Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi
Kuchga kirish sanasi
01.10.1997
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 16.01.2026 sanasi holatiga | Joriy versiya |
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYAT-IJROIYA KODEKSI | OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYAT-IJROIYA KODEKSI |
UMUMIY QISM | UMUMIY QISM |
I BOʻLIM. ASOSIY QOIDALAR | I BOʻLIM. ASOSIY QOIDALAR |
1 BOB. UMUMIY QOIDALAR | 1 BOB. UMUMIY QOIDALAR |
1-modda. Jinoyat-ijroiya qonunchiligi | 1-modda. Jinoyat-ijroiya qonunchiligi |
Jinoyat-ijroiya qonunchiligi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asoslanadi hamda ushbu Kodeksdan, shuningdek unga muvofiq qabul qilinadigan boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat boʻladi. | Jinoyat-ijroiya qonunchiligi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asoslanadi hamda ushbu Kodeksdan, shuningdek unga muvofiq qabul qilinadigan boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat boʻladi. |
Jinoyat-ijroiya qonunchiligi: | Jinoyat-ijroiya qonunchiligi: |
jinoiy jazoni, boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir choralarini ijro etish prinsiplari, tartibi va shartlarini; | jinoiy jazoni, boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir choralarini ijro etish prinsiplari, tartibi va shartlarini; |
mahkumlarning huquqiy maqomini; | mahkumlarning huquqiy maqomini; |
mahkumlarni axloqan tuzatish vositalari hamda ularni qoʻllash tartibini; | mahkumlarni axloqan tuzatish vositalari hamda ularni qoʻllash tartibini; |
mahkumlarni jazoni oʻtashdan ozod qilish tartibini; | mahkumlarni jazoni oʻtashdan ozod qilish tartibini; |
jazoni ijro etuvchi muassasa va organlar faoliyati tartibini; | jazoni ijro etuvchi muassasa va organlar faoliyati tartibini; |
mahkumlarni axloqan tuzatishda davlat hokimiyati va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, korxona, muassasa, tashkilotlarning, jamoat birlashmalari va fuqarolarning ishtirokini belgilaydi. | mahkumlarni axloqan tuzatishda davlat hokimiyati va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, korxona, muassasa, tashkilotlarning, jamoat birlashmalari va fuqarolarning ishtirokini belgilaydi. |
2-modda. Jinoyat-ijroiya qonunchiligining vazifasi | 2-modda. Jinoyat-ijroiya qonunchiligining vazifasi |
Jinoyat-ijroiya qonunchiligining vazifasi jazo ijrosini taʼminlash, mahkumlarni axloqan tuzatish, jinoyatlar sodir etilishining oldini olish, mahkumlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat. | Jinoyat-ijroiya qonunchiligining vazifasi jazo ijrosini taʼminlash, mahkumlarni axloqan tuzatish, jinoyatlar sodir etilishining oldini olish, mahkumlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat. |
3-modda. Jinoyat-ijroiya qonunchiligining amal qilishi | 3-modda. Jinoyat-ijroiya qonunchiligining amal qilishi |
Jinoyat-ijroiya qonunchiligi Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida qoʻllaniladi. | Jinoyat-ijroiya qonunchiligi Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida qoʻllaniladi. |
Jazoni ijro etish va mahkumlarni axloqan tuzatish vositalari amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq qoʻllaniladi. | Jazoni ijro etish va mahkumlarni axloqan tuzatish vositalari amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq qoʻllaniladi. |
4-modda. Jinoyat-ijroiya qonunchiligi va xalqaro-huquqiy hujjatlar | 4-modda. Jinoyat-ijroiya qonunchiligi va xalqaro-huquqiy hujjatlar |
Jinoyat-ijroiya qonunchiligi xalqaro huquqning jazoni ijro etish va mahkumlar bilan muomalada boʻlishga taalluqli prinsiplari va normalarini inobatga oladi. | Jinoyat-ijroiya qonunchiligi xalqaro huquqning jazoni ijro etish va mahkumlar bilan muomalada boʻlishga taalluqli prinsiplari va normalarini inobatga oladi. |
Jinoyat-ijroiya qonunchiligining normalari mahkumlarni qiynoqqa solish va boshqa gʻayriinsoniy yoki kamsituvchi muomala turlaridan himoya qilish toʻgʻrisidagi xalqaro hujjatlarga zid boʻlishi mumkin emas. | Jinoyat-ijroiya qonunchiligining normalari mahkumlarni qiynoqqa solish va boshqa gʻayriinsoniy yoki kamsituvchi muomala turlaridan himoya qilish toʻgʻrisidagi xalqaro hujjatlarga zid boʻlishi mumkin emas. |
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida jinoyat-ijroiya qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnomaning qoidalari qoʻllaniladi. | Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida jinoyat-ijroiya qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnomaning qoidalari qoʻllaniladi. |
5-modda. Jazoni ijro etish asosi | 5-modda. Jazoni ijro etish asosi |
Jazoni ijro etish uchun sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, ajrimi yoki qarori, shuningdek amnistiya yoki avf akti asos boʻladi. | Jazoni ijro etish uchun sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, ajrimi yoki qarori, shuningdek amnistiya yoki avf akti asos boʻladi. |
6-modda. Jinoyat-ijroiya qonunchiligining prinsiplari | 6-modda. Jinoyat-ijroiya qonunchiligining prinsiplari |
Jinoyat-ijroiya qonunchiligi qonuniylik, adolat, insonparvarlik, demokratizm, jazoni ijro etishda tabaqalashtirishga va yakka tartibda yondashishga rioya etish, majburlov vositalarini oqilona qoʻllash va mahkumlarning qonunga itoatkor xulq-atvorini ragʻbatlantirish, mahkumlarga nisbatan insoniy muomalada boʻlish, mahkumlarning inson shaxsiga xos boʻlgan shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilish prinsiplariga asoslanadi. | Jinoyat-ijroiya qonunchiligi qonuniylik, adolat, insonparvarlik, demokratizm, jazoni ijro etishda tabaqalashtirishga va yakka tartibda yondashishga rioya etish, majburlov vositalarini oqilona qoʻllash va mahkumlarning qonunga itoatkor xulq-atvorini ragʻbatlantirish, mahkumlarga nisbatan insoniy muomalada boʻlish, mahkumlarning inson shaxsiga xos boʻlgan shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilish prinsiplariga asoslanadi. |
7-modda. Mahkumni axloqan tuzatish. Axloqan tuzatishning asosiy vositalari | 7-modda. Mahkumni axloqan tuzatish. Axloqan tuzatishning asosiy vositalari |
Mahkumni axloqan tuzatish — unda qonunga itoatkor xulq-atvorni, insonga, jamiyatga, mehnatga, jamiyat turmushi qoidalari va anʼanalariga hurmat munosabatini shakllantirishdan iborat. | Mahkumni axloqan tuzatish — unda qonunga itoatkor xulq-atvorni, insonga, jamiyatga, mehnatga, jamiyat turmushi qoidalari va anʼanalariga hurmat munosabatini shakllantirishdan iborat. |
Mahkumni axloqan tuzatishning asosiy vositalariga jazoni ijro etish va oʻtashning belgilangan tartibi (rejimi), ijtimoiy-foydali mehnat, tarbiyaviy ish, umumiy va hunar taʼlimi, kasb tayyorgarligi va jamoat taʼsiri kiradi. | Mahkumni axloqan tuzatishning asosiy vositalariga jazoni ijro etish va oʻtashning belgilangan tartibi (rejimi), ijtimoiy-foydali mehnat, tarbiyaviy ish, umumiy va hunar taʼlimi, kasb tayyorgarligi va jamoat taʼsiri kiradi. |
Axloqan tuzatish vositalari jazo turini, sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, shuningdek mahkumning shaxsi va xulq-atvorini inobatga olgan holda qoʻllaniladi | Axloqan tuzatish vositalari jazo turini, sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, shuningdek mahkumning shaxsi va xulq-atvorini inobatga olgan holda qoʻllaniladi |
2-BOB. MAHKUMLARNING HUQUQIY HOLATI | 2-BOB. MAHKUMLARNING HUQUQIY HOLATI |
8-modda. Mahkumlar huquqiy holatining asoslari | 8-modda. Mahkumlar huquqiy holatining asoslari |
Mahkumlar, ushbu Kodeks va boshqa qonunlarda belgilangan istisno hamda cheklashlar inobatga olingan holda, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan huquqlar, erkinliklarga ega boʻladilar va majburiyatlarni bajaradilar. Mahkum ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan huquqlar, erkinliklarga ega boʻlishlari va majburiyatlarni bajarishlari mumkin. | Mahkumlar, ushbu Kodeks va boshqa qonunlarda belgilangan istisno hamda cheklashlar inobatga olingan holda, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan huquqlar, erkinliklarga ega boʻladilar va majburiyatlarni bajaradilar. Mahkum ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan huquqlar, erkinliklarga ega boʻlishlari va majburiyatlarni bajarishlari mumkin. |
Mahkumlarga nisbatan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatini kamsituvchi muomala yoxud jazo turlarining qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. | Mahkumlarga nisbatan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatini kamsituvchi muomala yoxud jazo turlarining qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. |
Mahkumlarning huquqlari va majburiyatlari muayyan jazo turini ijro etish tartibi va shartlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. | Mahkumlarning huquqlari va majburiyatlari muayyan jazo turini ijro etish tartibi va shartlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. |
9-modda. Mahkumlarning asosiy huquqlari | 9-modda. Mahkumlarning asosiy huquqlari |
Mahkumlar quyidagi huquqlarga ega: | Mahkumlar quyidagi huquqlarga ega: |
jazoni oʻtash tartibi va shartlari toʻgʻrisida, oʻz huquqlari va majburiyatlari haqida axborot olish; | jazoni oʻtash tartibi va shartlari toʻgʻrisida, oʻz huquqlari va majburiyatlari haqida axborot olish; |
jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ maʼmuriyatiga, boshqa davlat organlari va jamoat birlashmalariga oʻz ona tilida yoki boshqa tilda taklif, ariza va shikoyatlar bilan murojaat etish; | jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ maʼmuriyatiga, boshqa davlat organlari va jamoat birlashmalariga oʻz ona tilida yoki boshqa tilda taklif, ariza va shikoyatlar bilan murojaat etish; |
oʻz taklif, ariza va shikoyatlariga murojaat etilgan tilda javob olish. Murojaat etilgan tilda javob berishning iloji boʻlmagan taqdirda javob Oʻzbekiston Respublikasining davlat tilida beriladi. Javobni intizomiy qismga joʻnatish va ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs murojaat etgan tilga tarjima qilib berish jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ tomonidan taʼminlanadi; | oʻz taklif, ariza va shikoyatlariga murojaat etilgan tilda javob olish. Murojaat etilgan tilda javob berishning iloji boʻlmagan taqdirda javob Oʻzbekiston Respublikasining davlat tilida beriladi. Javobni intizomiy qismga joʻnatish va ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs murojaat etgan tilga tarjima qilib berish jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ tomonidan taʼminlanadi; |
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq, agar davlatning huquqiy himoyaga doir barcha ichki vositalaridan foydalanib boʻlingan boʻlsa, insonning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqaro organlarga murojaat etish; | Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq, agar davlatning huquqiy himoyaga doir barcha ichki vositalaridan foydalanib boʻlingan boʻlsa, insonning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqaro organlarga murojaat etish; |
tushuntirish berish hamda yozishmalar olib borish, zarur hollarda tarjimonning shu jumladan surdotarjimonning xizmatidan foydalanish; | tushuntirish berish hamda yozishmalar olib borish, zarur hollarda tarjimonning shu jumladan surdotarjimonning xizmatidan foydalanish; |
oʻquv, badiiy va boshqa xil axborot materiallaridan foydalanish; | oʻquv, badiiy va boshqa xil axborot materiallaridan foydalanish; |
sogʻligʻini saqlash, shu jumladan tibbiy xulosaga koʻra ambulatoriya-poliklinika va statsionar sharoitda tibbiy yordam olish; | sogʻligʻini saqlash, shu jumladan tibbiy xulosaga koʻra ambulatoriya-poliklinika va statsionar sharoitda tibbiy yordam olish; |
ob-havo sharoiti yoʻl qoʻysa, ishdan boʻsh vaqtida toza havoda jismoniy mashqlar bilan shugʻullanish; | ob-havo sharoiti yoʻl qoʻysa, ishdan boʻsh vaqtida toza havoda jismoniy mashqlar bilan shugʻullanish; |
jazoni ijro etish muassasasining psixologik xizmat koʻrsatish xodimlari tomonidan koʻrsatiladigan psixologik yordamni olish. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning psixologik yordam koʻrsatish bilan bogʻliq tadbirlarda ishtirok etishi faqat ularning roziligi bilan amalga oshiriladi; | jazoni ijro etish muassasasining psixologik xizmat koʻrsatish xodimlari tomonidan koʻrsatiladigan psixologik yordamni olish. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning psixologik yordam koʻrsatish bilan bogʻliq tadbirlarda ishtirok etishi faqat ularning roziligi bilan amalga oshiriladi; |
mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq xavfsiz mehnat sharoitiga ega boʻlish, dam olish, taʼtilga chiqish, shuningdek mehnatiga haq toʻlanishi; | mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq xavfsiz mehnat sharoitiga ega boʻlish, dam olish, taʼtilga chiqish, shuningdek mehnatiga haq toʻlanishi; |
ijtimoiy taʼminot, shu jumladan qonunchilikka muvofiq pensiya olish. | ijtimoiy taʼminot, shu jumladan qonunchilikka muvofiq pensiya olish. |
Mahkum ajnabiy fuqarolar shuningdek oʻz davlatlarining diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalari bilan, Oʻzbekiston Respublikasida diplomatiya va konsullik muassasalari boʻlmagan mamlakatlarning fuqarolari esa, ularning manfaatlarini himoya qilishni oʻz zimmasiga olgan davlatning diplomatiya vakolatxonalari bilan aloqa qilib turish huquqiga ega. | Mahkum ajnabiy fuqarolar shuningdek oʻz davlatlarining diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalari bilan, Oʻzbekiston Respublikasida diplomatiya va konsullik muassasalari boʻlmagan mamlakatlarning fuqarolari esa, ularning manfaatlarini himoya qilishni oʻz zimmasiga olgan davlatning diplomatiya vakolatxonalari bilan aloqa qilib turish huquqiga ega. |
Ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan va uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlar sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovlarida hamda referendumda ishtirok etish huquqiga ega. | Ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan va uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlar sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovlarida hamda referendumda ishtirok etish huquqiga ega. |
Agar ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovlarida hamda referendumda ishtirok etish huquqidan qonunga muvofiq va sudning hukmi asosida mahrum etilgan boʻlmasa, ular ushbu saylovlarda va referendumda ishtirok etish huquqiga ega boʻladi. | Agar ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovlarida hamda referendumda ishtirok etish huquqidan qonunga muvofiq va sudning hukmi asosida mahrum etilgan boʻlmasa, ular ushbu saylovlarda va referendumda ishtirok etish huquqiga ega boʻladi. |
Mahkumlarning huquqlarini roʻyobga chiqarish tartibi ushbu Kodeks, boshqa qonunchilik bilan belgilanadi. | Mahkumlarning huquqlarini roʻyobga chiqarish tartibi ushbu Kodeks, boshqa qonunchilik bilan belgilanadi. |
10-modda. Yuridik yordam olish huquqini taʼminlash | 10-modda. Yuridik yordam olish huquqini taʼminlash |
Mahkumlar advokatlardan malakali yuridik yordam olish huquqiga ega. | Mahkumlar advokatlardan malakali yuridik yordam olish huquqiga ega. |
Jazoni va jinoyat-huquqiy taʼsir koʻrsatishning boshqa choralarini ijro etuvchi muassasalar hamda organlarning vakolatli mansabdor shaxsi sudning hukmlari, ajrimlari va qarorlarini qayta koʻrib chiqishda, shuningdek ularni ijro etish bilan bogʻliq masalalarni hal qilishda davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatning “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishtirok etishini davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega boʻlgan mahkumning iltimosiga koʻra taʼminlash choralarini koʻrishi shart. Boshqa hollarda mahkum davlat hisobidan yuridik yordam olish uchun “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida koʻrsatilgan maxsus vakolatli davlat organiga murojaat qilishi mumkin. | Jazoni va jinoyat-huquqiy taʼsir koʻrsatishning boshqa choralarini ijro etuvchi muassasalar hamda organlarning vakolatli mansabdor shaxsi sudning hukmlari, ajrimlari va qarorlarini qayta koʻrib chiqishda, shuningdek ularni ijro etish bilan bogʻliq masalalarni hal qilishda davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatning “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishtirok etishini davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega boʻlgan mahkumning iltimosiga koʻra taʼminlash choralarini koʻrishi shart. Boshqa hollarda mahkum davlat hisobidan yuridik yordam olish uchun “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida koʻrsatilgan maxsus vakolatli davlat organiga murojaat qilishi mumkin. |
Yuridik yordam olish uchun advokatlar bilan xoli uchrashuvlar mahkumlarga ularning arizasiga yoki advokatning iltimosnomasiga koʻra beriladi. | Yuridik yordam olish uchun advokatlar bilan xoli uchrashuvlar mahkumlarga ularning arizasiga yoki advokatning iltimosnomasiga koʻra beriladi. |
Advokat bilan uchrashuvni mahkumning oʻzi rad etganligi sababli advokatning mahkum yuridik yordam olishi uchun u bilan uchrashuv berilishi toʻgʻrisidagi iltimosnomasini qanoatlantirish rad etilganligi advokat mahkum bilan xoli suhbatlashganidan keyin tasdiqlanishi kerak, bu haqda bayonnoma tuzilib, u mahkum, advokat va jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatining vakili tomonidan imzolanadi. | Advokat bilan uchrashuvni mahkumning oʻzi rad etganligi sababli advokatning mahkum yuridik yordam olishi uchun u bilan uchrashuv berilishi toʻgʻrisidagi iltimosnomasini qanoatlantirish rad etilganligi advokat mahkum bilan xoli suhbatlashganidan keyin tasdiqlanishi kerak, bu haqda bayonnoma tuzilib, u mahkum, advokat va jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatining vakili tomonidan imzolanadi. |
Mahkumlarning advokatlar bilan uchrashuvlari ushbu Kodeksda belgilangan uchrashuvlar soni hisobiga kirmaydi, bunday uchrashuvlar soni va muddati cheklanmaydi. | Mahkumlarning advokatlar bilan uchrashuvlari ushbu Kodeksda belgilangan uchrashuvlar soni hisobiga kirmaydi, bunday uchrashuvlar soni va muddati cheklanmaydi. |
Yuridik yordam koʻrsatilayotganda advokat quyidagi huquqlarga ega: | Yuridik yordam koʻrsatilayotganda advokat quyidagi huquqlarga ega: |
jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatining, prokurorning, sudning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat berish; | jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatining, prokurorning, sudning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat berish; |
jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatidan maʼlumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlarni soʻrab olish. | jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatidan maʼlumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlarni soʻrab olish. |
Mahkumlarning advokatlar bilan uchrashuvlar oʻtkazish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi. | Mahkumlarning advokatlar bilan uchrashuvlar oʻtkazish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi. |
11-modda. Mahkumlarning shaxsiy xavfsizlik huquqi | 11-modda. Mahkumlarning shaxsiy xavfsizlik huquqi |
Mahkum shaxsiy xavfsizlik huquqiga ega. | Mahkum shaxsiy xavfsizlik huquqiga ega. |
Intizomiy qismga joʻnatishga yoki ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxsning shaxsiy xavfsizligiga tahdid yuzaga kelgan taqdirda, u oʻz shaxsiy xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisidagi ariza (xabar) bilan jazoni ijro etish muassasasining yoki organining har qanday xodimiga ogʻzaki yoki yozma ravishda murojaat qilishga haqli. Mahkumning arizasini (xabarini) qabul qilgan xodim zudlik bilan uni jazoni ijro etish muassasasining yoki organining boshligʻiga taqdim etadi. | Intizomiy qismga joʻnatishga yoki ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxsning shaxsiy xavfsizligiga tahdid yuzaga kelgan taqdirda, u oʻz shaxsiy xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisidagi ariza (xabar) bilan jazoni ijro etish muassasasining yoki organining har qanday xodimiga ogʻzaki yoki yozma ravishda murojaat qilishga haqli. Mahkumning arizasini (xabarini) qabul qilgan xodim zudlik bilan uni jazoni ijro etish muassasasining yoki organining boshligʻiga taqdim etadi. |
Mahkumning shaxsiy xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisidagi arizasi (xabari) mahkumlarning shaxsiy xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisidagi arizalarini (xabarlarini) qayd etish kitobida jazoni ijro etish muassasasining yoki organining masʼul shaxsi tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi. | Mahkumning shaxsiy xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisidagi arizasi (xabari) mahkumlarning shaxsiy xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisidagi arizalarini (xabarlarini) qayd etish kitobida jazoni ijro etish muassasasining yoki organining masʼul shaxsi tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi. |
Jazoni ijro etish muassasasi yoki organi boshligʻi shaxsiy xavfsizlikni taʼminlash toʻgʻrisidagi arizani (xabarni) olgandan soʻng mahkumni xavfsiz joyga vaqtinchalik joylashtirishi shart. | Jazoni ijro etish muassasasi yoki organi boshligʻi shaxsiy xavfsizlikni taʼminlash toʻgʻrisidagi arizani (xabarni) olgandan soʻng mahkumni xavfsiz joyga vaqtinchalik joylashtirishi shart. |
Jazoni ijro etish muassasasi yoki organi boshligʻi shaxsiy xavfsizlikni taʼminlash toʻgʻrisidagi arizani (xabarni) koʻrib chiqadi va mahkumga nisbatan xavfsizlik choralarini qoʻllash toʻgʻrisida yoxud ularni qoʻllashni rad etish haqida uch sutka ichida qaror qabul qiladi. Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda mahkumga nisbatan xavfsizlik choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror darhol qabul qilinadi. | Jazoni ijro etish muassasasi yoki organi boshligʻi shaxsiy xavfsizlikni taʼminlash toʻgʻrisidagi arizani (xabarni) koʻrib chiqadi va mahkumga nisbatan xavfsizlik choralarini qoʻllash toʻgʻrisida yoxud ularni qoʻllashni rad etish haqida uch sutka ichida qaror qabul qiladi. Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda mahkumga nisbatan xavfsizlik choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror darhol qabul qilinadi. |
Mahkum qabul qilingan qaror bilan imzo qoʻydirib tanishtiriladi. | Mahkum qabul qilingan qaror bilan imzo qoʻydirib tanishtiriladi. |
Xavfsizlik choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi yoki ularni qoʻllashni rad etish haqidagi qaror ustidan yuqori turuvchi organga, prokurorga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin. Shikoyat berilgan paytdan eʼtiboran yigirma toʻrt soat ichida koʻrib chiqilishi lozim. | Xavfsizlik choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi yoki ularni qoʻllashni rad etish haqidagi qaror ustidan yuqori turuvchi organga, prokurorga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin. Shikoyat berilgan paytdan eʼtiboran yigirma toʻrt soat ichida koʻrib chiqilishi lozim. |
Jazoni ijro etish muassasasi yoki organi boshligʻi mahkumning xavfsizligini taʼminlash maqsadida “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan xavfsizlik choralarini qoʻllaydi. | Jazoni ijro etish muassasasi yoki organi boshligʻi mahkumning xavfsizligini taʼminlash maqsadida “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan xavfsizlik choralarini qoʻllaydi. |
Xavfsiz joyga oʻtkazilgan mahkum jazoni bu yerga oʻtkazilguniga qadar belgilangan saqlash sharoitlarida oʻtaydi. | Xavfsiz joyga oʻtkazilgan mahkum jazoni bu yerga oʻtkazilguniga qadar belgilangan saqlash sharoitlarida oʻtaydi. |
111-modda. Mahkumlarning oʻziga nisbatan insoniy muomalada boʻlinishi huquqi | 111-modda. Mahkumlarning oʻziga nisbatan insoniy muomalada boʻlinishi huquqi |
Mahkumlar oʻziga nisbatan insoniy muomalada boʻlinishi hamda inson shaxsiga xos boʻlgan shaʼni va qadr-qimmati hurmat qilinishi huquqiga ega. | Mahkumlar oʻziga nisbatan insoniy muomalada boʻlinishi hamda inson shaxsiga xos boʻlgan shaʼni va qadr-qimmati hurmat qilinishi huquqiga ega. |
Jazoni ijro etish muassasalarining xodimlari mahkumlarga nisbatan insoniy muomalada boʻlishi shart. | Jazoni ijro etish muassasalarining xodimlari mahkumlarga nisbatan insoniy muomalada boʻlishi shart. |
Mahkumlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini va boshqa majburlov choralarini qoʻllashda ushbu Kodeksda belgilangan asoslardan hamda tartibdan chetga chiqishga yoʻl qoʻyilmaydi. | Mahkumlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini va boshqa majburlov choralarini qoʻllashda ushbu Kodeksda belgilangan asoslardan hamda tartibdan chetga chiqishga yoʻl qoʻyilmaydi. |
Mahkumlarda ularning roziligisiz tibbiy va ilmiy tajribalar oʻtkazilishi mumkin emas. | Mahkumlarda ularning roziligisiz tibbiy va ilmiy tajribalar oʻtkazilishi mumkin emas. |
12-modda. Mahkumlarning vijdon erkinligini taʼminlash | 12-modda. Mahkumlarning vijdon erkinligini taʼminlash |
Mahkumlarga vijdon erkinligi kafolatlanadi. Ular har qanday dinga eʼtiqod qilishga yoki hech qanday dinga eʼtiqod qilmaslikka haqli. | Mahkumlarga vijdon erkinligi kafolatlanadi. Ular har qanday dinga eʼtiqod qilishga yoki hech qanday dinga eʼtiqod qilmaslikka haqli. |
Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtayotgan shaxslar huzuriga, ularning iltimosiga koʻra, belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan diniy birlashmalarning ruhoniylari taklif etiladi. Mahkumlarga diniy rasm-rusumlarni ado etishga, ibodat uchun kerakli narsalardan va diniy adabiyotlardan foydalanishga ruxsat etiladi. | Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtayotgan shaxslar huzuriga, ularning iltimosiga koʻra, belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan diniy birlashmalarning ruhoniylari taklif etiladi. Mahkumlarga diniy rasm-rusumlarni ado etishga, ibodat uchun kerakli narsalardan va diniy adabiyotlardan foydalanishga ruxsat etiladi. |
Diniy rasm-rusumlarni ado etish ixtiyoriy boʻlib, bu narsa jazoni ijro etuvchi muassasaning ichki tartib qoidalarini buzmasligi, shuningdek boshqa shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitmasligi lozim. | Diniy rasm-rusumlarni ado etish ixtiyoriy boʻlib, bu narsa jazoni ijro etuvchi muassasaning ichki tartib qoidalarini buzmasligi, shuningdek boshqa shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitmasligi lozim. |
13-modda. Mahkumlarning asosiy majburiyatlari | 13-modda. Mahkumlarning asosiy majburiyatlari |
Mahkumlar: | Mahkumlar: |
jazoni oʻtash tartibi va shartlariga rioya etishga; | jazoni oʻtash tartibi va shartlariga rioya etishga; |
jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ maʼmuriyatining qonunga asoslangan talablarini bajarishga majburdirlar. | jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ maʼmuriyatining qonunga asoslangan talablarini bajarishga majburdirlar. |
Mahkumlarning oʻz zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarini bajarmasligi qonunda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi. | Mahkumlarning oʻz zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarini bajarmasligi qonunda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi. |
3-BOB. JAZOLARNI VA BOSHQA JINOYAT-HUQUQIY TAʼSIR CHORALARINI IJRO ETUVCHI MUASSASALAR VA ORGANLAR | 3-BOB. JAZOLARNI VA BOSHQA JINOYAT-HUQUQIY TAʼSIR CHORALARINI IJRO ETUVCHI MUASSASALAR VA ORGANLAR |
14-modda. Jazolarni ijro etuvchi muassasalar va organlar | 14-modda. Jazolarni ijro etuvchi muassasalar va organlar |
Jarima tariqasidagi jazo Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan ijro etiladi. | Jarima tariqasidagi jazo Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan ijro etiladi. |
Muayyan huquqdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash, ozodlikdan mahrum qilish va umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi ichki ishlar organlari tomonidan yoki sud belgilaydigan boshqa organ tomonidan ijro etiladi. Muayyan huquqdan mahrum qilish toʻgʻrisidagi hukm talabi mahkumning ish joyidagi maʼmuriyat tomonidan, shuningdek tegishli faoliyat turlari bilan shugʻullanishga berilgan ruxsatnomani bekor qilishga vakolatli organlar tomonidan ijro etiladi. | Muayyan huquqdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash, ozodlikdan mahrum qilish va umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi ichki ishlar organlari tomonidan yoki sud belgilaydigan boshqa organ tomonidan ijro etiladi. Muayyan huquqdan mahrum qilish toʻgʻrisidagi hukm talabi mahkumning ish joyidagi maʼmuriyat tomonidan, shuningdek tegishli faoliyat turlari bilan shugʻullanishga berilgan ruxsatnomani bekor qilishga vakolatli organlar tomonidan ijro etiladi. |
Harbiy xizmatchilarga nisbatan: | Harbiy xizmatchilarga nisbatan: |
xizmat boʻyicha cheklash tariqasidagi jazo — harbiy xizmatchi xizmatni oʻtayotgan joydagi harbiy qismlarning (muassasalarning) qoʻmondonligi tomonidan; | xizmat boʻyicha cheklash tariqasidagi jazo — harbiy xizmatchi xizmatni oʻtayotgan joydagi harbiy qismlarning (muassasalarning) qoʻmondonligi tomonidan; |
intizomiy qismga joʻnatish tariqasidagi jazo — maxsus tashkil etilgan harbiy qismlar tomonidan ijro etiladi. | intizomiy qismga joʻnatish tariqasidagi jazo — maxsus tashkil etilgan harbiy qismlar tomonidan ijro etiladi. |
Harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish tariqasidagi qoʻshimcha jazo mazkur unvonni bergan organ tomonidan ijro etiladi. | Harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish tariqasidagi qoʻshimcha jazo mazkur unvonni bergan organ tomonidan ijro etiladi. |
15-modda. Boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir choralarini ijro etuvchi muassasalar va organlar | 15-modda. Boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir choralarini ijro etuvchi muassasalar va organlar |
Shartli hukm qilingan shaxslarning xulq-atvori ustidan nazorat ichki ishlar organlari, harbiy xizmatchilarga nisbatan esa — ular xizmatni oʻtayotgan joydagi harbiy qismlar (muassasalar) qoʻmondonligi tomonidan amalga oshiriladi. | Shartli hukm qilingan shaxslarning xulq-atvori ustidan nazorat ichki ishlar organlari, harbiy xizmatchilarga nisbatan esa — ular xizmatni oʻtayotgan joydagi harbiy qismlar (muassasalar) qoʻmondonligi tomonidan amalga oshiriladi. |
Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari: | Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari: |
ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan — sogʻliqni saqlash organlarining tibbiy muassasalari tomonidan; | ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan — sogʻliqni saqlash organlarining tibbiy muassasalari tomonidan; |
alkogolizmga, giyohvandlikka yoki zaharvandlikka yoʻliqqan yoxud ruhiy holati aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda buzilgan mahkumlarga nisbatan — sogʻliqni saqlash organlarining tibbiy muassasalari tomonidan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganda esa, jazoni ijro etish muassasalarining davolash-profilaktika yordami koʻrsatish boʻlimlarida hamda mahkumlarga moʻljallangan ixtisoslashgan shifoxonada. | alkogolizmga, giyohvandlikka yoki zaharvandlikka yoʻliqqan yoxud ruhiy holati aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda buzilgan mahkumlarga nisbatan — sogʻliqni saqlash organlarining tibbiy muassasalari tomonidan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganda esa, jazoni ijro etish muassasalarining davolash-profilaktika yordami koʻrsatish boʻlimlarida hamda mahkumlarga moʻljallangan ixtisoslashgan shifoxonada. |
Voyaga yetmaganlarga nisbatan majburlov choralari: | Voyaga yetmaganlarga nisbatan majburlov choralari: |
jabrlanuvchidan uzr soʻrash, yetkazilgan zararni toʻlash yoki bartaraf etish majburiyatini yuklash — sud tomonidan; | jabrlanuvchidan uzr soʻrash, yetkazilgan zararni toʻlash yoki bartaraf etish majburiyatini yuklash — sud tomonidan; |
maxsus oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish — xalq taʼlimi organlari tomonidan ijro etiladi. | maxsus oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish — xalq taʼlimi organlari tomonidan ijro etiladi. |
4-BOB. JAZOLARNI VA BOSHQA JINOYAT-HUQUQIY TAʼSIR CHORALARINI IJRO ETUVCHI MUASSASALAR VA ORGANLAR FAOLIYATINI TEKSHIRISH HAMDA NAZORAT QILISH | 4-BOB. JAZOLARNI VA BOSHQA JINOYAT-HUQUQIY TAʼSIR CHORALARINI IJRO ETUVCHI MUASSASALAR VA ORGANLAR FAOLIYATINI TEKSHIRISH HAMDA NAZORAT QILISH |
16-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan tekshirish | 16-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan tekshirish |
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari jazolarni va boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir choralarini ijro etuvchi muassasalar va organlar faoliyatini qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda tekshiradilar. | Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari jazolarni va boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir choralarini ijro etuvchi muassasalar va organlar faoliyatini qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda tekshiradilar. |
17-modda. Prokuror nazorati | 17-modda. Prokuror nazorati |
Jazolarni va boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir choralarini ijro etish chogʻida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar qonunda belgilangan tartibda amalga oshiradilar. | Jazolarni va boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir choralarini ijro etish chogʻida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar qonunda belgilangan tartibda amalga oshiradilar. |
18-modda. Jazoni oʻtash joylariga kirish | 18-modda. Jazoni oʻtash joylariga kirish |
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining mansabdor shaxslari, ommaviy axborot vositalari vakillari va boshqa shaxslar jazoni ijro etuvchi muassasalar va organlarga kirish huquqiga ega. | Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining mansabdor shaxslari, ommaviy axborot vositalari vakillari va boshqa shaxslar jazoni ijro etuvchi muassasalar va organlarga kirish huquqiga ega. |
Shikoyatlarni koʻrib chiqish, shuningdek fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi hollarini oʻz tashabbusi bilan tekshirish chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), uning oʻrinbosari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mintaqaviy vakillari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirish huquqiga ega. | Shikoyatlarni koʻrib chiqish, shuningdek fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi hollarini oʻz tashabbusi bilan tekshirish chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), uning oʻrinbosari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mintaqaviy vakillari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirish huquqiga ega. |
