28.12.2007 yildagi 174-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi plenumining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sifati tegishli darajada boʻlmagan mahsulot (tovar)larni yetkazib berish bilan bogʻliq nizolarni hal etish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli darajada sifatli boʻlmagan mahsulot (tovar)larni yetkazib berish bilan bogʻliq boʻlgan ishlar boʻyicha sud amaliyotining bir xilligini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sifati tegishli darajada boʻlmagan mahsulot (tovar)larni yetkazib berish bilan bogʻliq boʻlgan nizolarni hal qilishda iqtisodiy sudlar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi), “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) va boshqa qonun hujjatlarini qoʻllashi lozim.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tegishli darajada sifatli boʻlmagan mahsulot (tovar)larni yetkazib berish deb, sifatsiz, nostandart va but boʻlmagan mahsulot (tovar)larni yetkazib berish anglanilishi sudlarga tushuntirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻliq yoki jiddiy qayta ishlovsiz, vazifasiga muvofiq foydalanilishi mumkin boʻlmagan mahsulot (tovar) sifatsiz deb tan olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan tartibda tasdiqlangan standartlar va metrologiya qoidalari, texnik shartlar va namunalar (etalonlar)ga xilof ravishda chiqarilgan mahsulot (tovar), bunday mahsulot (tovar) belgilangan maqsadlarda foydalanilishi mumkinligi yoki mumkin emasligidan qatʼi nazar, nostandart hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Standartlar, texnik shartlar, namunalar (etalonlar) bilan nazarda tutilgan ayrim detallarsiz, ehtiyot qismlarsiz va boshqa elementlarsiz chiqarilgan mahsulot (tovar) butlanmagan mahsulot (tovar) hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. FKning 446-moddasiga asosan sotib oluvchi (oluvchi) shartnomaga muvofiq yetkazib berilgan tovarlarning qabul qilinishini taʼminlaydigan barcha zarur harakatlarni amalga oshirishi lozim. Sotib oluvchi (oluvchi) oʻzi qabul qilgan tovarni qonun hujjatlarida, mahsulot yetkazib berish shartnomasida yoki ish muomalasi odatlarida belgilangan muddatda koʻzdan kechirishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sotib oluvchi (oluvchi) xuddi shu muddatda qabul qilingan tovarlarning miqdori va sifatini qonun hujjatlarida, mahsulot yetkazib berish shartnomasida yoki ish muomalasi odatlarida belgilangan tartibda tekshirishi va tovarning aniqlangan nomuvofiqliklari va kamchiliklari toʻgʻrisida tovar yetkazib beruvchini darhol yozma ravishda xabardor qilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yetkazib berilgan tovarlar transport tashkilotidan olingan taqdirda sotib oluvchi (oluvchi) tovarlarning transport va yuk hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirishi, shuningdek, bu tovarlarni transport tashkilotidan belgilangan qoidalarga rioya etgan holda qabul qilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Sotib oluvchiga sifati tegishli darajada boʻlmagan tovar sotilganida, agar uning kamchiliklari shartnoma tuzish paytida maʼlum qilinmagan boʻlsa, FKning 434-moddasiga binoan sotib oluvchi oʻz xohishiga koʻra:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xuddi shu markadagi (modeldagi, artikuldagi) sifati tegishli darajada boʻlgan tovarga almashtirishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarid narxini tegishincha qayta hisoblagan holda boshqa markadagi (modeldagi, artikuldagi) sifati tegishli darajada boʻlgan tovarga almashtirishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarning kamchiliklarini tekinga bartaraf etishni yoki sotib oluvchi yoxud uchinchi shaxs tomonidan tovarning kamchiliklarini bartaraf etish uchun qilingan xarajatlar qoplanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarid narxini mutanosib ravishda kamaytirishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrilgan