Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 29.07.1998 yildagi 320-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998 YIL I YaRIM YILLIGIDA IQTISODIY ISLOHOTLAR USTUVOR YOʻNALIShLARINING AMALGA OShIRILIShI VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING IJTIMOIY- IQTISODIY RIVOJLANIShI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarning izchil amalga oshirilishi 1998-yilning birinchi yarim yilligida makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni mustahkamlashni, barqaror iqtisodiy oʻsishni, iqtisodiyotning mutanosibligini kuchaytirishni taʼminladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yarim yillik mobaynida yalpi ichki mahsulot 4,0 foizga koʻpaydi. Sanoat, qishloq xoʻjaligi va boshqa tarmoqlarning barqaror oʻsishi taʼminlandi. Inflatsiyaning oʻrtacha oylik darajasi 2,3 baravar pasaydi. Budjet taqchilligi yalpi ichki mahsulotning 1,3 foizidan oshmadi. Iqtisodiyotga investitsiyalar jalb etish hajmi 12 foizga koʻpaydi. Tashqi savdo oborotida ijobiy saldoga erishildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, qator tarmoqlarda korxonalarni aksiyalashtirish rasman amalga oshirilgan. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishlari, kuzatuvchi kengashlar va boshqaruvlar amalda ishlamayapti. Davlat mulki qoʻmitasi, vazirliklar, idoralar, korxonalar rahbarlari aksiyalar paketlarining tarkibini oʻzgartirish natijasida boʻshab qolgan aksiyalarni erkin sotish zarur darajada tashkil etilishini taʼminlamadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻlov intizomini buzish, mahsulotlarni oldindan haqini toʻlatmasdan va banklar kafolatlarisiz berish hollari mavjud. Aylanma mablagʻlarni boshqa maqsadlarga yoʻnaltirishga va ulardan maqsadli foydalanmaslikka yoʻl qoʻyilmoqda. Natijada muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlari, ayniqsa “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi korxonalarida koʻpaymoqda. Iqtisodiy nochor xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bankrotligi va zarar koʻrib ishlayotgan korxonalar sonini qisqartirish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi hali ham yetarlicha boʻlmayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqarishni raqobatga bardoshli mahsulot chiqarishga qayta ixtisoslashtirish sust amalga oshirilmoqda. Bir qancha vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, uyushmalar, konsernlar va kompaniyalar mahsulotni eksport qilish va valyuta tushumi boʻyicha topshiriqni qoniqarsiz bajarmoqdalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini soʻzsiz bajarish, saʼy-harakatlarni 1998-yil oxiriga borib iqtisodiy oʻsish va moliyaviy barqarorlashtirishning belgilangan koʻrsatkichlariga erishishga qaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Kadrlarga nisbatan talabchanlikni oshirish, ularda bozor iqtisodiyoti talablariga muvofiq keluvchi yangicha fikrlashni shakllantirish, boqimandalik psixologiyasiga va boshqaruvning maʼmuriy-buyruqbozlik usuliga barham berish, xodimlarning kasb-hunar darajasini, tashabbusi va tadbirkorligini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish barcha darajadagi rahbarlarning muhim vazifalari deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Mehnat vazirligi, Markaziy bank, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda respublikani 1999-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda Davlat budjeti prognozi loyihalarini 1998-yil 15-sentabrgacha boʻlgan muddatda tayyorlasinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha hukumat komissiyasi, Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi zarar koʻrib ishlayotgan hamda moliyaviy jihatdan barqaror boʻlmagan korxonalarni qayta ixtisoslashtirish, sanatsiya qilish va tugatish chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish ishlarini faollashtirsinlar. Bunda sanatsiya qilinadigan korxonalar qarzlarini tarkibiy oʻzgartirish korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish va raqobatbardoshli mahsulot ishlab chiqarishga qayta ixtisoslashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturlari mavjud boʻlgan taqdirdagina amalga oshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida 1998-yilning 9 oyi yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi majlisida axborot bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi xoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkning davlat ulushini boshqarishni takomillashtirish, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishning yuqori organi sifatida aksiyadorlar umumiy yigʻilishining ahamiyatini oshirish, aksiyalashtirilgan korxonalar rahbarlarining aksiyadorlar yigʻilishiga qatʼiy boʻysunishi, shuningdek aksiyalashtirishning tegishli prinsiplariga muvofiq rahbarlarni va maʼmuriy-boshqaruv xodimlarini tayinlash mexanizmini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olingan mablagʻlardan renovatsiyaga, korxonalarni texnika bilan qayta jihozlash, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalanish maqsadida ularni oʻz aylanma mablagʻlarini toʻldirishga yoʻnaltirgan holda erkin sotishga, shu