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari oʻz vakolatlari doirasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabablari va shart-sharoitlarini oʻrganish hamda tahlil qilish maqsadida jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirishga, zarur hujjatlar bilan tanishishga haqli. | Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari oʻz vakolatlari doirasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabablari va shart-sharoitlarini oʻrganish hamda tahlil qilish maqsadida jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirishga, zarur hujjatlar bilan tanishishga haqli. |
Jazoni ijro etuvchi muassasalar va organlarga kirish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi. | Jazoni ijro etuvchi muassasalar va organlarga kirish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi. |
Mahkumlarni kino-, foto-, videotasvirga tushirishga va ulardan intervyu olishga ularning yozma roziligi bilan, shuningdek jazoni ijro etuvchi organning ruxsatiga asosan yoʻl qoʻyiladi. Mahkumlarning xavfsizligini va qoʻriqlanishini taʼminlovchi obyektlarni tasvirga olishga jazoni ijro etuvchi muassasaning yoki organning ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi. | Mahkumlarni kino-, foto-, videotasvirga tushirishga va ulardan intervyu olishga ularning yozma roziligi bilan, shuningdek jazoni ijro etuvchi organning ruxsatiga asosan yoʻl qoʻyiladi. Mahkumlarning xavfsizligini va qoʻriqlanishini taʼminlovchi obyektlarni tasvirga olishga jazoni ijro etuvchi muassasaning yoki organning ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi. |
MAXSUS QISM | MAXSUS QISM |
II boʻlim. JARIMA, MUAYYAN HUQUQDAN MAHRUM QILISH, MAJBURIY JAMOAT ISHLARI VA AXLOQ TUZATISH ISHLARI TARIQASIDAGI JAZOLARNI IJRO ETISH | II boʻlim. JARIMA, MUAYYAN HUQUQDAN MAHRUM QILISH, MAJBURIY JAMOAT ISHLARI VA AXLOQ TUZATISH ISHLARI TARIQASIDAGI JAZOLARNI IJRO ETISH |
5-BOB. JARIMA TARIQASIDAGI JAZONI IJRO ETISH | 5-BOB. JARIMA TARIQASIDAGI JAZONI IJRO ETISH |
19-modda. Jazoni ijro etish tartibi | 19-modda. Jazoni ijro etish tartibi |
Jarima tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxs jarimani hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab bir oylik muddat ichida ixtiyoriy ravishda toʻlashi shart. Mahkum belgilangan muddatda jarimani ixtiyoriy ravishda toʻlamagan taqdirda, jarima davlat ijrochisi tomonidan majburiy tartibda undirib olinadi. Jarimani majburiy undirish ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan mahkumga nisbatan qoʻllanilmaydi. | Jarima tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxs jarimani hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab bir oylik muddat ichida ixtiyoriy ravishda toʻlashi shart. Mahkum belgilangan muddatda jarimani ixtiyoriy ravishda toʻlamagan taqdirda, jarima davlat ijrochisi tomonidan majburiy tartibda undirib olinadi. Jarimani majburiy undirish ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan mahkumga nisbatan qoʻllanilmaydi. |
Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan jinoyat sodir etgan va jarima tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxs hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab olti oylik muddat ichida jarimani ixtiyoriy ravishda toʻlashi shart. | Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan jinoyat sodir etgan va jarima tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxs hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab olti oylik muddat ichida jarimani ixtiyoriy ravishda toʻlashi shart. |
Agar belgilangan muddatda jarimani toʻliq miqdorda toʻlashga mahkumning imkoni boʻlmasa, sud uning iltimosnomasiga koʻra hukmning ijrosini Jinoyat-protsessual kodeksining 533-moddasida belgilangan tartibda kechiktirishi yoki jarimani boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat etishi mumkin. | Agar belgilangan muddatda jarimani toʻliq miqdorda toʻlashga mahkumning imkoni boʻlmasa, sud uning iltimosnomasiga koʻra hukmning ijrosini Jinoyat-protsessual kodeksining 533-moddasida belgilangan tartibda kechiktirishi yoki jarimani boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat etishi mumkin. |
20-modda. Jarimani toʻlashdan boʻyin tovlash oqibatlari | 20-modda. Jarimani toʻlashdan boʻyin tovlash oqibatlari |
Mahkumning jarimani toʻlashdan boʻyin tovlashi bu jazoni Jinoyat kodeksining 44 va 82-moddalarida nazarda tutilgan tartibda va doirada boshqa jazo bilan almashtirishga sabab boʻladi. | Mahkumning jarimani toʻlashdan boʻyin tovlashi bu jazoni Jinoyat kodeksining 44 va 82-moddalarida nazarda tutilgan tartibda va doirada boshqa jazo bilan almashtirishga sabab boʻladi. |
6-BOB. MUAYYAN HUQUQDAN MAHRUM QILISH TARIQASIDAGI JAZONI IJRO ETISH | 6-BOB. MUAYYAN HUQUQDAN MAHRUM QILISH TARIQASIDAGI JAZONI IJRO ETISH |
21-modda. Jazoni ijro etish tartibi | 21-modda. Jazoni ijro etish tartibi |
Muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazo ijrosi mahkumning yashash joyidagi ichki ishlar organlarining probatsiya boʻlinmasi tomonidan amalga oshiriladi. | Muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazo ijrosi mahkumning yashash joyidagi ichki ishlar organlarining probatsiya boʻlinmasi tomonidan amalga oshiriladi. |
Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga qoʻshimcha ravishda tayinlangan muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazoning ijrosi asosiy jazoni ijro etuvchi organ tomonidan amalga oshiriladi. | Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga qoʻshimcha ravishda tayinlangan muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazoning ijrosi asosiy jazoni ijro etuvchi organ tomonidan amalga oshiriladi. |
22-modda. Probatsiya boʻlinmasining majburiyatlari | 22-modda. Probatsiya boʻlinmasining majburiyatlari |
Ichki ishlar organlarining probatsiya boʻlinmasi: | Ichki ishlar organlarining probatsiya boʻlinmasi: |
muayyan huquqdan mahrum qilingan mahkumlarni roʻyxatga oladi; | muayyan huquqdan mahrum qilingan mahkumlarni roʻyxatga oladi; |
mahkum ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyatiga va (yoki) muayyan faoliyat turi bilan shugʻullanish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilishga vakolatli organga hukm talablarini ijro etish toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi; | mahkum ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyatiga va (yoki) muayyan faoliyat turi bilan shugʻullanish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilishga vakolatli organga hukm talablarini ijro etish toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi; |
mahkumning hukmda koʻrsatilgan taqiqlarga rioya etishini tekshiradi; | mahkumning hukmda koʻrsatilgan taqiqlarga rioya etishini tekshiradi; |
mahkum ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyati, shuningdek muayyan faoliyat turi bilan shugʻullanish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilishga vakolatli organlar tomonidan hukm talablari qanday bajarilayotganligini tekshiradi. | mahkum ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyati, shuningdek muayyan faoliyat turi bilan shugʻullanish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilishga vakolatli organlar tomonidan hukm talablari qanday bajarilayotganligini tekshiradi. |
Mahkum harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilgan yoxud kirgan taqdirda probatsiya boʻlinmasi hukmning nusxasini mudofaa ishlari boʻlimiga yoki mahkum xizmatni oʻtayotgan joyga yuboradi. | Mahkum harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilgan yoxud kirgan taqdirda probatsiya boʻlinmasi hukmning nusxasini mudofaa ishlari boʻlimiga yoki mahkum xizmatni oʻtayotgan joyga yuboradi. |
23-modda. Korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyatining hukmni ijro etish borasidagi majburiyatlari | 23-modda. Korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyatining hukmni ijro etish borasidagi majburiyatlari |
Mahkum ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyati probatsiya boʻlinmasidan xabarnoma olgan kundan boshlab uch kun ichida quyidagilarni amalga oshirishga majbur: | Mahkum ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyati probatsiya boʻlinmasidan xabarnoma olgan kundan boshlab uch kun ichida quyidagilarni amalga oshirishga majbur: |
mahkum egallash va shugʻullanish huquqidan mahrum etilgan lavozimdan yoki mehnat faoliyati turidan uni ozod qilish; | mahkum egallash va shugʻullanish huquqidan mahrum etilgan lavozimdan yoki mehnat faoliyati turidan uni ozod qilish; |
probatsiya boʻlinmasiga hukm talablari ijro etilganligi toʻgʻrisida, tegishli hujjatlarni ilova etgan holda, xabar yoʻllash; | probatsiya boʻlinmasiga hukm talablari ijro etilganligi toʻgʻrisida, tegishli hujjatlarni ilova etgan holda, xabar yoʻllash; |
mahkum boshqa ishga oʻtkazilgan yoki u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda, bu haqda probatsiya boʻlinmasiga xabar qilish. | mahkum boshqa ishga oʻtkazilgan yoki u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda, bu haqda probatsiya boʻlinmasiga xabar qilish. |
24-modda. Muayyan faoliyat turi bilan shugʻullanish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilishga vakolatli organning majburiyatlari | 24-modda. Muayyan faoliyat turi bilan shugʻullanish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilishga vakolatli organning majburiyatlari |
Muayyan faoliyat turi bilan shugʻullanish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilishga vakolatli organ probatsiya boʻlinmasidan xabarnoma olgan kundan boshlab uch kun ichida mahkum shugʻullanishi taqiqlangan faoliyat turi uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilib, tegishli hujjatni olib qoʻyishga va bu haqda probatsiya boʻlinmasiga xabar yoʻllashga majbur. | Muayyan faoliyat turi bilan shugʻullanish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilishga vakolatli organ probatsiya boʻlinmasidan xabarnoma olgan kundan boshlab uch kun ichida mahkum shugʻullanishi taqiqlangan faoliyat turi uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilib, tegishli hujjatni olib qoʻyishga va bu haqda probatsiya boʻlinmasiga xabar yoʻllashga majbur. |
25-modda. Mahkumning majburiyatlari | 25-modda. Mahkumning majburiyatlari |
Muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxs hukm talablarini bajarishga, probatsiya boʻlinmasiga mazkur jazoni oʻtash bilan bogʻliq hujjatlarni taqdim etishga, yashash va ish joyidagi oʻzgarishlar yoki mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqida probatsiya boʻlinmasini xabardor qilishga, chaqiruvga binoan probatsiya boʻlinmasida hozir boʻlishga majbur. Mahkum hozir boʻlmagan taqdirda u belgilangan tartibda majburan keltirilishi mumkin. | Muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxs hukm talablarini bajarishga, probatsiya boʻlinmasiga mazkur jazoni oʻtash bilan bogʻliq hujjatlarni taqdim etishga, yashash va ish joyidagi oʻzgarishlar yoki mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqida probatsiya boʻlinmasini xabardor qilishga, chaqiruvga binoan probatsiya boʻlinmasida hozir boʻlishga majbur. Mahkum hozir boʻlmagan taqdirda u belgilangan tartibda majburan keltirilishi mumkin. |
61-bob. Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoni ijro etish va oʻtash | 61-bob. Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoni ijro etish va oʻtash |
251-modda. Jazoni ijro etish tartibi va shartlari | 251-modda. Jazoni ijro etish tartibi va shartlari |
Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoni ijro etish mahkumning yashash joyidagi ichki ishlar organlarining probatsiya boʻlinmasi tomonidan amalga oshiriladi. Mahkum majburiy jamoat ishlarini oʻtashi mumkin boʻlgan joylar (obyektlar) va majburiy jamoat ishlarining turlari probatsiya boʻlinmalari tomonidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining taklifiga koʻra belgilanadi. | Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoni ijro etish mahkumning yashash joyidagi ichki ishlar organlarining probatsiya boʻlinmasi tomonidan amalga oshiriladi. Mahkum majburiy jamoat ishlarini oʻtashi mumkin boʻlgan joylar (obyektlar) va majburiy jamoat ishlarining turlari probatsiya boʻlinmalari tomonidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining taklifiga koʻra belgilanadi. |
Majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxs jazoni oʻtashga sudning hukm qonuniy kuchga kirganligi haqidagi xabarnomasi probatsiya boʻlinmasiga kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay jalb qilinadi. | Majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxs jazoni oʻtashga sudning hukm qonuniy kuchga kirganligi haqidagi xabarnomasi probatsiya boʻlinmasiga kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay jalb qilinadi. |
Mahkumga asosiy ish joyidan navbatdagi har yilgi mehnat taʼtilining berilishi majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoning ijrosini toʻxtatib turmaydi. | Mahkumga asosiy ish joyidan navbatdagi har yilgi mehnat taʼtilining berilishi majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoning ijrosini toʻxtatib turmaydi. |
Mahkum majburiy jamoat ishlarini oʻtashi davrida Jinoyat kodeksi 75-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan holatlar yuzaga kelgan taqdirda, probatsiya boʻlinmasi tomonidan sudga mahkumni jazoni oʻtashdan ozod qilish toʻgʻrisida taqdimnoma yuboriladi. | Mahkum majburiy jamoat ishlarini oʻtashi davrida Jinoyat kodeksi 75-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan holatlar yuzaga kelgan taqdirda, probatsiya boʻlinmasi tomonidan sudga mahkumni jazoni oʻtashdan ozod qilish toʻgʻrisida taqdimnoma yuboriladi. |
Majburiy jamoat ishlari bepul asosda bajariladi. | Majburiy jamoat ishlari bepul asosda bajariladi. |
Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoning ijrosini tashkil etish tartibi va majburiy jamoat ishlari turlarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoning ijrosini tashkil etish tartibi va majburiy jamoat ishlari turlarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. |
252-modda. Probatsiya boʻlinmasining majburiyatlari | 252-modda. Probatsiya boʻlinmasining majburiyatlari |
Probatsiya boʻlinmasi: | Probatsiya boʻlinmasi: |
mahkumlarning hisobini yuritishi; | mahkumlarning hisobini yuritishi; |
mahkumlarga jazoni oʻtash tartibi va shartlarini tushuntirishi; | mahkumlarga jazoni oʻtash tartibi va shartlarini tushuntirishi; |
mahkum tomonidan jazoni oʻtash shartlariga rioya etilishini nazorat qilishi; | mahkum tomonidan jazoni oʻtash shartlariga rioya etilishini nazorat qilishi; |
majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxslar jazoni oʻtaydigan joyda (obyektda) tashkilotlar (organlar) tomonidan hukm talablarining bajarilishini nazorat qilishi; | majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxslar jazoni oʻtaydigan joyda (obyektda) tashkilotlar (organlar) tomonidan hukm talablarining bajarilishini nazorat qilishi; |
mahkumlar ishlagan vaqt hisobini yuritishi va tashkilotlarning (organlarning) majburiy jamoat ishlari oʻtaladigan joylar (obyektlar) boʻyicha mahkumlar ishlagan vaqt hisobga olinishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni solishtirib chiqishni vaqti-vaqti bilan amalga oshirishi shart. | mahkumlar ishlagan vaqt hisobini yuritishi va tashkilotlarning (organlarning) majburiy jamoat ishlari oʻtaladigan joylar (obyektlar) boʻyicha mahkumlar ishlagan vaqt hisobga olinishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni solishtirib chiqishni vaqti-vaqti bilan amalga oshirishi shart. |
253-modda. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining majburiyatlari | 253-modda. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining majburiyatlari |
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari: | Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari: |
probatsiya boʻlinmasiga mahkumlar majburiy jamoat ishlarini oʻtashi mumkin boʻlgan joylarning (obyektlarning) roʻyxatini va majburiy jamoat ishlarining turlarini kelishuv uchun taqdim etadi; | probatsiya boʻlinmasiga mahkumlar majburiy jamoat ishlarini oʻtashi mumkin boʻlgan joylarning (obyektlarning) roʻyxatini va majburiy jamoat ishlarining turlarini kelishuv uchun taqdim etadi; |
mahkumlar tomonidan majburiy jamoat ishlarini oʻtash uchun zarur sharoitlar tashkil etilishini taʼminlaydi; | mahkumlar tomonidan majburiy jamoat ishlarini oʻtash uchun zarur sharoitlar tashkil etilishini taʼminlaydi; |
majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxslarning mehnatini qoʻllash samaradorligini oʻrganadi. | majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxslarning mehnatini qoʻllash samaradorligini oʻrganadi. |
254-modda. Tashkilot (organ) maʼmuriyatining hukmni ijro etish borasidagi majburiyatlari | 254-modda. Tashkilot (organ) maʼmuriyatining hukmni ijro etish borasidagi majburiyatlari |
Mahkumlar tomonidan majburiy jamoat ishlari oʻtaladigan joydagi (obyektdagi) tashkilotning (organning) maʼmuriyati: | Mahkumlar tomonidan majburiy jamoat ishlari oʻtaladigan joydagi (obyektdagi) tashkilotning (organning) maʼmuriyati: |
majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxslar tomonidan bajariladigan ishlarni tashkil etishi; | majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxslar tomonidan bajariladigan ishlarni tashkil etishi; |
ishlarni bajarish uchun tegishli sharoitlarni taʼminlashi; | ishlarni bajarish uchun tegishli sharoitlarni taʼminlashi; |
mahkumlarni jazoni oʻtash soatlariga mos boʻlgan ish hajmi bilan taʼminlashi; | mahkumlarni jazoni oʻtash soatlariga mos boʻlgan ish hajmi bilan taʼminlashi; |
mahkumlar tomonidan oʻzlari uchun belgilangan ishlarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishi; | mahkumlar tomonidan oʻzlari uchun belgilangan ishlarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishi; |
probatsiya boʻlinmasiga mahkumlar tomonidan ishlab berilgan soatlar miqdori, ular bajargan ishlarning sifati va mahkumlarning xulq-atvori haqida maʼlumotlar taqdim etishi; | probatsiya boʻlinmasiga mahkumlar tomonidan ishlab berilgan soatlar miqdori, ular bajargan ishlarning sifati va mahkumlarning xulq-atvori haqida maʼlumotlar taqdim etishi; |
mahkumlar majburiy jamoat ishlarini bajarish bilan bogʻliq holda mayib boʻlgan taqdirda, ularga qonunchilikda belgilangan tartibda zararning oʻrnini qoplash choralarini koʻrishi shart. | mahkumlar majburiy jamoat ishlarini bajarish bilan bogʻliq holda mayib boʻlgan taqdirda, ularga qonunchilikda belgilangan tartibda zararning oʻrnini qoplash choralarini koʻrishi shart. |
255-modda. Majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxsning majburiyatlari | 255-modda. Majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxsning majburiyatlari |
Majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxs: | Majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxs: |
sudning hukmi, ajrimi yoki qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida yashash joyidagi probatsiya boʻlinmasida hisobga turishi; | sudning hukmi, ajrimi yoki qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida yashash joyidagi probatsiya boʻlinmasida hisobga turishi; |
majburiy jamoat ishlarini bajarish va oʻtash shartlariga rioya etishi; | majburiy jamoat ishlarini bajarish va oʻtash shartlariga rioya etishi; |
oʻzi uchun belgilangan joyda (obyektda) ishlashi hamda majburiy jamoat ishlarining belgilangan muddatlari va hajmlarini ishlab berishi; | oʻzi uchun belgilangan joyda (obyektda) ishlashi hamda majburiy jamoat ishlarining belgilangan muddatlari va hajmlarini ishlab berishi; |
majburiy jamoat ishlarini oʻtash joyidagi (obyektidagi) tashkilotning (organning) ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etishi, mehnatga vijdonan munosabatda boʻlishi; | majburiy jamoat ishlarini oʻtash joyidagi (obyektidagi) tashkilotning (organning) ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etishi, mehnatga vijdonan munosabatda boʻlishi; |
yashash joyi oʻzgarganligi haqida probatsiya boʻlinmasini xabardor qilishi, shuningdek uning chaqiruviga binoan yetib kelishi shart. | yashash joyi oʻzgarganligi haqida probatsiya boʻlinmasini xabardor qilishi, shuningdek uning chaqiruviga binoan yetib kelishi shart. |
256-modda. Jazo muddatini hisoblash | 256-modda. Jazo muddatini hisoblash |
Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazo muddati mahkum majburiy jamoat ishlarini oʻtashi mobaynidagi soatlar bilan hisoblanadi. | Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazo muddati mahkum majburiy jamoat ishlarini oʻtashi mobaynidagi soatlar bilan hisoblanadi. |
Majburiy jamoat ishlari vaqti dam olish kunlari va mahkum oʻqishda yoki asosiy ishda band boʻlmagan kunlari toʻrt soatdan, ish kunlari, oʻquv darslari (mashgʻulotlar) oʻtkaziladigan kunlari esa, ish yoki oʻqishdan oldin yoki keyin ikki soatdan, mahkumning iltimosiga koʻra esa, toʻrt soatdan oshmasligi lozim. Mahkum oʻtaydigan majburiy jamoat ishlarining vaqti, qoida tariqasida, haftasiga oʻn ikki soatdan kam boʻlmasligi lozim. | Majburiy jamoat ishlari vaqti dam olish kunlari va mahkum oʻqishda yoki asosiy ishda band boʻlmagan kunlari toʻrt soatdan, ish kunlari, oʻquv darslari (mashgʻulotlar) oʻtkaziladigan kunlari esa, ish yoki oʻqishdan oldin yoki keyin ikki soatdan, mahkumning iltimosiga koʻra esa, toʻrt soatdan oshmasligi lozim. Mahkum oʻtaydigan majburiy jamoat ishlarining vaqti, qoida tariqasida, haftasiga oʻn ikki soatdan kam boʻlmasligi lozim. |
Voyaga yetmagan mahkum tomonidan oʻtaladigan majburiy jamoat ishlari vaqti dam olish kunlari va mahkum oʻqishda yoxud asosiy ishda band boʻlmagan kunlari uch soatdan, ish kunlari, oʻquv darslari (mashgʻulotlar) oʻtkaziladigan kunlari esa, ikki soatdan, biroq haftasiga uch kundan oshmasligi lozim. | Voyaga yetmagan mahkum tomonidan oʻtaladigan majburiy jamoat ishlari vaqti dam olish kunlari va mahkum oʻqishda yoxud asosiy ishda band boʻlmagan kunlari uch soatdan, ish kunlari, oʻquv darslari (mashgʻulotlar) oʻtkaziladigan kunlari esa, ikki soatdan, biroq haftasiga uch kundan oshmasligi lozim. |
Mahkumga bogʻliq boʻlmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirda, probatsiya boʻlinmasi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan kelishilgan holda mahkumga hafta yoki oy mobaynida majburiy jamoat ishlari soatlarining kamroq miqdorini ishlab berish uchun ruxsat etishga haqli. | Mahkumga bogʻliq boʻlmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirda, probatsiya boʻlinmasi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan kelishilgan holda mahkumga hafta yoki oy mobaynida majburiy jamoat ishlari soatlarining kamroq miqdorini ishlab berish uchun ruxsat etishga haqli. |
257-modda. Jazoni oʻtash tartibi va shartlarini buzish oqibatlari | 257-modda. Jazoni oʻtash tartibi va shartlarini buzish oqibatlari |
Majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxs jazoni oʻtash tartibi va shartlarini buzganligi uchun probatsiya boʻlinmasi uni qoidabuzarlik oqibatlari haqida qonunchilikka muvofiq yozma shaklda ogohlantiradi. | Majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxs jazoni oʻtash tartibi va shartlarini buzganligi uchun probatsiya boʻlinmasi uni qoidabuzarlik oqibatlari haqida qonunchilikka muvofiq yozma shaklda ogohlantiradi. |
Majburiy jamoat ishlarini oʻtashdan boʻyin tovlagan mahkumga nisbatan probatsiya boʻlinmasi Jinoyat kodeksining 451 yoki 821-moddalariga muvofiq majburiy jamoat ishlarini jazoning boshqa turi bilan almashtirish toʻgʻrisida sudga taqdimnoma yuboradi. | Majburiy jamoat ishlarini oʻtashdan boʻyin tovlagan mahkumga nisbatan probatsiya boʻlinmasi Jinoyat kodeksining 451 yoki 821-moddalariga muvofiq majburiy jamoat ishlarini jazoning boshqa turi bilan almashtirish toʻgʻrisida sudga taqdimnoma yuboradi. |
258-modda. Majburiy jamoat ishlarini oʻtashdan boʻyin tovlash | 258-modda. Majburiy jamoat ishlarini oʻtashdan boʻyin tovlash |
Quyidagilar majburiy jamoat ishlarini oʻtashdan boʻyin tovlovchilar deb eʼtirof etiladi: | Quyidagilar majburiy jamoat ishlarini oʻtashdan boʻyin tovlovchilar deb eʼtirof etiladi: |
oʻn kun ichida hisobga turmagan, shuningdek jazoni oʻtashdan boʻyin tovlash maqsadida yashiringan mahkum; | oʻn kun ichida hisobga turmagan, shuningdek jazoni oʻtashdan boʻyin tovlash maqsadida yashiringan mahkum; |
yozma ogohlantirish olganidan soʻng, oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlar mavjud boʻlmasa-da, majburiy jamoat ishlarida bir oy davomida ikki martadan koʻp ishtirok etmagan mahkum; | yozma ogohlantirish olganidan soʻng, oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlar mavjud boʻlmasa-da, majburiy jamoat ishlarida bir oy davomida ikki martadan koʻp ishtirok etmagan mahkum; |
yozma ogohlantirish olganidan soʻng majburiy jamoat ishlarini oʻtash joyidagi (obyektidagi) tashkilotning ichki mehnat tartibi qoidalarini bir oy davomida uch martadan koʻp buzgan mahkum. | yozma ogohlantirish olganidan soʻng majburiy jamoat ishlarini oʻtash joyidagi (obyektidagi) tashkilotning ichki mehnat tartibi qoidalarini bir oy davomida uch martadan koʻp buzgan mahkum. |
Jazoni oʻtashdan boʻyin tovlayotgan mahkumning turgan joyi nomaʼlum boʻlgan taqdirda, unga nisbatan qidiruv eʼlon qilinadi. | Jazoni oʻtashdan boʻyin tovlayotgan mahkumning turgan joyi nomaʼlum boʻlgan taqdirda, unga nisbatan qidiruv eʼlon qilinadi. |
7-BOB. AXLOQ TUZATISH ISHLARI TARIQASIDAGI JAZONI IJRO ETISH | 7-BOB. AXLOQ TUZATISH ISHLARI TARIQASIDAGI JAZONI IJRO ETISH |
26-modda. Jazoni ijro etish tartibi | 26-modda. Jazoni ijro etish tartibi |
Axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazo ijrosi mahkumning yashash joyidagi ichki ishlar organlarining probatsiya boʻlinmasi tomonidan amalga oshiriladi. | Axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazo ijrosi mahkumning yashash joyidagi ichki ishlar organlarining probatsiya boʻlinmasi tomonidan amalga oshiriladi. |
Mahkum doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan taqdirda hukmning ijrosi hukm chiqarilgan joydagi probatsiya boʻlinmasi zimmasiga yuklanadi. | Mahkum doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan taqdirda hukmning ijrosi hukm chiqarilgan joydagi probatsiya boʻlinmasi zimmasiga yuklanadi. |
Axloq tuzatish ishlari korxonalarda, muassasalarda va tashkilotlarda oʻtaladi. | Axloq tuzatish ishlari korxonalarda, muassasalarda va tashkilotlarda oʻtaladi. |
Jazoni oʻz ish joyida oʻtash sharti bilan axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslar sudlangunga qadar oʻzlari ishlagan korxona, muassasa yoki tashkilotda mehnat faoliyatini davom ettiraveradilar. | Jazoni oʻz ish joyida oʻtash sharti bilan axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslar sudlangunga qadar oʻzlari ishlagan korxona, muassasa yoki tashkilotda mehnat faoliyatini davom ettiraveradilar. |
Jazoni boshqa joylarda oʻtash sharti bilan axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslar probatsiya boʻlinmasi belgilab beradigan korxona, muassasa va tashkilotlarga yuboriladi. Voyaga yetmagan mahkumlar yashash joyidagi korxona, muassasa va tashkilotlarga yuboriladi. | Jazoni boshqa joylarda oʻtash sharti bilan axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslar probatsiya boʻlinmasi belgilab beradigan korxona, muassasa va tashkilotlarga yuboriladi. Voyaga yetmagan mahkumlar yashash joyidagi korxona, muassasa va tashkilotlarga yuboriladi. |
27-modda. Probatsiya boʻlinmasining majburiyatlari | 27-modda. Probatsiya boʻlinmasining majburiyatlari |
Ichki ishlar organlarining probatsiya boʻlinmasi: | Ichki ishlar organlarining probatsiya boʻlinmasi: |
axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarni roʻyxatga oladi; | axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarni roʻyxatga oladi; |
mahkumga jazoni oʻtashning tartibi va shartlarini tushuntiradi; | mahkumga jazoni oʻtashning tartibi va shartlarini tushuntiradi; |
boshqa joylarda oʻtaladigan axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarni ishga joʻnatadi; | boshqa joylarda oʻtaladigan axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarni ishga joʻnatadi; |
mahkumlar tomonidan jazoni oʻtash shartlariga rioya etilishini tekshiradi; | mahkumlar tomonidan jazoni oʻtash shartlariga rioya etilishini tekshiradi; |
mahkum ishlaydigan korxona, muassasa va tashkilot maʼmuriyati tomonidan hukm talablari ijro etilishini tekshiradi; | mahkum ishlaydigan korxona, muassasa va tashkilot maʼmuriyati tomonidan hukm talablari ijro etilishini tekshiradi; |
mahkumni qidirib topish yuzasidan dastlabki tadbirlarni oʻtkazadi, zarur materiallarni tayyorlaydi va tegishli xizmatga oshiradi; | mahkumni qidirib topish yuzasidan dastlabki tadbirlarni oʻtkazadi, zarur materiallarni tayyorlaydi va tegishli xizmatga oshiradi; |
axloq tuzatish ishlarini boshqa joylarda oʻtayotgan shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish uchun ruxsatnoma berish masalasini koʻrib chiqadi. | axloq tuzatish ishlarini boshqa joylarda oʻtayotgan shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish uchun ruxsatnoma berish masalasini koʻrib chiqadi. |
28-modda. Korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyatining hukmni ijro etish borasidagi majburiyatlari | 28-modda. Korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyatining hukmni ijro etish borasidagi majburiyatlari |
Mahkum ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyati quyidagilarga majbur: | Mahkum ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyati quyidagilarga majbur: |
mahkumning ish haqidan toʻgʻri va oʻz vaqtida chegirib qolinishini hamda chegirib qolingan summa davlat foydasiga oʻtkazilishini taʼminlash; | mahkumning ish haqidan toʻgʻri va oʻz vaqtida chegirib qolinishini hamda chegirib qolingan summa davlat foydasiga oʻtkazilishini taʼminlash; |
mahkumga nisbatan qoʻllanilgan ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralari haqida, uning jazoni oʻtashdan boʻyin tovlayotgani, boshqa ishga oʻtkazilganligi yoki u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqida probatsiya boʻlinmasini xabardor etish. | mahkumga nisbatan qoʻllanilgan ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralari haqida, uning jazoni oʻtashdan boʻyin tovlayotgani, boshqa ishga oʻtkazilganligi yoki u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqida probatsiya boʻlinmasini xabardor etish. |
29-modda. Mahkumning majburiyatlari | 29-modda. Mahkumning majburiyatlari |
Axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxs hukm talablarini bajarishga, probatsiya boʻlinmasiga mazkur jazoni oʻtash bilan bogʻliq hujjatlarni taqdim etishga, yashash va ish joyidagi oʻzgarishlar yoki mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqida probatsiya boʻlinmasini xabardor qilishga, chaqiruvga binoan probatsiya boʻlinmasida hozir boʻlishga majbur. Mahkum hozir boʻlmagan taqdirda u belgilangan tartibda majburan keltirilishi mumkin. | Axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxs hukm talablarini bajarishga, probatsiya boʻlinmasiga mazkur jazoni oʻtash bilan bogʻliq hujjatlarni taqdim etishga, yashash va ish joyidagi oʻzgarishlar yoki mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqida probatsiya boʻlinmasini xabardor qilishga, chaqiruvga binoan probatsiya boʻlinmasida hozir boʻlishga majbur. Mahkum hozir boʻlmagan taqdirda u belgilangan tartibda majburan keltirilishi mumkin. |
Probatsiya boʻlinmasi belgilaydigan joylarda jazoni oʻtash muddati mobaynida probatsiya boʻlinmasining yozma ruxsatisiz mehnat shartnomasini mahkumning tashabbusi bilan bekor qilish taqiqlanadi. Probatsiya boʻlinmasi ruxsatnoma berishni rad etgan taqdirda yuqori mansabdor shaxsga yoki sudga shikoyat qilish mumkin. | Probatsiya boʻlinmasi belgilaydigan joylarda jazoni oʻtash muddati mobaynida probatsiya boʻlinmasining yozma ruxsatisiz mehnat shartnomasini mahkumning tashabbusi bilan bekor qilish taqiqlanadi. Probatsiya boʻlinmasi ruxsatnoma berishni rad etgan taqdirda yuqori mansabdor shaxsga yoki sudga shikoyat qilish mumkin. |
30-modda. Jazo muddatini hisoblash | 30-modda. Jazo muddatini hisoblash |
Axloq tuzatish ishlari muddati mahkum ishlagan va uning ish haqidan ushlab qolingan davr mobaynidagi yillar, oylar va kunlar bilan hisoblanadi. Mahkum ishlab bergan kunlar miqdori sud tomonidan belgilangan jazo muddatining har oyiga toʻgʻri keladigan ish kunlari miqdoridan kam boʻlmasligi kerak. Agar mahkum ana shu miqdordagi ish kunlarini ishlab bermagan boʻlsa va ishlanmagan kunlarni jazo muddatiga qoʻshib hisoblash uchun ushbu Kodeksda belgilab qoʻyilgan asoslar boʻlmasa, axloq tuzatish ishlarini oʻtash mahkum belgilangan ish kunlari miqdorini toʻliq ishlab berguniga qadar davom etadi. | Axloq tuzatish ishlari muddati mahkum ishlagan va uning ish haqidan ushlab qolingan davr mobaynidagi yillar, oylar va kunlar bilan hisoblanadi. Mahkum ishlab bergan kunlar miqdori sud tomonidan belgilangan jazo muddatining har oyiga toʻgʻri keladigan ish kunlari miqdoridan kam boʻlmasligi kerak. Agar mahkum ana shu miqdordagi ish kunlarini ishlab bermagan boʻlsa va ishlanmagan kunlarni jazo muddatiga qoʻshib hisoblash uchun ushbu Kodeksda belgilab qoʻyilgan asoslar boʻlmasa, axloq tuzatish ishlarini oʻtash mahkum belgilangan ish kunlari miqdorini toʻliq ishlab berguniga qadar davom etadi. |
Ish vaqti jamlab hisobga olinadigan korxona, muassasa va tashkilotlarda ishlayotgan mahkumlarning jazoni oʻtash muddati ish soatlarining normal miqdoriga amal qilingan holda, hisobga olinadigan davrdagi ish vaqti muddatidan kelib chiqib hisoblanadi. | Ish vaqti jamlab hisobga olinadigan korxona, muassasa va tashkilotlarda ishlayotgan mahkumlarning jazoni oʻtash muddati ish soatlarining normal miqdoriga amal qilingan holda, hisobga olinadigan davrdagi ish vaqti muddatidan kelib chiqib hisoblanadi. |
Jazoni oʻtash muddati korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyati probatsiya boʻlinmasidan xabarnoma olgan kundan, boshqa joylarda oʻtaladigan axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslar uchun esa — ular jazoni oʻtash uchun yuborilgan korxona, muassasa, tashkilotda ish boshlagan kundan boshlanadi. | Jazoni oʻtash muddati korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyati probatsiya boʻlinmasidan xabarnoma olgan kundan, boshqa joylarda oʻtaladigan axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslar uchun esa — ular jazoni oʻtash uchun yuborilgan korxona, muassasa, tashkilotda ish boshlagan kundan boshlanadi. |
Mahkum ishlamagan, ammo qonunga muvofiq uning ish haqi saqlanib turgan vaqt, shuningdek mahkum ishsiz deb topilgan vaqt axloq tuzatish ishlarini oʻtash muddatiga qoʻshib hisoblanadi. | Mahkum ishlamagan, ammo qonunga muvofiq uning ish haqi saqlanib turgan vaqt, shuningdek mahkum ishsiz deb topilgan vaqt axloq tuzatish ishlarini oʻtash muddatiga qoʻshib hisoblanadi. |
Jazoni oʻtash muddatiga quyidagilar qoʻshib hisoblanmaydi: | Jazoni oʻtash muddatiga quyidagilar qoʻshib hisoblanmaydi: |
qonunchilikka muvofiq vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi toʻlanmaydigan kasallik vaqti; | qonunchilikka muvofiq vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi toʻlanmaydigan kasallik vaqti; |