zarar oʻrnini qoplagan holda shartnoma bekor qilinishini talab qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sudlarning eʼtibori Qonunning 26 va 27-moddalarida nazarda tutilgan sifati, assortimenti va navi lozim darajada boʻlmagan tovarlarni, shuningdek but boʻlmagan tovarlarni yetkazib berganlik uchun javobgarlik choralari mazkur Qonunning 24-moddasiga muvofiq, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqa tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, qoʻllanilishiga qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sudlar shuni hisobga olishlari lozimki, Qonunning 26-moddasiga muvofiq, agar yetkazib berilgan tovarlar sifati, assortimenti va navi boʻyicha standartlar, texnik shartlar, namunalarga (etalonlarga), qonun hujjatlarida yoki xoʻjalik shartnomasida belgilangan boshqa majburiy shartlarga mos kelmasa, sotib oluvchi tovarlarni qabul qilish hamda ularning haqini toʻlashni rad etib, yetkazib beruvchidan sifati, assortimenti va navi lozim darajada boʻlmagan tovarlar qiymatining 20 foizi miqdorida jarima undirib olishga, agar tovarlar haqi toʻlab qoʻyilgan boʻlsa, toʻlangan summani belgilangan tartibda qaytarishni talab qilishga haqlidir. Sifati, assortimenti va navi lozim darajada boʻlmagan tovarlar yetkazib berganlik uchun jarima yetkazib beruvchidan akseptsiz tartibda undirib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jarimani undirish toʻgʻrisidagi toʻlov talabnomasi bank muassasasiga tovarlarning sifati, assortimenti va navi lozim darajada emasligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma tuzilgandan keyin oʻn kun ichida taqdim etiladi. Jarimani undirish toʻgʻrisidagi toʻlov talabnomasi belgilangan oʻn kunlik muddatni buzgan holda taqdim etilgan hollarda, jarimani undirish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. But boʻlmagan tovarlar yetkazib berilgan taqdirda sotib oluvchi Qonunning 27-moddasiga koʻra:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarni butlab berishni talab qilishga haqli. Yetkazib beruvchi sotib oluvchining talabini olgan paytdan boshlab, agar taraflarning kelishuvida oʻzga muddat belgilangan boʻlmasa, oʻn besh kunlik muddat ichida tovarlarni butlab berishi shart;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bundan buyon tovarlar butlab berilgunga qadar ularning haqini toʻlashdan bosh tortishga, agar tovarlarning haqi toʻlab qoʻyilgan boʻlsa, belgilangan tartibda toʻlangan summalar qaytarilishini talab qilishga haqli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetishmayotgan qismlar qiymatini qoʻshgan holda, yetkazib beruvchidan but boʻlmagan tovarlar qiymatining 20 foizi miqdorida jarima undirishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarlarni yetkazib beruvchi belgilangan muddatda tovarlarni butlab bermasa, sotib oluvchi but boʻlmagan tovarlarni qaytarib berishga hamda but boʻlmagan tovarlarni but tovarlarga almashtirishni talab qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Daʼvogar sifatsiz yoki but boʻlmagan mahsulot (tovar)larning yetkazib berilishidan kelib chiquvchi talablarni va boshqa asoslardan (masalan, kamomaddan, narxlardagi tafovutdan) kelib chiquvchi talablarni, bu talablar ishlab chiqaruvchi (yetkazib beruvchi)ning bitta hisob-kitob hujjati boʻyicha mahsulot yetkazib berishi bilan bogʻliq boʻlgan hollarda, bitta daʼvo arizasida birlashtirishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tegishli darajada sifatli boʻlmagan mahsulot (tovar)larning yetkazib berilishi bilan bogʻliq boʻlgan daʼvo talablarini asoslash uchun daʼvo arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IPKning 151-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar;
