Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “BANKROTLIK TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIDA NAZARDA TUTILGAN MAʼLUMOTLARNI EʼLON QILIShNI TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2009 YIL 11 IYuNDAGI 160-SON QARORIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
“Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan maʼlumotlarni eʼlon qilishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 11-iyundagi 160-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 6-son, 45-modda) 1-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining “Birja” va/yoki “Soliq info” gazetalarini (keyingi oʻrinlarda rasmiy nashrlar deb ataladi) “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan maʼlumotlar (keyingi oʻrinlarda bankrotlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar deb ataladi) eʼlon qilinadigan rasmiy nashrlar etib belgilash haqidagi taklifi qabul qilinsin”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 13-sentabr,
202-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 37-son, 322-modda)