qamoq tariqasidagi maʼmuriy jazoni oʻtash vaqti, boshqa jinoyat sodir etganligi munosabati bilan qamoqda saqlangan vaqt. | qamoq tariqasidagi maʼmuriy jazoni oʻtash vaqti, boshqa jinoyat sodir etganligi munosabati bilan qamoqda saqlangan vaqt. |
31-modda. Mahkumning ish haqidan chegirib qolish tartibi | 31-modda. Mahkumning ish haqidan chegirib qolish tartibi |
Hukmda nazarda tutilgan chegirma mahkumning asosiy ish joyidagi ish haqining barcha turidan, har bir ishlangan oy uchun maosh toʻlash chogʻida, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | Hukmda nazarda tutilgan chegirma mahkumning asosiy ish joyidagi ish haqining barcha turidan, har bir ishlangan oy uchun maosh toʻlash chogʻida, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. |
32-modda. Axloq tuzatish ishlarini oʻtashdan boʻyin tovlash oqibatlari | 32-modda. Axloq tuzatish ishlarini oʻtashdan boʻyin tovlash oqibatlari |
Mahkum axloq tuzatish ishlarini oʻtashdan boʻyin tovlagan taqdirda probatsiya boʻlinmasi oʻtalmagan muddatni ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirish haqida Jinoyat kodeksining 46 va 83-moddalarida nazarda tutilgan tartibda sudga taqdimnoma kiritadi. | Mahkum axloq tuzatish ishlarini oʻtashdan boʻyin tovlagan taqdirda probatsiya boʻlinmasi oʻtalmagan muddatni ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirish haqida Jinoyat kodeksining 46 va 83-moddalarida nazarda tutilgan tartibda sudga taqdimnoma kiritadi. |
III BOʻLIM. OZODLIKNI CHEKLASH TARIQASIDAGI JAZOLARNI IJRO ETISH | III BOʻLIM. OZODLIKNI CHEKLASH TARIQASIDAGI JAZOLARNI IJRO ETISH |
81-bob. OZODLIKNI CHEKLASH TARIQASIDAGI JAZONI IJRO ETISH | 81-bob. OZODLIKNI CHEKLASH TARIQASIDAGI JAZONI IJRO ETISH |
441-modda. Jazoni ijro etish tartibi | 441-modda. Jazoni ijro etish tartibi |
Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni ijro etish mahkumning yashash joyidagi ichki ishlar organlarining probatsiya boʻlinmasi tomonidan yoki sud belgilaydigan, mahkumlarning sud belgilagan taqiqlarga (cheklashlarga) rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshiradigan boshqa organ tomonidan amalga oshiriladi. | Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni ijro etish mahkumning yashash joyidagi ichki ishlar organlarining probatsiya boʻlinmasi tomonidan yoki sud belgilaydigan, mahkumlarning sud belgilagan taqiqlarga (cheklashlarga) rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshiradigan boshqa organ tomonidan amalga oshiriladi. |
442-modda. Ozodlikni cheklash muddatini hisoblash | 442-modda. Ozodlikni cheklash muddatini hisoblash |
Ozodlikni cheklash muddati mahkum probatsiya boʻlinmalarida hisobga qoʻyilgan kundan boshlab hisoblanadi. | Ozodlikni cheklash muddati mahkum probatsiya boʻlinmalarida hisobga qoʻyilgan kundan boshlab hisoblanadi. |
Mahkum uzrli sabablarsiz oʻzboshimchalik bilan yashash joyida boʻlmagan vaqti ozodlikni cheklash muddatiga qoʻshib hisoblanmaydi. | Mahkum uzrli sabablarsiz oʻzboshimchalik bilan yashash joyida boʻlmagan vaqti ozodlikni cheklash muddatiga qoʻshib hisoblanmaydi. |
443-modda. Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtash tartibi | 443-modda. Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtash tartibi |
Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxs sud tomonidan belgilangan taqiqlarga (cheklashlarga) rioya etishi, shuningdek oʻzining jazoni oʻtashi bilan bogʻliq masalalar boʻyicha ogʻzaki yoki yozma tushuntirishlar berish uchun chaqiruv boʻyicha probatsiya boʻlinmasiga kelishi shart. | Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxs sud tomonidan belgilangan taqiqlarga (cheklashlarga) rioya etishi, shuningdek oʻzining jazoni oʻtashi bilan bogʻliq masalalar boʻyicha ogʻzaki yoki yozma tushuntirishlar berish uchun chaqiruv boʻyicha probatsiya boʻlinmasiga kelishi shart. |
Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxsga nisbatan elektron kuzatuv vositalari qoʻllanilishi mumkin. | Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxsga nisbatan elektron kuzatuv vositalari qoʻllanilishi mumkin. |
Muayyan vaqtda yashash joyidan ketishga, tegishli maʼmuriy hudud doirasida joylashgan maʼlum joylarga borishga yoxud tegishli maʼmuriy hudud doirasidan chiqish uchun ruxsatnoma, shuningdek yashash joyini oʻzgartirish uchun ruxsatnoma probatsiya boʻlinmasi tomonidan beriladi. Qaror taqiqlarning (cheklashlarning) xususiyatidan, mahkumning shaxsidan, uning xulq-atvoridan, tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligidan kelib chiqib, alohida hollarda qabul qilinadi. | Muayyan vaqtda yashash joyidan ketishga, tegishli maʼmuriy hudud doirasida joylashgan maʼlum joylarga borishga yoxud tegishli maʼmuriy hudud doirasidan chiqish uchun ruxsatnoma, shuningdek yashash joyini oʻzgartirish uchun ruxsatnoma probatsiya boʻlinmasi tomonidan beriladi. Qaror taqiqlarning (cheklashlarning) xususiyatidan, mahkumning shaxsidan, uning xulq-atvoridan, tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligidan kelib chiqib, alohida hollarda qabul qilinadi. |
Uy-joyidan chiqib ketishiga butunlay taqiq belgilangan mahkumning doimiy yashash joyidan ketishi uchun ruxsatnomaga, mahkumning tegishli maʼmuriy hudud doirasidan chiqishi uchun ruxsatnomaga, shuningdek mahkumning yashash joyini oʻzgartirishi uchun ruxsatnomaga prokuror tomonidan sanksiya beriladi. | Uy-joyidan chiqib ketishiga butunlay taqiq belgilangan mahkumning doimiy yashash joyidan ketishi uchun ruxsatnomaga, mahkumning tegishli maʼmuriy hudud doirasidan chiqishi uchun ruxsatnomaga, shuningdek mahkumning yashash joyini oʻzgartirishi uchun ruxsatnomaga prokuror tomonidan sanksiya beriladi. |
Agar ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxs jazoni oʻtash davrida oʻzining jinoiy qilmishlarini anglab yetgani, tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan, yetkazgan moddiy va maʼnaviy zararining oʻrnini qoplagan boʻlsa, probatsiya boʻlinmasi ilgari mahkumga belgilangan taqiqlarni (cheklashlarni) toʻliq yoki qisman bekor qilish toʻgʻrisida sudga taqdimnoma kiritadi. | Agar ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxs jazoni oʻtash davrida oʻzining jinoiy qilmishlarini anglab yetgani, tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan, yetkazgan moddiy va maʼnaviy zararining oʻrnini qoplagan boʻlsa, probatsiya boʻlinmasi ilgari mahkumga belgilangan taqiqlarni (cheklashlarni) toʻliq yoki qisman bekor qilish toʻgʻrisida sudga taqdimnoma kiritadi. |
444-modda. Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtash tartibi va shartlarini buzganlik uchun javobgarlik | 444-modda. Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtash tartibi va shartlarini buzganlik uchun javobgarlik |
Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtash tartibi va shartlari mahkum tomonidan buzilganligi uchun probatsiya boʻlinmasi unga nisbatan ogohlantirish tarzidagi intizomiy jazo chorasini qoʻllaydi. | Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtash tartibi va shartlari mahkum tomonidan buzilganligi uchun probatsiya boʻlinmasi unga nisbatan ogohlantirish tarzidagi intizomiy jazo chorasini qoʻllaydi. |
Mahkum ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtashdan qasddan boʻyin tovlagan, shuningdek sud tomonidan oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmagan taqdirda, probatsiya boʻlinmasi sudga mahkum uchun ozodlikni cheklashning oʻtalmagan muddatini jazoning boshqa turiga almashtirish haqida taqdimnoma kiritadi. | Mahkum ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtashdan qasddan boʻyin tovlagan, shuningdek sud tomonidan oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmagan taqdirda, probatsiya boʻlinmasi sudga mahkum uchun ozodlikni cheklashning oʻtalmagan muddatini jazoning boshqa turiga almashtirish haqida taqdimnoma kiritadi. |
Quyidagilar ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtashdan qasddan boʻyin tovlovchilar deb eʼtirof etiladi: | Quyidagilar ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtashdan qasddan boʻyin tovlovchilar deb eʼtirof etiladi: |
a) oʻziga nisbatan sud tomonidan belgilangan taqiqlarni (cheklashlarni) buzishga yoʻl qoʻyib boʻlmasligi toʻgʻrisida ogohlantirish tarzida intizomiy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil ichida jazoni oʻtash tartibi va shartlarini buzishga yoʻl qoʻygan mahkum; | a) oʻziga nisbatan sud tomonidan belgilangan taqiqlarni (cheklashlarni) buzishga yoʻl qoʻyib boʻlmasligi toʻgʻrisida ogohlantirish tarzida intizomiy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil ichida jazoni oʻtash tartibi va shartlarini buzishga yoʻl qoʻygan mahkum; |
b) oʻziga nisbatan texnik nazorat vositalaridan foydalanish qoidalarini buzgan mahkum; | b) oʻziga nisbatan texnik nazorat vositalaridan foydalanish qoidalarini buzgan mahkum; |
v) yashash joyidan yashiringan, qayerda ekanligi uch sutkadan ortiq vaqt ichida aniqlanmagan mahkum; | v) yashash joyidan yashiringan, qayerda ekanligi uch sutkadan ortiq vaqt ichida aniqlanmagan mahkum; |
g) yashash joyidagi probatsiya boʻlinmasiga belgilangan muddatdan uch sutkadan ortiq vaqt mobaynida kelmagan mahkum. | g) yashash joyidagi probatsiya boʻlinmasiga belgilangan muddatdan uch sutkadan ortiq vaqt mobaynida kelmagan mahkum. |
IV BOʻLIM. OZODLIKDAN MAHRUM QILISH TARIQASIDAGI JAZONI IJRO ETISH | IV BOʻLIM. OZODLIKDAN MAHRUM QILISH TARIQASIDAGI JAZONI IJRO ETISH |
I KICHIK BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR | I KICHIK BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR |
9-BOB. OZODLIKDAN MAHRUM QILISH TARIQASIDAGI JAZONI IJRO ETISH MUASSASALARI | 9-BOB. OZODLIKDAN MAHRUM QILISH TARIQASIDAGI JAZONI IJRO ETISH MUASSASALARI |
45-modda. Jazoni ijro etish muassasalarining turlari | 45-modda. Jazoni ijro etish muassasalarining turlari |
Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo ijrosini jazoni ijro etish muassasalari amalga oshiradi. | Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo ijrosini jazoni ijro etish muassasalari amalga oshiradi. |
Jazoni ijro etish muassasalari jumlasiga quyidagilar kiradi: | Jazoni ijro etish muassasalari jumlasiga quyidagilar kiradi: |
jazoni ijro etish koloniyalari, shu jumladan davolash huquqi asosidagi koloniyalar; | jazoni ijro etish koloniyalari, shu jumladan davolash huquqi asosidagi koloniyalar; |
tarbiya koloniyalari; | tarbiya koloniyalari; |
turmalar; | turmalar; |
mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalar. | mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalar. |
Tergov hibsxonalari ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan va xoʻjalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun qoldirilgan shaxslarga nisbatan jazoni ijro etish muassasalari vazifasini bajaradi. | Tergov hibsxonalari ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan va xoʻjalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun qoldirilgan shaxslarga nisbatan jazoni ijro etish muassasalari vazifasini bajaradi. |
Jazoni ijro etish koloniyalari manzil-koloniyalarga, umumiy, qattiq, maxsus tartibli koloniyalarga boʻlinadi hamda voyaga yetgan mahkumlarni saqlash uchun moʻljallangan. | Jazoni ijro etish koloniyalari manzil-koloniyalarga, umumiy, qattiq, maxsus tartibli koloniyalarga boʻlinadi hamda voyaga yetgan mahkumlarni saqlash uchun moʻljallangan. |
Tarbiya koloniyalari voyaga yetmagan mahkumlarni saqlash uchun moʻljallangan. | Tarbiya koloniyalari voyaga yetmagan mahkumlarni saqlash uchun moʻljallangan. |
Turmalar voyaga yetgan mahkumlarni saqlash uchun moʻljallangan. | Turmalar voyaga yetgan mahkumlarni saqlash uchun moʻljallangan. |
46-modda. Manzil-koloniyalar | 46-modda. Manzil-koloniyalar |
Manzil-koloniyalar quyidagilarga boʻlinadi: | Manzil-koloniyalar quyidagilarga boʻlinadi: |
ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyatlar, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlar uchun shuningdek qasddan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar saqlanadigan manzil-koloniyalar; | ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyatlar, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlar uchun shuningdek qasddan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar saqlanadigan manzil-koloniyalar; |
umumiy, qattiq tartibli koloniyalardan, shuningdek tarbiya koloniyalaridan oʻtkazilgan mahkumlar saqlanadigan manzil-koloniyalar. | umumiy, qattiq tartibli koloniyalardan, shuningdek tarbiya koloniyalaridan oʻtkazilgan mahkumlar saqlanadigan manzil-koloniyalar. |
47-modda. Umumiy tartibli koloniyalar | 47-modda. Umumiy tartibli koloniyalar |
Umumiy tartibli koloniyalar quyidagilarga boʻlinadi: | Umumiy tartibli koloniyalar quyidagilarga boʻlinadi: |
ogʻir jinoyat sodir etganlik uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan erkaklar saqlanadigan koloniyalar; | ogʻir jinoyat sodir etganlik uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan erkaklar saqlanadigan koloniyalar; |
oʻta ogʻir jinoyat sodir etganlik uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan erkaklar saqlanadigan koloniyalar; | oʻta ogʻir jinoyat sodir etganlik uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan erkaklar saqlanadigan koloniyalar; |
ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan ayollar saqlanadigan koloniyalar, ushbu Kodeksning 48-moddasida koʻrsatilgan ayollar bundan mustasno. | ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan ayollar saqlanadigan koloniyalar, ushbu Kodeksning 48-moddasida koʻrsatilgan ayollar bundan mustasno. |
48-modda. Qattiq tartibli koloniyalar | 48-modda. Qattiq tartibli koloniyalar |
Qattiq tartibli koloniyalar quyidagilarga boʻlinadi: | Qattiq tartibli koloniyalar quyidagilarga boʻlinadi: |
ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtagan va qasddan jinoyat sodir etganlik uchun yana sudlangan erkaklar saqlanadigan koloniyalar; | ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtagan va qasddan jinoyat sodir etganlik uchun yana sudlangan erkaklar saqlanadigan koloniyalar; |
ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtagan va oʻta ogʻir jinoyat sodir etganlik uchun yana sudlangan ayollar, shuningdek oʻta xavfli retsidivist deb topilgan ayollar saqlanadigan koloniyalar. | ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtagan va oʻta ogʻir jinoyat sodir etganlik uchun yana sudlangan ayollar, shuningdek oʻta xavfli retsidivist deb topilgan ayollar saqlanadigan koloniyalar. |
49-modda. Maxsus tartibli koloniyalar | 49-modda. Maxsus tartibli koloniyalar |
Maxsus tartibli koloniyalar ozodlikdan mahrum qilinib, oʻta xavfli retsidivist deb topilgan erkaklarni, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarni saqlash uchun moʻljallangan. | Maxsus tartibli koloniyalar ozodlikdan mahrum qilinib, oʻta xavfli retsidivist deb topilgan erkaklarni, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarni saqlash uchun moʻljallangan. |
Maxsus tartibli koloniyalarda umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan erkaklar ham saqlanadi. | Maxsus tartibli koloniyalarda umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan erkaklar ham saqlanadi. |
50-modda. Tarbiya koloniyalari | 50-modda. Tarbiya koloniyalari |
Tarbiya koloniyalari voyaga yetmay turib jinoyat sodir etgan mahkumlarni saqlashga moʻljallangan. | Tarbiya koloniyalari voyaga yetmay turib jinoyat sodir etgan mahkumlarni saqlashga moʻljallangan. |
52-modda. Turmalar | 52-modda. Turmalar |
Turmalar turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan shaxslarni, shuningdek umumiy va qattiq tartibli koloniyalardan jazoni oʻtash tartibini ashaddiy buzganligi uchun oʻtkazilgan shaxslarni saqlash uchun moʻljallangan. | Turmalar turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan shaxslarni, shuningdek umumiy va qattiq tartibli koloniyalardan jazoni oʻtash tartibini ashaddiy buzganligi uchun oʻtkazilgan shaxslarni saqlash uchun moʻljallangan. |
521-modda. Mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalar | 521-modda. Mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalar |
Mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalar bemor mahkumlarni saqlash va ularga malakali tibbiy yordam koʻrsatish uchun moʻljallangandir. | Mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalar bemor mahkumlarni saqlash va ularga malakali tibbiy yordam koʻrsatish uchun moʻljallangandir. |
53-modda. Mahkumlarni tergov hibsxonasida yoki turmada qoldirish | 53-modda. Mahkumlarni tergov hibsxonasida yoki turmada qoldirish |
Qasddan sodir etilgan ogʻir jinoyati uchun birinchi marta sakkiz yilgacha va sakkiz yil muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar alohida hollarda, mahkumning yozma roziligi boʻlgan taqdirda, muassasa boshligʻining qaroriga binoan xoʻjalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun tergov hibsxonasi yoki turmada qoldirilishi mumkin. | Qasddan sodir etilgan ogʻir jinoyati uchun birinchi marta sakkiz yilgacha va sakkiz yil muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar alohida hollarda, mahkumning yozma roziligi boʻlgan taqdirda, muassasa boshligʻining qaroriga binoan xoʻjalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun tergov hibsxonasi yoki turmada qoldirilishi mumkin. |
Xoʻjalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun tergov hibsxonasida yoki turmada qoldirilgan mahkumlar jazoni qulflab qoʻyilmaydigan umumiy kameralarda, boshqa shaxslardan batamom ajratilgan holda, ushbu Kodeksning 18-bobida nazarda tutilgan sharoitlarda oʻtaydilar. Mahkumlarga uzoq muddatli uchrashuvga ruxsat berish imkoniyati boʻlmasa, ularga bitta uzoq muddatli uchrashuv oʻrniga ikkita qisqa muddatli uchrashuvga ruxsat beriladi. | Xoʻjalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun tergov hibsxonasida yoki turmada qoldirilgan mahkumlar jazoni qulflab qoʻyilmaydigan umumiy kameralarda, boshqa shaxslardan batamom ajratilgan holda, ushbu Kodeksning 18-bobida nazarda tutilgan sharoitlarda oʻtaydilar. Mahkumlarga uzoq muddatli uchrashuvga ruxsat berish imkoniyati boʻlmasa, ularga bitta uzoq muddatli uchrashuv oʻrniga ikkita qisqa muddatli uchrashuvga ruxsat beriladi. |
Voyaga yetmagan shaxslar, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, shuningdek sudlar va huquq-tartibotni muhofaza qilish organlarining sobiq xodimlariga mansub mahkumlar xoʻjalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun qoldirilmaydilar. | Voyaga yetmagan shaxslar, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, shuningdek sudlar va huquq-tartibotni muhofaza qilish organlarining sobiq xodimlariga mansub mahkumlar xoʻjalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun qoldirilmaydilar. |
10-BOB. OZODLIKDAN MAHRUM QILISH TARIQASIDAGI JAZO IJROSINI TASHKIL ETISH | 10-BOB. OZODLIKDAN MAHRUM QILISH TARIQASIDAGI JAZO IJROSINI TASHKIL ETISH |
54-modda. Mahkumlarni jazoni oʻtash uchun joʻnatish | 54-modda. Mahkumlarni jazoni oʻtash uchun joʻnatish |
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar tergov hibsxonasining maʼmuriyati hukm qonuniy kuchga kirganligi toʻgʻrisida sud xabarnomasini olgan kundan boshlab oʻn kunlik muddat ichida jazoni oʻtash uchun joʻnatiladi. | Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar tergov hibsxonasining maʼmuriyati hukm qonuniy kuchga kirganligi toʻgʻrisida sud xabarnomasini olgan kundan boshlab oʻn kunlik muddat ichida jazoni oʻtash uchun joʻnatiladi. |
Ushbu muddat davomida mahkum: | Ushbu muddat davomida mahkum: |
qarindoshlari yoki boshqa shaxslar bilan bir marta qisqa muddatli uchrashish; | qarindoshlari yoki boshqa shaxslar bilan bir marta qisqa muddatli uchrashish; |
oʻz shaxsiy mablagʻlari hisobidan toʻlanadigan, oʻn besh daqiqa davom etadigan bir marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashish huquqiga ega. | oʻz shaxsiy mablagʻlari hisobidan toʻlanadigan, oʻn besh daqiqa davom etadigan bir marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashish huquqiga ega. |
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar sud hukmi bilan belgilangan rejimning turiga muvofiq jazoni ijro etish muassasalariga joʻnatiladi. | Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar sud hukmi bilan belgilangan rejimning turiga muvofiq jazoni ijro etish muassasalariga joʻnatiladi. |
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni joʻnatish ushbu Kodeksning 58-moddasi talablariga rioya etgan holda amalga oshiriladi. | Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni joʻnatish ushbu Kodeksning 58-moddasi talablariga rioya etgan holda amalga oshiriladi. |
Mahkumlarni jazoni ijro etish muassasasiga joʻnatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi. | Mahkumlarni jazoni ijro etish muassasasiga joʻnatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi. |
55-modda. Mahkumlar jazoni oʻtash uchun joʻnatilganligi va yetib kelganligi toʻgʻrisida xabar | 55-modda. Mahkumlar jazoni oʻtash uchun joʻnatilganligi va yetib kelganligi toʻgʻrisida xabar |
Tergov hibsxonasining maʼmuriyati mahkum jazoni oʻtash uchun joʻnab ketganligi toʻgʻrisida uning oilasiga uch kunlik muddat ichida xabar yuborishi shart. | Tergov hibsxonasining maʼmuriyati mahkum jazoni oʻtash uchun joʻnab ketganligi toʻgʻrisida uning oilasiga uch kunlik muddat ichida xabar yuborishi shart. |
Jazoni ijro etish muassasasining maʼmuriyati mahkum yetib kelgan kundan boshlab uch kunlik muddat ichida bu haqda hukm chiqargan sudni xabardor qilishi, shuningdek mahkumning oilasiga muassasa manzilini koʻrsatib hamda mahkumning yozishma olib borish, uchrashuv, posilka, yoʻqlov va banderollar olish, masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv huquqlarini tushuntirib, xabarnoma yuborishi shart. | Jazoni ijro etish muassasasining maʼmuriyati mahkum yetib kelgan kundan boshlab uch kunlik muddat ichida bu haqda hukm chiqargan sudni xabardor qilishi, shuningdek mahkumning oilasiga muassasa manzilini koʻrsatib hamda mahkumning yozishma olib borish, uchrashuv, posilka, yoʻqlov va banderollar olish, masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv huquqlarini tushuntirib, xabarnoma yuborishi shart. |
56-modda. Mahkumlarni jazoni ijro etish muassasalariga qabul qilish tartibi | 56-modda. Mahkumlarni jazoni ijro etish muassasalariga qabul qilish tartibi |
Mahkumlarni jazoni ijro etish muassasalariga qabul qilish muassasa maʼmuriyati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi belgilagan tartibda amalga oshiriladi. | Mahkumlarni jazoni ijro etish muassasalariga qabul qilish muassasa maʼmuriyati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi belgilagan tartibda amalga oshiriladi. |
Muassasaga yetib kelgan mahkumlar ularning shaxsini oʻrganish va sharoitga moslashib olishlari uchun oʻn besh sutkagacha muddatga, odatda, qabul boʻlimiga joylashtiriladi, manzil-koloniyaga kelgan hamda xoʻjalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun tergov hibsxonalari va turmalarda qoldirilgan shaxslar bundan mustasno. | Muassasaga yetib kelgan mahkumlar ularning shaxsini oʻrganish va sharoitga moslashib olishlari uchun oʻn besh sutkagacha muddatga, odatda, qabul boʻlimiga joylashtiriladi, manzil-koloniyaga kelgan hamda xoʻjalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun tergov hibsxonalari va turmalarda qoldirilgan shaxslar bundan mustasno. |
Muassasaga yetib kelganlaridan soʻng mahkumlarga jazoni oʻtash tartibi va shartlari toʻgʻrisida kerakli axborot beriladi, shuningdek ularning huquqlari va majburiyatlari tushuntiriladi. | Muassasaga yetib kelganlaridan soʻng mahkumlarga jazoni oʻtash tartibi va shartlari toʻgʻrisida kerakli axborot beriladi, shuningdek ularning huquqlari va majburiyatlari tushuntiriladi. |
57-modda. Jazoni bitta muassasada oʻtash | 57-modda. Jazoni bitta muassasada oʻtash |
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs butun jazo muddatini, odatda, bitta muassasada oʻtaydi. | Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs butun jazo muddatini, odatda, bitta muassasada oʻtaydi. |
Mahkumni bir koloniyadan ayni shu turdagi boshqa koloniyaga jazoni oʻtashni davom ettirish uchun oʻtkazishga uning xavfsizligini taʼminlash maqsadida uning roziligini olgan holda, shuningdek mahkumning mazkur muassasada qolishiga toʻsqinlik qiluvchi boshqa hollarda yoʻl qoʻyiladi. | Mahkumni bir koloniyadan ayni shu turdagi boshqa koloniyaga jazoni oʻtashni davom ettirish uchun oʻtkazishga uning xavfsizligini taʼminlash maqsadida uning roziligini olgan holda, shuningdek mahkumning mazkur muassasada qolishiga toʻsqinlik qiluvchi boshqa hollarda yoʻl qoʻyiladi. |
Mahkum kasal boʻlib qolgan taqdirda uni koloniyadan yoki turmadan ixtisoslashgan davolash muassasiga oʻtkazishga tibbiy xulosa asosida yoʻl qoʻyiladi. | Mahkum kasal boʻlib qolgan taqdirda uni koloniyadan yoki turmadan ixtisoslashgan davolash muassasiga oʻtkazishga tibbiy xulosa asosida yoʻl qoʻyiladi. |
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni jazoni ijro etuvchi bir muassasadan boshqasiga oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi. | Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni jazoni ijro etuvchi bir muassasadan boshqasiga oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi. |
58-modda. Mahkumlarni ajratilgan holda saqlash | 58-modda. Mahkumlarni ajratilgan holda saqlash |
Jazoni ijro etish muassasalarida erkaklar va ayollar, voyaga yetmaganlar va katta yoshlilar, ozodlikdan mahrum etishga birinchi marta hukm qilingan shaxslar va ilgari bu jazo turini oʻtagan mahkumlar alohida-alohida saqlanadi. | Jazoni ijro etish muassasalarida erkaklar va ayollar, voyaga yetmaganlar va katta yoshlilar, ozodlikdan mahrum etishga birinchi marta hukm qilingan shaxslar va ilgari bu jazo turini oʻtagan mahkumlar alohida-alohida saqlanadi. |
Quyidagilar boshqa mahkumlardan batamom ajratilib, shuningdek alohida-alohida saqlanadi: | Quyidagilar boshqa mahkumlardan batamom ajratilib, shuningdek alohida-alohida saqlanadi: |
oʻta xavfli retsidivistlar; | oʻta xavfli retsidivistlar; |
umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan mahkumlar; | umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan mahkumlar; |
mahkum ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar; | mahkum ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar; |
sud va huquq-tartibotni muhofaza qiluvchi organlarning sobiq xodimlariga mansub mahkumlar; | sud va huquq-tartibotni muhofaza qiluvchi organlarning sobiq xodimlariga mansub mahkumlar; |
turli yuqumli kasalliklarga chalingan mahkumlar. | turli yuqumli kasalliklarga chalingan mahkumlar. |
59-modda. Turli toifadagi mahkumlarni birga saqlash hollari | 59-modda. Turli toifadagi mahkumlarni birga saqlash hollari |
Davolash huquqi asosidagi koloniyalarda va mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalarda har xil turdagi jazoni ijro etish muassasalaridan kelgan mahkumlarni birga saqlashga ruxsat etiladi. | Davolash huquqi asosidagi koloniyalarda va mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalarda har xil turdagi jazoni ijro etish muassasalaridan kelgan mahkumlarni birga saqlashga ruxsat etiladi. |
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda muayyan bir turdagi koloniyalarda ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoni boshqa turdagi koloniyada oʻtashi lozim boʻlgan mahkumlarni saqlash uchun batamom ajratib qoʻyilgan uchastka tashkil etishga yoʻl qoʻyiladi. | Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda muayyan bir turdagi koloniyalarda ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoni boshqa turdagi koloniyada oʻtashi lozim boʻlgan mahkumlarni saqlash uchun batamom ajratib qoʻyilgan uchastka tashkil etishga yoʻl qoʻyiladi. |
Ushbu moddada nazarda tutilgan hollarda mahkumlar jazoni sud belgilagan tartib turi sharoitida oʻtaydilar. | Ushbu moddada nazarda tutilgan hollarda mahkumlar jazoni sud belgilagan tartib turi sharoitida oʻtaydilar. |
60-modda. Mahkumlarni koʻchirish | 60-modda. Mahkumlarni koʻchirish |
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni jazoni ijro etuvchi bir muassasadan boshqasiga koʻchirish ushbu Kodeksning 58-moddasi talablariga rioya etgan holda amalga oshiriladi. | Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni jazoni ijro etuvchi bir muassasadan boshqasiga koʻchirish ushbu Kodeksning 58-moddasi talablariga rioya etgan holda amalga oshiriladi. |
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar tergov qilinayotgan shaxslardan alohida koʻchiriladi. | Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar tergov qilinayotgan shaxslardan alohida koʻchiriladi. |
Homilasi yigirma toʻrt haftalikdan oshgan yoki uch yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar boshqa mahkumlardan alohida koʻchiriladi. | Homilasi yigirma toʻrt haftalikdan oshgan yoki uch yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar boshqa mahkumlardan alohida koʻchiriladi. |
Mahkum bemorlar, homilador ayollar va bolasi bor ayollar, zarurat boʻlganda, tibbiy xodimlar kuzatuvida koʻchiriladi. | Mahkum bemorlar, homilador ayollar va bolasi bor ayollar, zarurat boʻlganda, tibbiy xodimlar kuzatuvida koʻchiriladi. |
Mahkumlarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida ularni boshqa hollarda ham ajratilgan tarzda koʻchirishga yoʻl qoʻyiladi. | Mahkumlarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida ularni boshqa hollarda ham ajratilgan tarzda koʻchirishga yoʻl qoʻyiladi. |
Koʻchirish chogʻida mahkumlar zarur moddiy-maishiy va sanitariya-gigiyena sharoitlari bilan taʼminlanadi, ularga mavsumiy kiyim va poyabzal, belgilangan norma boʻyicha oziq-ovqat mahsulotlari beriladi. | Koʻchirish chogʻida mahkumlar zarur moddiy-maishiy va sanitariya-gigiyena sharoitlari bilan taʼminlanadi, ularga mavsumiy kiyim va poyabzal, belgilangan norma boʻyicha oziq-ovqat mahsulotlari beriladi. |
Mahkumlarni koʻchirish davlat hisobidan, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda soqchi kuzatuvida amalga oshiriladi. | Mahkumlarni koʻchirish davlat hisobidan, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda soqchi kuzatuvida amalga oshiriladi. |
Jazoni oʻtash joyiga borayotgan yoki bir jazoni ijro etish muassasasidan boshqa jazoni ijro etish muassasasiga koʻchirilayotgan mahkumlarni vaqtincha saqlash uchun jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalari huzurida tranzit-joʻnatish uchastkalari tashkil etilishi mumkin. Mahkumlar tranzit-joʻnatish uchastkalarida rejimining turi sud hukmi bilan belgilangan jazoni ijro etish muassasasida oʻzining jazoni oʻtashiga oid shartlar asosida, ushbu Kodeksning 58-moddasi talablariga rioya etgan holda saqlanadi. Mahkumlarni tranzit-joʻnatish uchastkalarida saqlashning eng koʻp muddati koʻpi bilan 20 sutkani tashkil etadi. | Jazoni oʻtash joyiga borayotgan yoki bir jazoni ijro etish muassasasidan boshqa jazoni ijro etish muassasasiga koʻchirilayotgan mahkumlarni vaqtincha saqlash uchun jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalari huzurida tranzit-joʻnatish uchastkalari tashkil etilishi mumkin. Mahkumlar tranzit-joʻnatish uchastkalarida rejimining turi sud hukmi bilan belgilangan jazoni ijro etish muassasasida oʻzining jazoni oʻtashiga oid shartlar asosida, ushbu Kodeksning 58-moddasi talablariga rioya etgan holda saqlanadi. Mahkumlarni tranzit-joʻnatish uchastkalarida saqlashning eng koʻp muddati koʻpi bilan 20 sutkani tashkil etadi. |
61-modda. Mahkumlarni saqlash sharoitining oʻzgartirilishi | 61-modda. Mahkumlarni saqlash sharoitining oʻzgartirilishi |
Jazoni oʻtash davrida ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning saqlash sharoiti bir muassasa doirasida yoki boshqa turdagi muassasaga oʻtkazish yoʻli bilan yengillashtirilishi yoxud ogʻirlashtirilishi mumkin. | Jazoni oʻtash davrida ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning saqlash sharoiti bir muassasa doirasida yoki boshqa turdagi muassasaga oʻtkazish yoʻli bilan yengillashtirilishi yoxud ogʻirlashtirilishi mumkin. |
Mahkumlarni saqlash sharoiti ragʻbatlantirish tarzida quyidagicha yengillashtirilishi mumkin: | Mahkumlarni saqlash sharoiti ragʻbatlantirish tarzida quyidagicha yengillashtirilishi mumkin: |
muassasa boshligʻining qaroriga binoan — ushbu Kodeksning 102, 104-moddalariga muvofiq; | muassasa boshligʻining qaroriga binoan — ushbu Kodeksning 102, 104-moddalariga muvofiq; |
sud tomonidan — Jinoyat-protsessual kodeksining 537-moddasiga muvofiq. | sud tomonidan — Jinoyat-protsessual kodeksining 537-moddasiga muvofiq. |
Mahkumlarni saqlash sharoiti intizomiy jazo tarzida quyidagicha ogʻirlashtirilishi mumkin: | Mahkumlarni saqlash sharoiti intizomiy jazo tarzida quyidagicha ogʻirlashtirilishi mumkin: |
muassasa boshligʻining qaroriga binoan — ushbu Kodeksning 105, 106-moddalariga muvofiq; | muassasa boshligʻining qaroriga binoan — ushbu Kodeksning 105, 106-moddalariga muvofiq; |
sud tomonidan — Jinoyat-protsessual kodeksining 537-moddasi va 542-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq. | sud tomonidan — Jinoyat-protsessual kodeksining 537-moddasi va 542-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq. |
11-BOB. JAZONI IJRO ETISH MUASSASALARIDAGI REJIM | 11-BOB. JAZONI IJRO ETISH MUASSASALARIDAGI REJIM |
62-modda. Rejimning asosiy talablari | 62-modda. Rejimning asosiy talablari |
Jazoni ijro etish muassasalarida rejim jazodan koʻzlangan maqsadga erishish uchun belgilanadi. | Jazoni ijro etish muassasalarida rejim jazodan koʻzlangan maqsadga erishish uchun belgilanadi. |
Rejim quyidagilarni taʼminlaydi: | Rejim quyidagilarni taʼminlaydi: |
mahkumlarni batamom ajratib qoʻyish, ularni qoʻriqlash va nazorat qilib turishni; | mahkumlarni batamom ajratib qoʻyish, ularni qoʻriqlash va nazorat qilib turishni; |
mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini roʻyobga chiqarish, shuningdek ularning oʻz majburiyatlarini ado etishini; | mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini roʻyobga chiqarish, shuningdek ularning oʻz majburiyatlarini ado etishini; |
muayyan toifadagi mahkumlarni alohida-alohida saqlashni; | muayyan toifadagi mahkumlarni alohida-alohida saqlashni; |
muassasa turiga qarab mahkumlarni har xil sharoitda saqlashni; | muassasa turiga qarab mahkumlarni har xil sharoitda saqlashni; |
mahkumlarning va muassasa xodimlarining xavfsizligini. | mahkumlarning va muassasa xodimlarining xavfsizligini. |
Jazoni ijro etish muassasalarida rejim Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan Ichki tartib qoidalari va boshqa normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi. | Jazoni ijro etish muassasalarida rejim Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan Ichki tartib qoidalari va boshqa normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi. |
63-modda. Mahkumlar kiyimi | 63-modda. Mahkumlar kiyimi |
