24.03.1992 yildagi PF-365-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING HUDUDIDA JOYLAShGAN ChEGARA QOʻShINLARINING BOʻLINMALARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari toʻgʻrisida” 1991-yil 31-avgustdagi Qonunga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Oʻzbekiston hududida joylashgan harbiy qismlar va harbiy oʻquv yurtlari toʻgʻrisida” 1992-yil 14-yanvardagi qaroriga hamda Mustaqil davlatlar Hamdoʻstligi davlat boshliqlari Kengashining 1992-yil 20-mart kuni Kiyev shahrida chegara qoʻshinlari xususida tuzilgan Bitimlarga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasining davlat chegarasi qoʻriqlanishini taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik xizmati huzurida chegara qoʻshinlari boshqarmasi tashkil qilinsin va Chegara qoʻshinlari boshqarmasining boshligʻi — Oʻzbekiston Respublikasi MXX raisining oʻrinbosari lavozimi joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan Oʻrta Osiyo chegara okrugi chegara qoʻshinlarining qismlari va boʻlinmalari Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati huzuridagi Chegara qoʻshinlari boshqarmasining tasarrufiga oʻtkazilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik xizmati (oʻrtoq Gʻ.A.Aliyev) butun shaxsiy tarkibi, qurol-yarogʻlari, moddiy-texnikaviy mulki hamda boshqa mulklari bilan chegara qoʻshinlarining qismlari va boʻlinmalarini qabul qilib olsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir oy muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi chegara qoʻshinlarining nizomi, shtat tuzilmasi va ularning soni belgilangan tartibda ishlab chiqilib, tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi chegara qoʻshinlarning Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligida qatnashuvchi davlatlarning chegara qoʻshinlari faoliyatini muvofiqlashtirish va operativ ravishda rejalashtirishni chegara qoʻshinlarining Birlashgan qoʻmondonligi amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi (oʻrtoq Boqiboyev) Oʻzbekiston Respublikasining taraqqiyot istiqbolini belgilash komiteti, Oʻzbekiston shartnomalar va savdo davlat aksionerlik uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik xizmati (oʻrtoq Aliyev) oʻn kun muddat ichida mazkur masalani koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Chegara qoʻshinlarini moliyaviy va moddiy texnikaviy jihatdan taʼminlash tartibi toʻgʻrisida respublika Hukumatiga taklif kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati (oʻrtoq Aliyev) Oʻzbekiston Respublikasining Adliya vazirligi (oʻrtoq Malikov) manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasi toʻgʻrisidagi Qonun loyihasini ishlab chiqib, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining muhokamasiga taqdim etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi huquqiy tasarrufga oʻtadigan chegara qoʻshinlarning qoʻmondonlar tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi barcha harbiy xizmatchilar hamda ularning oila aʼzolari ijtimoiy va huquqiy jihatdan himoya qilinishini kafolatlashni nazarda tutib, shaxsiy tarkibining oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarni ogʻishmay bajarishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 24-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-365-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 5-son, 224-modda)