OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BANK MUASSASALARINI IChKI IShLAR IDORALARI HUZURIDAGI QOʻRIQLASh MILITSIYA BOʻLINMALARI TOMONIDAN QOʻRIQLASh TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA”GI BUYRUQNI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 31-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 629-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda) qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 25-oktabrdagi 270-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumat qarorlari toʻplami, 1991-y., 10-son, 36-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi haqidagi nizomga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 1999-yil 26-yanvardagi 19/436-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi bank muassasalarini ichki ishlar idoralari huzuridagi qoʻriqlash militsiya boʻlinmalari tomonidan qoʻriqlash toʻgʻrisida yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 629, 1999-yil 11-fevral) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2010-yil 5-iyun,
11-son
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2010-yil 5-iyun,
21/8-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 31-son, 264-modda)