Jazoni ijro etish muassasalarida, manzil-koloniyalarni istisno etganda, mahkumlar belgilangan namunada kiyim kiyadilar. Kiyimning koʻrinishi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi. | Jazoni ijro etish muassasalarida, manzil-koloniyalarni istisno etganda, mahkumlar belgilangan namunada kiyim kiyadilar. Kiyimning koʻrinishi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi. |
Ichki tartib qoidalarida nazarda tutilgan hollarda mahkumlarga fuqarolik namunasidagi kiyimdan foydalanishga ruxsat etiladi. | Ichki tartib qoidalarida nazarda tutilgan hollarda mahkumlarga fuqarolik namunasidagi kiyimdan foydalanishga ruxsat etiladi. |
64-modda. Mahkumlarni batamom ajratib qoʻyish va qoʻriqlash | 64-modda. Mahkumlarni batamom ajratib qoʻyish va qoʻriqlash |
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni batamom ajratib qoʻyish va qoʻriqlash, shuningdek ular saqlanadigan va mehnat qiladigan obyektlarni qoʻriqlash Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni batamom ajratib qoʻyish va qoʻriqlash, shuningdek ular saqlanadigan va mehnat qiladigan obyektlarni qoʻriqlash Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. |
65-modda. Nazorat va tekshirishning texnikaviy vositalari | 65-modda. Nazorat va tekshirishning texnikaviy vositalari |
Ozodlikdan mahrum etish joylaridan qochish va boshqa jinoyatlarning, jazoni oʻtashning belgilangan tartibini buzishlarning oldini olish, mahkumlar xulq-atvori toʻgʻrisida zarur axborot olish uchun jazoni ijro etish muassasalarida nazorat va tekshirishning audiovizual, elektron va boshqa texnikaviy vositalaridan foydalaniladi. | Ozodlikdan mahrum etish joylaridan qochish va boshqa jinoyatlarning, jazoni oʻtashning belgilangan tartibini buzishlarning oldini olish, mahkumlar xulq-atvori toʻgʻrisida zarur axborot olish uchun jazoni ijro etish muassasalarida nazorat va tekshirishning audiovizual, elektron va boshqa texnikaviy vositalaridan foydalaniladi. |
Muassasa maʼmuriyati mahkumlarni nazorat va tekshirishning texnikaviy vositalari qoʻllanilayotganligidan xabardor etishi shart. | Muassasa maʼmuriyati mahkumlarni nazorat va tekshirishning texnikaviy vositalari qoʻllanilayotganligidan xabardor etishi shart. |
Nazorat va tekshirishning texnikaviy vositalari roʻyxati, ulardan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi. | Nazorat va tekshirishning texnikaviy vositalari roʻyxati, ulardan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi. |
66-modda. Mahkumning narsalari va buyumlari | 66-modda. Mahkumning narsalari va buyumlari |
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga oʻz yonida saqlashga ruxsat etilgan narsalar va buyumlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi. | Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga oʻz yonida saqlashga ruxsat etilgan narsalar va buyumlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi. |
Mahkumlarning yonidan topilgan, foydalanishga ruxsat etilmagan narsalar va buyumlar muassasa boshligʻining qaroriga binoan olib qoʻyiladi hamda mahkum ozod boʻlgunga qadar saqlash uchun topshiriladi yoki yoʻq qilib tashlanadi yoxud davlat foydasiga oʻtkaziladi va bu haqda tegishli hujjat tuziladi. | Mahkumlarning yonidan topilgan, foydalanishga ruxsat etilmagan narsalar va buyumlar muassasa boshligʻining qaroriga binoan olib qoʻyiladi hamda mahkum ozod boʻlgunga qadar saqlash uchun topshiriladi yoki yoʻq qilib tashlanadi yoxud davlat foydasiga oʻtkaziladi va bu haqda tegishli hujjat tuziladi. |
Narsalar va buyumlarni davlat foydasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror prokuror tomonidan tasdiqlanadi. | Narsalar va buyumlarni davlat foydasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror prokuror tomonidan tasdiqlanadi. |
67-modda. Tintuv va koʻzdan kechirish | 67-modda. Tintuv va koʻzdan kechirish |
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar, ularning buyumlari va kiyimlari, shuningdek jazoni ijro etish muassasalarining obyektlari va xonalari tintuv qilinishi hamda koʻzdan kechirilishi mumkin. Shaxsiy tintuv mahkum bilan bir jinsda boʻlgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. | Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar, ularning buyumlari va kiyimlari, shuningdek jazoni ijro etish muassasalarining obyektlari va xonalari tintuv qilinishi hamda koʻzdan kechirilishi mumkin. Shaxsiy tintuv mahkum bilan bir jinsda boʻlgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. |
Tayyorlanayotgan yoki sodir etilayotgan jinoyatlar, taqiqlangan narsalar va buyumlar saqlanayotganligi haqida axborot kelib tushgan hollarda, jazoni ijro etish muassasalarining turar joylarini ularda mahkumlar boʻlganda tintuv qilishga yoʻl qoʻyiladi. | Tayyorlanayotgan yoki sodir etilayotgan jinoyatlar, taqiqlangan narsalar va buyumlar saqlanayotganligi haqida axborot kelib tushgan hollarda, jazoni ijro etish muassasalarining turar joylarini ularda mahkumlar boʻlganda tintuv qilishga yoʻl qoʻyiladi. |
Tintuv oʻtkazish chogʻida mahkumlarga nisbatan jismoniy kuch va maxsus vositalar qoʻllanilishi taqiqlanadi, bundan mahkumlarning tintuvni amalga oshirayotgan xodimga, boshqa mahkumlarga yoki oʻzga shaxslarga nisbatan gʻayrihuquqiy xatti-harakatlarining, shuningdek mahkumlar tomonidan oʻziga oʻzi zarar yetkazishining oldini olish hollari mustasno. | Tintuv oʻtkazish chogʻida mahkumlarga nisbatan jismoniy kuch va maxsus vositalar qoʻllanilishi taqiqlanadi, bundan mahkumlarning tintuvni amalga oshirayotgan xodimga, boshqa mahkumlarga yoki oʻzga shaxslarga nisbatan gʻayrihuquqiy xatti-harakatlarining, shuningdek mahkumlar tomonidan oʻziga oʻzi zarar yetkazishining oldini olish hollari mustasno. |
Jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyati ushbu muassasaga hamda mahkumlar ishlayotgan obyektlarga kirayotgan va chiqayotgan shaxslarning transport vositalarini, buyumlari va kiyimini koʻzdan kechirishga haqli, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. | Jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyati ushbu muassasaga hamda mahkumlar ishlayotgan obyektlarga kirayotgan va chiqayotgan shaxslarning transport vositalarini, buyumlari va kiyimini koʻzdan kechirishga haqli, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. |
Tintuv qilish va koʻzdan kechirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi. | Tintuv qilish va koʻzdan kechirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi. |
68-modda. Jazoni ijro etish muassasalarida tezkor-qidiruv faoliyati | 68-modda. Jazoni ijro etish muassasalarida tezkor-qidiruv faoliyati |
Jazoni ijro etish muassasalarida tezkor-qidiruv faoliyati: | Jazoni ijro etish muassasalarida tezkor-qidiruv faoliyati: |
mahkumlar, muassasa xodimlari va boshqa shaxslar xavfsizligini taʼminlash; | mahkumlar, muassasa xodimlari va boshqa shaxslar xavfsizligini taʼminlash; |
mahkumlar mazkur muassasaga yetib kelgunga qadar sodir etgan jinoyatlarni aniqlash va fosh etish; | mahkumlar mazkur muassasaga yetib kelgunga qadar sodir etgan jinoyatlarni aniqlash va fosh etish; |
jinoyatlarni hamda belgilangan saqlash rejimini buzish hollarini aniqlash va ularning oldini olish; | jinoyatlarni hamda belgilangan saqlash rejimini buzish hollarini aniqlash va ularning oldini olish; |
jazoni ijro etish muassasalarida sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish; | jazoni ijro etish muassasalarida sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish; |
ozodlikdan mahrum etish joylaridan qochgan mahkumlarni qidirish; | ozodlikdan mahrum etish joylaridan qochgan mahkumlarni qidirish; |
boshqa jinoyatlarni fosh etishda yordam berish maqsadida amalga oshiriladi. | boshqa jinoyatlarni fosh etishda yordam berish maqsadida amalga oshiriladi. |
Tezkor-qidiruv faoliyatini jazoni ijro etish muassasalarining tezkor xizmatlar xodimlari, shuningdek boshqa vakolatli organlar qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiradilar. | Tezkor-qidiruv faoliyatini jazoni ijro etish muassasalarining tezkor xizmatlar xodimlari, shuningdek boshqa vakolatli organlar qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiradilar. |
69-modda. Mahkumlarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish | 69-modda. Mahkumlarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish |
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar va huquqbuzarliklarni toʻxtatib qolish maqsadida, shuningdek ularni ushlash chogʻida, agar boshqa usullar bilan muassasa maʼmuriyatining qonuniy talablarini taʼminlashning iloji boʻlmasa, mahkumlarga nisbatan jismoniy kuch ishlatilishi mumkin. | Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar va huquqbuzarliklarni toʻxtatib qolish maqsadida, shuningdek ularni ushlash chogʻida, agar boshqa usullar bilan muassasa maʼmuriyatining qonuniy talablarini taʼminlashning iloji boʻlmasa, mahkumlarga nisbatan jismoniy kuch ishlatilishi mumkin. |
Jismoniy kuch ishlatilishi natijasida mahkumning hayoti va sogʻligʻiga zarar yetkazilgan har bir holat toʻgʻrisida prokurorga darhol xabar beriladi. | Jismoniy kuch ishlatilishi natijasida mahkumning hayoti va sogʻligʻiga zarar yetkazilgan har bir holat toʻgʻrisida prokurorga darhol xabar beriladi. |
691-modda. Mahkum ovqat yeyishni rad etganda qoʻllaniladigan choralar | 691-modda. Mahkum ovqat yeyishni rad etganda qoʻllaniladigan choralar |
Mahkumning ovqat yeyishni rad etganligi fakti aniqlanganda muassasa boshligʻi yoxud uning oʻrnini bosuvchi shaxs bu haqda zudlik bilan prokurorni xabardor qiladi. | Mahkumning ovqat yeyishni rad etganligi fakti aniqlanganda muassasa boshligʻi yoxud uning oʻrnini bosuvchi shaxs bu haqda zudlik bilan prokurorni xabardor qiladi. |
Ovqat yeyishni rad etadigan mahkum imkon qadar boshqa mahkumlardan alohida saqlanadi va tibbiyot xodimining kuzatuvi ostida boʻladi. | Ovqat yeyishni rad etadigan mahkum imkon qadar boshqa mahkumlardan alohida saqlanadi va tibbiyot xodimining kuzatuvi ostida boʻladi. |
Ovqat yeyishni rad etgan mahkumning sogʻligʻini saqlab turishga qaratilgan majburlov yoʻsinidagi (sunʼiy va majburiy ovqatlantirish tarzidagi) choralar, agar uning hayotiga yoki sogʻligʻiga xavf tahdid solsa, shifokorning yozma xulosasi asosida hamda tibbiyot xodimi hozirligida amalga oshiriladi. | Ovqat yeyishni rad etgan mahkumning sogʻligʻini saqlab turishga qaratilgan majburlov yoʻsinidagi (sunʼiy va majburiy ovqatlantirish tarzidagi) choralar, agar uning hayotiga yoki sogʻligʻiga xavf tahdid solsa, shifokorning yozma xulosasi asosida hamda tibbiyot xodimi hozirligida amalga oshiriladi. |
Mahkumning ovqat yeyishni rad etganligi uni boshqa jazoni ijro etish muassasalariga oʻtkazishga yoxud tergov harakatlarida va sud majlislarida ishtirok etish uchun boshqa yerga koʻchirishga toʻsqinlik qilmaydi. Zarur hollarda, mahkumni boshqa yerga koʻchirish tibbiyot xodimi kuzatuvida amalga oshiriladi. | Mahkumning ovqat yeyishni rad etganligi uni boshqa jazoni ijro etish muassasalariga oʻtkazishga yoxud tergov harakatlarida va sud majlislarida ishtirok etish uchun boshqa yerga koʻchirishga toʻsqinlik qilmaydi. Zarur hollarda, mahkumni boshqa yerga koʻchirish tibbiyot xodimi kuzatuvida amalga oshiriladi. |
Mahkumlar ovqat yeyishni rad etganda qoʻllaniladigan majburlov yoʻsinidagi choralarni qoʻllash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi. | Mahkumlar ovqat yeyishni rad etganda qoʻllaniladigan majburlov yoʻsinidagi choralarni qoʻllash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi. |
71-modda. Maxsus vositalarni ishlatish | 71-modda. Maxsus vositalarni ishlatish |
Mahkumlarning gʻayrihuquqiy xatti-harakatlarini toʻxtatish, shuningdek oʻziga oʻzi zarar yetkazishining oldini olish maqsadida ularga nisbatan maxsus vositalar ishlatilishi mumkin. | Mahkumlarning gʻayrihuquqiy xatti-harakatlarini toʻxtatish, shuningdek oʻziga oʻzi zarar yetkazishining oldini olish maqsadida ularga nisbatan maxsus vositalar ishlatilishi mumkin. |
Maxsus vositalar jumlasiga rezina tayoqlar, qoʻlkishanlar yoki boshqacha bogʻlash vositalari, xizmat itlari, koʻzdan yosh chiqaruvchi moddalar, chalgʻitma taʼsir koʻrsatuvchi nur-tovush moslamalari, toʻsiq-gʻovlarni bartaraf etuvchi vositalar, suv bilan zarba beruvchi va zirhli mashinalar, inshootlarni ochish, transportni majburiy toʻxtatish moslamalari hamda qonunda nazarda tutilgan boshqa vositalar kiradi. | Maxsus vositalar jumlasiga rezina tayoqlar, qoʻlkishanlar yoki boshqacha bogʻlash vositalari, xizmat itlari, koʻzdan yosh chiqaruvchi moddalar, chalgʻitma taʼsir koʻrsatuvchi nur-tovush moslamalari, toʻsiq-gʻovlarni bartaraf etuvchi vositalar, suv bilan zarba beruvchi va zirhli mashinalar, inshootlarni ochish, transportni majburiy toʻxtatish moslamalari hamda qonunda nazarda tutilgan boshqa vositalar kiradi. |
Maxsus vositalar quyidagi hollarda qoʻllaniladi: | Maxsus vositalar quyidagi hollarda qoʻllaniladi: |
mahkumlarning muassasa maʼmuriyati vakillariga, boshqa mahkumlarga va oʻzga shaxslarga hujumini daf etish chogʻida; | mahkumlarning muassasa maʼmuriyati vakillariga, boshqa mahkumlarga va oʻzga shaxslarga hujumini daf etish chogʻida; |
mahkumlar tomonidan sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarni, jamoat tartibini guruh boʻlib buzishlarni toʻxtatish, muassasa maʼmuriyatiga ashaddiy boʻysunmayotgan yoki qarshilik koʻrsatayotgan huquqbuzarlarni ushlash chogʻida; | mahkumlar tomonidan sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarni, jamoat tartibini guruh boʻlib buzishlarni toʻxtatish, muassasa maʼmuriyatiga ashaddiy boʻysunmayotgan yoki qarshilik koʻrsatayotgan huquqbuzarlarni ushlash chogʻida; |
garovga olinganlarni, mahkumlar egallab olgan binolarni, inshootlarni, xonalarni va transport vositalarini ozod qilish chogʻida; | garovga olinganlarni, mahkumlar egallab olgan binolarni, inshootlarni, xonalarni va transport vositalarini ozod qilish chogʻida; |
mahkumlarni qoʻriqlab borish va qoʻriqlab turish chogʻida — qochishning oldini olish uchun; | mahkumlarni qoʻriqlab borish va qoʻriqlab turish chogʻida — qochishning oldini olish uchun; |
jazoni ijro etish muassasasidan qochgan mahkumlarni ushlash chogʻida. | jazoni ijro etish muassasasidan qochgan mahkumlarni ushlash chogʻida. |
Maxsus vositalar qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham qoʻllanilishi mumkin. | Maxsus vositalar qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham qoʻllanilishi mumkin. |
Maxsus vositalar turlari, ularni ishlatish intensivligi yuzaga kelgan vaziyat, huquqbuzarlik xususiyati va huquqbuzarning shaxsini inobatga olgan holda belgilanadi. Maxsus vositalarni qoʻllash mahkumlarga va boshqa shaxslarga mumkin qadar kam zarar keltirishi lozim. | Maxsus vositalar turlari, ularni ishlatish intensivligi yuzaga kelgan vaziyat, huquqbuzarlik xususiyati va huquqbuzarning shaxsini inobatga olgan holda belgilanadi. Maxsus vositalarni qoʻllash mahkumlarga va boshqa shaxslarga mumkin qadar kam zarar keltirishi lozim. |
Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari aniq koʻrinib turgan shaxslarga hamda yoshi aniq koʻrinib turgan yoki maʼlum boʻlgan voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan maxsus vositalar ishlatish taqiqlanadi, ular tomonidan qurolli qarshilik koʻrsatilgan yoki fuqarolar hayoti va sogʻligʻiga tahdid etib, guruh boʻlib hujum qilingan hollar bundan mustasno. | Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari aniq koʻrinib turgan shaxslarga hamda yoshi aniq koʻrinib turgan yoki maʼlum boʻlgan voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan maxsus vositalar ishlatish taqiqlanadi, ular tomonidan qurolli qarshilik koʻrsatilgan yoki fuqarolar hayoti va sogʻligʻiga tahdid etib, guruh boʻlib hujum qilingan hollar bundan mustasno. |
Maxsus vositalarni qoʻllash natijasida mahkumlar va boshqa shaxslar hayoti va sogʻligʻiga zarar yetkazilgan har bir hodisa haqida darhol prokurorga xabar qilinadi. | Maxsus vositalarni qoʻllash natijasida mahkumlar va boshqa shaxslar hayoti va sogʻligʻiga zarar yetkazilgan har bir hodisa haqida darhol prokurorga xabar qilinadi. |
72-modda. Oʻqotar qurol qoʻllash asoslari | 72-modda. Oʻqotar qurol qoʻllash asoslari |
Alohida hollarda, agar jinoyatni boshqa vositalar bilan toʻxtatishning iloji boʻlmasa, eng soʻnggi chora sifatida oʻqotar qurol qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi. | Alohida hollarda, agar jinoyatni boshqa vositalar bilan toʻxtatishning iloji boʻlmasa, eng soʻnggi chora sifatida oʻqotar qurol qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi. |
Oʻqotar qurol quyidagi hollarda qoʻllanilishi mumkin: | Oʻqotar qurol quyidagi hollarda qoʻllanilishi mumkin: |
muassasa maʼmuriyati vakillarini, boshqa mahkumlarni va oʻzga shaxslarni ularning hayoti va sogʻligʻiga aniq tahdid etuvchi hujumdan himoya qilish, shuningdek qurolni qoʻlga kiritish maqsadida qilingan hujumni daf etish chogʻida; | muassasa maʼmuriyati vakillarini, boshqa mahkumlarni va oʻzga shaxslarni ularning hayoti va sogʻligʻiga aniq tahdid etuvchi hujumdan himoya qilish, shuningdek qurolni qoʻlga kiritish maqsadida qilingan hujumni daf etish chogʻida; |
garovga olinganlarni, mahkumlar egallab olgan binolarni, inshootlarni, xonalarni va transport vositalarini ozod qilish chogʻida; | garovga olinganlarni, mahkumlar egallab olgan binolarni, inshootlarni, xonalarni va transport vositalarini ozod qilish chogʻida; |
jazoni ijro etish muassasasining qoʻriqlanadigan obyektlariga, transport vositalariga guruh boʻlib qilingan yoki qurolli hujumni daf etish yoxud mahkumlarni zoʻrlik bilan ozod qilishga urinishlarni toʻxtatish chogʻida; | jazoni ijro etish muassasasining qoʻriqlanadigan obyektlariga, transport vositalariga guruh boʻlib qilingan yoki qurolli hujumni daf etish yoxud mahkumlarni zoʻrlik bilan ozod qilishga urinishlarni toʻxtatish chogʻida; |
ozodlikdan mahrum etish joylaridan qochayotgan yoki qurolli qarshilik koʻrsatayotgan mahkumni ushlash chogʻida; | ozodlikdan mahrum etish joylaridan qochayotgan yoki qurolli qarshilik koʻrsatayotgan mahkumni ushlash chogʻida; |
mahkumlar qochishda foydalanayotgan transport vositasini toʻxtatish chogʻida. | mahkumlar qochishda foydalanayotgan transport vositasini toʻxtatish chogʻida. |
Oʻqotar qurol qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham qoʻllanilishi mumkin. | Oʻqotar qurol qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham qoʻllanilishi mumkin. |
73-modda. Oʻqotar qurol qoʻllash tartibi | 73-modda. Oʻqotar qurol qoʻllash tartibi |
Oʻqotar qurolni qoʻllashdan oldin qurol qoʻllanilishi mumkinligi haqida ogohlantirish va yuqoriga qarab ogohlantiruvchi oʻq otish kerak. Quyidagi hollarda oʻqotar qurol ogohlantirishsiz qoʻllanilishi mumkin: | Oʻqotar qurolni qoʻllashdan oldin qurol qoʻllanilishi mumkinligi haqida ogohlantirish va yuqoriga qarab ogohlantiruvchi oʻq otish kerak. Quyidagi hollarda oʻqotar qurol ogohlantirishsiz qoʻllanilishi mumkin: |
qoʻqqisdan hujum qilinganda, qurolli hujumni yoki jangovar texnika, transport vositalari, uchish apparatlari, dengiz va daryo kemalaridan foydalangan holda qilingan hujumni daf etishda, garovga olinganlarni ozod qilishda, ozodlikdan mahrum etish joylaridan qurol bilan, transport vositalari yordamida yoki yurib ketayotgan transport vositalarida, tunda yoki koʻrish cheklangan sharoitda qochilganda. | qoʻqqisdan hujum qilinganda, qurolli hujumni yoki jangovar texnika, transport vositalari, uchish apparatlari, dengiz va daryo kemalaridan foydalangan holda qilingan hujumni daf etishda, garovga olinganlarni ozod qilishda, ozodlikdan mahrum etish joylaridan qurol bilan, transport vositalari yordamida yoki yurib ketayotgan transport vositalarida, tunda yoki koʻrish cheklangan sharoitda qochilganda. |
Oʻqotar qurol qoʻllanilganda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, shuningdek jabrlanganlarga tibbiy yordam koʻrsatish uchun iloji boricha barcha choralar koʻrilishi zarur. | Oʻqotar qurol qoʻllanilganda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, shuningdek jabrlanganlarga tibbiy yordam koʻrsatish uchun iloji boricha barcha choralar koʻrilishi zarur. |
Oʻqotar qurol qoʻllanilgan har bir hodisa haqida raport tuziladi va darhol prokurorga xabar qilinadi. | Oʻqotar qurol qoʻllanilgan har bir hodisa haqida raport tuziladi va darhol prokurorga xabar qilinadi. |
74-modda. Jazoni ijro etish muassasalarida alohida holat joriy etish | 74-modda. Jazoni ijro etish muassasalarida alohida holat joriy etish |
Tabiiy ofat roʻy bergan, jazoni ijro etish muassasasi joylashgan yerda favqulodda yoki harbiy holat joriy etilgan taqdirda, urush davri mobaynida, mahkumlar tomonidan guruh boʻlib boʻysunmaslik, shuningdek ommaviy tartibsizlik sodir etilganda muassasalarda alohida holat joriy etilishi mumkin. | Tabiiy ofat roʻy bergan, jazoni ijro etish muassasasi joylashgan yerda favqulodda yoki harbiy holat joriy etilgan taqdirda, urush davri mobaynida, mahkumlar tomonidan guruh boʻlib boʻysunmaslik, shuningdek ommaviy tartibsizlik sodir etilganda muassasalarda alohida holat joriy etilishi mumkin. |
Alohida holat Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishilgan holda oʻttiz sutkagacha boʻlgan muddatga joriy etiladi. Alohida holatning amal qilish vaqti alohida hollarda qoʻshimcha ravishda yana oʻttiz sutkagacha uzaytirilishi mumkin. | Alohida holat Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishilgan holda oʻttiz sutkagacha boʻlgan muddatga joriy etiladi. Alohida holatning amal qilish vaqti alohida hollarda qoʻshimcha ravishda yana oʻttiz sutkagacha uzaytirilishi mumkin. |
Alohida holat amal qilib turgan davrda muassasalarda qoʻriqlash va nazoratning kuchaytirilgan turi, obyektlarga kirishning alohida tartibi joriy etiladi, kun tartibi oʻzgartirilishi, ayrim xizmatlarning faoliyati cheklanishi mumkin. Ayni vaqtda mahkumlarning ayrim huquqlari cheklanishiga yoʻl qoʻyiladi. | Alohida holat amal qilib turgan davrda muassasalarda qoʻriqlash va nazoratning kuchaytirilgan turi, obyektlarga kirishning alohida tartibi joriy etiladi, kun tartibi oʻzgartirilishi, ayrim xizmatlarning faoliyati cheklanishi mumkin. Ayni vaqtda mahkumlarning ayrim huquqlari cheklanishiga yoʻl qoʻyiladi. |
75-modda. Mahkumlarning oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni sotib olishi | 75-modda. Mahkumlarning oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni sotib olishi |
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar oʻz shaxsiy hisobvaragʻidagi pul hisobidan oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni pul oʻtkazish yoʻli bilan sotib olishlari mumkin. | Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar oʻz shaxsiy hisobvaragʻidagi pul hisobidan oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni pul oʻtkazish yoʻli bilan sotib olishlari mumkin. |
Sarflashga ruxsat etiladigan pul miqdori jazoni ijro etish muassasasining tartib turiga hamda mahkum saqlanayotgan sharoitga qarab belgilanadi. | Sarflashga ruxsat etiladigan pul miqdori jazoni ijro etish muassasasining tartib turiga hamda mahkum saqlanayotgan sharoitga qarab belgilanadi. |
Mahkumlar yengillashtirilgan saqlash sharoitiga oʻtkazilganda, mehnat normasi va mehnat vazifalarini bajarganda, shuningdek bayram kunlari ragʻbatlantirish tarzida, mahkumlarga mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 3,6 foizigacha boʻlgan miqdorda qoʻshimcha pul sarflashga ruxsat etiladi. | Mahkumlar yengillashtirilgan saqlash sharoitiga oʻtkazilganda, mehnat normasi va mehnat vazifalarini bajarganda, shuningdek bayram kunlari ragʻbatlantirish tarzida, mahkumlarga mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 3,6 foizigacha boʻlgan miqdorda qoʻshimcha pul sarflashga ruxsat etiladi. |
Bir oy davomida sarflashga ruxsat etilgan pulning umumiy summasi quyidagi miqdorlardan oshmasligi kerak: | Bir oy davomida sarflashga ruxsat etilgan pulning umumiy summasi quyidagi miqdorlardan oshmasligi kerak: |
umumiy tartibli koloniyalarda — belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 1,06 baravaridan; | umumiy tartibli koloniyalarda — belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 1,06 baravaridan; |
qattiq tartibli koloniyalarda — belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 87,9 foizidan; | qattiq tartibli koloniyalarda — belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 87,9 foizidan; |
maxsus tartibli koloniyalarda — belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 70,3 foizidan; | maxsus tartibli koloniyalarda — belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 70,3 foizidan; |
turmalarda — belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 52,7 foizidan; | turmalarda — belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 52,7 foizidan; |
tarbiya koloniyalarida, ixtisoslashtirilgan davolash muassasalarida, shuningdek mahkum birinchi va ikkinchi guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, homilador ayollar hamda jazoni ijro etish muassasalaridagi bolalar uylarida bolalari boʻlgan ayollar uchun — belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 120 foizidan. | tarbiya koloniyalarida, ixtisoslashtirilgan davolash muassasalarida, shuningdek mahkum birinchi va ikkinchi guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, homilador ayollar hamda jazoni ijro etish muassasalaridagi bolalar uylarida bolalari boʻlgan ayollar uchun — belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 120 foizidan. |
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida belgilangan miqdordan ortiqcha pulga mahkumlar tibbiy xulosa asosida qoʻshimcha ravishda oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek kiyim va poyabzal sotib olish huquqiga ega. | Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida belgilangan miqdordan ortiqcha pulga mahkumlar tibbiy xulosa asosida qoʻshimcha ravishda oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek kiyim va poyabzal sotib olish huquqiga ega. |
Muassasa boshligʻi yangi kelgan mahkumga oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 17,6 foizigacha, manzil-koloniyalarda esa 35,2 foizigacha boʻlgan summada avans berishga haqli. | Muassasa boshligʻi yangi kelgan mahkumga oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 17,6 foizigacha, manzil-koloniyalarda esa 35,2 foizigacha boʻlgan summada avans berishga haqli. |
76-modda. Mahkumlarning uchrashuvlari | 76-modda. Mahkumlarning uchrashuvlari |
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga qisqa muddatli va uzoq muddatli uchrashuv huquqi beriladi. | Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga qisqa muddatli va uzoq muddatli uchrashuv huquqi beriladi. |
Mahkumlar qarindoshlari bilan yoki muassasa boshligʻining ruxsatiga asosan boshqa shaxslar bilan muddati toʻrt soatgacha boʻlgan qisqa muddatli uchrashuv olishi mumkin. | Mahkumlar qarindoshlari bilan yoki muassasa boshligʻining ruxsatiga asosan boshqa shaxslar bilan muddati toʻrt soatgacha boʻlgan qisqa muddatli uchrashuv olishi mumkin. |
Mahkumlarga yaqin qarindoshlari (er, xotin, ota-onalar, bolalar, oʻgʻil (qiz) qilib olgan shaxslar, oʻgʻil (qiz) qilib olingan shaxslar, aka-ukalar, opa-singillar, buvalar, buvilar, nevaralar) bilan uzoq muddatli uchrashuv muassasa hududida yoki, ushbu Kodeksning 114 va 130-moddalarida nazarda tutilgan hollarda, muassasa hududidan tashqarida ular bilan birga yashash huquqi bilan beriladi. | Mahkumlarga yaqin qarindoshlari (er, xotin, ota-onalar, bolalar, oʻgʻil (qiz) qilib olgan shaxslar, oʻgʻil (qiz) qilib olingan shaxslar, aka-ukalar, opa-singillar, buvalar, buvilar, nevaralar) bilan uzoq muddatli uchrashuv muassasa hududida yoki, ushbu Kodeksning 114 va 130-moddalarida nazarda tutilgan hollarda, muassasa hududidan tashqarida ular bilan birga yashash huquqi bilan beriladi. |
Uzoq muddatli uchrashuv muddati quyidagicha belgilanadi: muassasa hududida — bir sutkadan uch sutkagacha, muassasa hududidan tashqarida esa — uch sutkadan besh sutkagacha. | Uzoq muddatli uchrashuv muddati quyidagicha belgilanadi: muassasa hududida — bir sutkadan uch sutkagacha, muassasa hududidan tashqarida esa — uch sutkadan besh sutkagacha. |
Qisqa muddatli va uzoq muddatli uchrashuv miqdori jazoni ijro etish muassasasining tartib turiga hamda mahkum saqlanayotgan sharoitga qarab belgilanadi. | Qisqa muddatli va uzoq muddatli uchrashuv miqdori jazoni ijro etish muassasasining tartib turiga hamda mahkum saqlanayotgan sharoitga qarab belgilanadi. |
Yuqumli kasalliklarga chalingan va statsionar davolanishda boʻlgan mahkumlarga uchrashuvlar shifokor ruxsati bilan beriladi. | Yuqumli kasalliklarga chalingan va statsionar davolanishda boʻlgan mahkumlarga uchrashuvlar shifokor ruxsati bilan beriladi. |
Uchrashuv uchun berilgan vaqt mobaynida mahkumlar ishdan ozod etib qoʻyiladi, ana shu kunlar uchun ularga ish haqi yozilmaydi. | Uchrashuv uchun berilgan vaqt mobaynida mahkumlar ishdan ozod etib qoʻyiladi, ana shu kunlar uchun ularga ish haqi yozilmaydi. |
Mahkumning iltimosiga koʻra uzoq muddatli uchrashuv qisqa muddatli uchrashuvga yoki masofali video-uchrashuvga yoxud telefon orqali soʻzlashuvga, qisqa muddatli uchrashuv esa masofali video-uchrashuvga yoki telefon orqali soʻzlashuvga almashtiriladi. | Mahkumning iltimosiga koʻra uzoq muddatli uchrashuv qisqa muddatli uchrashuvga yoki masofali video-uchrashuvga yoxud telefon orqali soʻzlashuvga, qisqa muddatli uchrashuv esa masofali video-uchrashuvga yoki telefon orqali soʻzlashuvga almashtiriladi. |
Mahkumlar uchun masofali video-uchrashuvlar jazoni ijro etish muassasasi va organi tomonidan tashkil etiladi. Masofali video-uchrashuv himoyalangan aloqa kanallari orqali videokonferensiya tizimi vositasida amalga oshiriladi. | Mahkumlar uchun masofali video-uchrashuvlar jazoni ijro etish muassasasi va organi tomonidan tashkil etiladi. Masofali video-uchrashuv himoyalangan aloqa kanallari orqali videokonferensiya tizimi vositasida amalga oshiriladi. |
Uchrashuvlarni oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi. | Uchrashuvlarni oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi. |
77-modda. Mahkumlarning masofali video-uchrashuvlari yoki telefon orqali soʻzlashuvlari | 77-modda. Mahkumlarning masofali video-uchrashuvlari yoki telefon orqali soʻzlashuvlari |
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganlarga ularning ixtiyoriga koʻra masofali video-uchrashuvlar yoki telefon orqali soʻzlashuvlar huquqi beriladi. | Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganlarga ularning ixtiyoriga koʻra masofali video-uchrashuvlar yoki telefon orqali soʻzlashuvlar huquqi beriladi. |
Umumiy, qattiq, maxsus tartibli koloniyalarda, tarbiya koloniyalarida, turmalarda va mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalarda jazoni oʻtayotgan mahkumlarning masofali video-uchrashuvlari yoki telefon orqali soʻzlashuvlari muassasa maʼmuriyati nazorati ostida oʻtkaziladi hamda ularning haqi mahkumning shaxsiy hisobvaragʻidan toʻlanadi. | Umumiy, qattiq, maxsus tartibli koloniyalarda, tarbiya koloniyalarida, turmalarda va mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalarda jazoni oʻtayotgan mahkumlarning masofali video-uchrashuvlari yoki telefon orqali soʻzlashuvlari muassasa maʼmuriyati nazorati ostida oʻtkaziladi hamda ularning haqi mahkumning shaxsiy hisobvaragʻidan toʻlanadi. |
Masofali video-uchrashuvlar yoki telefon orqali soʻzlashuvlar miqdori jazoni ijro etish muassasasining tartib turiga hamda mahkum saqlanayotgan sharoitga qarab belgilanadi. Mahkumning iltimosiga koʻra, mahkum jazoni ijro etish muassasasiga yetib kelganidan keyin, shuningdek alohida hollarda unga qoʻshimcha ravishda masofali video-uchrashuvga yoki telefon orqali soʻzlashuvga ruxsat etilishi mumkin. | Masofali video-uchrashuvlar yoki telefon orqali soʻzlashuvlar miqdori jazoni ijro etish muassasasining tartib turiga hamda mahkum saqlanayotgan sharoitga qarab belgilanadi. Mahkumning iltimosiga koʻra, mahkum jazoni ijro etish muassasasiga yetib kelganidan keyin, shuningdek alohida hollarda unga qoʻshimcha ravishda masofali video-uchrashuvga yoki telefon orqali soʻzlashuvga ruxsat etilishi mumkin. |
Intizomiy boʻlinmalarda saqlanayotgan mahkumlarga faqat alohida hollarda masofali video-uchrashuvga yoki telefon orqali soʻzlashuvga ruxsat etilishi mumkin. | Intizomiy boʻlinmalarda saqlanayotgan mahkumlarga faqat alohida hollarda masofali video-uchrashuvga yoki telefon orqali soʻzlashuvga ruxsat etilishi mumkin. |
Ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlarning masofali video-uchrashuvlari yoki telefon orqali oʻzaro soʻzlashuvlari taqiqlanadi. | Ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlarning masofali video-uchrashuvlari yoki telefon orqali oʻzaro soʻzlashuvlari taqiqlanadi. |
Mahkumlarga masofali video-uchrashuvlarga yoki telefon orqali soʻzlashuvlarga ruxsat etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi. | Mahkumlarga masofali video-uchrashuvlarga yoki telefon orqali soʻzlashuvlarga ruxsat etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi. |
78-modda. Mahkumlarning posilkalar, yoʻqlovlar, banderollar va pul joʻnatmalari olishi va yuborishi | 78-modda. Mahkumlarning posilkalar, yoʻqlovlar, banderollar va pul joʻnatmalari olishi va yuborishi |
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar jazoni ijro etish muassasasiga yetib kelgan kundan boshlab posilka, yoʻqlov va banderol olishlari hamda joʻnatishlari mumkin. Posilka, yoʻqlov va banderollar koʻzdan kechiriladi. | Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar jazoni ijro etish muassasasiga yetib kelgan kundan boshlab posilka, yoʻqlov va banderol olishlari hamda joʻnatishlari mumkin. Posilka, yoʻqlov va banderollar koʻzdan kechiriladi. |
Bitta posilka yoki banderolning ogʻirligi pochta qoidalarida belgilab qoʻyilgan normadan, yoʻqlovning ogʻirligi esa posilkaning belgilangan vaznidan oshib ketishi mumkin emas. | Bitta posilka yoki banderolning ogʻirligi pochta qoidalarida belgilab qoʻyilgan normadan, yoʻqlovning ogʻirligi esa posilkaning belgilangan vaznidan oshib ketishi mumkin emas. |
Olinadigan posilka, yoʻqlov va banderollarning miqdori jazoni ijro etish muassasasining tartib turiga hamda mahkum saqlanayotgan sharoitga qarab belgilanadi. | Olinadigan posilka, yoʻqlov va banderollarning miqdori jazoni ijro etish muassasasining tartib turiga hamda mahkum saqlanayotgan sharoitga qarab belgilanadi. |
Hukm qilingan homilador ayollarning va jazoni ijro etish muassasasidagi bolalar uyida bolalari boʻlgan ayollarning, shuningdek vrach xulosasiga koʻra davolanish va kuchli taomga muhtoj deb eʼtirof etilgan bemorlarning, birinchi yoki ikkinchi guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning tibbiy xulosada belgilanadigan miqdorda va xillarda qoʻshimcha posilkalar, yoʻqlovlar va banderollar olishiga ruxsat etiladi. | Hukm qilingan homilador ayollarning va jazoni ijro etish muassasasidagi bolalar uyida bolalari boʻlgan ayollarning, shuningdek vrach xulosasiga koʻra davolanish va kuchli taomga muhtoj deb eʼtirof etilgan bemorlarning, birinchi yoki ikkinchi guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning tibbiy xulosada belgilanadigan miqdorda va xillarda qoʻshimcha posilkalar, yoʻqlovlar va banderollar olishiga ruxsat etiladi. |
