Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi plenumining
QarorI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY XOʻJALIK SUDI PLENUMINING AYRIM QARORLARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh TOʻGʻRISIDA
Plenum Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlariga binoan qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi munosabati bilan “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 47, 54-moddalariga asosan qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining:
1. 1994-yil 18-oktabrdagi “Nizolarning xoʻjalik sudlariga taalluqliligi (sudlovga tegishliligi) toʻgʻrisidagi ayrim masalalar haqida”gi 28-son.
3. 1996-yil 1-martdagi “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bilan bogʻliq nizolarni koʻrishda Respublika xoʻjalik sudlari tomonidan qonunchilikni tatbiq etish amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 53-son qarorining 4, 5-bandlari.
4. 1996-yil 9-avgustdagi “Pul majburiyatlari bilan bogʻliq boʻlgan nizolarni hal qilishning sudlov amaliyoti toʻgʻrisida”gi 58-son.
5. 1998-yil 6-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini amalga kiritish bilan bogʻliq boʻlgan masalalar haqida”gi 68-son qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Toshkent sh.,
2005-yil 31-mart,
129-son