Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 30.10.1999 yildagi 480-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“KEYS KORPOREYShN” KOMPANIYASI IShTIROKIDAGI QOʻShMA KORXONALAR TOMONIDAN YETKAZIB BERILADIGAN QIShLOQ XOʻJALIGI TEXNIKASI UChUN OʻZ VAQTIDA HISOB-KITOB QILISh BOʻYIChA QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloqqa yetkazib beriladigan “Keys Korporeyshn” kompaniyasi ishtirokidagi qoʻshma korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan paxta terish mashinalari va traktorlar uchun oʻz vaqtida hisob-kitob qilishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi korxonalarining 1999-yil 1-oktabrdagi holatiga koʻra budjetga — 1100 mln soʻm, Pensiya jamgʻarmasiga — 505 mln soʻm va Yoʻl jamgʻarmasiga — 75 mln soʻm miqdoridagi muddati oʻtkazib yuborilgan toʻlovlarining toʻlash muddati, boʻshab qolgan mablagʻlarni “OʻzKeysMash” qoʻshma korxonasidan “Keys-2022” paxta terish mashinalari sotib olishga yoʻnaltirgan holda, 2001-yil 1-oktabrgacha uzaytirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Paxta-bank” “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi korxonalarining 1080 mln soʻm miqdoridagi debitorlik qarzi boʻyicha oʻz mablagʻlari hisobiga faktoring operatsiyalarini amalga oshirsin, mablagʻlarni “Keys-2022” paxta terish mashinalari uchun haq toʻlashga yoʻnaltirsin, keyinchalik “Paxta-bank”ka qarzlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi tomonidan, 2-kartoteka holatidan qatʼi nazar, paxta xomashyosi, don, sholi uchun avans va hisob-kitob qilishga transhlar boʻyicha yoʻnaltiriladigan mablagʻlar hisobidan toʻlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va “Paxta-bank”ning “Keys Korporeyshn” kompaniyasi bilan tuzilgan kontrakt boʻyicha 920 mln soʻm miqdoridagi 15 foizli avans toʻlovni toʻlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-avgustdagi 410-son qaroriga muvofiq “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi korxonalariga ilgari berilgan kreditlarni toʻlash muddatini 2002-yilgacha uzaytirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi koʻrsatib oʻtilgan kredit boʻyicha “Paxta-bank”ka berilgan kafolatlarni belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi korxonalarining 1999-yil oktyabr—dekabrdagi budjetga toʻlovlari muddati, mablagʻlarni “Keys-2022” paxta terish mashinalari hamda “MX-135” va “SX-100” traktorlari uchun haq toʻlashga maqsadli yoʻnaltirgan holda, uzaytirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi 1999-yilning oktyabr — dekabri uchun hisoblangan soliqlar summasining teng ulushlarda 2000-yilning birinchi yarim yilligida undirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va “Paxta-bank” “Kamminz” dvigatellari bilan jihozlangan texnikadan foydalanuvchilarning hisob-kitoblarini, koʻrsatib oʻtilgan dvigatellarga texnika xizmati koʻrsatish va ularni tuzatish uchun tushadigan mablagʻlarni “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasining maqsadli hisobvaraqlariga oʻtkazib, keyinchalik ulardan “Kamminz” firmasi bilan hisob-kitob qilishda foydalangan holda, amalga oshirishni taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari B.S. Hamidov va B.M. Olimjonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 30-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
480-son