Mahkumlar cheklanmagan miqdorda pul joʻnatmalari olishlari va yuborishlari mumkin. Pul joʻnatmalari mahkumning shaxsiy hisobvaragʻiga kelib tushadi. Mahkumlar oʻzlariga yaqin qarindosh boʻlmagan shaxslarga, shuningdek korxona, muassasa va tashkilotlarga faqat jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatining ruxsati bilan pul joʻnatmalari yuborishlari mumkin. | Mahkumlar cheklanmagan miqdorda pul joʻnatmalari olishlari va yuborishlari mumkin. Pul joʻnatmalari mahkumning shaxsiy hisobvaragʻiga kelib tushadi. Mahkumlar oʻzlariga yaqin qarindosh boʻlmagan shaxslarga, shuningdek korxona, muassasa va tashkilotlarga faqat jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatining ruxsati bilan pul joʻnatmalari yuborishlari mumkin. |
Mahkumlarning posilkalar, yoʻqlovlar, banderollar va pul joʻnatmalarini olishi hamda yuborishi tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi. | Mahkumlarning posilkalar, yoʻqlovlar, banderollar va pul joʻnatmalarini olishi hamda yuborishi tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi. |
79-modda. Mahkumlarning yozishmalari | 79-modda. Mahkumlarning yozishmalari |
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar cheklanmagan miqdorda xat va telegrammalar olishlari hamda joʻnatishlari mumkin. | Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar cheklanmagan miqdorda xat va telegrammalar olishlari hamda joʻnatishlari mumkin. |
Mahkumlarning xatlari va boshqa joʻnatmalari senzuradan oʻtkaziladi, jazoni manzil-koloniyalarda oʻtayotgan shaxslarning xatlari va boshqa joʻnatmalari bundan mustasno. | Mahkumlarning xatlari va boshqa joʻnatmalari senzuradan oʻtkaziladi, jazoni manzil-koloniyalarda oʻtayotgan shaxslarning xatlari va boshqa joʻnatmalari bundan mustasno. |
Mahkumlarga xatlarni topshirish va ularning xatlarini koʻrsatilgan manzilga joʻnatish muassasa maʼmuriyati tomonidan xat kelib tushgan yoki joʻnatish uchun topshirilgan kundan boshlab uch kunlik muddat ichida amalga oshiriladi. Telegrammalar egalariga darhol topshiriladi va joʻnatiladi. | Mahkumlarga xatlarni topshirish va ularning xatlarini koʻrsatilgan manzilga joʻnatish muassasa maʼmuriyati tomonidan xat kelib tushgan yoki joʻnatish uchun topshirilgan kundan boshlab uch kunlik muddat ichida amalga oshiriladi. Telegrammalar egalariga darhol topshiriladi va joʻnatiladi. |
Xatlar va boshqa joʻnatmalar olish hamda yuborish, shuningdek ularni senzuradan oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi. | Xatlar va boshqa joʻnatmalar olish hamda yuborish, shuningdek ularni senzuradan oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi. |
Mahkumlarning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilning nomiga yuborilgan murojaatlari muassasa maʼmuriyati tomonidan koʻzdan kechirilishi mumkin emas hamda yigirma toʻrt soatdan kechiktirmay tegishli vakilga yuboriladi. | Mahkumlarning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilning nomiga yuborilgan murojaatlari muassasa maʼmuriyati tomonidan koʻzdan kechirilishi mumkin emas hamda yigirma toʻrt soatdan kechiktirmay tegishli vakilga yuboriladi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilning javobi koʻzdan kechirilishi mumkin emas hamda arizachiga darhol yetkazib beriladi. | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilning javobi koʻzdan kechirilishi mumkin emas hamda arizachiga darhol yetkazib beriladi. |
Ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlar oʻrtasida xat yozishmalari faqat oʻzaro qarindoshlar oʻrtasida va muassasa maʼmuriyatining ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin. | Ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlar oʻrtasida xat yozishmalari faqat oʻzaro qarindoshlar oʻrtasida va muassasa maʼmuriyatining ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin. |
Prokuror yoki sud nomiga yoʻllangan taklif, ariza va shikoyatlar koʻzdan kechirilmaydi hamda bir sutkalik muddat ichida tegishliligi boʻyicha joʻnatiladi. Xavfsizlik choralarini qoʻllash haqidagi yoki ularni qoʻllashni rad etish toʻgʻrisidagi qarorlar ustidan shikoyatlar tegishliligi boʻyicha darhol joʻnatiladi. | Prokuror yoki sud nomiga yoʻllangan taklif, ariza va shikoyatlar koʻzdan kechirilmaydi hamda bir sutkalik muddat ichida tegishliligi boʻyicha joʻnatiladi. Xavfsizlik choralarini qoʻllash haqidagi yoki ularni qoʻllashni rad etish toʻgʻrisidagi qarorlar ustidan shikoyatlar tegishliligi boʻyicha darhol joʻnatiladi. |
791-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan mahkumlarning sayr qilishi | 791-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan mahkumlarning sayr qilishi |
Jazoni umumiy, qattiq tartibli koloniyalar, tarbiya koloniyalari qabul boʻlinmalarining kameralarida, shuningdek maxsus tartibli koloniyalarning kameralarida oʻtayotgan ozodlikdan mahrum etilgan mahkumlar, agar ular ochiq havoda ishlayotgan boʻlmasa, har kuni muddati ikki soatlik sayr qilish huquqiga ega. | Jazoni umumiy, qattiq tartibli koloniyalar, tarbiya koloniyalari qabul boʻlinmalarining kameralarida, shuningdek maxsus tartibli koloniyalarning kameralarida oʻtayotgan ozodlikdan mahrum etilgan mahkumlar, agar ular ochiq havoda ishlayotgan boʻlmasa, har kuni muddati ikki soatlik sayr qilish huquqiga ega. |
Sayr qilishning muddati jazoni ijro etish koloniyalarining, tergov hibsxonalari va turmalarning intizomiy boʻlinmalarida saqlanayotgan mahkumlar uchun ushbu Kodeksning 109 va 127-moddalari bilan, jazoni turmalarda oʻtayotgan mahkumlar uchun esa 123-moddasi bilan belgilanadi. | Sayr qilishning muddati jazoni ijro etish koloniyalarining, tergov hibsxonalari va turmalarning intizomiy boʻlinmalarida saqlanayotgan mahkumlar uchun ushbu Kodeksning 109 va 127-moddalari bilan, jazoni turmalarda oʻtayotgan mahkumlar uchun esa 123-moddasi bilan belgilanadi. |
Mahkumlarning sayr qilishi maxsus jihozlangan sayr qilish hovlilarida kunduzgi vaqtda oʻtkaziladi. Sayr qilish, mahkum jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalarini buzgan taqdirda, muddatidan ilgari tugatilishi mumkin. | Mahkumlarning sayr qilishi maxsus jihozlangan sayr qilish hovlilarida kunduzgi vaqtda oʻtkaziladi. Sayr qilish, mahkum jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalarini buzgan taqdirda, muddatidan ilgari tugatilishi mumkin. |
792-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan mahkumlarning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakiliga (ombudsmanga) va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakiliga (Bolalar ombudsmaniga) murojaatlar qutisi orqali murojaat qilishi | 792-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan mahkumlarning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakiliga (ombudsmanga) va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakiliga (Bolalar ombudsmaniga) murojaatlar qutisi orqali murojaat qilishi |
Jazoni ijro etish muassasalarining har bir turar joy sektorida, sanoat zonalarida, qisqa va uzoq muddatli uchrashuvlarni oʻtkazish uchun moʻljallangan binolarda mahkumlar murojaatlarni qoldirishi uchun qulay boʻlgan joyda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakiliga (ombudsmanga) murojaatlar qutisi, tarbiya koloniyalarida esa qoʻshimcha ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakiliga (Bolalar ombudsmaniga) murojaatlar qutisi oʻrnatiladi (bundan buyon matnda Ombudsman qutisi deb yuritiladi). Ombudsman qutisi tegishincha faqat Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) yoki uning Devoni xodimlari tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) yoki uning kotibiyati xodimlari tomonidan ochiladi. | Jazoni ijro etish muassasalarining har bir turar joy sektorida, sanoat zonalarida, qisqa va uzoq muddatli uchrashuvlarni oʻtkazish uchun moʻljallangan binolarda mahkumlar murojaatlarni qoldirishi uchun qulay boʻlgan joyda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakiliga (ombudsmanga) murojaatlar qutisi, tarbiya koloniyalarida esa qoʻshimcha ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakiliga (Bolalar ombudsmaniga) murojaatlar qutisi oʻrnatiladi (bundan buyon matnda Ombudsman qutisi deb yuritiladi). Ombudsman qutisi tegishincha faqat Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) yoki uning Devoni xodimlari tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) yoki uning kotibiyati xodimlari tomonidan ochiladi. |
Ombudsman qutisini oʻrnatish, undan foydalanish va u orqali murojaatlar yuborish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. | Ombudsman qutisini oʻrnatish, undan foydalanish va u orqali murojaatlar yuborish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. |
80-modda. Mahkumlarning adabiyot va yozuv ashyolarini sotib olishi hamda saqlashi | 80-modda. Mahkumlarning adabiyot va yozuv ashyolarini sotib olishi hamda saqlashi |
Mahkumlar posilka, yoʻqlov va banderollarda yozuv ashyolari, adabiyotlar olishlari, shuningdek ularni savdo shoxobchalari orqali sotib olishlari, cheklanmagan miqdorda gazeta va jurnallarga obuna boʻlishlari mumkin. | Mahkumlar posilka, yoʻqlov va banderollarda yozuv ashyolari, adabiyotlar olishlari, shuningdek ularni savdo shoxobchalari orqali sotib olishlari, cheklanmagan miqdorda gazeta va jurnallarga obuna boʻlishlari mumkin. |
Mahkumlarga urushni, milliy va diniy adovatni, zoʻrlik va shafqatsizlikni targʻib qiluvchi nashrlarni, shuningdek behayo nashrlarni olish, sotib olish, saqlash va tarqatish taqiqlanadi. | Mahkumlarga urushni, milliy va diniy adovatni, zoʻrlik va shafqatsizlikni targʻib qiluvchi nashrlarni, shuningdek behayo nashrlarni olish, sotib olish, saqlash va tarqatish taqiqlanadi. |
Mahkum savdo shoxobchalari orqali sotib olgan adabiyot u olishga haqli boʻlgan posilka va banderollar soniga kirmaydi. | Mahkum savdo shoxobchalari orqali sotib olgan adabiyot u olishga haqli boʻlgan posilka va banderollar soniga kirmaydi. |
Mahkum oʻz yonida koʻpi bilan oʻn nusxa kitob va jurnal saqlashi mumkin. Mazkur miqdordan ortiqcha adabiyot mahkumning roziligi bilan saqlash uchun topshiriladi, foydalanish uchun kutubxonaga beriladi yoki uning qarindoshlari va boshqa shaxslarga joʻnatiladi. | Mahkum oʻz yonida koʻpi bilan oʻn nusxa kitob va jurnal saqlashi mumkin. Mazkur miqdordan ortiqcha adabiyot mahkumning roziligi bilan saqlash uchun topshiriladi, foydalanish uchun kutubxonaga beriladi yoki uning qarindoshlari va boshqa shaxslarga joʻnatiladi. |
81-modda. Mahkumlarning kinofilmlar va telekoʻrsatuvlar koʻrishi, radioeshittirishlar eshitishi | 81-modda. Mahkumlarning kinofilmlar va telekoʻrsatuvlar koʻrishi, radioeshittirishlar eshitishi |
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar ishdan boʻsh soatlarda, tungi dam olish uchun ajratilgan vaqtdan tashqari, kinofilmlar va telekoʻrsatuvlar koʻrish, radio eshittirishlar eshitish huquqiga ega. | Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar ishdan boʻsh soatlarda, tungi dam olish uchun ajratilgan vaqtdan tashqari, kinofilmlar va telekoʻrsatuvlar koʻrish, radio eshittirishlar eshitish huquqiga ega. |
82-modda. Mahkumlarning alohida hollarda muassasa doirasidan chetga chiqishi | 82-modda. Mahkumlarning alohida hollarda muassasa doirasidan chetga chiqishi |
Mahkumlarga alohida hollar (yaqin qarindoshining vafoti yoki hayoti uchun xavfli boʻlgan ogʻir kasalligi, mahkumga yoki uning oilasiga jiddiy moddiy zarar yetkazgan voqea) munosabati bilan borish-kelish uchun ketadigan vaqtni (toʻrt sutkagacha) hisobga olmagan holda, yetti sutkagacha boʻlgan muddatga jazoni ijro etish muassasasi doirasidan chetga chiqishga ruxsat etilishi mumkin. Mahkumlarga Oʻzbekiston Respublikasi doirasida chetga chiqishga ruxsat etiladi. | Mahkumlarga alohida hollar (yaqin qarindoshining vafoti yoki hayoti uchun xavfli boʻlgan ogʻir kasalligi, mahkumga yoki uning oilasiga jiddiy moddiy zarar yetkazgan voqea) munosabati bilan borish-kelish uchun ketadigan vaqtni (toʻrt sutkagacha) hisobga olmagan holda, yetti sutkagacha boʻlgan muddatga jazoni ijro etish muassasasi doirasidan chetga chiqishga ruxsat etilishi mumkin. Mahkumlarga Oʻzbekiston Respublikasi doirasida chetga chiqishga ruxsat etiladi. |
Mahkumning chetga chiqishga ruxsat soʻrab yozgan arizasini muassasa maʼmuriyati bir sutka ichida koʻrib chiqadi. Bu haqda mahkumning shaxsi, xulq-atvori, tasdiqlovchi hujjatlar bor-yoʻqligidan kelib chiqib qaror qabul qilinadi. Chetga chiqishga beriladigan ruxsatnoma prokuror tomonidan tasdiqlanadi. | Mahkumning chetga chiqishga ruxsat soʻrab yozgan arizasini muassasa maʼmuriyati bir sutka ichida koʻrib chiqadi. Bu haqda mahkumning shaxsi, xulq-atvori, tasdiqlovchi hujjatlar bor-yoʻqligidan kelib chiqib qaror qabul qilinadi. Chetga chiqishga beriladigan ruxsatnoma prokuror tomonidan tasdiqlanadi. |
Quyidagilarga: | Quyidagilarga: |
oʻta xavfli retsidivistlar; | oʻta xavfli retsidivistlar; |
umrbod ozodlikdan mahrum qilinganlar, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar; | umrbod ozodlikdan mahrum qilinganlar, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar; |
oʻta ogʻir jinoyatlar uchun hukm qilingan shaxslar; | oʻta ogʻir jinoyatlar uchun hukm qilingan shaxslar; |
majburiy davolanishdan oʻtayotgan va yuqumli kasallikka chalingan mahkumlarga chetga chiqishga ruxsat berilmaydi. | majburiy davolanishdan oʻtayotgan va yuqumli kasallikka chalingan mahkumlarga chetga chiqishga ruxsat berilmaydi. |
Chetga chiqish vaqti jazoni oʻtash muddati hisobiga qoʻshiladi. | Chetga chiqish vaqti jazoni oʻtash muddati hisobiga qoʻshiladi. |
Chetga chiqish bilan bogʻliq xarajatlar mahkum mablagʻlari hisobidan yoki boshqa shaxslar tomonidan toʻlanadi. | Chetga chiqish bilan bogʻliq xarajatlar mahkum mablagʻlari hisobidan yoki boshqa shaxslar tomonidan toʻlanadi. |
Mahkumning belgilangan muddatda joyiga qaytib kelishini qiyinlashtiruvchi kutilmagan hollar yuz bergan taqdirda u borgan joydagi ichki ishlar organi boshligʻining qaroriga binoan qaytish muddati, jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatini albatta ogohlantirgan holda, besh sutkagacha uzaytirilishi mumkin. | Mahkumning belgilangan muddatda joyiga qaytib kelishini qiyinlashtiruvchi kutilmagan hollar yuz bergan taqdirda u borgan joydagi ichki ishlar organi boshligʻining qaroriga binoan qaytish muddati, jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatini albatta ogohlantirgan holda, besh sutkagacha uzaytirilishi mumkin. |
Mahkum belgilangan muddatda joyiga qaytishdan boʻyin tovlagan taqdirda u ichki ishlar organi tomonidan ushlanadi va jazoni oʻtash joyiga joʻnatiladi. | Mahkum belgilangan muddatda joyiga qaytishdan boʻyin tovlagan taqdirda u ichki ishlar organi tomonidan ushlanadi va jazoni oʻtash joyiga joʻnatiladi. |
Mahkumlarning muassasa doirasidan chetga chiqish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi. | Mahkumlarning muassasa doirasidan chetga chiqish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi. |
12-BOB. MAHKUMLARNING MODDIY-MAISHIY TAʼMINOTI VA ULARGA TIBBIY XIZMAT KOʻRSATISH | 12-BOB. MAHKUMLARNING MODDIY-MAISHIY TAʼMINOTI VA ULARGA TIBBIY XIZMAT KOʻRSATISH |
84-modda. Mahkumlarning yashash joyi | 84-modda. Mahkumlarning yashash joyi |
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar saqlash sharoitiga qarab umumiy turar joylarda, xonalarda yoki kameralarda yashaydi, ushbu turar joylar, xonalar yoki kameralar belgilangan tartibda tasdiqlangan sanitariya-gigiyena hamda qurilish normalari va qoidalariga mos kelishi kerak. | Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar saqlash sharoitiga qarab umumiy turar joylarda, xonalarda yoki kameralarda yashaydi, ushbu turar joylar, xonalar yoki kameralar belgilangan tartibda tasdiqlangan sanitariya-gigiyena hamda qurilish normalari va qoidalariga mos kelishi kerak. |
Bir mahkumga toʻgʻri keladigan yashash maydoni normasi quyidagi miqdordan kam boʻlishi mumkin emas: | Bir mahkumga toʻgʻri keladigan yashash maydoni normasi quyidagi miqdordan kam boʻlishi mumkin emas: |
umumiy turar joylarda — ikki kvadrat metr; | umumiy turar joylarda — ikki kvadrat metr; |
tergov hibsxonalari va turmalarning umumiy kameralarida — ikki yarim kvadrat metr; | tergov hibsxonalari va turmalarning umumiy kameralarida — ikki yarim kvadrat metr; |
ayollar, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar voyaga yetmaganlar saqlanadigan koloniyalardagi umumiy turar joylarda — uch kvadrat metr; | ayollar, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar voyaga yetmaganlar saqlanadigan koloniyalardagi umumiy turar joylarda — uch kvadrat metr; |
bemor mahkumlar saqlanadigan palatalarda — toʻrt kvadrat metr; | bemor mahkumlar saqlanadigan palatalarda — toʻrt kvadrat metr; |
intizomiy boʻlinmalarning kameralarida hamda soqchisiz yoki kuzatuvchisiz yurish huquqidan foydalanayotgan mahkumlar yashashi uchun, shuningdek jazoni manzil-koloniyalarda oʻtayotgan shaxslar uchun moʻljallangan xona tipidagi turar joylarda — toʻrt yarim kvadrat metr. | intizomiy boʻlinmalarning kameralarida hamda soqchisiz yoki kuzatuvchisiz yurish huquqidan foydalanayotgan mahkumlar yashashi uchun, shuningdek jazoni manzil-koloniyalarda oʻtayotgan shaxslar uchun moʻljallangan xona tipidagi turar joylarda — toʻrt yarim kvadrat metr. |
Mahkumlarga yotish uchun alohida joy, koʻrpa-toʻshak, choyshab va kerakli inventar beriladi. | Mahkumlarga yotish uchun alohida joy, koʻrpa-toʻshak, choyshab va kerakli inventar beriladi. |
I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moʻljallangan umumiy turar joylar maxsus vositalar va moslamalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak. | I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moʻljallangan umumiy turar joylar maxsus vositalar va moslamalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak. |
85-modda. Mahkumlarning ovqati | 85-modda. Mahkumlarning ovqati |
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga organizmning energiyaga va ozuqaviy moddalarga boʻlgan fiziologik ehtiyojini taʼminlaydigan ovqat qonunchilikda belgilangan tartibda respublika budjeti hisobidan beriladi, bundan manzil-koloniyalarda jazoni oʻtayotganlar mustasno. | Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga organizmning energiyaga va ozuqaviy moddalarga boʻlgan fiziologik ehtiyojini taʼminlaydigan ovqat qonunchilikda belgilangan tartibda respublika budjeti hisobidan beriladi, bundan manzil-koloniyalarda jazoni oʻtayotganlar mustasno. |
Ovqat normasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan mahkumlarning sogʻligʻi holatiga, ularning yoshi, bajarayotgan ishining xususiyati va ogʻirligiga qarab belgilanadi. Mahkumlarga ularni ishga jalb etgan korxona, muassasa va tashkilotlar mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha ovqat berilishi mumkin. | Ovqat normasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan mahkumlarning sogʻligʻi holatiga, ularning yoshi, bajarayotgan ishining xususiyati va ogʻirligiga qarab belgilanadi. Mahkumlarga ularni ishga jalb etgan korxona, muassasa va tashkilotlar mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha ovqat berilishi mumkin. |
Mahkum homilador ayollar, emizikli onalar, voyaga yetmaganlarga, shuningdek I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladigan ovqat oshirilgan normalarda belgilanadi. Tibbiy xulosa asosida ularga qoʻshimcha oziq-ovqat mahsulotlari olishga ruxsat etilishi mumkin. | Mahkum homilador ayollar, emizikli onalar, voyaga yetmaganlarga, shuningdek I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladigan ovqat oshirilgan normalarda belgilanadi. Tibbiy xulosa asosida ularga qoʻshimcha oziq-ovqat mahsulotlari olishga ruxsat etilishi mumkin. |
Manzil-koloniyalarda jazoni oʻtayotgan homilador ayollarga va emizikli onalarga ishdan ozod etilgan davrida respublika budjeti hisobidan ovqat beriladi. | Manzil-koloniyalarda jazoni oʻtayotgan homilador ayollarga va emizikli onalarga ishdan ozod etilgan davrida respublika budjeti hisobidan ovqat beriladi. |
Manzil-koloniyalarda jazoni oʻtayotgan, kasalligi tufayli yoki intizomiy boʻlinmaga kiritilib ishdan ozod qilingan mahkumlarga manzil-koloniyalarning korxonalari, muassasalari va tashkilotlari hisobidan ovqat berilib, ovqatning qiymati keyinchalik mahkumlarning oylik ish haqidan ushlab qolinadi. | Manzil-koloniyalarda jazoni oʻtayotgan, kasalligi tufayli yoki intizomiy boʻlinmaga kiritilib ishdan ozod qilingan mahkumlarga manzil-koloniyalarning korxonalari, muassasalari va tashkilotlari hisobidan ovqat berilib, ovqatning qiymati keyinchalik mahkumlarning oylik ish haqidan ushlab qolinadi. |
86-modda. Mahkumlarni ust-bosh bilan taʼminlash | 86-modda. Mahkumlarni ust-bosh bilan taʼminlash |
Ozodlikdan mahrum etishga hukm etilgan shaxslar, jazoni manzil-koloniyalarda oʻtayotgan shaxslar bundan mustasno respublika budjeti hisobidan belgilangan namunada kiyim, mavsumga qarab, mahkumning jinsi va iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda ichki kiyim va poyabzal bilan taʼminlanadilar. | Ozodlikdan mahrum etishga hukm etilgan shaxslar, jazoni manzil-koloniyalarda oʻtayotgan shaxslar bundan mustasno respublika budjeti hisobidan belgilangan namunada kiyim, mavsumga qarab, mahkumning jinsi va iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda ichki kiyim va poyabzal bilan taʼminlanadilar. |
87-modda. Mahkumlarning tibbiy-sanitariya taʼminoti | 87-modda. Mahkumlarning tibbiy-sanitariya taʼminoti |
Ozodlikdan mahrum etish joylarida davolash-profilaktika yordami va sanitariya ishi hamda epidemiyaga qarshi ishlar qonunchilikka muvofiq tashkil etiladi va oʻtkaziladi. | Ozodlikdan mahrum etish joylarida davolash-profilaktika yordami va sanitariya ishi hamda epidemiyaga qarshi ishlar qonunchilikka muvofiq tashkil etiladi va oʻtkaziladi. |
Mahkumlarga tibbiy-sanitariya xizmati koʻrsatish uchun statsionarlari bor tibbiy boʻlimlar, sil kasalligiga chalingan bemorlarni davolash va saqlab turish uchun davolash muassasasi huquqiga ega boʻlgan koloniyalar, malakali tibbiy yordam koʻrsatish uchun mahkumlarga moʻljallangan ixtisoslashgan kasalxonalar tashkil etiladi. | Mahkumlarga tibbiy-sanitariya xizmati koʻrsatish uchun statsionarlari bor tibbiy boʻlimlar, sil kasalligiga chalingan bemorlarni davolash va saqlab turish uchun davolash muassasasi huquqiga ega boʻlgan koloniyalar, malakali tibbiy yordam koʻrsatish uchun mahkumlarga moʻljallangan ixtisoslashgan kasalxonalar tashkil etiladi. |
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs jazoni ijro etish muassasasiga qabul qilish chogʻida, jazoni oʻtash paytida vaqti-vaqti bilan, biroq olti oyda kamida bir marta, shuningdek murojaatlarga koʻra tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi. Tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish maxfiylik shartlari asosida amalga oshiriladi. | Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs jazoni ijro etish muassasasiga qabul qilish chogʻida, jazoni oʻtash paytida vaqti-vaqti bilan, biroq olti oyda kamida bir marta, shuningdek murojaatlarga koʻra tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi. Tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish maxfiylik shartlari asosida amalga oshiriladi. |
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs jazoni ijro etish muassasasiga qabul qilingan paytdan eʼtiboran oʻn besh kun ichida u bilan suhbat oʻtkaziladi, mahkum jazoni ijro etish muassasasining karantin xonalarida tibbiy koʻrikdan va sanitariya-gigiyena tadbirlaridan oʻtadi. | Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs jazoni ijro etish muassasasiga qabul qilingan paytdan eʼtiboran oʻn besh kun ichida u bilan suhbat oʻtkaziladi, mahkum jazoni ijro etish muassasasining karantin xonalarida tibbiy koʻrikdan va sanitariya-gigiyena tadbirlaridan oʻtadi. |
Jazoni ijro etish muassasasining maʼmuriyati ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar jazoni ijro etish muassasasiga qabul qilinayotganda ham, shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj boʻlganda ham tibbiyot xodimlari ushbu shaxslarning yoniga zudlik bilan kirishini taʼminlashi kerak. | Jazoni ijro etish muassasasining maʼmuriyati ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar jazoni ijro etish muassasasiga qabul qilinayotganda ham, shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj boʻlganda ham tibbiyot xodimlari ushbu shaxslarning yoniga zudlik bilan kirishini taʼminlashi kerak. |
Shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish zarur boʻlganda ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining hududiy muassasalariga joylashtiriladi. | Shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish zarur boʻlganda ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining hududiy muassasalariga joylashtiriladi. |
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamga muhtoj boʻlgan shaxslar davolash muassasasi huquqiga ega boʻlgan koloniyalarga yoki ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar uchun moʻljallangan ixtisoslashtirilgan kasalxonalarga yuboriladi, shuningdek ular Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining hududiy muassasalariga joylashtirilishi mumkin. | Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamga muhtoj boʻlgan shaxslar davolash muassasasi huquqiga ega boʻlgan koloniyalarga yoki ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar uchun moʻljallangan ixtisoslashtirilgan kasalxonalarga yuboriladi, shuningdek ular Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining hududiy muassasalariga joylashtirilishi mumkin. |
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs ogʻir kasallikka chalingan taqdirda, jazoni ijro etish muassasasining maʼmuriyati mahkumning roziligi bilan uning yaqin qarindoshlariga yoki ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxsning oʻzi koʻrsatgan boshqa shaxslarga bu haqda darhol xabar beradi. | Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs ogʻir kasallikka chalingan taqdirda, jazoni ijro etish muassasasining maʼmuriyati mahkumning roziligi bilan uning yaqin qarindoshlariga yoki ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxsning oʻzi koʻrsatgan boshqa shaxslarga bu haqda darhol xabar beradi. |
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs ogʻir kasallikka chalingan taqdirda, qoʻshimcha masofali video-uchrashuvga yoki telefon orqali soʻzlashuvga, shuningdek shifokorning ruxsati bilan qoʻshimcha uchrashuvga ruxsat beriladi. | Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs ogʻir kasallikka chalingan taqdirda, qoʻshimcha masofali video-uchrashuvga yoki telefon orqali soʻzlashuvga, shuningdek shifokorning ruxsati bilan qoʻshimcha uchrashuvga ruxsat beriladi. |
Mahkumlarga tibbiy yordam koʻrsatish, ularga dori-darmon vositalari berish, sanitariya nazoratini tashkil etish va olib borish, davolash-profilaktika muassasalaridan foydalanish, sogʻliqni saqlash organlarining tibbiy xodimlarini jalb etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi. | Mahkumlarga tibbiy yordam koʻrsatish, ularga dori-darmon vositalari berish, sanitariya nazoratini tashkil etish va olib borish, davolash-profilaktika muassasalaridan foydalanish, sogʻliqni saqlash organlarining tibbiy xodimlarini jalb etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi. |
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning tibbiy-sanitariya taʼminoti respublika budjeti hisobidan amalga oshiriladi. | Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning tibbiy-sanitariya taʼminoti respublika budjeti hisobidan amalga oshiriladi. |
Mahkumlar shaxsiy va umumiy gigiyena qoidalariga, sanitariya talablariga rioya etishlari shart. | Mahkumlar shaxsiy va umumiy gigiyena qoidalariga, sanitariya talablariga rioya etishlari shart. |
13-BOB. OZODLIKDAN MAHRUM ETISHGA HUKM QILINGAN SHAXSLAR MEHNATI | 13-BOB. OZODLIKDAN MAHRUM ETISHGA HUKM QILINGAN SHAXSLAR MEHNATI |
88-modda. Mahkumlarni mehnatga jalb etish | 88-modda. Mahkumlarni mehnatga jalb etish |
Mahkumlarni mehnatga jalb etishdan asosiy maqsad ularda ijtimoiy-foydali faoliyat bilan shugʻullanish ehtiyojini shakllantirishdan iborat. | Mahkumlarni mehnatga jalb etishdan asosiy maqsad ularda ijtimoiy-foydali faoliyat bilan shugʻullanish ehtiyojini shakllantirishdan iborat. |
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar jinsi, yoshi, sogʻligʻining holati, mehnat qobiliyati va iloji boricha, ixtisosligi hisobga olingan holda ishlashi kerak. Mahkumlarning mehnatga oid munosabatlari mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan, ushbu Kodeksda nazarda tutilgan istisno va cheklashlarni hisobga olgan holda, tartibga solinadi. | Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar jinsi, yoshi, sogʻligʻining holati, mehnat qobiliyati va iloji boricha, ixtisosligi hisobga olingan holda ishlashi kerak. Mahkumlarning mehnatga oid munosabatlari mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan, ushbu Kodeksda nazarda tutilgan istisno va cheklashlarni hisobga olgan holda, tartibga solinadi. |
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar, odatda, jazoni ijro etish muassasalari va ular tashkilotlarining korxonalarida, ayrim hollarda esa, kerakli tarzda qoʻriqlash va batamom ajratib qoʻyish taʼminlangan taqdirda, boshqa korxonalarda mehnatga jalb etiladi. Mahkumlarning xususiy shaxslar foydasiga mehnat qilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. | Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar, odatda, jazoni ijro etish muassasalari va ular tashkilotlarining korxonalarida, ayrim hollarda esa, kerakli tarzda qoʻriqlash va batamom ajratib qoʻyish taʼminlangan taqdirda, boshqa korxonalarda mehnatga jalb etiladi. Mahkumlarning xususiy shaxslar foydasiga mehnat qilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. |
Oltmish yoshdan oshgan erkaklar, ellik besh yoshdan oshgan ayollar, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar mehnatga oʻz xohishlariga koʻra jalb etiladilar. | Oltmish yoshdan oshgan erkaklar, ellik besh yoshdan oshgan ayollar, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar mehnatga oʻz xohishlariga koʻra jalb etiladilar. |
Mahkuma ayollar homiladorlik va tugʻish munosabati bilan qonunchilikda belgilangan muddatga ishdan ozod qilinadilar. | Mahkuma ayollar homiladorlik va tugʻish munosabati bilan qonunchilikda belgilangan muddatga ishdan ozod qilinadilar. |
Mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda bajarish taqiqlangan ishlarda ayol va voyaga yetmagan mahkumlar mehnatidan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. | Mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda bajarish taqiqlangan ishlarda ayol va voyaga yetmagan mahkumlar mehnatidan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. |
Mahkumlardan foydalanish taqiqlangan ishlar va lavozimlar roʻyxati qonunchilik bilan belgilab qoʻyiladi. | Mahkumlardan foydalanish taqiqlangan ishlar va lavozimlar roʻyxati qonunchilik bilan belgilab qoʻyiladi. |
Mahkumlar topshirilgan ishni halol, vijdonan bajarishga, mehnat va texnologiya intizomiga, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha talablarga rioya etishlari shart. Ularning mehnatga oid va boshqa nizolarni hal etish maqsadida ishni toʻxtatib qoʻyishi taqiqlanadi. | Mahkumlar topshirilgan ishni halol, vijdonan bajarishga, mehnat va texnologiya intizomiga, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha talablarga rioya etishlari shart. Ularning mehnatga oid va boshqa nizolarni hal etish maqsadida ishni toʻxtatib qoʻyishi taqiqlanadi. |
89-modda. Mahkumlarni ish bilan taʼminlash | 89-modda. Mahkumlarni ish bilan taʼminlash |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: |
jazoni ijro etish muassasalarida ishlab chiqariladigan muayyan mahsulot turlari uchun buyurtmalarni taqsimlaydi; | jazoni ijro etish muassasalarida ishlab chiqariladigan muayyan mahsulot turlari uchun buyurtmalarni taqsimlaydi; |
ishlab chiqarish korxonalarini moddiy-texnika bilan taʼminlash choralarini koʻradi; | ishlab chiqarish korxonalarini moddiy-texnika bilan taʼminlash choralarini koʻradi; |
ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirishni, ishlab turgan korxonalarni texnika bilan qayta jihozlash va rekonstruksiya qilishni moliyaviy taʼminlaydi; | ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirishni, ishlab turgan korxonalarni texnika bilan qayta jihozlash va rekonstruksiya qilishni moliyaviy taʼminlaydi; |
korxona, muassasa va tashkilotlarni mahkumlar mehnatidan foydalanishga jalb etishga imkon yaratib beradi; | korxona, muassasa va tashkilotlarni mahkumlar mehnatidan foydalanishga jalb etishga imkon yaratib beradi; |
korxona, muassasa va tashkilotlarda mehnat qilayotgan mahkumlarga yoziladigan ish haqi miqdorini belgilab beradi. | korxona, muassasa va tashkilotlarda mehnat qilayotgan mahkumlarga yoziladigan ish haqi miqdorini belgilab beradi. |
Mahkumlarni ish bilan taʼminlash jazoni ijro etish muassasalarida yoki ulardan tashqarida ish oʻrinlarini tashkil etish yoʻli bilan amalga oshiriladi. | Mahkumlarni ish bilan taʼminlash jazoni ijro etish muassasalarida yoki ulardan tashqarida ish oʻrinlarini tashkil etish yoʻli bilan amalga oshiriladi. |
90-modda. Mahkumlarning ish vaqti | 90-modda. Mahkumlarning ish vaqti |
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar uchun mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilab qoʻyilgan ish vaqtining eng koʻp normasiga rioya etgan holda, odatda, olti kunlik ish haftasi belgilanadi. | Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar uchun mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilab qoʻyilgan ish vaqtining eng koʻp normasiga rioya etgan holda, odatda, olti kunlik ish haftasi belgilanadi. |
Mahkumlar ish vaqti rejimini jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyati ishlab chiqarish xususiyatiga qarab belgilaydi. | Mahkumlar ish vaqti rejimini jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyati ishlab chiqarish xususiyatiga qarab belgilaydi. |
Mahkumlarni ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlarida ishga jalb etishga ishlab chiqarish zarurati boʻlgan taqdirda mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilab qoʻyilgan ish vaqtidan tashqari ishlarning eng koʻp muddatiga rioya etgan holda yoʻl qoʻyiladi. | Mahkumlarni ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlarida ishga jalb etishga ishlab chiqarish zarurati boʻlgan taqdirda mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilab qoʻyilgan ish vaqtidan tashqari ishlarning eng koʻp muddatiga rioya etgan holda yoʻl qoʻyiladi. |
