Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.06.2025 09.04.2004 yildagi 168-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.06.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING USTYURT MINTAQASIDAGI SHAXPAXTA KONINI QOʻSHIMCHA OCHISH TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyundagi 373-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Ustyurt hududidagi Shaxpaxta konini oʻzlashtirish boʻyicha mahsulot taqsimotiga oid bitimni tugatish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tabiiy gaz qazib chiqarishni koʻpaytirish hamda Ustyurt mintaqasidagi Shaxpaxta konini qoʻshimcha ochishga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi va “Gazprom” ochiq aksiyadorlik jamiyati (Rossiya) oʻrtasida 2004—2012-yillar davrida Oʻzbekiston tabiiy gazini sotish, Shaxpaxta konini qoʻshimcha ochishda ishtirok etish yuzasidan uzoq muddatli hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim imzolaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Gazprom” ochiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan Rossiyaning “Zarubejneftegaz” yopiq aksiyadorlik jamiyati va Shveysariyaning “Gas Projekt Development Central Asia AG” kompaniyasidan iborat tarkibdagi yuridik shaxs boʻlmagan Konsorsium investor sifatida belgilanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik-iqtisodiy asoslar ishlab chiqilganligi hamda Shaxpaxta konini qoʻshimcha ochish yuzasidan Mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitim loyihasi (Mahsulot taqsimoti toʻgʻrisida bitim) tayyorlanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investor 2004—2007-yillarda Shaxpaxta konini qoʻshimcha ochish uchun 15 mln AQSH dollari miqdoridagi toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya ajratishi va ilgʻor texnologiyalarni jalb qilishi, 2004-yilda konni qoʻshimcha jihozlashni tugatish hamda 2004-yilning II yarim yilligida tabiiy gaz qazib chiqarishni qaytadan boshlash majburiyatini olganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investor “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda Mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan barcha soliqlar, toʻlovlar va yigʻimlarni toʻlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitim boʻyicha ishlarning bajarilishini tashkil etish uchun investor tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti — yuridik shaxs (keyingi oʻrinlarda matnda “Operator” deb ataladi) tashkil etilayotganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investor Oʻzbekiston Respublikasi va vakolatli kompaniya oldida operator xatti-harakatlari yuzasidan oʻz xatti-harakatlari sifatida mulkiy javob berishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitim maʼqullansin va “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasiga uni Oʻzbekiston Respublikasi nomidan imzolash vakolati berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi Mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ish koʻruvchi Vakolatli kompaniya hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimni amalga oshirish munosabati bilan investorga berilgan imtiyozlar va preferensiyalar Operatorga tatbiq etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi Mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitim imzolangandan keyin besh ish kuni mobaynida “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq “Zarubejneftegaz” yopiq aksiyadorlik jamiyatiga Mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitim amal qilish muddatiga Oʻzbekiston Respublikasi Ustyurt mintaqasida joylashgan Shaxpaxta koni yer osti uchastkasidan foydalanish huquqiga litsenziya bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish, magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash komissiyasi (Oʻ.T. Sultonov) zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida “Zarubejneftegaz” yopiq aksiyadorlik jamiyatiga Mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitim amal qilish muddatiga Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish faoliyatini amalga oshirishga litsenziya bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga Operatorga xorijiy davlatlar hududidagi banklarda faqat Mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimni amalga oshirish uchun foydalanadigan xorijiy valyutadagi bank hisob raqamlari ochishga ruxsat berish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.T.Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yil 9-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
168-son