Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasining
Qarori
YuRIDIK VA JISMONIY ShAXSLARNING SANOAT MULKI OBYEKTLARIDAN FOYDALANGANLIKLARI UChUN DAROMAD (FOYDA) SOLIGʻIDAN OZOD QILISh VA DAROMAD (FOYDA) SOLIGʻI MIQDORINI ANIQLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI, ShUNINGDEK UNGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALARNI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 14-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 471-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (I)-son) va Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Fan va texnika davlat qoʻmitasi tomonidan 1998-yil 1-iyulda 36, 98-93, NT-4-13/620-son bilan tasdiqlangan Yuridik va jismoniy shaxslarning sanoat mulki obyektlaridan foydalanganliklari uchun daromad (foyda) soligʻidan ozod qilish va daromad (foyda) soligʻi miqdorini aniqlash tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnoma (1998-yil 10-avgust, roʻyxat raqami 471);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Fan va texnika davlat qoʻmitasi tomonidan 2000-yil 3-fevralda EG/04-01-02/55, 99-111, NT-04-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1998-yil 10-avgustda 471-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan Yuridik va jismoniy shaxslarning sanoat mulki obyektlaridan foydalanganliklari uchun daromad (foyda) soligʻidan ozod qilish va daromad (foyda) soligʻi miqdorini aniqlash tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomaga 1-son oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar (2000-yil 23-fevral, roʻyxat raqami 471-1) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 4-son);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Fan va texnika davlat qoʻmitasi tomonidan 2000-yil 9-martda 17-09/174, 2000-36, NT-04-13/252-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1998-yil 10-avgustda 471-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan Yuridik va jismoniy shaxslarning sanoat mulki obyektlaridan foydalanganliklari uchun daromad (foyda) soligʻidan ozod qilish va daromad (foyda) soligʻi miqdorini aniqlash tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomaga 2-son oʻzgartirishlar (2000-yil 23-fevraldagi 471-1-son oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar bilan) (2000-yil 13-aprel, roʻyxat raqami 471-2) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 7-son);
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 11-oktabr,
85-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 11-oktabr,
2010-35-son
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi raisi Sh. SALIXOV
Toshkent sh.,
2010-yil 11-oktabr,
4-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 40-41-son, 360-modda)