Ish vaqtini jamlab hisobga olish joriy etilganda, mahkumlar ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlarida yoki tungi ishlarga jalb etilgan taqdirda mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda voyaga yetmagan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga nisbatan belgilangan cheklashlarga rioya etish shart. | Ish vaqtini jamlab hisobga olish joriy etilganda, mahkumlar ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlarida yoki tungi ishlarga jalb etilgan taqdirda mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda voyaga yetmagan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga nisbatan belgilangan cheklashlarga rioya etish shart. |
Mahkuma homilador ayollar, shuningdek jazoni ijro etish muassasalari qoshidagi bolalar uylarida bolasi bor ayollar ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlarida ishga yoki ish vaqti jamlab hisobga olinadigan rejimda ishlashga oʻzlarining roziligi bilan jalb etilishi mumkin. Mazkur shaxslar tungi ishlarga, ularning roziligini olgan holda va tegishli tibbiy xulosa boʻlgan taqdirda, jalb qilinishi mumkin. | Mahkuma homilador ayollar, shuningdek jazoni ijro etish muassasalari qoshidagi bolalar uylarida bolasi bor ayollar ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlarida ishga yoki ish vaqti jamlab hisobga olinadigan rejimda ishlashga oʻzlarining roziligi bilan jalb etilishi mumkin. Mazkur shaxslar tungi ishlarga, ularning roziligini olgan holda va tegishli tibbiy xulosa boʻlgan taqdirda, jalb qilinishi mumkin. |
Mahkumlarning ish vaqtidan tashqari, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlaridagi ishlari uchun ikki hissa haq toʻlanadi. | Mahkumlarning ish vaqtidan tashqari, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlaridagi ishlari uchun ikki hissa haq toʻlanadi. |
91-modda. Mahkumlarning dam olish vaqti | 91-modda. Mahkumlarning dam olish vaqti |
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, mehnatga jalb etilgan mahkumlarga har haftada kamida bir dam olish kuni beriladi. Ular bayram (ishlanmaydigan) kunlarida ishdan ozod qilinadi. | Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, mehnatga jalb etilgan mahkumlarga har haftada kamida bir dam olish kuni beriladi. Ular bayram (ishlanmaydigan) kunlarida ishdan ozod qilinadi. |
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga har yilgi mehnat taʼtili berilmaydi, jazoni manzil-koloniyalarda oʻtayotganlar bundan mustasno. | Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga har yilgi mehnat taʼtili berilmaydi, jazoni manzil-koloniyalarda oʻtayotganlar bundan mustasno. |
Manzil-koloniyalardagi mahkumlar muddati oʻn besh ish kunidan iborat haq toʻlanadigan har yilgi mehnat taʼtiliga chiqish huquqiga ega. Taʼtil ushbu Kodeksning 82-moddasida belgilangan tartibda manzil-koloniya doirasidan chetga chiqish huquqi bilan beriladi. Mahkum jazoni ijro etish koloniyasining intizomiy boʻlinmasi turar joylarida saqlangan vaqt haq toʻlanadigan har yilgi mehnat taʼtili berish uchun zarur muddatga qoʻshib hisoblanmaydi. | Manzil-koloniyalardagi mahkumlar muddati oʻn besh ish kunidan iborat haq toʻlanadigan har yilgi mehnat taʼtiliga chiqish huquqiga ega. Taʼtil ushbu Kodeksning 82-moddasida belgilangan tartibda manzil-koloniya doirasidan chetga chiqish huquqi bilan beriladi. Mahkum jazoni ijro etish koloniyasining intizomiy boʻlinmasi turar joylarida saqlangan vaqt haq toʻlanadigan har yilgi mehnat taʼtili berish uchun zarur muddatga qoʻshib hisoblanmaydi. |
92-modda. Mahkumlar mehnatiga haq toʻlash | 92-modda. Mahkumlar mehnatiga haq toʻlash |
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar mehnatiga mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq haq toʻlanadi. | Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar mehnatiga mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq haq toʻlanadi. |
Mehnat normalarini va mehnat vazifalarini bajargan mahkumlar mehnatiga toʻlanadigan oylik haq qonunchilikda Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasining birinchi razryadi boʻyicha belgilangan miqdordan kam boʻlishi mumkin emas. | Mehnat normalarini va mehnat vazifalarini bajargan mahkumlar mehnatiga toʻlanadigan oylik haq qonunchilikda Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasining birinchi razryadi boʻyicha belgilangan miqdordan kam boʻlishi mumkin emas. |
Barcha chegirmalardan qatʼi nazar, mahkumlar shaxsiy hisobvaragʻiga ularga yozilgan ish haqining kamida yigirma besh foizi, oltmish yoshdan oshgan erkaklarning, ellik besh yoshdan oshgan ayollarning, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning, homilador ayollarning hamda jazoni ijro etish muassasalari qoshidagi bolalar uyida bolasi bor ayollarning, shuningdek manzil-koloniyalar va tarbiya koloniyalaridagi mahkumlarning hisobvaragʻiga esa, kamida ellik foizi oʻtkazib qoʻyiladi. | Barcha chegirmalardan qatʼi nazar, mahkumlar shaxsiy hisobvaragʻiga ularga yozilgan ish haqining kamida yigirma besh foizi, oltmish yoshdan oshgan erkaklarning, ellik besh yoshdan oshgan ayollarning, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning, homilador ayollarning hamda jazoni ijro etish muassasalari qoshidagi bolalar uyida bolasi bor ayollarning, shuningdek manzil-koloniyalar va tarbiya koloniyalaridagi mahkumlarning hisobvaragʻiga esa, kamida ellik foizi oʻtkazib qoʻyiladi. |
93-modda. Mahkumlarni mehnat haqi toʻlamay ishga jalb etish | 93-modda. Mahkumlarni mehnat haqi toʻlamay ishga jalb etish |
Mahkumlar jazoni ijro etish muassasalarini va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish, shuningdek madaniy-maishiy sharoitni yaxshilash ishlarigagina mehnat haqi toʻlamay jalb etilishi mumkin. | Mahkumlar jazoni ijro etish muassasalarini va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish, shuningdek madaniy-maishiy sharoitni yaxshilash ishlarigagina mehnat haqi toʻlamay jalb etilishi mumkin. |
Mahkumlar mehnat haqi toʻlanmaydigan ishga, odatda, navbatma-navbat, ishdan tashqari vaqtda, haftasiga koʻpi bilan ikki soatga jalb etiladi. | Mahkumlar mehnat haqi toʻlanmaydigan ishga, odatda, navbatma-navbat, ishdan tashqari vaqtda, haftasiga koʻpi bilan ikki soatga jalb etiladi. |
94-modda. Mahkumlarning ish haqidan chegirib qolish | 94-modda. Mahkumlarning ish haqidan chegirib qolish |
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning ish haqidan chegirmalar mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda, ushbu Kodeksda nazarda tutilgan istisno va cheklashlar bilan amalga oshiriladi. | Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning ish haqidan chegirmalar mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda, ushbu Kodeksda nazarda tutilgan istisno va cheklashlar bilan amalga oshiriladi. |
95-modda. Mahkumlarning moddiy javobgarligi | 95-modda. Mahkumlarning moddiy javobgarligi |
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar: | Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar: |
mehnat vazifalarini ado etish chogʻida yetkazilgan zarar uchun — mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan miqdorda va tartibda; | mehnat vazifalarini ado etish chogʻida yetkazilgan zarar uchun — mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan miqdorda va tartibda; |
boshqa xatti-harakatlar oqibatida yetkazilgan zarar uchun — fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan miqdorda va tartibda moddiy javobgar boʻladilar. | boshqa xatti-harakatlar oqibatida yetkazilgan zarar uchun — fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan miqdorda va tartibda moddiy javobgar boʻladilar. |
Notoʻgʻri chegirilgan summa mahkumga qaytarilib, uning shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. | Notoʻgʻri chegirilgan summa mahkumga qaytarilib, uning shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. |
96-modda. Ijtimoiy soliqni toʻlash va mahkumlarning pensiya taʼminoti | 96-modda. Ijtimoiy soliqni toʻlash va mahkumlarning pensiya taʼminoti |
Jazoni ijro etish muassasalarining ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar mehnatiga haq toʻlashga doir xarajatlari ijtimoiy soliq boʻyicha soliq solish obyektidir. | Jazoni ijro etish muassasalarining ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar mehnatiga haq toʻlashga doir xarajatlari ijtimoiy soliq boʻyicha soliq solish obyektidir. |
Ijtimoiy soliq toʻlangan davr ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning umumiy mehnat stajiga qoʻshib hisoblanadi. | Ijtimoiy soliq toʻlangan davr ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning umumiy mehnat stajiga qoʻshib hisoblanadi. |
Muassasa maʼmuriyati mahkumning jazoni oʻtashi davrida soliq toʻlanganligi haqidagi maʼlumotnomani: | Muassasa maʼmuriyati mahkumning jazoni oʻtashi davrida soliq toʻlanganligi haqidagi maʼlumotnomani: |
mahkum jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilinishidan kamida uch ish kuni oldin Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga elektron tarzda yuboradi; | mahkum jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilinishidan kamida uch ish kuni oldin Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga elektron tarzda yuboradi; |
jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilinayotganida mahkumga qogʻoz shaklida beradi. | jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilinayotganida mahkumga qogʻoz shaklida beradi. |
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga tayinlangan pensiyani toʻlash ozodlikdan mahrum qilingan vaqtda toʻxtatib turiladi, bundan manzil-koloniyalarda jazoni oʻtayotgan mahkumlar mustasno. | Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga tayinlangan pensiyani toʻlash ozodlikdan mahrum qilingan vaqtda toʻxtatib turiladi, bundan manzil-koloniyalarda jazoni oʻtayotgan mahkumlar mustasno. |
Manzil-koloniyalarda jazoni oʻtayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar pensiyani qonunchilikda belgilangan tartibda olishi mumkin. | Manzil-koloniyalarda jazoni oʻtayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar pensiyani qonunchilikda belgilangan tartibda olishi mumkin. |
Manzil-koloniyalarda jazoni oʻtayotgan ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga pensiya tayinlash va toʻlash manzil-koloniya joylashgan yerdagi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan tegishli pensiya summalarini mahkumlarning shaxsiy hisobvaraqlariga oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi. | Manzil-koloniyalarda jazoni oʻtayotgan ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga pensiya tayinlash va toʻlash manzil-koloniya joylashgan yerdagi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan tegishli pensiya summalarini mahkumlarning shaxsiy hisobvaraqlariga oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi. |
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar qonunchilikka muvofiq davlat pensiya taʼminoti huquqiga ega boʻladi. | Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar qonunchilikka muvofiq davlat pensiya taʼminoti huquqiga ega boʻladi. |
14-BOB. OZODLIKDAN MAHRUM ETISHGA HUKM QILINGAN SHAXSLARGA TARBIYAVIY TAʼSIR KOʻRSATISH | 14-BOB. OZODLIKDAN MAHRUM ETISHGA HUKM QILINGAN SHAXSLARGA TARBIYAVIY TAʼSIR KOʻRSATISH |
97-modda. Mahkumlar bilan tarbiyaviy ish olib borish | 97-modda. Mahkumlar bilan tarbiyaviy ish olib borish |
Tarbiyaviy ish ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni axloqan tuzatishning asosiy vositalaridan biri boʻlib, mahkumlarda qonun talablariga va jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor qoidalariga rioya etishga, shuningdek bilim va madaniy saviyasini oshirishga intilishni shakllantirishga qaratilgan. | Tarbiyaviy ish ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni axloqan tuzatishning asosiy vositalaridan biri boʻlib, mahkumlarda qonun talablariga va jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor qoidalariga rioya etishga, shuningdek bilim va madaniy saviyasini oshirishga intilishni shakllantirishga qaratilgan. |
Jazoni ijro etish muassasalarida maʼnaviy, huquqiy, jismoniy va boshqa tarbiya olib boriladi. | Jazoni ijro etish muassasalarida maʼnaviy, huquqiy, jismoniy va boshqa tarbiya olib boriladi. |
Tarbiyaviy ish yakka tartibda, guruh bilan va ommaviy shaklda olib boriladi. | Tarbiyaviy ish yakka tartibda, guruh bilan va ommaviy shaklda olib boriladi. |
Tarbiyaviy ish tabaqalashtirish asosida, muassasa turini, jazo muddatini va saqlash sharoitini, shuningdek mahkum shaxsining xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi. | Tarbiyaviy ish tabaqalashtirish asosida, muassasa turini, jazo muddatini va saqlash sharoitini, shuningdek mahkum shaxsining xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi. |
Mahkumlar bilan tarbiyaviy ish olib borishda matbuot, radio, televideniye, kinofilmlardan, kutubxona va boshqa vositalardan foydalaniladi. | Mahkumlar bilan tarbiyaviy ish olib borishda matbuot, radio, televideniye, kinofilmlardan, kutubxona va boshqa vositalardan foydalaniladi. |
Jazoni ijro etish muassasalari adabiyotlar bilan, shu jumladan mahkumlarda toʻgʻri maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirishga qaratilgan, belgilangan tartibda tasdiqlangan adabiyotlar roʻyxatidagi kitoblar bilan taʼminlanishi shart. | |
Tarbiyaviy ishlar bosqichma-bosqich ravishda quyidagicha amalga oshiriladi: | Tarbiyaviy ishlar bosqichma-bosqich ravishda quyidagicha amalga oshiriladi: |
ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs jazoni ijro etish muassasasiga kelgan vaqtda uning psixologik qiyofasini, tuzalish yoʻliga oʻtishga moyilligini aniqlagan holda uni dastlabki tarzda oʻrganish; | ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs jazoni ijro etish muassasasiga kelgan vaqtda uning psixologik qiyofasini, tuzalish yoʻliga oʻtishga moyilligini aniqlagan holda uni dastlabki tarzda oʻrganish; |
ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning ongini oʻzgartirish boʻyicha tadbirlar oʻtkazish, ularda sodir etgan jinoyatidan pushaymon boʻlish hissini uygʻotish; | ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning ongini oʻzgartirish boʻyicha tadbirlar oʻtkazish, ularda sodir etgan jinoyatidan pushaymon boʻlish hissini uygʻotish; |
ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning talab mavjud boʻlgan kasblar va mutaxassisliklarga oid kasbiy taʼlimini tashkil etish, oʻqishni tugallaganidan soʻng tegishli hujjat berish hamda ularni keyinchalik ishga joylashtirish. | ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning talab mavjud boʻlgan kasblar va mutaxassisliklarga oid kasbiy taʼlimini tashkil etish, oʻqishni tugallaganidan soʻng tegishli hujjat berish hamda ularni keyinchalik ishga joylashtirish. |
971-modda. Mahkumlarning tuzalish yoʻliga oʻtganligini aniqlash mezonlari | 971-modda. Mahkumlarning tuzalish yoʻliga oʻtganligini aniqlash mezonlari |
Jazoni ijro etish muassasalarida jazoni oʻtayotgan mahkumlarning tuzalish yoʻliga oʻtganligi ushbu Kodeksning 1021-moddasida nazarda tutilgan komissiya tomonidan har chorak yakunlariga koʻra quyidagi mezonlardan biri asosida belgilanadi: | Jazoni ijro etish muassasalarida jazoni oʻtayotgan mahkumlarning tuzalish yoʻliga oʻtganligi ushbu Kodeksning 1021-moddasida nazarda tutilgan komissiya tomonidan har chorak yakunlariga koʻra quyidagi mezonlardan biri asosida belgilanadi: |
mahkumning mehnatga vijdonan munosabatda boʻlishi, belgilangan mehnat normalarini bajarishi, ongli ravishda mustaqil ishlash koʻnikmalarining shakllanganligi, oʻqishga va kasb-hunar oʻrganishga boʻlgan qiziqishi; | mahkumning mehnatga vijdonan munosabatda boʻlishi, belgilangan mehnat normalarini bajarishi, ongli ravishda mustaqil ishlash koʻnikmalarining shakllanganligi, oʻqishga va kasb-hunar oʻrganishga boʻlgan qiziqishi; |
mahkumning jazoni ijro etish muassasalarida tashkil etiladigan madaniy-maʼrifiy tadbirlardagi ishtiroki, uning tashabbusi, boshqa mahkumlarga ibrat boʻlishga intilishi; | mahkumning jazoni ijro etish muassasalarida tashkil etiladigan madaniy-maʼrifiy tadbirlardagi ishtiroki, uning tashabbusi, boshqa mahkumlarga ibrat boʻlishga intilishi; |
mahkumning jazoni ijro etish muassasasida oʻrnatilgan ichki tartib-qoidalariga rioya etishi, mahkumga nisbatan ragʻbatlantirish choralari qoʻllanilganligi, unga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilmaganligi; | mahkumning jazoni ijro etish muassasasida oʻrnatilgan ichki tartib-qoidalariga rioya etishi, mahkumga nisbatan ragʻbatlantirish choralari qoʻllanilganligi, unga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilmaganligi; |
mahkumning mahkumlarda toʻgʻri maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirishga qaratilgan, belgilangan tartibda tasdiqlangan adabiyotlar roʻyxatidagi kitoblarni oʻqiganligi. | |
Mahkumni tuzalish yoʻliga oʻtgan yoki oʻtmagan deb topish toʻgʻrisidagi xulosa komissiya tomonidan rasmiylashtiriladi va mahkumning shaxsiy yigʻmajildiga qoʻshib qoʻyiladi. | Mahkumni tuzalish yoʻliga oʻtgan yoki oʻtmagan deb topish toʻgʻrisidagi xulosa komissiya tomonidan rasmiylashtiriladi va mahkumning shaxsiy yigʻmajildiga qoʻshib qoʻyiladi. |
Komissiya tomonidan tuzalish yoʻliga oʻtmagan deb topilgan mahkumlar bilan tarbiyaviy-profilaktika ishlari muassasa psixologini jalb etgan holda alohida reja asosida amalga oshiriladi. | Komissiya tomonidan tuzalish yoʻliga oʻtmagan deb topilgan mahkumlar bilan tarbiyaviy-profilaktika ishlari muassasa psixologini jalb etgan holda alohida reja asosida amalga oshiriladi. |
Tuzalish yoʻliga oʻtmagan deb topilgan mahkum komissiyaning xulosasi ustidan ushbu Kodeksning 107-moddasida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli. | Tuzalish yoʻliga oʻtmagan deb topilgan mahkum komissiyaning xulosasi ustidan ushbu Kodeksning 107-moddasida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli. |
98-modda. Mahkumlarning tarbiya jarayonidagi ishtiroki | 98-modda. Mahkumlarning tarbiya jarayonidagi ishtiroki |
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning foydali tashabbusini kuchaytirish, ularning mehnati, maishiy hayoti va boʻsh vaqtini tashkil etish masalalarini hal etishda qatnashish, intizomni va ichki tartibni saqlab turishda muassasa maʼmuriyatiga koʻmaklashish maqsadida mahkumlarning turli tashkilotlari tuzilishi mumkin. | Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning foydali tashabbusini kuchaytirish, ularning mehnati, maishiy hayoti va boʻsh vaqtini tashkil etish masalalarini hal etishda qatnashish, intizomni va ichki tartibni saqlab turishda muassasa maʼmuriyatiga koʻmaklashish maqsadida mahkumlarning turli tashkilotlari tuzilishi mumkin. |
Mahkumlar tashkilotlarini tuzish va ularning ishlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi. | Mahkumlar tashkilotlarini tuzish va ularning ishlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi. |
99-modda. Jamoatchilik va fuqarolarning mahkumlarni tarbiyalashdagi ishtiroki | 99-modda. Jamoatchilik va fuqarolarning mahkumlarni tarbiyalashdagi ishtiroki |
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolar ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni tarbiyalashda qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda ishtirok etadilar. | Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolar ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni tarbiyalashda qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda ishtirok etadilar. |
15-BOB. OZODLIKDAN MAHRUM ETISHGA HUKM QILINGAN SHAXSLAR TAʼLIMI VA KASB TAYYORGARLIGI | 15-BOB. OZODLIKDAN MAHRUM ETISHGA HUKM QILINGAN SHAXSLAR TAʼLIMI VA KASB TAYYORGARLIGI |
100-modda. Mahkumlarning umumiy oʻrta taʼlimi | 100-modda. Mahkumlarning umumiy oʻrta taʼlimi |
Jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarning umumiy oʻrta taʼlimi tashkil etiladi. Muassasa maʼmuriyati mahkumlarga ular taʼlim olishi va mustaqil taʼlim olishi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda sharoitlar yaratadi hamda zarur koʻmak koʻrsatadi. | Jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarning umumiy oʻrta taʼlimi tashkil etiladi. Muassasa maʼmuriyati mahkumlarga ular taʼlim olishi va mustaqil taʼlim olishi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda sharoitlar yaratadi hamda zarur koʻmak koʻrsatadi. |
Yoshi oʻttizdan oshgan mahkumlar, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar xohishlariga koʻra taʼlim olishga jalb etiladilar. | Yoshi oʻttizdan oshgan mahkumlar, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar xohishlariga koʻra taʼlim olishga jalb etiladilar. |
Mahkumlarning oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida taʼlim olishiga yoʻl qoʻyilmaydi, manzil-koloniyalardagi mahkumlar bundan mustasno boʻlib, ular oʻquv yurtlarining sirtqi boʻlimlarida taʼlim olishlari mumkin. | Mahkumlarning oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida taʼlim olishiga yoʻl qoʻyilmaydi, manzil-koloniyalardagi mahkumlar bundan mustasno boʻlib, ular oʻquv yurtlarining sirtqi boʻlimlarida taʼlim olishlari mumkin. |
Oʻquv yurtlarida taʼlim olayotgan mahkumlar imtihonlarni topshirish uchun qonunchilikka muvofiq ishdan ozod qilinadi. | Oʻquv yurtlarida taʼlim olayotgan mahkumlar imtihonlarni topshirish uchun qonunchilikka muvofiq ishdan ozod qilinadi. |
Mahkumlarning umumiy oʻrta taʼlimini tashkil etish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | Mahkumlarning umumiy oʻrta taʼlimini tashkil etish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. |
101-modda. Mahkumlarning oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi va kasb tayyorgarligi | 101-modda. Mahkumlarning oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi va kasb tayyorgarligi |
Jazoni ijro etish muassasalarida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi beriladi va (yoki) mahkumlar ishlab chiqarishda kasbga oʻrgatiladi. | Jazoni ijro etish muassasalarida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi beriladi va (yoki) mahkumlar ishlab chiqarishda kasbga oʻrgatiladi. |
Mahkumlarga oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi berish va ularni kasbga oʻrgatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | Mahkumlarga oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi berish va ularni kasbga oʻrgatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. |
16-BOB. OZODLIKDAN MAHRUM ETISHGA HUKM QILINGAN SHAXSLARGA NISBATAN QOʻLLANILADIGAN RAGʻBATLANTIRISH VA INTIZOMIY JAZO CHORALARI | 16-BOB. OZODLIKDAN MAHRUM ETISHGA HUKM QILINGAN SHAXSLARGA NISBATAN QOʻLLANILADIGAN RAGʻBATLANTIRISH VA INTIZOMIY JAZO CHORALARI |
102-modda. Ragʻbatlantirish choralari | 102-modda. Ragʻbatlantirish choralari |
Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarga nisbatan ushbu Kodeks 971-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan mezonlar asosida ragʻbatlantirish choralari qoʻllaniladi. | Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarga nisbatan ushbu Kodeks 971-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan mezonlar asosida ragʻbatlantirish choralari qoʻllaniladi. |
Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarga nisbatan quyidagi ragʻbatlantirish choralari qoʻllaniladi: | Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarga nisbatan quyidagi ragʻbatlantirish choralari qoʻllaniladi: |
tashakkur eʼlon qilish; | tashakkur eʼlon qilish; |
ilgari qoʻllanilgan intizomiy jazoni muddatidan oldin olib tashlash; | ilgari qoʻllanilgan intizomiy jazoni muddatidan oldin olib tashlash; |
yorliq, qimmatli sovgʻa yoki pul mukofoti bilan taqdirlash; | yorliq, qimmatli sovgʻa yoki pul mukofoti bilan taqdirlash; |
qoʻshimcha posilka, yoʻqlov yoki banderol olishga ruxsat etish; | qoʻshimcha posilka, yoʻqlov yoki banderol olishga ruxsat etish; |
qoʻshimcha uchrashuv yoki masofali video-uchrashuv yoxud telefon orqali soʻzlashuv huquqini berish; | qoʻshimcha uchrashuv yoki masofali video-uchrashuv yoxud telefon orqali soʻzlashuv huquqini berish; |
oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish uchun pul summasini koʻpaytirish; | oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish uchun pul summasini koʻpaytirish; |
yengillashtirilgan saqlash sharoitiga oʻtkazish, manzil-koloniyalarda saqlanayotgan shaxslar bundan mustasno. | yengillashtirilgan saqlash sharoitiga oʻtkazish, manzil-koloniyalarda saqlanayotgan shaxslar bundan mustasno. |
Yengillashtirilgan saqlash sharoitiga oʻtkazish tariqasidagi ragʻbatlantirish mahkumlarga ushbu Kodeks 75-moddasining uchinchi qismiga muvofiq qoʻshimcha pul sarflash huquqini, shuningdek: | Yengillashtirilgan saqlash sharoitiga oʻtkazish tariqasidagi ragʻbatlantirish mahkumlarga ushbu Kodeks 75-moddasining uchinchi qismiga muvofiq qoʻshimcha pul sarflash huquqini, shuningdek: |
umumiy, qattiq tartibli koloniyalarda va tarbiya koloniyalarida ― yil mobaynida qoʻshimcha ravishda bir marta uchrashuv, bir marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv, bitta posilka yoki yoʻqlov olish; | umumiy, qattiq tartibli koloniyalarda va tarbiya koloniyalarida ― yil mobaynida qoʻshimcha ravishda bir marta uchrashuv, bir marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv, bitta posilka yoki yoʻqlov olish; |
maxsus tartibli koloniyalarda ― kameralardan umumiy turar joylarga oʻtkazish hamda yil mobaynida qoʻshimcha ravishda bir marta qisqa muddatli uchrashuv, bir marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv, bitta banderol olish; | maxsus tartibli koloniyalarda ― kameralardan umumiy turar joylarga oʻtkazish hamda yil mobaynida qoʻshimcha ravishda bir marta qisqa muddatli uchrashuv, bir marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv, bitta banderol olish; |
turmalarda ― yil mobaynida qoʻshimcha ravishda bir marta qisqa muddatli uchrashuv, bitta posilka yoki yoʻqlov olish huquqini beradi. | turmalarda ― yil mobaynida qoʻshimcha ravishda bir marta qisqa muddatli uchrashuv, bitta posilka yoki yoʻqlov olish huquqini beradi. |
1021-modda. Ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash tartibi | 1021-modda. Ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash tartibi |
Mahkumlarga nisbatan ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash har yili kamida ikki marta, shuningdek bayram kunlari munosabati bilan koʻrib chiqiladi. | Mahkumlarga nisbatan ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash har yili kamida ikki marta, shuningdek bayram kunlari munosabati bilan koʻrib chiqiladi. |
Mahkumlarni ragʻbatlantirish masalalari, shu jumladan qoʻllanilayotgan ragʻbatlantirish choralarining ushbu Kodeks 971-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan mezonlarga muvofiqligi jazoni ijro etish muassasasida tuzilgan komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi va ular boʻyicha xulosa qabul qilinadi. | Mahkumlarni ragʻbatlantirish masalalari, shu jumladan qoʻllanilayotgan ragʻbatlantirish choralarining ushbu Kodeks 971-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan mezonlarga muvofiqligi jazoni ijro etish muassasasida tuzilgan komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi va ular boʻyicha xulosa qabul qilinadi. |
Komissiya jazoni ijro etish muassasasining xodimlari, shuningdek jamoatchilik vakillari orasidan kamida sakkiz nafar aʼzodan iborat tarkibda tuziladi. | Komissiya jazoni ijro etish muassasasining xodimlari, shuningdek jamoatchilik vakillari orasidan kamida sakkiz nafar aʼzodan iborat tarkibda tuziladi. |
Komissiya tarkibiga jamoatchilik vakillaridan, qoida tariqasida, xalq deputalari mahalliy Kengashlari deputatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) mintaqaviy vakillari, oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, jamoat tashkilotlarining hayotiy tajribaga va aholi oʻrtasida obroʻ-eʼtiborga ega boʻlgan vakillari kiradi. | Komissiya tarkibiga jamoatchilik vakillaridan, qoida tariqasida, xalq deputalari mahalliy Kengashlari deputatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) mintaqaviy vakillari, oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, jamoat tashkilotlarining hayotiy tajribaga va aholi oʻrtasida obroʻ-eʼtiborga ega boʻlgan vakillari kiradi. |
Jamoatchilik vakillari komissiya aʼzolari umumiy sonining yarmini tashkil etishi kerak. Jazoni ijro etish muassasasi boshligʻi komissiyaning raisi hisoblanadi. | Jamoatchilik vakillari komissiya aʼzolari umumiy sonining yarmini tashkil etishi kerak. Jazoni ijro etish muassasasi boshligʻi komissiyaning raisi hisoblanadi. |
Mahkumni ragʻbatlantirish uchun tavsiya etish, zarur hujjatlarni tayyorlash va komissiya aʼzolariga taqdim etish otryad boshligʻi tomonidan amalga oshiriladi. | Mahkumni ragʻbatlantirish uchun tavsiya etish, zarur hujjatlarni tayyorlash va komissiya aʼzolariga taqdim etish otryad boshligʻi tomonidan amalga oshiriladi. |
Komissiya majlisi ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan muddatlardan bir hafta ilgari oʻtkaziladi. | Komissiya majlisi ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan muddatlardan bir hafta ilgari oʻtkaziladi. |
Komissiya aʼzolari ragʻbatlantirish uchun tavsiya etilgan mahkum bilan uning xulq-atvori belgilangan mezonlarga muvofiqligi yuzasidan suhbat oʻtkazadi. | Komissiya aʼzolari ragʻbatlantirish uchun tavsiya etilgan mahkum bilan uning xulq-atvori belgilangan mezonlarga muvofiqligi yuzasidan suhbat oʻtkazadi. |
Komissiya qarori majlisda ishtirok etayotgan aʼzolarning koʻpchilik ovozi bilan, ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi. Ovozlar soni teng boʻlgan taqdirda, mahkumni ragʻbatlantirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. | Komissiya qarori majlisda ishtirok etayotgan aʼzolarning koʻpchilik ovozi bilan, ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi. Ovozlar soni teng boʻlgan taqdirda, mahkumni ragʻbatlantirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. |
Komissiya qarori majlisda hozir boʻlgan komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi. | Komissiya qarori majlisda hozir boʻlgan komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi. |
Komissiyaning mahkumga nisbatan ragʻbatlantirish chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni oʻz ichiga olgan bayonnomasiga muvofiq jazoni ijro etish muassasasi boshligʻining buyrugʻi uch ish kuni ichida chiqariladi va uning mazmuni mahkumga eʼlon qilinadi. | Komissiyaning mahkumga nisbatan ragʻbatlantirish chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni oʻz ichiga olgan bayonnomasiga muvofiq jazoni ijro etish muassasasi boshligʻining buyrugʻi uch ish kuni ichida chiqariladi va uning mazmuni mahkumga eʼlon qilinadi. |
Komissiyani tuzish va faoliyatini amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. | Komissiyani tuzish va faoliyatini amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. |
103-modda. Mahkumlarning saqlash sharoitini oʻzgartirish bilan bogʻliq boʻlmagan ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash tartibi | 103-modda. Mahkumlarning saqlash sharoitini oʻzgartirish bilan bogʻliq boʻlmagan ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash tartibi |
Mahkumga nisbatan tashakkur tariqasidagi ragʻbatlantirish ogʻzaki yoki yozma, boshqa ragʻbatlantirish choralari esa, yozma ravishda qoʻllaniladi. | Mahkumga nisbatan tashakkur tariqasidagi ragʻbatlantirish ogʻzaki yoki yozma, boshqa ragʻbatlantirish choralari esa, yozma ravishda qoʻllaniladi. |
Ragʻbatlantirish choralari ushbu Kodeks talablariga rioya etilgan holda qoʻllaniladi. | Ragʻbatlantirish choralari ushbu Kodeks talablariga rioya etilgan holda qoʻllaniladi. |
Mahkumga nisbatan qoʻllanilgan ragʻbatlantirish choralari haqida uning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildiga tegishli yozuv kiritiladi. | Mahkumga nisbatan qoʻllanilgan ragʻbatlantirish choralari haqida uning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildiga tegishli yozuv kiritiladi. |
Mahkumga ragʻbatlantirish tarzida yil mobaynida koʻpi bilan ikkita posilka, yoʻqlov yoki banderol olishga, ikki marta uchrashuvga ruxsat berilishi mumkin. | Mahkumga ragʻbatlantirish tarzida yil mobaynida koʻpi bilan ikkita posilka, yoʻqlov yoki banderol olishga, ikki marta uchrashuvga ruxsat berilishi mumkin. |
Ragʻbatlantirish tarzida mahkumdan ilgari qoʻllanilgan bitta intizomiy jazo muddatidan oldin olib tashlanishi mumkin. | Ragʻbatlantirish tarzida mahkumdan ilgari qoʻllanilgan bitta intizomiy jazo muddatidan oldin olib tashlanishi mumkin. |
104-modda. Mahkumlarning saqlash sharoitini oʻzgartirish bilan bogʻliq ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash tartibi | 104-modda. Mahkumlarning saqlash sharoitini oʻzgartirish bilan bogʻliq ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash tartibi |
Yengillashtirilgan saqlash sharoitlariga intizomiy jazosi yoʻq mahkumlar: | Yengillashtirilgan saqlash sharoitlariga intizomiy jazosi yoʻq mahkumlar: |
qasddan sodir etilgan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida olti oyini oʻtaganidan keyin; | qasddan sodir etilgan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida olti oyini oʻtaganidan keyin; |
sodir etilgan ogʻir jinoyat uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida chorak qismini oʻtaganidan keyin; | sodir etilgan ogʻir jinoyat uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida chorak qismini oʻtaganidan keyin; |
sodir etilgan oʻta ogʻir jinoyat uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini oʻtaganidan keyin oʻtkaziladi. | sodir etilgan oʻta ogʻir jinoyat uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini oʻtaganidan keyin oʻtkaziladi. |
Mahkumlar turmadan jazoni ijro etish koloniyasiga va maxsus tartibli koloniyadan qattiq tartibli koloniyaga sud tayinlagan jazo muddatining kamida yarmini oʻtaganlaridan keyin, Jinoyat-protsessual kodeksining 537-moddasida nazarda tutilgan tartibda oʻtkaziladi. | Mahkumlar turmadan jazoni ijro etish koloniyasiga va maxsus tartibli koloniyadan qattiq tartibli koloniyaga sud tayinlagan jazo muddatining kamida yarmini oʻtaganlaridan keyin, Jinoyat-protsessual kodeksining 537-moddasida nazarda tutilgan tartibda oʻtkaziladi. |
Mahkumlar qattiq va umumiy tartibli koloniyadan manzil-koloniyaga ushbu Kodeks 113-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda oʻtkaziladi. | Mahkumlar qattiq va umumiy tartibli koloniyadan manzil-koloniyaga ushbu Kodeks 113-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda oʻtkaziladi. |
105-modda. Intizomiy jazo choralari | 105-modda. Intizomiy jazo choralari |
Jazoni oʻtash tartibini buzganlik uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtayotgan mahkumlarga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari qoʻllanilishi mumkin: | Jazoni oʻtash tartibini buzganlik uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtayotgan mahkumlarga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari qoʻllanilishi mumkin: |
ogohlantirish; | ogohlantirish; |
hayfsan; | hayfsan; |
yengillashtirilgan saqlash sharoitlarini bekor qilish; | yengillashtirilgan saqlash sharoitlarini bekor qilish; |
navbatdagi uchrashuvdan mahrum qilish; | navbatdagi uchrashuvdan mahrum qilish; |
