Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 23.02.1995 yildagi 66-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8 MART — XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNINI NIShONLASh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kunini mamlakatimizda keng nishonlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Toshkent shahar hokimligi (K.To‘laganov) O‘zbekiston respublika xotin-qizlar qo‘mitasi bilan birgalikda bayramga bag‘ishlangan tantanali kechani 1995-yil 7-mart kuni “Turkiston” saroyida o‘tkazishni ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Madaniyat ishlari vazirligi (E.Hayitboyev) Toshkent shahar hokimligiga “Turkiston” saroyida bo‘ladigan tantanali kechani o‘tkazishda amaliy yordam ko‘rsatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari xotin-qizlar kuni munosabati bilan tegishli tadbirlar belgilasinlar hamda joylarda bayramning ko‘tarinki ruhda o‘tishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklariga O‘zbekiston respublika xotin-qizlar qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston respublika xotin-qizlar qo‘mitasi, Toshkent shahar va viloyatlar xotin-qizlar kengashlari va tegishli tashkilotlar bilan birgalikda ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy-ma’rifiy sohada faol ishtirok etayotgan ayollarni bayram munosabati bilan rag‘batlantirish topshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Bayramni o‘tkazish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar mahalliy budjet hisobidan qoplanishi belgilab qo‘yilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S. Saidqosimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1995-yil 23-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66-son