Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.06.2018 05.03.1998 yildagi 98-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.06.2018
Hujjat 06.07.2005 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

MUZEYLAR FAOLIYATINI QOʻLLAB-QUVVATLASh MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 458-sonli “Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirishning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish toʻgʻrisida” 1998-yil 12-yanvardagi PF-1913-son Farmonini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi qoshida tashkil etilgan Muzeylarni qoʻllab-quvvatlash respublika “Oʻzbekmuzey” jamgʻarmasining markaziy apparati tuzilmasiga va shtatlar jadvaliga 1 va 2-ilovalarga muvofiq rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Jamgʻarma Nizomini roʻyxatdan oʻtkazganligi inobatga olinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzbekmuzey” jamgʻarmasiga, Oʻzbekiston muzeylari jamoatchilik Kengashining Xalqaro muzeylar Kengashi (IKOM)ga aʼzo boʻlganini inobatga olib, Oʻzbekiston muzeylari jamoatchilik Kengashiga har taraflama yordam koʻrsatish vazifasi yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzbekmuzey” jamgʻarmasining raisi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hayʼatining aʼzosi hisoblanadi. Jamgʻarma raisi maqomi, ijtimoiy-maishiy, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shartlari boʻyicha Madaniyat va sport ishlari vazirining oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 157-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 27-son, 192-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda “Oʻzbekmuzey” jamgʻarmasi apparatini va “Moziydan sado” jurnalining tahririyatini ijara haqi toʻlamay turish sharti bilan joylashtirish masalasini hal qilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Badiiy akademiya bilan birgalikda 1999-yildan boshlab muzey xodimlari malakasini oshirish tizimini yoʻlga qoʻyish, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida oʻquv rejasi va dasturlarini tuzish, muzeyshunos mutaxassislar tayyorlashni yaxshilash chora-tadbirlarini koʻrsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 157-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 27-son, 192-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 1998-yilning ikkinchi yarmidan boshlab muzey xodimlarining oylik maoshlariga 25 foiz ustama haq toʻlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi Mehnat vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda mazkur ustama haq joriy etiladigan muzey xodimlarining lavozimlar roʻyxatini belgilasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekmuzey” jamgʻarmasini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan 25 (yigirma besh) mln soʻm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekmuzey” jamgʻarmasi idorasiga 1 ta yengil avtomashina xarajatlari uchun limit ajratsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda Madaniyat ishlari vazirligi bir oy muddatda 1998-1999-yillarda mamlakat muzeylarini asosli tuzatish, muzey inshootlari qurish, ularni zarur texnik vositalar va zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlashni mablagʻ bilan taʼminlash boʻyicha taklif tayyorlasinlar va uni Vazirlar Mahkamasi tasdigʻiga kiritsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi “Oʻzbekmuzey” jamgʻarmasini tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Toshkentshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmasi “Oʻzbekmuzey” jamgʻarmasi buyurtmasiga muvofiq xizmat avtomashinasi ajratsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi “Oʻzbekmuzey” jamgʻarmasini uning buyurtmasiga binoan belgilangan tartibda zarur aloqa vositalari bilan taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari joylarda muzeylar faoliyatini takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga har tomonlama yordam koʻrsatsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yil 5-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
98-son

Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 5-martdagi 98-son qaroriga
1-ILOVA

Muzeylarni qoʻllab-quvvatlash respublika “Oʻzbekmuzey” jamgʻarmasi markaziy apparatining tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 5-martdagi 98-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muzeylarni qoʻllab-quvvatlash respublika “Oʻzbekmuzey” jamgʻarmasi markaziy apparatining shtatlar jadvali
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Lavozimlar‎

Soni‎

I. Rahbariyat ‎ 1‎
1. Rais ‎ 1‎
2. Rais oʻrinbosari — ijro etuvchi direktor 1‎
3. Kadrlar boʻyicha inspektor‎ 1‎
4. Bosh hisobchi‎ 1‎
II. Ilmiy, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻlimi‎
5. Boʻlim mudiri‎ 1‎
6. Bosh mutaxassis‎ 1‎
7. Etakchi mutaxassis‎ 1‎
III. Tashqi aloqalar va koʻrgazmalar boʻlimi‎
8. Boʻlim mudiri‎ 1‎
9. Bosh mutaxassis‎ 1‎
IV. Tijorat, reklama va xoʻjalik ishlari boʻlimi‎
10. Boʻlim mudiri‎ 1‎
11 .Bosh mutaxassis‎ 1‎
12. Hisobchi‎ 1‎

JAMI:‎

12‎
Keyingi tahrirga qarang.