jumladan, xorijiy investorlarga sotishga moʻljallangan aksiyalar paketlarini sotishni jadallashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalarni aksiyalashtirish va boshqarishda qatnashishga xususiylashtirish investitsiya fondlarini keng jalb qilish, bunda mustahkam meʼyoriy-huquqiy baza yaratish asosida ularning aksiyalari egalari manfaatlari va huquqlari ishonchli himoya qilinishini nazarda tutish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalarni aksiyalashtirishga xorijiy sarmoyani jalb qilish, ayniqsa aksiyalarini qimmatli qogʻozlarning tashqi bozorlariga qoʻyish zarur boʻlgan ustuvor korxonalar boʻyicha Oʻzbekiston fond bozorining jahon sarmoya bozoriga bosqichma-bosqich integratsiyalashuvining tasdiqlangan rejasini jadal amalga oshirish yuzasidan bir oy muddatda kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish boʻyicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi (Oʻ. T. Sultonov) xususiy tadbirkorlikni, kichik va oʻrta biznesni jadal rivojlantirish asosida real mulkdorlar sinfi shakllanishi uchun qulay sharoitlar yaratilishiga qaratilgan Hukumat qarorlari bajarilishi, shuningdek ushbu maqsadlar uchun jalb qilinayotgan xorijiy kreditlardan samarali foydalanish ustidan qattiq nazoratni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida 1998-yil yakunlari boʻyicha axborot berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “Respublika meva-sabzavot xoʻjaligida monopoliyadan chiqarish va ixtisoslashtirishni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 18-iyuldagi 363-son qarorini bajarish yuzasidan zarur nazoratni taʼminlamaganligi, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi sustkashligi, korxonalarda ishlab chiqarish va meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash hajmlarini koʻpaytirish, shuningdek ularni eksportga sotish boʻyicha yetarlicha ish olib bormaganligi uchun “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi raisi B. N. Nosirovga hayfsan eʼlon qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi raisi B. N. Nosirov Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari joriy yilning ikkinchi yarim yilligida eksportni koʻpaytirish koʻrsatkichlarining soʻzsiz bajarilishini, 1998-yilda nazarda tutilgan investitsiya dasturlarining roʻyobga chiqarilishini taʼminlasinlar, tarmoq korxonalarining moliyaviy ahvolini yaxshilash, ular faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha ishlarni faollashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida 1998-yil yakunlari boʻyicha B. N. Nosirovning hisoboti eshitilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi, “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi, “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshoqli don ekinlari hosili oʻrim-yigʻimini tezda tugallash va davlatga don sotish yuzasidan shartnoma majburiyatlarini bajarish boʻyicha tashkiliy-iqtisodiy chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar, boshoqli don ekinlaridan boʻshagan yerlarning joriy yilning 15-avgustigacha haydalishini taʼminlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi korxonalari mehnat jamoalarini gʻoʻzalarni kompleks parvarish qilishga safarbar etsinlar, sust rivojlanayotgan gʻoʻzalarga va paxta terish texnikasini tayyorlab qoʻyishni joriy yilning 1-sentabrigacha tugallashga alohida eʼtibor bersinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta terish mashinalarini tuzatish-tiklash ishlarini oʻtkazishni moddiy-texnikaviy taʼminlash boʻyicha shaxsan javobgarlik “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi raisi B. A. Olimjonov, “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi raisi R. D. Matchonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda, 1998-yil hosil yigʻim-terimi yakunlarini hisobga olgan holda, ekish mavsumini oʻtkazish, boshoqli don ekinlari yetishtirish va 1999-yil hosilidan davlat xaridlari hajmlari boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi takliflarni 20 kun muddatda koʻrib chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tegishli banklar va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda 1996-1997-yillarda “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi, “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi va “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi tomonidan yetkazib berilgan mahsulotlar uchun Jizzax va Sirdaryo viloyatlari qishloq xoʻjaligi korxonalarining qarzlarini uzish boʻyicha aniq takliflarni ikki hafta muddatda ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlar Mahkamasi Komplekslari, vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar, hokimliklar hamda boshqaruvning boshqa tuzilmalari rahbarlarining ommaviy axborot vositalari bilan aloqada boʻlishdan, muloqotdan oʻzini chetga tortishi, jamiyatning siyosiy, iqtisodiy va maʼnaviy hayotidagi muammolarning matbuotda, televideniye va radioda yoritilishiga yetarli eʼtibor bermasligi va koʻmaklashmasligi singari qaror topgan amaliyot qoralansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yil 29-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
320-son