Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 30.04.1994 yildagi 230-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyati Chirchiq shahrining III va IV aholi yashash joylaridagi yerning cho‘kish holatlari oqibatlarini tugatish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chirchiq shahrida 1977-yildan kuzatila boshlangan III va IV aholi yashash joylaridagi yerning cho‘kish holatlari keyingi ikki yilda ancha tezlashdi va tabiiy ofat tusini ola boshladi. 1993-yilning o‘zida jiddiy deformatsiyalar tufayli odamlar yashaydigan uchta uy avariya holatiga kelib qolganligi sababli mazkur uylarda yashovchi aholini boshqa joyga ko‘chirishga majbur bo‘lindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yerning cho‘kish holatlari tezlashishi sabablarini mufassal tadqiq qilish, ularni bartaraf qilish hamda shikastlangan bino va inshootlarning, poydevorlarini va deformatsiyaga uchragan konstruksiyalarini mustahkamlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi (G‘aniyev) o‘ziga qarashli institutlar va tashkilotlar kuchi bilan Chirchiq shahrining III va IV aholi yashash joylarida kompleks loyiha-qidiruv ishlarini amalga oshirib, yerning cho‘kish holatlarini bartaraf qilish, turarjoy, ijtimoiy-madaniy maishiy obyektlarni, muhandislik kommunikatsiyalarini qayta qurish va tiklash hamda tevarak atrofni obodonlashtirishga oid tavsiyalarni ishlab chiqsin va loyiha-smeta hujjatlarini taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zsanoatxo‘jalikqurilish” korporatsiyasi ushbu chora-tadbirlarni amalga oshiruvchi bosh pudratchi etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Toshkent viloyati hokimligi (Ikromov) Chirchiq shahrining III va IV aholi yashaydigan joylaridagi ayrim binolar va inshootlar, muhandislik kommunikatsiyalarini tiklash hamda qayta qurish va tevarak atrofni obodonlashtirish ishlarini 1994-yilda kapital qurilish uchun ajratilgan umumiy hajmlar hisobiga amalga oshirsin. 1994-yilning birinchi yarim yili yakunlari bo‘yicha, zaruriyat bo‘lsa, Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi (Golishev), Moliya vazirligi (Guskova) kapital qurilish istiqbol parametrlarida Toshkent viloyati hokimligiga, asoslovchi materiallar taqdim etilishiga ko‘ra Chirchiq shahrining III va IV aholi yashash joylarida tadqiqot, loyiha-qidiruv, tiklash va qayta qo‘rish ishlarini bajarish uchun maqsadli markazlashgan mablag‘larni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Toshkent viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Chirchiq shahrining III va IV aholi yashash joylarida tadqiqot, obyektlarni loyihalash hamda qurish ishlarida xatoliklarga yo‘l qo‘ygan, irrigatsiya tarmoqlaridan va inshootlardan zarur darajada foydalanishni ta’minlamagan mansabdor shaxslarning javobgarligi masalasini ko‘rib chiqsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish, Vazirlar Mahkamasining Qurilish, transport va aloqa majmuiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yil 30-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
230-son