intizomiy boʻlinmaga kiritib qoʻyish. | intizomiy boʻlinmaga kiritib qoʻyish. |
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar quyidagi hollarda intizomiy javobgarlikka tortilmaydi: | Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar quyidagi hollarda intizomiy javobgarlikka tortilmaydi: |
mehnat normalarini bajarmaganligi uchun, agar bu mahkumning mehnatdan boʻyin tovlash oqibati boʻlmasa; | mehnat normalarini bajarmaganligi uchun, agar bu mahkumning mehnatdan boʻyin tovlash oqibati boʻlmasa; |
ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs ruhiy holati buzilishining bevosita oqibati hisoblangan biror-bir qoidabuzarligi uchun. | ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs ruhiy holati buzilishining bevosita oqibati hisoblangan biror-bir qoidabuzarligi uchun. |
Agar mahkum quyidagi harakatlardan birini sodir etsa, mehnatdan boʻyin tovlagan deb hisoblanadi: | Agar mahkum quyidagi harakatlardan birini sodir etsa, mehnatdan boʻyin tovlagan deb hisoblanadi: |
uzrli sabablarsiz ishga chiqmaslikni yoki ishga bir oy ichida ikki va undan ortiq marta kechikishni; | uzrli sabablarsiz ishga chiqmaslikni yoki ishga bir oy ichida ikki va undan ortiq marta kechikishni; |
ish vaqti davomida ish joyini uzrli sabablarsiz oʻzboshimchalik bilan tark etishni yoki ishlab chiqarish vazifalarini qasddan bajarmaslikni yoxud bajarishni rad etishni. | ish vaqti davomida ish joyini uzrli sabablarsiz oʻzboshimchalik bilan tark etishni yoki ishlab chiqarish vazifalarini qasddan bajarmaslikni yoxud bajarishni rad etishni. |
Intizomiy boʻlinmaga kiritib qoʻyish tariqasidagi jazo chorasi jazoni oʻtash tartibini birinchi marta buzgan mahkumlarga nisbatan qoʻllanilmaydi, bundan jazoni oʻtash tartibini qoʻpol tarzda buzish mustasno. | Intizomiy boʻlinmaga kiritib qoʻyish tariqasidagi jazo chorasi jazoni oʻtash tartibini birinchi marta buzgan mahkumlarga nisbatan qoʻllanilmaydi, bundan jazoni oʻtash tartibini qoʻpol tarzda buzish mustasno. |
106-modda. Intizomiy jazo choralarini qoʻllash tartibi | 106-modda. Intizomiy jazo choralarini qoʻllash tartibi |
Intizomiy jazo huquqbuzarlikning ogʻirligi va xususiyatiga mos boʻlishi kerak. | Intizomiy jazo huquqbuzarlikning ogʻirligi va xususiyatiga mos boʻlishi kerak. |
Bir vaqtning oʻzida sodir etilgan bir nechta huquqbuzarlik uchun bitta intizomiy jazo qoʻllaniladi. Bitta huquqbuzarlik uchun bir nechta intizomiy jazo qoʻllash taqiqlanadi. | Bir vaqtning oʻzida sodir etilgan bir nechta huquqbuzarlik uchun bitta intizomiy jazo qoʻllaniladi. Bitta huquqbuzarlik uchun bir nechta intizomiy jazo qoʻllash taqiqlanadi. |
Intizomiy jazo yozma ravishda, huquqbuzarlik sodir etilgan kundan boshlab bir oy ichida beriladi. | Intizomiy jazo yozma ravishda, huquqbuzarlik sodir etilgan kundan boshlab bir oy ichida beriladi. |
Huquqbuzarlik sodir etilgan holat, mahkumning xulq-atvori va shaxsiy xislatlari, uning xulq-atvoriga va qoidabuzarlik yoki qilmish sodir etishga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan, intizomiy choralar qoʻllash uchun sabab boʻlgan ruhiy holati buzilishining mavjudligi, shuningdek olib tashlanmagan va bekor boʻlmagan intizomiy jazolari bor-yoʻqligi intizomiy jazoni qoʻllash chogʻida inobatga olinadi. | Huquqbuzarlik sodir etilgan holat, mahkumning xulq-atvori va shaxsiy xislatlari, uning xulq-atvoriga va qoidabuzarlik yoki qilmish sodir etishga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan, intizomiy choralar qoʻllash uchun sabab boʻlgan ruhiy holati buzilishining mavjudligi, shuningdek olib tashlanmagan va bekor boʻlmagan intizomiy jazolari bor-yoʻqligi intizomiy jazoni qoʻllash chogʻida inobatga olinadi. |
Intizomiy jazo darhol ijro etiladi. Agar intizomiy jazo qoʻllanilgan kundan boshlab bir oy ichida ijro etilmagan boʻlsa, u ijroga qaratilmaydi. | Intizomiy jazo darhol ijro etiladi. Agar intizomiy jazo qoʻllanilgan kundan boshlab bir oy ichida ijro etilmagan boʻlsa, u ijroga qaratilmaydi. |
107-modda. Intizomiy jazo ustidan shikoyat berish | 107-modda. Intizomiy jazo ustidan shikoyat berish |
Mahkum oʻziga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy jazo ustidan xohishiga koʻra yuqori turuvchi mansabdor shaxsga, prokurorga yoki sudga shikoyat qilishga haqli. Shikoyat berilishi intizomiy jazo ijrosini toʻxtatib qoʻymaydi. Yuqori mansabdor shaxs, prokuror yoki sud intizomiy jazoni yumshatish yoki bekor qilish huquqiga ega. | Mahkum oʻziga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy jazo ustidan xohishiga koʻra yuqori turuvchi mansabdor shaxsga, prokurorga yoki sudga shikoyat qilishga haqli. Shikoyat berilishi intizomiy jazo ijrosini toʻxtatib qoʻymaydi. Yuqori mansabdor shaxs, prokuror yoki sud intizomiy jazoni yumshatish yoki bekor qilish huquqiga ega. |
108-modda. Intizomiy jazoning amal qilish muddati | 108-modda. Intizomiy jazoning amal qilish muddati |
Intizomiy jazoning amal qilish muddati jazo qoʻllanilgan kundan boshlab bir yildan oshmasligi kerak. | Intizomiy jazoning amal qilish muddati jazo qoʻllanilgan kundan boshlab bir yildan oshmasligi kerak. |
Agar intizomiy jazo qoʻllanilgan kundan boshlab bir yil mobaynida mahkum yangi intizomiy jazoga tortilmasa, u intizomiy jazo olmagan deb hisoblanadi. | Agar intizomiy jazo qoʻllanilgan kundan boshlab bir yil mobaynida mahkum yangi intizomiy jazoga tortilmasa, u intizomiy jazo olmagan deb hisoblanadi. |
109-modda. Mahkumlarni intizomiy boʻlinmaga kiritib qoʻyish tariqasidagi jazoni qoʻllash xususiyatlari | 109-modda. Mahkumlarni intizomiy boʻlinmaga kiritib qoʻyish tariqasidagi jazoni qoʻllash xususiyatlari |
Jazoni ijro etish muassasalarining intizomiy boʻlinmalariga quyidagilar kiradi: | Jazoni ijro etish muassasalarining intizomiy boʻlinmalariga quyidagilar kiradi: |
manzil-koloniyalar va tarbiya koloniyalarining hibsxonalari; | manzil-koloniyalar va tarbiya koloniyalarining hibsxonalari; |
umumiy, qattiq va maxsus tartibli koloniyalarning hibsxonalari va karserlari; | umumiy, qattiq va maxsus tartibli koloniyalarning hibsxonalari va karserlari; |
tergov hibsxonalarining va turmalarning karserlari. | tergov hibsxonalarining va turmalarning karserlari. |
Mahkumlar hibsxonalar va karserlarga oʻn besh sutkagacha, tarbiya koloniyalarining hibsxonalariga esa, oʻn sutkagacha boʻlgan muddatga kiritib qoʻyiladi. | Mahkumlar hibsxonalar va karserlarga oʻn besh sutkagacha, tarbiya koloniyalarining hibsxonalariga esa, oʻn sutkagacha boʻlgan muddatga kiritib qoʻyiladi. |
Jazoni oʻtash tartibini ashaddiy buzuvchi mahkumlar umumiy, qattiq va maxsus tartibli koloniyalarning karserlariga olti oygacha, ayollar saqlanadigan koloniyalarda esa — uch oygacha boʻlgan muddatga oʻtkazib qoʻyiladi. | Jazoni oʻtash tartibini ashaddiy buzuvchi mahkumlar umumiy, qattiq va maxsus tartibli koloniyalarning karserlariga olti oygacha, ayollar saqlanadigan koloniyalarda esa — uch oygacha boʻlgan muddatga oʻtkazib qoʻyiladi. |
Hibsxonalarga kiritib qoʻyilgan mahkumlarga uchrashuv, masofali video-uchrashuv, telefon orqali soʻzlashuv, oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish, posilka, yoʻqlov va banderollar olish hamda joʻnatish, xatlar va boshqa joʻnatmalar yuborish taqiqlanadi. Ularga chekish, stolda oʻynaladigan oʻyinlardan foydalanishga ruxsat etilmaydi. Mahkumlar har kuni muddati bir yarim soatlik sayrdan foydalanish huquqiga ega. | Hibsxonalarga kiritib qoʻyilgan mahkumlarga uchrashuv, masofali video-uchrashuv, telefon orqali soʻzlashuv, oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish, posilka, yoʻqlov va banderollar olish hamda joʻnatish, xatlar va boshqa joʻnatmalar yuborish taqiqlanadi. Ularga chekish, stolda oʻynaladigan oʻyinlardan foydalanishga ruxsat etilmaydi. Mahkumlar har kuni muddati bir yarim soatlik sayrdan foydalanish huquqiga ega. |
Karserlarda mahkumlarga uchrashuv, masofali video-uchrashuv, telefon orqali soʻzlashuv, posilka, yoʻqlov va banderollar olish hamda joʻnatish, stolda oʻynaladigan oʻyinlardan foydalanish taqiqlanadi. | Karserlarda mahkumlarga uchrashuv, masofali video-uchrashuv, telefon orqali soʻzlashuv, posilka, yoʻqlov va banderollar olish hamda joʻnatish, stolda oʻynaladigan oʻyinlardan foydalanish taqiqlanadi. |
Umumiy, qattiq va maxsus tartibli koloniyalarning karserlariga oʻtkazilgan mahkumlar quyidagi huquqlarga ega: | Umumiy, qattiq va maxsus tartibli koloniyalarning karserlariga oʻtkazilgan mahkumlar quyidagi huquqlarga ega: |
oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 26,5 foizigacha pul sarflash; | oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 26,5 foizigacha pul sarflash; |
har kuni muddati ikki soatlik sayrdan foydalanish. | har kuni muddati ikki soatlik sayrdan foydalanish. |
Maxsus tartibli koloniyalarning, tergov hibsxonalari va turmalarning karserlarida mahkumlarni yakka saqlash belgilanadi. | Maxsus tartibli koloniyalarning, tergov hibsxonalari va turmalarning karserlarida mahkumlarni yakka saqlash belgilanadi. |
Mahkumlarni intizomiy boʻlinmaga kiritib qoʻyish va oʻtkazish muassasa boshligʻining jazo muddati koʻrsatilgan qarori asosida hamda tibbiy ruxsatnoma boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi. | Mahkumlarni intizomiy boʻlinmaga kiritib qoʻyish va oʻtkazish muassasa boshligʻining jazo muddati koʻrsatilgan qarori asosida hamda tibbiy ruxsatnoma boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi. |
Mahkumlar intizomiy boʻlinmalardan davolash-profilaktika muassasalariga oʻtkazilgan taqdirda ular davolash-profilaktika muassasalarida boʻlgan vaqt jazoni oʻtash muddatiga qoʻshib hisoblanadi. | Mahkumlar intizomiy boʻlinmalardan davolash-profilaktika muassasalariga oʻtkazilgan taqdirda ular davolash-profilaktika muassasalarida boʻlgan vaqt jazoni oʻtash muddatiga qoʻshib hisoblanadi. |
Intizomiy boʻlinmalarga: | Intizomiy boʻlinmalarga: |
I guruh nogironligi boʻlgan shaxslar; | I guruh nogironligi boʻlgan shaxslar; |
homiladorlik va tugʻish boʻyicha ishdan ozod etilgan, shuningdek yonida emizikli bolasi bor ayollar kiritilmaydi. | homiladorlik va tugʻish boʻyicha ishdan ozod etilgan, shuningdek yonida emizikli bolasi bor ayollar kiritilmaydi. |
Intizomiy boʻlinmalarda saqlanayotgan mahkumlar mehnatga jalb etilmaydi. | Intizomiy boʻlinmalarda saqlanayotgan mahkumlar mehnatga jalb etilmaydi. |
110-modda. Ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralarini qoʻllovchi mansabdor shaxslar | 110-modda. Ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralarini qoʻllovchi mansabdor shaxslar |
Ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralarini qoʻllash huquqiga jazoni ijro etish muassasalari boshliqlari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar ega. | Ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralarini qoʻllash huquqiga jazoni ijro etish muassasalari boshliqlari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar ega. |
111-modda. Jazoni oʻtash tartibini qoʻpol tarzda buzish | 111-modda. Jazoni oʻtash tartibini qoʻpol tarzda buzish |
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida nazarda tutilgan qilmishni sodir etish, yil mobaynida kamida ikki marta mehnatdan boʻyin tovlash, shuningdek ichki tartib-qoidalar bilan taqiqlangan buyumlar va narsalarni saqlash, tarqatish, isteʼmol qilish hamda ulardan foydalanish jazoni oʻtash tartibini qoʻpol tarzda buzish deb hisoblanadi. | Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida nazarda tutilgan qilmishni sodir etish, yil mobaynida kamida ikki marta mehnatdan boʻyin tovlash, shuningdek ichki tartib-qoidalar bilan taqiqlangan buyumlar va narsalarni saqlash, tarqatish, isteʼmol qilish hamda ulardan foydalanish jazoni oʻtash tartibini qoʻpol tarzda buzish deb hisoblanadi. |
Mahkumning jazoni ijro etish muassasasi hududini yoki maʼmuriyat yoʻllanmasi bilan boʻlishi kerak boʻlgan boshqa joyni oʻzboshimchalik bilan tashlab ketishi ham manzil-koloniyada jazoni oʻtash tartibini qoʻpol tarzda buzish deb hisoblanadi. | Mahkumning jazoni ijro etish muassasasi hududini yoki maʼmuriyat yoʻllanmasi bilan boʻlishi kerak boʻlgan boshqa joyni oʻzboshimchalik bilan tashlab ketishi ham manzil-koloniyada jazoni oʻtash tartibini qoʻpol tarzda buzish deb hisoblanadi. |
112-modda. Saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi | 112-modda. Saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi |
Jazoni oʻtash tartibini kamida ikki marta qoʻpol tarzda buzgan va buning uchun intizomiy boʻlinmaga kiritib qoʻyish tariqasidagi jazoga tortilgan mahkum, agar har bir intizomiy jazo belgilangan tartibda olib tashlanmagan yoki bekor boʻlmagan boʻlsa, saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi deb hisoblanadi. | Jazoni oʻtash tartibini kamida ikki marta qoʻpol tarzda buzgan va buning uchun intizomiy boʻlinmaga kiritib qoʻyish tariqasidagi jazoga tortilgan mahkum, agar har bir intizomiy jazo belgilangan tartibda olib tashlanmagan yoki bekor boʻlmagan boʻlsa, saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi deb hisoblanadi. |
Jazoni ijro etish muassasasi hududini yoki maʼmuriyat yoʻllanmasi bilan boʻlishi kerak boʻlgan boshqa joyni oʻzboshimchalik bilan oʻn ikki soatdan koʻproq muhlat mobaynida tashlab ketgan mahkum ham manzil-koloniyada saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi deb topiladi. | Jazoni ijro etish muassasasi hududini yoki maʼmuriyat yoʻllanmasi bilan boʻlishi kerak boʻlgan boshqa joyni oʻzboshimchalik bilan oʻn ikki soatdan koʻproq muhlat mobaynida tashlab ketgan mahkum ham manzil-koloniyada saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi deb topiladi. |
Saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi yengillashtirilgan saqlash sharoitiga, manzil-koloniyaga oʻtkazilmaydi, shuningdek jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish hamda jazoni yengilrogʻi bilan almashtirishga taqdim etilmaydi. | Saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi yengillashtirilgan saqlash sharoitiga, manzil-koloniyaga oʻtkazilmaydi, shuningdek jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish hamda jazoni yengilrogʻi bilan almashtirishga taqdim etilmaydi. |
1121-modda. Saqlash rejimini ashaddiy buzganlik oqibatlari | 1121-modda. Saqlash rejimini ashaddiy buzganlik oqibatlari |
Saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi deb topilgan mahkumlarga nisbatan sudga quyidagilar toʻgʻrisida taqdimnoma kiritiladi: | Saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi deb topilgan mahkumlarga nisbatan sudga quyidagilar toʻgʻrisida taqdimnoma kiritiladi: |
manzil-koloniyadan umumiy tartibli koloniyaga, umumiy, qattiq yoki maxsus tartibli koloniyalardan — turmaga oʻtkazish toʻgʻrisida; | manzil-koloniyadan umumiy tartibli koloniyaga, umumiy, qattiq yoki maxsus tartibli koloniyalardan — turmaga oʻtkazish toʻgʻrisida; |
manzil-koloniyadan umumiy yoki qattiq tartibli koloniyaga, qattiq tartibli koloniyadan — maxsus tartibli koloniyaga, koloniyadan — turmaga qaytarish haqida. | manzil-koloniyadan umumiy yoki qattiq tartibli koloniyaga, qattiq tartibli koloniyadan — maxsus tartibli koloniyaga, koloniyadan — turmaga qaytarish haqida. |
Taqdimnoma Jinoyat-protsessual kodeksining 537-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan koʻrib chiqiladi. | Taqdimnoma Jinoyat-protsessual kodeksining 537-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan koʻrib chiqiladi. |
II KICHIK BOʻLIM. KOLONIYALAR VA TURMALARDA JAZONI OʻTASH | II KICHIK BOʻLIM. KOLONIYALAR VA TURMALARDA JAZONI OʻTASH |
17-BOB. MANZIL-KOLONIYALARDA JAZONI OʻTASH | 17-BOB. MANZIL-KOLONIYALARDA JAZONI OʻTASH |
113-modda. Manzil-koloniyalarda jazoni oʻtash tartibi | 113-modda. Manzil-koloniyalarda jazoni oʻtash tartibi |
Manzil-koloniyalarda: | Manzil-koloniyalarda: |
mazkur muassasalarga sud hukmiga binoan kelgan voyaga yetgan mahkumlar; | mazkur muassasalarga sud hukmiga binoan kelgan voyaga yetgan mahkumlar; |
umumiy, qattiq tartibli koloniyalardan va tarbiya koloniyalaridan sudning ajrimi asosida oʻtkazilgan voyaga yetgan mahkumlar; | umumiy, qattiq tartibli koloniyalardan va tarbiya koloniyalaridan sudning ajrimi asosida oʻtkazilgan voyaga yetgan mahkumlar; |
ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyati, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyati uchun va qasddan sodir etgan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoni ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirish tarzida sudning ajrimi asosida yuborilgan voyaga yetgan mahkumlar jazoni oʻtaydi. | ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyati, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyati uchun va qasddan sodir etgan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoni ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirish tarzida sudning ajrimi asosida yuborilgan voyaga yetgan mahkumlar jazoni oʻtaydi. |
Manzil-koloniyalarga tuzalish yoʻliga oʻtgan va: | Manzil-koloniyalarga tuzalish yoʻliga oʻtgan va: |
ogʻir jinoyati uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar u ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan boʻlsa, sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini oʻtagan mahkumlar; | ogʻir jinoyati uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar u ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan boʻlsa, sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini oʻtagan mahkumlar; |
oʻta ogʻir jinoyati uchun, shuningdek jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish qoʻllanilgan va jazoning oʻtalmagan qismi mobaynida qasddan sodir etgan yangi jinoyati uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida yarmini oʻtagan mahkumlar oʻtkaziladi. | oʻta ogʻir jinoyati uchun, shuningdek jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish qoʻllanilgan va jazoning oʻtalmagan qismi mobaynida qasddan sodir etgan yangi jinoyati uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida yarmini oʻtagan mahkumlar oʻtkaziladi. |
Manzil-koloniyalarga quyidagilar oʻtkazilmaydi: | Manzil-koloniyalarga quyidagilar oʻtkazilmaydi: |
oʻta xavfli retsidivistlar; | oʻta xavfli retsidivistlar; |
uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilinganlar, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar; | uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilinganlar, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar; |
jazoni oʻtash davrida ushbu Kodeksning 1121-moddasida nazarda tutilgan tartibda manzil-koloniyadan umumiy tartibli koloniyaga oʻtkazilgan, shuningdek umumiy yoki qattiq tartibli koloniyaga qaytarilgan mahkumlar sud tomonidan bu haqda ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran kamida ikki yil mobaynida; | jazoni oʻtash davrida ushbu Kodeksning 1121-moddasida nazarda tutilgan tartibda manzil-koloniyadan umumiy tartibli koloniyaga oʻtkazilgan, shuningdek umumiy yoki qattiq tartibli koloniyaga qaytarilgan mahkumlar sud tomonidan bu haqda ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran kamida ikki yil mobaynida; |
manzil-koloniyada jazoni oʻtash vaqtida jinoyat sodir etgan va sud tomonidan ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga hukm qilingan mahkumlar; | manzil-koloniyada jazoni oʻtash vaqtida jinoyat sodir etgan va sud tomonidan ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga hukm qilingan mahkumlar; |
yopiq turdagi tibbiyot muassasalarida maxsus davolanish talab etiladigan yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlar. | yopiq turdagi tibbiyot muassasalarida maxsus davolanish talab etiladigan yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlar. |
majburiy davolanishdan oʻtayotgan mahkumlar; | majburiy davolanishdan oʻtayotgan mahkumlar; |
mehnatga qobiliyatsiz mahkumlar. | mehnatga qobiliyatsiz mahkumlar. |
Bitta manzil-koloniyada mahkum erkaklar va ayollar saqlanishi mumkin. | Bitta manzil-koloniyada mahkum erkaklar va ayollar saqlanishi mumkin. |
114-modda. Manzil-koloniyalarda jazoni oʻtash shartlari | 114-modda. Manzil-koloniyalarda jazoni oʻtash shartlari |
Manzil-koloniyalarda mahkumlar: | Manzil-koloniyalarda mahkumlar: |
soqchisiz, ammo nazorat ostida saqlanadilar; | soqchisiz, ammo nazorat ostida saqlanadilar; |
ertalab oʻrindan turishdan kechki yotishgacha boʻlgan vaqt mobaynida koloniya hududi doirasida erkin yurish huquqidan foydalanadilar; | ertalab oʻrindan turishdan kechki yotishgacha boʻlgan vaqt mobaynida koloniya hududi doirasida erkin yurish huquqidan foydalanadilar; |
agar ular bajarayotgan ish yoki olayotgan taʼlim taqozo etsa, maʼmuriyatning ruxsati bilan koloniya hududidan tashqarida nazoratsiz yurishlari mumkin; | agar ular bajarayotgan ish yoki olayotgan taʼlim taqozo etsa, maʼmuriyatning ruxsati bilan koloniya hududidan tashqarida nazoratsiz yurishlari mumkin; |
fuqarolar kiyadigan kiyimda yuradilar; | fuqarolar kiyadigan kiyimda yuradilar; |
pul va qimmatli buyumlarni saqlashi, ulardan cheklanmagan miqdorda foydalanishi mumkin; | pul va qimmatli buyumlarni saqlashi, ulardan cheklanmagan miqdorda foydalanishi mumkin; |
ishdan boʻsh vaqtda cheklanmagan miqdorda telefon orqali soʻzlashishlari, posilka, yoʻqlov va banderollar olishlari hamda joʻnatishlari mumkin; | ishdan boʻsh vaqtda cheklanmagan miqdorda telefon orqali soʻzlashishlari, posilka, yoʻqlov va banderollar olishlari hamda joʻnatishlari mumkin; |
oʻz shaxsiy mablagʻlari hisobiga xarid qilingan oziq-ovqat mahsulotlaridan va yoʻqlovlardagi mahsulotlardan mustaqil ravishda ovqat tayyorlashni amalga oshiradi. | oʻz shaxsiy mablagʻlari hisobiga xarid qilingan oziq-ovqat mahsulotlaridan va yoʻqlovlardagi mahsulotlardan mustaqil ravishda ovqat tayyorlashni amalga oshiradi. |
Mahkumlar cheklanmagan miqdorda qisqa muddatli uchrashuvlar, yil mobaynida yigirma toʻrt marta uzoq muddatli uchrashuv va yigirma toʻrt marta masofali video-uchrashuv olish huquqiga ega. Uchrashuvlar, qoida tariqasida, ishdan boʻsh vaqtda beriladi. Manzil-koloniya hududida uzoq muddatli uchrashuv oʻtkazish imkoniyati boʻlmasa, uchrashuv mahkumning arizasiga binoan manzil-koloniya hududidan tashqarida, ushbu koloniya joylashgan tuman (shahar) hududida oʻtkazilishi mumkin. | Mahkumlar cheklanmagan miqdorda qisqa muddatli uchrashuvlar, yil mobaynida yigirma toʻrt marta uzoq muddatli uchrashuv va yigirma toʻrt marta masofali video-uchrashuv olish huquqiga ega. Uchrashuvlar, qoida tariqasida, ishdan boʻsh vaqtda beriladi. Manzil-koloniya hududida uzoq muddatli uchrashuv oʻtkazish imkoniyati boʻlmasa, uchrashuv mahkumning arizasiga binoan manzil-koloniya hududidan tashqarida, ushbu koloniya joylashgan tuman (shahar) hududida oʻtkazilishi mumkin. |
Mahkumlar xonalarga boʻlingan yotoqxonalarda yashaydilar. Saqlash rejimini buzmagan, oilasi bor mahkumlarga muassasa boshligʻi qaroriga binoan manzil-koloniya hududida yoki manzil-koloniya joylashgan tuman (shahar) hududida oilasi bilan alohida yashashga ruxsat berilishi mumkin. Bunday shaxslar ichki tartib qoidalarida belgilab qoʻyilgan tartibda roʻyxatdan oʻtish uchun hozir boʻlishlari shart. Manzil-koloniya maʼmuriyatining vakili mahkumlar yashayotgan joyga sutkaning istalgan vaqtida kirishi mumkin. | Mahkumlar xonalarga boʻlingan yotoqxonalarda yashaydilar. Saqlash rejimini buzmagan, oilasi bor mahkumlarga muassasa boshligʻi qaroriga binoan manzil-koloniya hududida yoki manzil-koloniya joylashgan tuman (shahar) hududida oilasi bilan alohida yashashga ruxsat berilishi mumkin. Bunday shaxslar ichki tartib qoidalarida belgilab qoʻyilgan tartibda roʻyxatdan oʻtish uchun hozir boʻlishlari shart. Manzil-koloniya maʼmuriyatining vakili mahkumlar yashayotgan joyga sutkaning istalgan vaqtida kirishi mumkin. |
Manzil-koloniya hududidan tashqarida yashash huquqi Jinoyat kodeksi 73-moddasi toʻrtinchi qismining “v” va “g” bandlarida koʻrsatilgan mahkumlarga berilmaydi. | Manzil-koloniya hududidan tashqarida yashash huquqi Jinoyat kodeksi 73-moddasi toʻrtinchi qismining “v” va “g” bandlarida koʻrsatilgan mahkumlarga berilmaydi. |
115-modda. Manzil-koloniyalarda mahkumlar mehnati va taʼlimi | 115-modda. Manzil-koloniyalarda mahkumlar mehnati va taʼlimi |
Manzil-koloniyalarda mahkumlar mehnati ushbu Kodeksda belgilab qoʻyilgan istisno va cheklashlarni hisobga olgan holda mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan tartibga solinadi. | Manzil-koloniyalarda mahkumlar mehnati ushbu Kodeksda belgilab qoʻyilgan istisno va cheklashlarni hisobga olgan holda mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan tartibga solinadi. |
Mahkumlarni boshqa ishga oʻtkazishni korxona, muassasa yoki tashkilot manzil-koloniya maʼmuriyati bilan kelishgan holda amalga oshiradi. | Mahkumlarni boshqa ishga oʻtkazishni korxona, muassasa yoki tashkilot manzil-koloniya maʼmuriyati bilan kelishgan holda amalga oshiradi. |
Mahkumlarga muassasa joylashgan yerdagi oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida sirtdan oʻqishga ruxsat etiladi. | Mahkumlarga muassasa joylashgan yerdagi oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida sirtdan oʻqishga ruxsat etiladi. |
18-BOB. UMUMIY TARTIBLI KOLONIYALARDA JAZONI OʻTASH | 18-BOB. UMUMIY TARTIBLI KOLONIYALARDA JAZONI OʻTASH |
116-modda. Umumiy tartibli koloniyalarda jazoni oʻtash tartibi | 116-modda. Umumiy tartibli koloniyalarda jazoni oʻtash tartibi |
Umumiy tartibli koloniyalarda jazoni: | Umumiy tartibli koloniyalarda jazoni: |
mazkur muassasaga sud hukmiga binoan kelgan mahkumlar; | mazkur muassasaga sud hukmiga binoan kelgan mahkumlar; |
ushbu Kodeksning 129-moddasida nazarda tutilgan hollarda tarbiya koloniyalaridan oʻtkazilgan mahkumlar; | ushbu Kodeksning 129-moddasida nazarda tutilgan hollarda tarbiya koloniyalaridan oʻtkazilgan mahkumlar; |
sud tomonidan manzil-koloniyalardan intizomiy jazo tarzida oʻtkazilgan mahkumlar; | sud tomonidan manzil-koloniyalardan intizomiy jazo tarzida oʻtkazilgan mahkumlar; |
qasddan ogʻir va oʻta ogʻir jinoyat sodir etganligi uchun birinchi marta hukm qilingan, ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoni ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirish tartibida sudning ajrimi asosida yuborilgan mahkumlar; | qasddan ogʻir va oʻta ogʻir jinoyat sodir etganligi uchun birinchi marta hukm qilingan, ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoni ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirish tartibida sudning ajrimi asosida yuborilgan mahkumlar; |
ragʻbatlantirish tarzida yoki sud tomonidan tayinlangan turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilish muddatini oʻtaganidan keyin turmalardan oʻtkazilgan mahkumlar oʻtaydi. | ragʻbatlantirish tarzida yoki sud tomonidan tayinlangan turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilish muddatini oʻtaganidan keyin turmalardan oʻtkazilgan mahkumlar oʻtaydi. |
Tuzalish yoʻliga oʻtgan mahkumlar ushbu Kodeksning 104-moddasida nazarda tutilgan tartibda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga oʻtkaziladi. | Tuzalish yoʻliga oʻtgan mahkumlar ushbu Kodeksning 104-moddasida nazarda tutilgan tartibda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga oʻtkaziladi. |
Umumiy tartibli bir koloniyadan ikkinchisiga oʻtkazilgan mahkumlar jazoni bu yerga oʻtkazilgunga qadar belgilangan saqlash sharoitida oʻtaydilar. | Umumiy tartibli bir koloniyadan ikkinchisiga oʻtkazilgan mahkumlar jazoni bu yerga oʻtkazilgunga qadar belgilangan saqlash sharoitida oʻtaydilar. |
Tarbiya koloniyasidan oʻtkazilgan mahkumlar jazoni yengillashtirilgan saqlash sharoitida oʻtaydilar. | Tarbiya koloniyasidan oʻtkazilgan mahkumlar jazoni yengillashtirilgan saqlash sharoitida oʻtaydilar. |
117-modda. Umumiy tartibli koloniyalarda jazoni oʻtash shartlari | 117-modda. Umumiy tartibli koloniyalarda jazoni oʻtash shartlari |
Umumiy tartibli koloniyalarda mahkumlar umumiy turar joylarda yashaydilar. | Umumiy tartibli koloniyalarda mahkumlar umumiy turar joylarda yashaydilar. |
Mahkumlar belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 70,3 foizigacha boʻlgan summaga oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olishlari mumkin. | Mahkumlar belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 70,3 foizigacha boʻlgan summaga oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olishlari mumkin. |
Mahkumlar yil mobaynida: | Mahkumlar yil mobaynida: |
olti marta qisqa muddatli va olti marta uzoq muddatli uchrashuv; | olti marta qisqa muddatli va olti marta uzoq muddatli uchrashuv; |
oʻn ikki marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv; | oʻn ikki marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv; |
oʻn ikkita posilka yoki yoʻqlov; | oʻn ikkita posilka yoki yoʻqlov; |
oʻn ikkita banderol olish huquqiga ega. | oʻn ikkita banderol olish huquqiga ega. |
19-BOB. QATTIQ TARTIBLI KOLONIYALARDA JAZONI OʻTASH | 19-BOB. QATTIQ TARTIBLI KOLONIYALARDA JAZONI OʻTASH |
118-modda. Qattiq tartibli koloniyalarda jazoni oʻtash tartibi | 118-modda. Qattiq tartibli koloniyalarda jazoni oʻtash tartibi |
Qattiq tartibli koloniyalarda jazoni: | Qattiq tartibli koloniyalarda jazoni: |
mazkur muassasaga sud hukmiga binoan kelgan mahkumlar; | mazkur muassasaga sud hukmiga binoan kelgan mahkumlar; |
turmalar va maxsus tartibli koloniyalardan ragʻbatlantirish tarzida oʻtkazilgan mahkumlar; | turmalar va maxsus tartibli koloniyalardan ragʻbatlantirish tarzida oʻtkazilgan mahkumlar; |
sud tomonidan tayinlangan turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilish muddatini oʻtaganidan soʻng turmalardan oʻtkazilgan mahkumlar; | sud tomonidan tayinlangan turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilish muddatini oʻtaganidan soʻng turmalardan oʻtkazilgan mahkumlar; |
sud tomonidan manzil-koloniyalardan intizomiy jazo tarzida qaytarilgan mahkumlar; | sud tomonidan manzil-koloniyalardan intizomiy jazo tarzida qaytarilgan mahkumlar; |
qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ilgari oʻtagan va qasddan jinoyat sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga qayta hukm qilinib, ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoni ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirish tartibida sudning ajrimi asosida yuborilgan mahkumlar oʻtaydi. | qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ilgari oʻtagan va qasddan jinoyat sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga qayta hukm qilinib, ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoni ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirish tartibida sudning ajrimi asosida yuborilgan mahkumlar oʻtaydi. |
Tuzalish yoʻliga oʻtgan mahkumlar ushbu Kodeksning 104-moddasida nazarda tutilgan tartibda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga oʻtkaziladi. | Tuzalish yoʻliga oʻtgan mahkumlar ushbu Kodeksning 104-moddasida nazarda tutilgan tartibda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga oʻtkaziladi. |
Qattiq tartibli bir koloniyadan ikkinchisiga oʻtkazilgan mahkumlar jazoni bu yerga oʻtkazilgunga qadar belgilangan saqlash sharoitida oʻtaydilar. | Qattiq tartibli bir koloniyadan ikkinchisiga oʻtkazilgan mahkumlar jazoni bu yerga oʻtkazilgunga qadar belgilangan saqlash sharoitida oʻtaydilar. |
119-modda. Qattiq tartibli koloniyalarda jazoni oʻtash shartlari | 119-modda. Qattiq tartibli koloniyalarda jazoni oʻtash shartlari |
Qattiq tartibli koloniyalarda mahkumlar umumiy turar joylarda yashaydilar. | Qattiq tartibli koloniyalarda mahkumlar umumiy turar joylarda yashaydilar. |
Mahkumlar belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 52,7 foizigacha boʻlgan summaga oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olishlari mumkin. | Mahkumlar belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 52,7 foizigacha boʻlgan summaga oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olishlari mumkin. |
Mahkumlar yil mobaynida: | Mahkumlar yil mobaynida: |
besh marta qisqa muddatli va besh marta uzoq muddatli uchrashuv; | besh marta qisqa muddatli va besh marta uzoq muddatli uchrashuv; |
sakkiz marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv; | sakkiz marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv; |
sakkizta posilka yoki yoʻqlov; | sakkizta posilka yoki yoʻqlov; |
sakkizta banderol olish huquqiga ega. | sakkizta banderol olish huquqiga ega. |
20-BOB. MAXSUS TARTIBLI KOLONIYALARDA JAZONI OʻTASH | 20-BOB. MAXSUS TARTIBLI KOLONIYALARDA JAZONI OʻTASH |
120-modda. Maxsus tartibli koloniyalarda jazoni oʻtash tartibi | 120-modda. Maxsus tartibli koloniyalarda jazoni oʻtash tartibi |
Maxsus tartibli koloniyalarda jazoni: | Maxsus tartibli koloniyalarda jazoni: |
mazkur muassasaga sud hukmiga binoan kelgan mahkumlar; | mazkur muassasaga sud hukmiga binoan kelgan mahkumlar; |
umrbod ozodlikdan mahrum qilinganlar, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar; | umrbod ozodlikdan mahrum qilinganlar, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar; |
sud tomonidan qattiq tartibli koloniyalardan intizomiy jazo tarzida qaytarilgan mahkumlar oʻtaydilar. | sud tomonidan qattiq tartibli koloniyalardan intizomiy jazo tarzida qaytarilgan mahkumlar oʻtaydilar. |
Tuzalish yoʻliga oʻtgan mahkumlar ushbu Kodeksning 104-moddasida nazarda tutilgan tartibda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga oʻtkaziladi. | Tuzalish yoʻliga oʻtgan mahkumlar ushbu Kodeksning 104-moddasida nazarda tutilgan tartibda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga oʻtkaziladi. |
Maxsus tartibli bir koloniyadan ikkinchisiga oʻtkazilgan mahkumlar jazoni bu yerga oʻtkazilgunga qadar belgilangan saqlash sharoitida oʻtaydilar. | Maxsus tartibli bir koloniyadan ikkinchisiga oʻtkazilgan mahkumlar jazoni bu yerga oʻtkazilgunga qadar belgilangan saqlash sharoitida oʻtaydilar. |
121-modda. Maxsus tartibli koloniyalarda jazoni oʻtash shartlari | 121-modda. Maxsus tartibli koloniyalarda jazoni oʻtash shartlari |
Maxsus tartibli koloniyalarda mahkumlar kameralarda yoki umumiy yashash binolarida yashaydilar. | Maxsus tartibli koloniyalarda mahkumlar kameralarda yoki umumiy yashash binolarida yashaydilar. |
Mahkumlar belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 35,2 foizi boʻlgan summasigacha oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olishlari mumkin. | Mahkumlar belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 35,2 foizi boʻlgan summasigacha oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olishlari mumkin. |
Mahkumlar yil mobaynida: | Mahkumlar yil mobaynida: |
toʻrt marta qisqa muddatli va toʻrt marta uzoq muddatli uchrashuv; | toʻrt marta qisqa muddatli va toʻrt marta uzoq muddatli uchrashuv; |
olti marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv; | olti marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv; |
oltita posilka yoki yoʻqlov; | oltita posilka yoki yoʻqlov; |
oltita banderol olish huquqiga ega. | oltita banderol olish huquqiga ega. |
Kameralarda saqlanadigan mahkumlarning kinofilmlar va telekoʻrsatuvlar koʻrishi taqiqlanadi. | Kameralarda saqlanadigan mahkumlarning kinofilmlar va telekoʻrsatuvlar koʻrishi taqiqlanadi. |