(9-bandning birinchi xatboshisi birinchi kichik xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot (tovar)lar yetkazib berish nazarda tutilgan shartnoma, bitim, kontrakt yoki qayd etib oʻtilgan hujjatlardan tasdiqlangan nusxa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqaruvchi (yetkazib beruvchi)dan olingan, yetkazib berilgan mahsulot (tovar)lar sifatini tasdiqlovchi hujjat (pasport, sertifikat, sifat toʻgʻrisida guvohnoma va h.k.);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetkazib berilgan mahsulot (tovar)larning sifati va butligi (komplektligi) standartlar, texnik shartlar, namunalar (etalonlar)ga, shuningdek shartnomada nazarda tutilgan talablarga nomuvofiqligini belgilovchi dalolatnoma; tijorat dalolatnomasi, agar transportda amal qiluvchi qoidalarga muvofiq ana shunday dalolatnoma tuzilgan boʻlsa; qayta tekshirish dalolatnomasi, agar ishlab chiqaruvchi tomonidan unga qaytarilgan mahsulot (tovar)lar belgilangan tartibda qayta tekshirishdan oʻtkazilgan boʻlsa va bu qayta tekshirish dalolatnomasi daʼvogarda boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur hollarda — yetkazib berilgan mahsulot (tovar) muvofiq kelishi kerak boʻlgan standartlar yoki texnik shartlar yoxud ulardan tasdiqlangan koʻchirmalar, namunalar olish dalolatnomasi va laboratoriya tahlillari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlov talabnoma-topshirigʻi, akkreditiv, yetkazib beruvchi (ishlab chiqaruvchi)ning pattasi yoki uning tegishli tartibda tasdiqlangan nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daʼvo summasining asosli hisob-kitobi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot (tovar)lar narxi tushirilganda yoki ular sifati boʻyicha pastroq toifaga oʻtkazilganda ularning haqiqatda olingan sort sifat boʻyicha kirim qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot (tovar)larni temir yoʻl, suv yoki havo transporti bilan yetkazib berishda — transport yuk xati (konosament), mahsulot (tovar)larni avtomobil transportida yetkazib berishda — tovar-transport yuk xati yoki qayd etib oʻtilgan hujjatlarning tegishli tartibda tasdiqlangan nusxalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oluvchi — korxona jamoatchilik vakiliga yoki boshqa korxona vakiliga berilgan guvohnoma Ishlab chiqarish-texnik maqsadlarga moʻljallangan mahsulotlar va xalq isteʼmoli tovarlarini sifati boʻyicha qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga mos holda berilgan boʻlib, agar u mahsulot (tovar)larni qabul qilib olishda qatnashgan va shartnoma shartlariga koʻra mahsulot (tovar)ni qabul qilib olish ham mazkur Yoʻriqnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim boʻlsa;
(9-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqaruvchi (yetkazib beruvchi) yoki boshqa tashkilotlarning vakilini mahsulot (tovar)larning sifati yoki butligini tekshirishda va dalolatnoma tuzishda qatnashish uchun chaqirish toʻgʻrisidagi xat, telegramma yoki telefonogrammaning nusxasi, agar bunday chaqirish qayd etilgan Yoʻriqnomada, tomonlar uchun majburiy boʻlgan qoidalarda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daʼvo savdo korxonasi tomonidan berilgan boʻlsa, qayd etib oʻtilgan hujjatlardan tashqari, u:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
narx pasaytirilishining isteʼmolchiga maʼlum qilinganligi toʻgʻrisidagi dalillarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tez buziladigan sifatsiz mahsulot (tovar)larning qayta baholanganligi yoki yoʻq qilinganligi toʻgʻrisidagi dalillarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot (tovar)larning ular oʻtkazilgan sort (sifat)dagi narx boʻyicha sotilganligi yoki ularning qayta baholanganligi toʻgʻrisida korxona rahbari va bosh hisobchisi tomonidan imzolangan maʼlumotnomani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar mahsulot (tovar)lar hali sotilmagan boʻlsa, koʻrsatilgan mansabdor shaxslar tomonidan imzolangan mahsulot (tovar)larning tegishli sort (sifat)ga qayta markirovka qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tez buziladigan sifatsiz mahsulotni yoʻq qilinganligi toʻgʻrisida belgilangan