Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
“2007-YILDA YETIShTIRILGAN PAXTA XOMAShYoSINI OXIRIGAChA TOʻLIQ YIGʻIB-TERIB OLIShNI QOʻShIMChA RAGʻBATLANTIRISh TOʻGʻRISIDAGI VAQTINChALIK NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA”GI BUYRUQNI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 21-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1720-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-apreldagi “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarida chorva mollar koʻpaytirishni ragʻbatlantirishni kuchaytirish hamda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-842-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 17-son, 130-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2007-yil 13-sentabrdagi “2007-yilda yetishtirilgan paxta xomashyosini oxirigacha toʻliq yigʻib-terib olishni qoʻshimcha ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi 170-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1720, 2007-yil 25-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 39-son, 406-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, “Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati” uyushmasi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston fermer xoʻjaliklari uyushmasi va Oʻzbekiston “Sifat” markazi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir Z. RUZIYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 15-oktabr,
171-son
Kelishilgan:
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
2010-yil 12-oktabr
“Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati” uyushmasi raisi R. BOʻRIYEV
2010-yil 12-oktabr
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi raisi F. OMONOV
2010-yil 12-oktabr
Oʻzbekiston fermer xoʻjaliklari uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari T. BOZOROV
2010-yil 12-oktabr
Oʻzbekiston “Sifat” markazi direktori X. UMARXODJAYEV
2010-yil 12-oktabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 42-43-son, 372-modda)