O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “XORIJIY AVTOTRANSPORT VOSITALARI KIRIShI, ChIQIShI VA TRANZIT O‘TIShINI NAZORAT QILIShNI YANADA TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA” 2008 YIL 17 DEKABRDAGI 274-SON QARORIGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Xorijiy avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishi, chiqishi va tranzit bo‘yicha bo‘lishini nazorat qilishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy avtotransport vositalari kirishi, chiqishi va tranzit o‘tishini nazorat qilishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2008-yil 17-dekabrdagi 274-son qaroriga 1-ilova (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 12-son, 66-modda) 3-bandidagi “175” raqami “200” raqami bilan almashtirilsin.
2. Ushbu qaror 2010-yil 1-avgustdan boshlab kuchga kiradi.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 12-iyul,
146-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 28-29-son, 233-modda)