tartibda tuzilgan dalolatnomani yoki shu dalolatnomaning tasdiqlangan nusxasini taqdim etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mahsulot (tovar)larning tegishli darajada sifatli boʻlmaganligi sababli qiymatini toʻlashni toʻla yoki qisman rad etganligi yuzasidan savdo korxonasiga nisbatan daʼvo berilganda, sud bunday rad etishning asosliligini tekshirishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo korxonasining ishlab chiqaruvchi (yetkazib beruvchi, sotuvchi)ga nisbatan mahsulot (tovar)larning kafolat muddati tamom boʻlishidan oldinroq ishdan chiqqan va xaridor tomonidan savdo tarmogʻiga qaytarilgan mahsulot (tovar)larning qiymatini undirish bilan bogʻliq daʼvolari taqdim etilganda, sudlar kafolatli tuzatishni amalga oshiradigan maishiy xizmat koʻrsatish korxonalarining maʼlumotnomalari mavjudligini tekshirishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sotib oluvchi (oluvchi)ning mahsulot (tovar)larning kamchiliklarini beminnat bartaraf qilish yoki ularni bartaraf etish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash haqidagi talablari qanoatlantirilgan taqdirda, savdo korxonasining tovar ishlab chiqaruvchiga nisbatan qaytarma talab qilish (regress) huquqi yuzaga keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oluvchi korxona transport organidan yuklarni qabul qilib olishda transportda amal qiluvchi yuk tashish qoidalariga muvofiq tashish paytida yukning saqlanishi taʼminlanganligini tekshirishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur toifadagi nizolarni hal etishda iqtisodiy sud transport tashkilotlaridan yukni qabul qilib olishning belgilangan qoidalariga rioya qilinganligani tekshiradi, tijorat dalolatnomalariga, tashish paytida mahsulot (tovar)lar sifatining saqlanishi taʼminlanganligi yoki taʼminlanmaganligidan dalolat beruvchi boshqa hujjatlarga huquqiy baho beradi.
(11-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ishdagi mavjud hujjatlar, shu jumladan ekspertiza, ilmiy-tadqiqot institutlari, vazirlik va idoralarning xulosalari sud tomonidan tanqidiy baholanishi kerak. Sud, xususan, mahsulot (tovar)larni sifat va butligi boʻyicha qabul qilib olishda, shu jumladan mahsulot (tovar)larning sifati va butligini tekshirishda ishtirok etgan shaxslar tomonidan mahsulotdan namuna olishda sinov uslublarida, shuningdek ish boʻyicha tomonlar oʻrtasida kelib chiqqan kelishmovchiliklar mohiyati yuzasidan xulosa bergan shaxslar tomonidan standartlar, texnik shartlar, boshqa normativ-texnik hujjatlar talablariga rioya qilinganligini tekshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, mahsulot (tovar)larning sifatini tanlab tekshirish natijalari, agar bunday tekshirish sotib oluvchi (oluvchi) tomonidan standartlar, texnik shartlar va tomonlar uchun majburiy boʻlgan boshqa qoidalar yoki shartnoma asosida va belgilangan tartibga rioya qilingan holda amalga oshirilgan boʻlsa, butun turkumga taalluqli boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qolgan hollarda tanlab tekshirishning natijalari yetkazib berilgan butun turkumga tatbiq etilmaydi va faqat mahsulot (tovar)larning tekshirilgan qismiga nisbatan qoʻllanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Agar standartlar, texnik shartlar va shartnoma bilan mahsulot (tovar)larning sifati va butligi boʻyicha, shuningdek mahsulot (tovar)lar oʻralgan idishlarni qabul qilish tartibi kelishilgan boʻlsa, sotib oluvchi (oluvchi) ushbu hujjatlarda nazarda tutilgan barcha talablarni aniq bajarishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Daʼvo muddati sotib oluvchi (oluvchi) tomonidan unga yetkazib berilgan mahsulot (tovar)larning kamchiliklari yoki but emasligi belgilangan tartibda aniqlangan kundan boshlab hisoblanadi. Yetkazib berilgan mahsulotning tegishli darajada sifatga ega emasligini yoki but emasligini belgilovchi dalolatnoma oʻz vaqtida tuzilmagan hollarda, daʼvo muddati dalolatnoma