Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 18.06.2010 yildagi 119-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VAZIRLAR MAHKAMASINING “RESPUBLIKA OLIY TA’LIM MUASSASALARI XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TO‘LAShNING TAKOMILLAShTIRILGAN TIZIMINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA” 2008 YIL 1 AVGUSTDAGI 164-SON QARORIGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy ta’lim darajasi va sifatini yanada oshirish, iqtisodiyotda talab qilinayotgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratish, oliy ta’lim muassasalarida innovatsiya faoliyatini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublika oliy ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2008-yil 1-avgustdagi 164-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 8-son, 40-modda) 4-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralarning kunduzgi o‘qish bo‘yicha oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga qarab bir o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbatining cheklangan normativlarini:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009/2010 o‘quv yilidan boshlab — 1:10,5;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014/2015 o‘quv yilidan boshlab — 1:12,5 nisbatida belgilash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar, 2014/2015 o‘quv yilidan boshlab bir o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbatining cheklangan normativlarini 1:12,5 nisbatida belgilash uchun respublika oliy ta’lim muassasalarida tashkiliy-metodik va tushuntirish ishlari olib borsinlar hamda zarur shart-sharoitlar yaratishni ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 18-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
119-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 24-25-son, 196-modda)