Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 07.07.2010 yildagi 140-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA VAQTINCHA JOYLASHTIRILGAN QIRG‘IZISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARIGA INSONPARVARLIK YORDAMI KO‘RSATGAN RESPUBLIKA TASHKILOTLARIGA SOLIQ IMTIYOZLARI BERISH TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-iyundagi 402-f-son farmoyishiga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha joylashtirilgan Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolariga insonparvarlik yordami ko‘rsatgan respublika tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlat zaxirasidan tovar-moddiy boyliklarni bepul ajratish bilan bir qatorda 2010-yilning iyun oyida O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha joylashtirilgan Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolariga respublika tashkilotlari tomonidan bepul tovarlar berish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish va ixtiyoriy xayriyalar tarzida 10,0 mlrd so‘m miqdorida insonparvarlik yordami ko‘rsatilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qo‘yilsinki, 2010-yilning iyun oyida O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha joylashtirilgan Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolariga insonparvarlik yordami ko‘rsatgan respublika tashkilotlari foyda solig‘i va yagona soliq to‘lovi bo‘yicha soliq solinadigan bazani ular tomonidan insonparvarlik yordami sifatida berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar va ixtiyoriy xayriyalar qiymatiga kamaytirishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon, Farg‘ona Namangan viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda ko‘rsatib o‘tilgan soliq imtiyozini olish huquqiga ega bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxatini, shuningdek ularning soliq solinadigan bazasini kamaytirish miqdorlarini aniqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
berilayotgan soliq imtiyozi to‘g‘ri qo‘llanilishi yuzasidan qat’iy nazoratni ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 7-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
140-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 26-27-son, 214-modda)