjetining rejadagi xarajatlarini moliyalashtirish uchun Markaziy bankning maqsadli qisqa muddatli kreditlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 806-3, 2001-yil 12-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-y., 17-son).
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 29-oktabr,
93-son
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh,
2010-yil 29-oktabr,
33/1-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh,
2010-yil 29-oktabr,
2010-44-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh,
2010-yil 29-oktabr,
01-02/8-23-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 44-45-son, 398-modda)