O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
XALQ BADIIY HUNARMANDChILIKLARI VA AMALIY SAN’ATNI YANADA RIVOJLANTIRIShNI DAVLAT YO‘LI BILAN QO‘LLAB-QUVVATLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Milliy madaniyatni rivojlantirishda xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy san’atining ahamiyatini oshirish, qo‘lda ishlanadigan yuksak badiiy buyumlarni tayyorlash asriy an’analarini va o‘ziga xos turlarini qayta tiklash hamda xalq hunarmandlariga davlat tomonidan madad ko‘rsatish maqsadida:
1. Xonadon sharoitida yuksak badiiy buyumlar ishlab chiqaruvchi xalq hunarmandlariga ularni mahalliy xomashyo, materiallar, asboblar va kichik mexanizatsiya vositalari bilan ta’minlashda, ko‘rgazmalar va kimoshdi savdolarini o‘tkazishda, tayyor mahsulotlarni sotish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan do‘konlar va kioskalar tarmog‘ini tashkil qilishda, yoshlarni xalq san’ati ustalarining ko‘nikmalariga o‘qitib o‘rgatish uchun zarur shart-sharoitlarni vujudga keltirishda amaliy yordam ko‘rsatish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklarining, respublika vazirliklari va idoralarining eng muhim vazifasi deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Belgilab qo‘yilsinki, xonadon sharoitida xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atining mazkur turlardagi buyumlarini ishlab chiqarish bilan band bo‘lgan yakka tartibda faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlar o‘z mahsulotining narxlarini iste’mol bozoridagi talab va takliflardan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda belgilaydilar.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 1-apreldagi PF-3983-sonli Farmoni tahririda — 2008-y., 14-15-son, 96-modda)
3. Badiiy hunarmandchilik va amaliy san’atning eng yaxshi namoyondalari xizmatlarini, ularning milliy madaniyatni yanada rivojlantirishga va iste’dodli yoshlarni tayyorlashga qo‘shgan hissasini rag‘batlantirish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ustasi” unvonini ta’sis etish maqsadga muvofiq deb topilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi PF-5242-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2017-y., 06/17/5242/0280-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi PF-5242-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2017-y., 06/17/5242/0280-son)
6. Shu narsa belgilansinki, xalq hunarmandlarining Respublika “Hunarmand” uyushmasi mablag‘lari uyushmaning o‘z tadbirkorlik faoliyati, a’zolarining badallari, homiylarning, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lmish yuridik shaxslar va xalqaro tashkilotlarning mablag‘lari hisobidan shakllanadi.
Uyushmaga bir yo‘la moliyaviy yordam ko‘rsatish uchun 150 mln. so‘m, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining mablag‘lari hisobidan — 50 mln. so‘m, Mehnat vazirligining ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish Jamg‘armasi hisobidan — 50 mln. so‘m, Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hisobidan — 50 mln. so‘m ajratib berilsin.
7. “Musavvir” ilmiy-ishlab chiqarish markazi bir oy muddatda:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birga hududiy uyushmalarni tashkil etish va ularning normal ishlashi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar majmuini amalga oshirsin;
“Hunarmand” uyushmasining ta’sis konferensiyasini o‘tkazsin va uning Nizomini qabul qilsin.
8. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu Farmonning bajarilishini tashkil etish yuzasidan qaror tayyorlasin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 31-mart,
PF-1741-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 3-son, 89-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 14-15-son, 96-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2017-y., 06/17/5242/0280-son)