tuzilishi kerak boʻlgan kundan boshlab hisoblanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar mahsulot (tovar)larning ishlab chiqaruvchisi boʻlmagan yetkazib beruvchi sotib oluvchi (oluvchi)ga yuklab joʻnatishdan oldin mahsulot (tovar)larning sifati yoki butligini yalpi yoki tanlab (qisman) tekshirishi shart boʻlgan boʻlsa, yetkazib beruvchi tomonidan joʻnatilgan mahsulot (tovar)larning tegishli darajada sifatga ega emasligi yoki butligi bilan bogʻliq sotib oluvchi (oluvchi)ning ishlab chiqaruvchiga nisbatan daʼvosi uchun daʼvo muddati tegishli darajada sifatga ega boʻlmagan yoki but boʻlmagan mahsulot (tovar)lar haqidagi dalolatnoma joʻnatuvchi tomonidan tuzilishi kerak boʻlgan kundan boshlab hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar tegishli darajada sifatli boʻlmagan yoki but boʻlmagan mahsulot (tovar)larning yetkazib berilishi yuzasidan sotib oluvchi (oluvchi) tomonidan yetkazib beruvchiga daʼvo qilinsa, daʼvo muddati yetkazib berilgan mahsulotning tegishli darajada sifatli boʻlmaganligini yoki but boʻlmaganligini aniqlaydigan dalolatnoma sotib oluvchi (oluvchi) tomonidan tegishli tartibda tuzilgan yoki tuzilishi lozim boʻlgan kundan boshlab hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qachonki, mahsulotning ishlab chiqaruvchisi boʻlmagan yetkazib beruvchi uning uchun belgilangan tartibga muvofiq oʻz omborida ishlab chiqaruvchidan olingan mahsulot (tovar)larning sifatini yoki butligini tekshirishga majbur boʻlmasa, sotib oluvchi (oluvchi) tomonidan ishlab chiqaruvchiga ham, yetkazib beruvchiga ham daʼvo qilishi uchun daʼvo muddati mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan tartibda hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Sotib oluvchi-fuqarolar tomonidan tovarlarning kafolatli taʼmirini amalga oshiradigan maishiy xizmat koʻrsatish korxonalarining maʼlumotnomalari asosida tovarlarning qaytarilishi bilan bogʻliq boʻlgan savdo korxonalarining daʼvolari boʻyicha daʼvo qilish muddati sotib oluvchi-fuqaroning savdo korxonasiga belgilangan tartibda maʼlumotnomani ilova qilib murojaat qilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Regress tartibida daʼvo qilish muddati daʼvogar tegishli mablagʻlarni uchinchi shaxsga oʻtkazish yuzasidan bankka topshiriqnoma bergan kunidan yoki tan olingan mablagʻni oʻtkazish uchun topshiriq berilmagan boʻlsa, eʼtirozning tan olingan kunidan yoki regress daʼvoni taqdim etish uchun asos boʻlgan iqtisodiy sudning qarorini olgan kunidan yoxud tegishli mablagʻni akseptsiz (soʻzsiz) tartibda hisobdan oʻchirish toʻgʻrisidagi bankning xabarnomasi olingan kundan boshlab hisoblanadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Agar sotib oluvchining yetkazib beruvchiga nisbatan yaroqsiz deb topilgan va yetkazib beruvchiga qaytarilgan mahsulot (tovar)lar qiymatini qaytarish toʻgʻrisidagi daʼvosini hal etishda mahsulot (tovar)larning asossiz ravishda yaroqsiz deb topilganligi aniqlansa, sud berilgan daʼvoni qanoatlantirishni rad eta turib, aynan shu qaror bilan sotib oluvchining zimmasiga unga tegishli boʻlgan va yetkazib beruvchining masʼul saqlanishida boʻlgan mahsulot (tovar)larni muayyan muddatda tasarruf etish majburiyatini yuklaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Yetkazib beruvchi sotib oluvchining farmoyishini bajarishdan bosh tortgan holda. sotib oluvchi daʼvo muddati davomida mahsulot (tovar)lar uchun toʻlangan summani qaytarish toʻgʻrisida yetkazib beruvchiga nisbatan daʼvo qoʻzgʻatishga haqlidir. Bu muddat mahsulot (tovar)lar sotib oluvchi tomonidan yetkazib beruvchiga qaytarib berilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 1993-yil 3-iyundagi “Sifati lozim darajada boʻlmagan mahsulotlar (tovarlar) yetkazib berish bilan bogʻliq nizolarni hal qilish tartibi toʻgʻrisida”gi 18-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 28-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
174-son