Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 18.09.1996 yildagi 322-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BINOLAR VA INShOOTLARNI BERISh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sudlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va sudlari faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1994-yil 19-yanvardagi 18-son qaroriga muvofiq hamda korrupsiya va iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashning samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda U. Nosir ko‘chasi, 93-uyda joylashgan binoning yarmini (o‘ng qanotini) bo‘shatsin va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi balansiga bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bilan birgalikda hovlidagi hududni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga biriktirishga oid tegishli qaror qabul qilsin hamda tuzatish ishlarini loyihalashtirish va amalga oshirish bo‘yicha pudratchi tashkilotlarni belgilasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga muhandislik kommunikatsiyalarini rekonstruksiya qilish va binoni mukammal tuzatish uchun zarur moliyaviy resurslar ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda Toshkent shahar Xo‘jand ko‘chasi, 12-uyda joylashgan binoni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi balansiga tekin o‘tkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tarkibiy bo‘linmalarni joylashtirish uchun o‘z mablag‘lari hisobidan tuzatish ishlarini amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish qurilish, binokorlik materiallari sanoati va kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 18-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
322-son