Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 30.08.1996 yildagi 301-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 30.08.1996 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

KARTOShKAChILIKDA BOZOR MUNOSABATLARINI ChUQURLAShTIRISh VA RESPUBLIKADA KARTOShKA YETIShTIRIShNI KOʻPAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kartoshkaning urugʻlik fondini yetishtirishni taʼminlash va respublika ichki bozorini oʻzimizda yetishtirilgan kartoshka bilan toʻldirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Kartoshkachilik xoʻjaliklari va “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasining “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi huzurida 1-ilovaga* muvofiq “Oʻzkartoshka” firmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzkartoshka” firmasining ustav jamgʻarmasi unga kiruvchi xoʻjaliklarning pay badallari hisobiga tashkil topishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi koʻrsatib oʻtilgan firmani tashkil qilishga oid tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirsin va uning ijro etuvchi apparati tuzilmasini tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar “Oʻzkartoshka” firmasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
urugʻchilikning oʻz bazasini tashkil etish, navni yangilash maqsadida respublika tashqarisidan urugʻlik kartoshka keltirish yoʻli bilan respublika xoʻjaliklarining urugʻlik kartoshkaga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kartoshka yetishtirish texnologiyasini takomillashtirishda va uning urugʻchiligini tashkil etishda kartoshkachilik xoʻjaliklariga yordam berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori reproduksiyali urugʻlik yetishtirish, kartoshka seleksiyasi va urugʻchiligi ishlarini kuchaytirish masalasida ilmiy muassasalar bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish va fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini respublika kartoshkachiligiga joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada kartoshkachilikni rivojlantirishga koʻmaklashuvchi oʻzaro foydali tashqi iqtisodiy aloqalarni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Urugʻlik kartoshkaning sinab koʻrilmagan navlarini ommaviy ravishda ekish uchun respublikaga keltirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqatga moʻljallangan kartoshkadan urugʻlik sifatida foydalanish taqiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi va Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining 1997-yilda 2 va 3-ilovalarga* muvofiq hajmlarda oziq-ovqatga moʻljallangan va urugʻlik kartoshka yetishtirish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-3 ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon, Jizzax, Namangan, Samarqand, Toshkent va Fargʻona viloyatlari hokimlari “Oʻzkartoshka” firmasi xoʻjaliklarida urugʻlik kartoshka ekish va yetishtirishga doir moʻljallangan prognozlar bajarilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi 1997-yilgacha kartoshka yetishtirish va uni qayta ishlashning zonal texnologiyalarini ishlab chiqsinlar va joylarga yuborsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Toshkent tumanidagi kartoshka saqlash ombori “Sabzavotnavurugʻlari” Toshkent viloyat birlashmasi balansidan “Oʻzkartoshka” firmasi balansiga berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Oʻzkartoshka” firmasi Toshkent shahri, Solomatina koʻchasi, 248-uyga, “Sabzavotnavurugʻlari” Toshkent viloyat birlashmasi esa —‎ Toshkent tumanidagi urugʻlik saqlash bazasi hududida joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R. Giniyatullin zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 30-avgust,

301-son