21-BOB. TURMALARDA JAZONI OʻTASH | 21-BOB. TURMALARDA JAZONI OʻTASH |
122-modda. Turmalarda jazoni oʻtash tartibi | 122-modda. Turmalarda jazoni oʻtash tartibi |
Turmalarda jazoni: | Turmalarda jazoni: |
mazkur muassasaga sud hukmiga binoan kelgan mahkumlar; | mazkur muassasaga sud hukmiga binoan kelgan mahkumlar; |
sud tomonidan jazoni ijro etish koloniyalaridan oʻtkazilgan jazo oʻtash tartibini ashaddiy buzuvchilar oʻtaydilar. | sud tomonidan jazoni ijro etish koloniyalaridan oʻtkazilgan jazo oʻtash tartibini ashaddiy buzuvchilar oʻtaydilar. |
Turmalarda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga oʻtkazish ushbu Kodeksning 104-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. | Turmalarda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga oʻtkazish ushbu Kodeksning 104-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. |
Turmalarda mahkumlarni yengillashtirilgan saqlash sharoitiga muddatidan oldin oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi, mahkumni sogʻligʻiga koʻra tegishli tibbiy xulosa asosida oʻtkazish hollari bundan mustasno. | Turmalarda mahkumlarni yengillashtirilgan saqlash sharoitiga muddatidan oldin oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi, mahkumni sogʻligʻiga koʻra tegishli tibbiy xulosa asosida oʻtkazish hollari bundan mustasno. |
Homilador ayollar va yonida emizikli bolasi bor ayollar, shuningdek I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar turmalarda jazoni yengillashtirilgan saqlash sharoitida oʻtaydilar. | Homilador ayollar va yonida emizikli bolasi bor ayollar, shuningdek I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar turmalarda jazoni yengillashtirilgan saqlash sharoitida oʻtaydilar. |
123-modda. Turmalarda jazoni oʻtash shartlari | 123-modda. Turmalarda jazoni oʻtash shartlari |
Turmalarda mahkumlar umumiy kameralarda saqlanadilar. Alohida hollarda mahkumning batamom ajratib qoʻyilishini taʼminlash maqsadida muassasa boshligʻining prokuror tomonidan tasdiqlangan qarori asosida uni bir kishilik kamerada saqlashga yoʻl qoʻyiladi. | Turmalarda mahkumlar umumiy kameralarda saqlanadilar. Alohida hollarda mahkumning batamom ajratib qoʻyilishini taʼminlash maqsadida muassasa boshligʻining prokuror tomonidan tasdiqlangan qarori asosida uni bir kishilik kamerada saqlashga yoʻl qoʻyiladi. |
Turmada mahkumlar belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 26,5 foizigacha boʻlgan summaga oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olishlari mumkin. | Turmada mahkumlar belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 26,5 foizigacha boʻlgan summaga oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olishlari mumkin. |
Turmalarda mahkumlar har kuni muddati bir soatlik sayr qilish hamda yil mobaynida: | Turmalarda mahkumlar har kuni muddati bir soatlik sayr qilish hamda yil mobaynida: |
toʻrt marta qisqa muddatli va bir marta uzoq muddatli uchrashuv; | toʻrt marta qisqa muddatli va bir marta uzoq muddatli uchrashuv; |
toʻrt marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv; | toʻrt marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv; |
toʻrtta posilka yoki yoʻqlov; | toʻrtta posilka yoki yoʻqlov; |
toʻrtta banderol olish huquqiga ega. | toʻrtta banderol olish huquqiga ega. |
Turmalarda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga oʻtkazilgan mahkumlarga ragʻbatlantirish tarzida har kunlik sayr muddati bir soatga uzaytirilishi mumkin. | Turmalarda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga oʻtkazilgan mahkumlarga ragʻbatlantirish tarzida har kunlik sayr muddati bir soatga uzaytirilishi mumkin. |
22-BOB. TARBIYA KOLONIYALARIDA JAZONI OʻTASH | 22-BOB. TARBIYA KOLONIYALARIDA JAZONI OʻTASH |
124-modda. Tarbiya koloniyalarida jazoni oʻtash tartibi | 124-modda. Tarbiya koloniyalarida jazoni oʻtash tartibi |
Tarbiya koloniyalarida: | Tarbiya koloniyalarida: |
oʻn olti yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan mahkumlar kattaroq yoshdagi mahkumlardan; | oʻn olti yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan mahkumlar kattaroq yoshdagi mahkumlardan; |
birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan mahkumlar ilgari ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoni oʻtagan mahkumlardan alohida saqlanadilar. | birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan mahkumlar ilgari ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoni oʻtagan mahkumlardan alohida saqlanadilar. |
Tuzalish yoʻliga oʻtgan mahkumlar ushbu Kodeksning 104-moddasida nazarda tutilgan tartibda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga oʻtkaziladi. | Tuzalish yoʻliga oʻtgan mahkumlar ushbu Kodeksning 104-moddasida nazarda tutilgan tartibda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga oʻtkaziladi. |
125-modda. Tarbiya koloniyalarida jazoni oʻtash shartlari | 125-modda. Tarbiya koloniyalarida jazoni oʻtash shartlari |
Tarbiya koloniyalarida mahkumlar umumiy turar joylarda yashaydilar. | Tarbiya koloniyalarida mahkumlar umumiy turar joylarda yashaydilar. |
Mahkumlar belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 87,9 foizigacha boʻlgan summaga oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olishlari mumkin. | Mahkumlar belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 87,9 foizigacha boʻlgan summaga oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olishlari mumkin. |
Tarbiya koloniyalarida mahkumlar yil mobaynida: | Tarbiya koloniyalarida mahkumlar yil mobaynida: |
yigirma toʻrt marta qisqa muddatli va sakkiz marta uzoq muddatli uchrashuv; | yigirma toʻrt marta qisqa muddatli va sakkiz marta uzoq muddatli uchrashuv; |
yigirma toʻrt marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv; | yigirma toʻrt marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv; |
oʻn ikkita posilka yoki yoʻqlov; | oʻn ikkita posilka yoki yoʻqlov; |
oʻn ikkita banderol olish huquqiga ega. | oʻn ikkita banderol olish huquqiga ega. |
Voyaga yetmagan mahkumlarga ota-onasi va ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar bilan uchrashuvlar cheklanmagan miqdorda beriladi. | Voyaga yetmagan mahkumlarga ota-onasi va ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar bilan uchrashuvlar cheklanmagan miqdorda beriladi. |
Oʻn sakkiz yoshga toʻlgan va tarbiya koloniyalarida qoldirilgan mahkumlarga voyaga yetmagan mahkumlar uchun belgilangan normalarda ovqat, ust-bosh, moddiy-maishiy taʼminot va boshqa jazo oʻtash sharoitlari tatbiq etiladi. Bu shaxslarning mehnat sharoitlari mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq belgilanadi. | Oʻn sakkiz yoshga toʻlgan va tarbiya koloniyalarida qoldirilgan mahkumlarga voyaga yetmagan mahkumlar uchun belgilangan normalarda ovqat, ust-bosh, moddiy-maishiy taʼminot va boshqa jazo oʻtash sharoitlari tatbiq etiladi. Bu shaxslarning mehnat sharoitlari mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq belgilanadi. |
126-modda. Tarbiya koloniyalarida qoʻllaniladigan qoʻshimcha ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralari | 126-modda. Tarbiya koloniyalarida qoʻllaniladigan qoʻshimcha ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralari |
Tarbiya koloniyalarida mahkumlar ushbu Kodeksning 102-moddasida nazarda tutilgan ragʻbatlantirish choralaridan tashqari: | Tarbiya koloniyalarida mahkumlar ushbu Kodeksning 102-moddasida nazarda tutilgan ragʻbatlantirish choralaridan tashqari: |
muassasa hududidan tashqarida oʻtkaziladigan madaniy-tomosha va sport tadbirlarini koʻrishga yuborish; | muassasa hududidan tashqarida oʻtkaziladigan madaniy-tomosha va sport tadbirlarini koʻrishga yuborish; |
qisqa muddatli uchrashuv oʻrniga ota-onasi, ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar yoki yaqin qarindoshlari kuzatuvida sakkiz soatgacha boʻlgan muddatga erkinlikka chiqarish; | qisqa muddatli uchrashuv oʻrniga ota-onasi, ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar yoki yaqin qarindoshlari kuzatuvida sakkiz soatgacha boʻlgan muddatga erkinlikka chiqarish; |
hibsxonada boʻlish muddatini qisqartirish va undan muddatidan ilgari ozod qilish tariqasida ragʻbatlantirilishlari mumkin. | hibsxonada boʻlish muddatini qisqartirish va undan muddatidan ilgari ozod qilish tariqasida ragʻbatlantirilishlari mumkin. |
Jazoni oʻtash tartibini buzganligi uchun tarbiya koloniyalarida mahkumlarga ushbu Kodeksning 105-moddasida nazarda tutilgan intizomiy jazo choralaridan tashqari tomoshaga borishdan bir marta mahrum etish tariqasidagi jazo qoʻllanilishi mumkin. | Jazoni oʻtash tartibini buzganligi uchun tarbiya koloniyalarida mahkumlarga ushbu Kodeksning 105-moddasida nazarda tutilgan intizomiy jazo choralaridan tashqari tomoshaga borishdan bir marta mahrum etish tariqasidagi jazo qoʻllanilishi mumkin. |
127-modda. Hibsxonaga kiritib qoʻyish tariqasidagi intizomiy jazo chorasini qoʻllash xususiyatlari | 127-modda. Hibsxonaga kiritib qoʻyish tariqasidagi intizomiy jazo chorasini qoʻllash xususiyatlari |
Tarbiya koloniyasida hibsxonaga kiritib qoʻyish tariqasidagi intizomiy jazo oʻn toʻrt yoshdan oʻn oltigacha boʻlgan mahkumlarga yetti sutkagacha, oʻn olti va undan katta yoshdagi mahkumlarga esa oʻn sutkagacha boʻlgan muddatga qoʻllaniladi. | Tarbiya koloniyasida hibsxonaga kiritib qoʻyish tariqasidagi intizomiy jazo oʻn toʻrt yoshdan oʻn oltigacha boʻlgan mahkumlarga yetti sutkagacha, oʻn olti va undan katta yoshdagi mahkumlarga esa oʻn sutkagacha boʻlgan muddatga qoʻllaniladi. |
Tarbiya koloniyasining hibsxonasiga kiritib qoʻyilgan mahkumlarning sayr qilish muddati sutkasiga ikki soat qilib belgilanadi. | Tarbiya koloniyasining hibsxonasiga kiritib qoʻyilgan mahkumlarning sayr qilish muddati sutkasiga ikki soat qilib belgilanadi. |
128-modda. Mahkumlarni tarbiya koloniyalarida qoldirish | 128-modda. Mahkumlarni tarbiya koloniyalarida qoldirish |
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan oʻn sakkiz yoshga toʻlgan mahkumlar, odatda, yigirma bir yoshga toʻlgunga qadar, tarbiya koloniyalarida qoldiriladi. | Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan oʻn sakkiz yoshga toʻlgan mahkumlar, odatda, yigirma bir yoshga toʻlgunga qadar, tarbiya koloniyalarida qoldiriladi. |
Mahkumlarni tarbiya koloniyalarida qoldirish muassasa boshligʻining prokuror tomonidan tasdiqlangan qarori bilan amalga oshiriladi. | Mahkumlarni tarbiya koloniyalarida qoldirish muassasa boshligʻining prokuror tomonidan tasdiqlangan qarori bilan amalga oshiriladi. |
129-modda. Mahkumlarni tarbiya koloniyalaridan jazoni ijro etish koloniyalariga oʻtkazish | 129-modda. Mahkumlarni tarbiya koloniyalaridan jazoni ijro etish koloniyalariga oʻtkazish |
Mahkumlar yigirma bir yoshga toʻlganidan, salbiy tavsifga ega mahkumlar esa oʻn sakkiz yoshga toʻlganidan keyin jazo oʻtashni davom ettirish uchun tarbiya koloniyasidan umumiy tartibli koloniyaga oʻtkaziladi. | Mahkumlar yigirma bir yoshga toʻlganidan, salbiy tavsifga ega mahkumlar esa oʻn sakkiz yoshga toʻlganidan keyin jazo oʻtashni davom ettirish uchun tarbiya koloniyasidan umumiy tartibli koloniyaga oʻtkaziladi. |
Jazo oʻtashni davom ettirish uchun mahkumlarni jazoni ijro etish koloniyasiga oʻtkazish masalalari sud tomonidan Jinoyat-protsessual kodeksining 537-moddasida nazarda tutilgan tartibda hal etiladi. | Jazo oʻtashni davom ettirish uchun mahkumlarni jazoni ijro etish koloniyasiga oʻtkazish masalalari sud tomonidan Jinoyat-protsessual kodeksining 537-moddasida nazarda tutilgan tartibda hal etiladi. |
23-BOB. AYRIM TOIFADAGI MAHKUMLAR TOMONIDAN JAZONI OʻTASH XUSUSIYATLARI | 23-BOB. AYRIM TOIFADAGI MAHKUMLAR TOMONIDAN JAZONI OʻTASH XUSUSIYATLARI |
130-modda. Mahkuma homilador ayollar va bolasi bor ayollar uchun qoʻshimcha huquqlar | 130-modda. Mahkuma homilador ayollar va bolasi bor ayollar uchun qoʻshimcha huquqlar |
Mahkuma homilador ayollar va uch yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar ushbu Kodeksda mahkumlar uchun nazarda tutilgan huquqlardan tashqari: | Mahkuma homilador ayollar va uch yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar ushbu Kodeksda mahkumlar uchun nazarda tutilgan huquqlardan tashqari: |
muassasa hududi doirasidan tashqarida yashash; | muassasa hududi doirasidan tashqarida yashash; |
bolalarini jazoni ijro etish koloniyalari qoshidagi bolalar uyiga joylashtirish; | bolalarini jazoni ijro etish koloniyalari qoshidagi bolalar uyiga joylashtirish; |
bolalarini joylashtirib kelish va ular bilan uchrashish uchun muassasa doirasidan chetga chiqish huquqiga ham ega. | bolalarini joylashtirib kelish va ular bilan uchrashish uchun muassasa doirasidan chetga chiqish huquqiga ham ega. |
Mahkuma ayollarga voyaga yetmagan bolalari bilan bir yil ichida toʻrt marta, muddati besh sutkagacha boʻlgan uzoq muddatli uchrashuv, manzil-koloniyada saqlanayotganlarga esa, ishdan boʻsh vaqtda muassasa hududidan tashqarida yashash imkoniyati bilan uzoq muddatli uchrashuvlar cheklanmagan miqdorda beriladi. | Mahkuma ayollarga voyaga yetmagan bolalari bilan bir yil ichida toʻrt marta, muddati besh sutkagacha boʻlgan uzoq muddatli uchrashuv, manzil-koloniyada saqlanayotganlarga esa, ishdan boʻsh vaqtda muassasa hududidan tashqarida yashash imkoniyati bilan uzoq muddatli uchrashuvlar cheklanmagan miqdorda beriladi. |
Mahkuma ayollarning voyaga yetmagan bolalari bilan uchrashishiga oʻzining shaxsini, qarindoshligini yoki vasiyligini (homiyligini) tasdiqlovchi hujjatlarini taqdim etgan taqdirda bitta yaqin qarindoshi yoki vasiy (homiy) kuzatuvida yoʻl qoʻyiladi. | Mahkuma ayollarning voyaga yetmagan bolalari bilan uchrashishiga oʻzining shaxsini, qarindoshligini yoki vasiyligini (homiyligini) tasdiqlovchi hujjatlarini taqdim etgan taqdirda bitta yaqin qarindoshi yoki vasiy (homiy) kuzatuvida yoʻl qoʻyiladi. |
Mahkuma ayollarning voyaga yetmagan bolalari bilan uchrashuvlari ushbu Kodeksda belgilangan uchrashuvlarga qoʻshib hisoblanmaydi. | Mahkuma ayollarning voyaga yetmagan bolalari bilan uchrashuvlari ushbu Kodeksda belgilangan uchrashuvlarga qoʻshib hisoblanmaydi. |
Mahkuma ayollarning muassasadan tashqaridagi bolalar uylaridagi voyaga yetmagan bolalar bilan uchrashuvlari mahkuma ayollarning iltimosiga koʻra amalga oshiriladi. | Mahkuma ayollarning muassasadan tashqaridagi bolalar uylaridagi voyaga yetmagan bolalar bilan uchrashuvlari mahkuma ayollarning iltimosiga koʻra amalga oshiriladi. |
131-modda. Mahkuma ayollarning muassasa doirasidan tashqarida yashashi | 131-modda. Mahkuma ayollarning muassasa doirasidan tashqarida yashashi |
Tuzalish yoʻliga oʻtgan mahkuma ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha ishdan ozod etilgan vaqt mobaynida, shuningdek bolasi uch yoshga toʻlgunga qadar muassasa boshligʻining prokuror tasdiqlagan qarori bilan koloniya hududidan tashqarida yashashga ruxsat etilishi mumkin. | Tuzalish yoʻliga oʻtgan mahkuma ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha ishdan ozod etilgan vaqt mobaynida, shuningdek bolasi uch yoshga toʻlgunga qadar muassasa boshligʻining prokuror tasdiqlagan qarori bilan koloniya hududidan tashqarida yashashga ruxsat etilishi mumkin. |
Muassasa hududidan tashqarida yashash huquqi Jinoyat kodeksi 73-moddasining toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan mahkumlarga berilmaydi. | Muassasa hududidan tashqarida yashash huquqi Jinoyat kodeksi 73-moddasining toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan mahkumlarga berilmaydi. |
Koloniya hududi doirasidan tashqarida yashaydigan mahkumalar: | Koloniya hududi doirasidan tashqarida yashaydigan mahkumalar: |
xona tipidagi turar joylarda joylashadilar va muassasa maʼmuriyatining nazorati ostida boʻladilar; | xona tipidagi turar joylarda joylashadilar va muassasa maʼmuriyatining nazorati ostida boʻladilar; |
ertalab oʻrindan turishdan kechki yotishgacha boʻlgan vaqt mobaynida belgilangan yoʻnalishlar doirasida erkin yurish huquqidan foydalanadilar; | ertalab oʻrindan turishdan kechki yotishgacha boʻlgan vaqt mobaynida belgilangan yoʻnalishlar doirasida erkin yurish huquqidan foydalanadilar; |
fuqarolar kiyadigan kiyimda yurishlari, yonlarida pul va qimmatli buyumlar saqlashlari, puldan cheklanmagan holda foydalanishlari mumkin; | fuqarolar kiyadigan kiyimda yurishlari, yonlarida pul va qimmatli buyumlar saqlashlari, puldan cheklanmagan holda foydalanishlari mumkin; |
cheklanmagan miqdorda banderol, posilka va yoʻqlovlar olish hamda joʻnatish, qisqa muddatli uchrashuvlar olish huquqiga ega. Qisqa muddatli uchrashuvlar, odatda, ishdan boʻsh vaqtda beriladi. | cheklanmagan miqdorda banderol, posilka va yoʻqlovlar olish hamda joʻnatish, qisqa muddatli uchrashuvlar olish huquqiga ega. Qisqa muddatli uchrashuvlar, odatda, ishdan boʻsh vaqtda beriladi. |
Muassasa hududi doirasidan tashqarida yashash huquqi quyidagi hollarda bekor qilinadi: | Muassasa hududi doirasidan tashqarida yashash huquqi quyidagi hollarda bekor qilinadi: |
jazoni oʻtash tartibi muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol tarzda buzilganda; | jazoni oʻtash tartibi muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol tarzda buzilganda; |
homiladorlik va tugʻish boʻyicha ishdan ozod qilish davri tugaganda; | homiladorlik va tugʻish boʻyicha ishdan ozod qilish davri tugaganda; |
bola uch yoshga toʻlganda. | bola uch yoshga toʻlganda. |
132-modda. Bolalarni jazoni ijro etish koloniyalari qoshidagi bolalar uyiga joylashtirish | 132-modda. Bolalarni jazoni ijro etish koloniyalari qoshidagi bolalar uyiga joylashtirish |
Mahkuma ayollarni saqlashga moʻljallangan koloniyalar qoshida bolalar uyi tashkil etiladi, unda bolalar normal yashashi va kamol topishi uchun zarur sharoitlar taʼminlanadi. | Mahkuma ayollarni saqlashga moʻljallangan koloniyalar qoshida bolalar uyi tashkil etiladi, unda bolalar normal yashashi va kamol topishi uchun zarur sharoitlar taʼminlanadi. |
Mahkuma ayollar uch yoshga toʻlmagan bolalarini jazoni ijro etish koloniyalari qoshidagi bolalar uyiga joylashtirishga va ishdan boʻsh vaqtida ular bilan cheklanmagan miqdorda muloqotda boʻlishga haqli. | Mahkuma ayollar uch yoshga toʻlmagan bolalarini jazoni ijro etish koloniyalari qoshidagi bolalar uyiga joylashtirishga va ishdan boʻsh vaqtida ular bilan cheklanmagan miqdorda muloqotda boʻlishga haqli. |
Bolalar uyidagi bola uch yoshga toʻlganidan keyin onasining roziligi bilan uning qarindoshlariga yoki, homiylik va vasiylik organining qaroriga binoan, boshqa shaxslarga berilishi yoxud tegishli bolalar muassasalariga yuborilishi mumkin. | Bolalar uyidagi bola uch yoshga toʻlganidan keyin onasining roziligi bilan uning qarindoshlariga yoki, homiylik va vasiylik organining qaroriga binoan, boshqa shaxslarga berilishi yoxud tegishli bolalar muassasalariga yuborilishi mumkin. |
Agar mahkumaning jazoni oʻtash muddati tugashiga koʻpi bilan bir yil qolgan va u onalik burchlarini lozim darajada bajarib kelgan boʻlsa, muassasa maʼmuriyati bolaning bolalar uyida boʻlish vaqtini uzaytirishi mumkin. | Agar mahkumaning jazoni oʻtash muddati tugashiga koʻpi bilan bir yil qolgan va u onalik burchlarini lozim darajada bajarib kelgan boʻlsa, muassasa maʼmuriyati bolaning bolalar uyida boʻlish vaqtini uzaytirishi mumkin. |
133-modda. Mahkuma ayollarning muassasa doirasidan chetga qisqa muddatli chiqishi | 133-modda. Mahkuma ayollarning muassasa doirasidan chetga qisqa muddatli chiqishi |
Maktabgacha yoshdagi bolalari bor mahkuma ayollarga bolalarini qarindoshlarinikiga, vasiylarinikiga yoki bolalar muassasalariga joylashtirib kelish uchun borish-kelish vaqtini (toʻrt sutkagacha) hisobga olmagan holda oʻn besh sutkagacha muddatga chetga chiqishga ruxsat etilishi mumkin. | Maktabgacha yoshdagi bolalari bor mahkuma ayollarga bolalarini qarindoshlarinikiga, vasiylarinikiga yoki bolalar muassasalariga joylashtirib kelish uchun borish-kelish vaqtini (toʻrt sutkagacha) hisobga olmagan holda oʻn besh sutkagacha muddatga chetga chiqishga ruxsat etilishi mumkin. |
Voyaga yetmagan nogironligi boʻlgan bolalari bor ayollarga bir yilda bir marta ular bilan uchrashish uchun yoʻlga ketadigan vaqtni hisobga olmaganda yetti sutkagacha boʻlgan muddatga chetga chiqishga ruxsat etiladi. | Voyaga yetmagan nogironligi boʻlgan bolalari bor ayollarga bir yilda bir marta ular bilan uchrashish uchun yoʻlga ketadigan vaqtni hisobga olmaganda yetti sutkagacha boʻlgan muddatga chetga chiqishga ruxsat etiladi. |
V BOʻLIM. UMRBOD OZODLIKDAN MAHRUM QILISH TARIQASIDAGI JAZONI IJRO ETISH | V BOʻLIM. UMRBOD OZODLIKDAN MAHRUM QILISH TARIQASIDAGI JAZONI IJRO ETISH |
24-bob. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish tartibi va shartlari | 24-bob. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish tartibi va shartlari |
136-modda. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtash tartibi | 136-modda. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtash tartibi |
Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar maxsus saqlash sharoitlariga ega boʻlgan maxsus tartibli koloniyalarda saqlanadilar. Ularga nisbatan ushbu bobda nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda maxsus tartibli koloniyalar tartibi tatbiq etiladi. | Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar maxsus saqlash sharoitlariga ega boʻlgan maxsus tartibli koloniyalarda saqlanadilar. Ularga nisbatan ushbu bobda nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda maxsus tartibli koloniyalar tartibi tatbiq etiladi. |
Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar kameralarga koʻpi bilan ikki kishidan joylashtiriladilar. Mahkumlarning iltimosiga koʻra yoki zarurat taqozo etganda ular bir kishilik kameralarda saqlanishlari mumkin. | Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar kameralarga koʻpi bilan ikki kishidan joylashtiriladilar. Mahkumlarning iltimosiga koʻra yoki zarurat taqozo etganda ular bir kishilik kameralarda saqlanishlari mumkin. |
Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar jazoni qattiq, odatdagi va yengillashtirilgan saqlash sharoitlarida oʻtaydilar. | Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar jazoni qattiq, odatdagi va yengillashtirilgan saqlash sharoitlarida oʻtaydilar. |
Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar jazoning dastlabki oʻn yilini qattiq saqlash sharoitlarida oʻtaydilar. | Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar jazoning dastlabki oʻn yilini qattiq saqlash sharoitlarida oʻtaydilar. |
Jazoning kamida oʻn yilini oʻtagan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar qattiq saqlash sharoitlaridan odatdagi saqlash sharoitlariga oʻtkazilishlari mumkin. | Jazoning kamida oʻn yilini oʻtagan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar qattiq saqlash sharoitlaridan odatdagi saqlash sharoitlariga oʻtkazilishlari mumkin. |
Jazoning kamida oʻn besh yilini oʻtagan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar odatdagi saqlash sharoitlaridan yengillashtirilgan saqlash sharoitlariga oʻtkazilishlari mumkin. | Jazoning kamida oʻn besh yilini oʻtagan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar odatdagi saqlash sharoitlaridan yengillashtirilgan saqlash sharoitlariga oʻtkazilishlari mumkin. |
137-modda. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtash shartlari | 137-modda. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtash shartlari |
Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan bitta mahkumga toʻgʻri keladigan yashash maydoni normasi toʻrt kvadrat metrdan kam boʻlishi mumkin emas. | Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan bitta mahkumga toʻgʻri keladigan yashash maydoni normasi toʻrt kvadrat metrdan kam boʻlishi mumkin emas. |
Umrbod ozodlikdan mahrum qilinib, jazoni qattiq saqlash sharoitlarida oʻtayotgan mahkumlar oʻz shaxsiy hisobvaragʻida mavjud boʻlgan mablagʻlardan belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 26,5 foizigacha boʻlgan summaga har oyda oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish, yil mobaynida bir marta qisqa muddatli uchrashuv, bir marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv, bitta posilka yoki yoʻqlov, bitta banderol olish huquqiga ega. | Umrbod ozodlikdan mahrum qilinib, jazoni qattiq saqlash sharoitlarida oʻtayotgan mahkumlar oʻz shaxsiy hisobvaragʻida mavjud boʻlgan mablagʻlardan belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 26,5 foizigacha boʻlgan summaga har oyda oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish, yil mobaynida bir marta qisqa muddatli uchrashuv, bir marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv, bitta posilka yoki yoʻqlov, bitta banderol olish huquqiga ega. |
Umrbod ozodlikdan mahrum qilinib, jazoni odatdagi saqlash sharoitlarida oʻtayotgan mahkumlar oʻz shaxsiy hisobvaragʻida mavjud boʻlgan mablagʻlardan qonunchilikda belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 35,2 foizigacha miqdordagi summaga har oyda oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish, yil mobaynida bir marta uzoq muddatli va bir marta qisqa muddatli uchrashuv, ikki marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv, ikkita posilka yoki yoʻqlov, ikkita banderol olish huquqiga ega. | Umrbod ozodlikdan mahrum qilinib, jazoni odatdagi saqlash sharoitlarida oʻtayotgan mahkumlar oʻz shaxsiy hisobvaragʻida mavjud boʻlgan mablagʻlardan qonunchilikda belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 35,2 foizigacha miqdordagi summaga har oyda oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish, yil mobaynida bir marta uzoq muddatli va bir marta qisqa muddatli uchrashuv, ikki marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv, ikkita posilka yoki yoʻqlov, ikkita banderol olish huquqiga ega. |
Umrbod ozodlikdan mahrum qilinib, jazoni yengillashtirilgan saqlash sharoitlarida oʻtayotgan mahkumlar oʻz shaxsiy hisobvaragʻida mavjud boʻlgan mablagʻlardan belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 52,7 foizigacha miqdordagi summaga har oyda oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish, yil mobaynida bir marta uzoq muddatli va ikki marta qisqa muddatli uchrashuv, uch marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv, uchta posilka yoki yoʻqlov, uchta banderol olish huquqiga ega. | Umrbod ozodlikdan mahrum qilinib, jazoni yengillashtirilgan saqlash sharoitlarida oʻtayotgan mahkumlar oʻz shaxsiy hisobvaragʻida mavjud boʻlgan mablagʻlardan belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 52,7 foizigacha miqdordagi summaga har oyda oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish, yil mobaynida bir marta uzoq muddatli va ikki marta qisqa muddatli uchrashuv, uch marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv, uchta posilka yoki yoʻqlov, uchta banderol olish huquqiga ega. |
Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar, saqlash sharoitlaridan qatʼi nazar, har kuni bir yarim soatgacha sayr qilish huquqiga ega. | Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar, saqlash sharoitlaridan qatʼi nazar, har kuni bir yarim soatgacha sayr qilish huquqiga ega. |
138-modda. Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarning mehnatini tashkil etish | 138-modda. Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarning mehnatini tashkil etish |
Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarning mehnati odatdagi va yengillashtirilgan saqlash sharoitlarida saqlanayotgan shaxslar uchun ish kameralarida tashkil etiladi. | Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarning mehnati odatdagi va yengillashtirilgan saqlash sharoitlarida saqlanayotgan shaxslar uchun ish kameralarida tashkil etiladi. |
139-modda. Ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralari | 139-modda. Ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralari |
Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarga nisbatan ushbu Kodeks 102-moddasi birinchi qismining ikkinchi—beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan ragʻbatlantirish choralari qoʻllaniladi. Jazoni oʻtashning yengillashtirilgan sharoitlariga belgilangan tartibda oʻtkazilgan mahkumlarga nisbatan ragʻbatlantirish tartibida qoʻshimcha uchrashish yoki masofali video-uchrashuv yoxud telefon orqali soʻzlashish imkoniyati ham berilishi mumkin. | Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarga nisbatan ushbu Kodeks 102-moddasi birinchi qismining ikkinchi—beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan ragʻbatlantirish choralari qoʻllaniladi. Jazoni oʻtashning yengillashtirilgan sharoitlariga belgilangan tartibda oʻtkazilgan mahkumlarga nisbatan ragʻbatlantirish tartibida qoʻshimcha uchrashish yoki masofali video-uchrashuv yoxud telefon orqali soʻzlashish imkoniyati ham berilishi mumkin. |
Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarga nisbatan ushbu Kodeks 105-moddasi birinchi qismining ikkinchi, uchinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan intizomiy jazo choralari qoʻllaniladi. Umrbod ozodlikdan mahrum qilinib, odatdagi va yengillashtirilgan saqlash sharoitlarida belgilangan tartibni ashaddiy buzuvchi deb topilgan mahkumlar quyidagi tartibda: | Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarga nisbatan ushbu Kodeks 105-moddasi birinchi qismining ikkinchi, uchinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan intizomiy jazo choralari qoʻllaniladi. Umrbod ozodlikdan mahrum qilinib, odatdagi va yengillashtirilgan saqlash sharoitlarida belgilangan tartibni ashaddiy buzuvchi deb topilgan mahkumlar quyidagi tartibda: |
yengillashtirilgan saqlash sharoitlaridan odatdagi yoki qattiq saqlash sharoitlariga; | yengillashtirilgan saqlash sharoitlaridan odatdagi yoki qattiq saqlash sharoitlariga; |
odatdagi saqlash sharoitlaridan qattiq saqlash sharoitlariga oʻtkazilishlari mumkin. | odatdagi saqlash sharoitlaridan qattiq saqlash sharoitlariga oʻtkazilishlari mumkin. |
140-modda. Afv etish toʻgʻrisida iltimosnoma berish | 140-modda. Afv etish toʻgʻrisida iltimosnoma berish |
Afv etish toʻgʻrisida iltimosnoma berish va uni koʻrib chiqish tartibi qonunchilikda belgilanadi. | Afv etish toʻgʻrisida iltimosnoma berish va uni koʻrib chiqish tartibi qonunchilikda belgilanadi. |
Afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnoma umrbod ozodlikdan mahrum qilingan shaxs tomonidan u tayinlangan jazoning yigirma besh yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin, agar jazoni oʻtash davrida mahkum qatʼiy tuzalish yoʻliga oʻtgan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan, mehnat va oʻqishga nisbatan vijdonan munosabatda boʻlayotgan, tarbiyaviy tadbirlar oʻtkazishda faol ishtirok etayotgan taqdirda esa, tayinlangan jazoning yigirma yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin berilishi mumkin. | Afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnoma umrbod ozodlikdan mahrum qilingan shaxs tomonidan u tayinlangan jazoning yigirma besh yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin, agar jazoni oʻtash davrida mahkum qatʼiy tuzalish yoʻliga oʻtgan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan, mehnat va oʻqishga nisbatan vijdonan munosabatda boʻlayotgan, tarbiyaviy tadbirlar oʻtkazishda faol ishtirok etayotgan taqdirda esa, tayinlangan jazoning yigirma yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin berilishi mumkin. |
Afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnoma uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilingan shaxs tomonidan u tayinlangan jazo muddatining yigirma yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin, agar jazoni oʻtash davrida mahkum qatʼiy tuzalish yoʻliga oʻtgan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan, mehnat va oʻqishga nisbatan vijdonan munosabatda boʻlayotgan, tarbiyaviy tadbirlar oʻtkazishda faol ishtirok etayotgan taqdirda esa, tayinlangan jazoning oʻn besh yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin berilishi mumkin. | Afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnoma uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilingan shaxs tomonidan u tayinlangan jazo muddatining yigirma yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin, agar jazoni oʻtash davrida mahkum qatʼiy tuzalish yoʻliga oʻtgan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan, mehnat va oʻqishga nisbatan vijdonan munosabatda boʻlayotgan, tarbiyaviy tadbirlar oʻtkazishda faol ishtirok etayotgan taqdirda esa, tayinlangan jazoning oʻn besh yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin berilishi mumkin. |
VI BOʻLIM. HARBIY XIZMATCHILARGA NISBATAN XIZMAT BOʻYICHA CHEKLASH VA INTIZOMIY QISMGA JOʻNATISH TARIQASIDAGI JAZOLARNI IJRO ETISH | VI BOʻLIM. HARBIY XIZMATCHILARGA NISBATAN XIZMAT BOʻYICHA CHEKLASH VA INTIZOMIY QISMGA JOʻNATISH TARIQASIDAGI JAZOLARNI IJRO ETISH |
25-BOB. XIZMAT BOʻYICHA CHEKLASH TARIQASIDAGI JAZONI IJRO ETISH | 25-BOB. XIZMAT BOʻYICHA CHEKLASH TARIQASIDAGI JAZONI IJRO ETISH |
141-modda. Xizmat boʻyicha cheklash tariqasidagi jazoni ijro etish tartibi | 141-modda. Xizmat boʻyicha cheklash tariqasidagi jazoni ijro etish tartibi |
Xizmat boʻyicha cheklash tariqasidagi jazo ijrosini mahkum harbiy xizmat oʻtayotgan joydagi, ushbu Kodeks 14-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan komandir (boshliq) amalga oshiradi. | Xizmat boʻyicha cheklash tariqasidagi jazo ijrosini mahkum harbiy xizmat oʻtayotgan joydagi, ushbu Kodeks 14-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan komandir (boshliq) amalga oshiradi. |
Komandir (boshliq) hukm nusxasini va sud farmoyishini olganidan keyin uch kun ichida quyidagilarni koʻrsatgan holda buyruq chiqaradi: | Komandir (boshliq) hukm nusxasini va sud farmoyishini olganidan keyin uch kun ichida quyidagilarni koʻrsatgan holda buyruq chiqaradi: |
mahkum harbiy xizmatchini lavozim va harbiy unvonda koʻtarishga taqdim etmaslik asosi va muddati; | mahkum harbiy xizmatchini lavozim va harbiy unvonda koʻtarishga taqdim etmaslik asosi va muddati; |
harbiy xizmatchiga navbatdagi harbiy unvon berish hamda pensiya tayinlash uchun uning xizmat muddatiga qoʻshib hisoblanmaydigan vaqt; | harbiy xizmatchiga navbatdagi harbiy unvon berish hamda pensiya tayinlash uchun uning xizmat muddatiga qoʻshib hisoblanmaydigan vaqt; |
mahkumning pul taʼminotidan davlat foydasiga oʻtkaziladigan chegirma miqdori. | mahkumning pul taʼminotidan davlat foydasiga oʻtkaziladigan chegirma miqdori. |
Komandir (boshliq) buyrugʻi mahkum harbiy xizmatchi eʼtiboriga yetkaziladi va uning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildiga hukm nusxasi bilan birgalikda qoʻshib qoʻyiladi. | Komandir (boshliq) buyrugʻi mahkum harbiy xizmatchi eʼtiboriga yetkaziladi va uning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildiga hukm nusxasi bilan birgalikda qoʻshib qoʻyiladi. |
Komandir (boshliq) hukm ijro etilganligi haqida hukm chiqargan sudga uch kunlik muddat ichida xabar beradi. | Komandir (boshliq) hukm ijro etilganligi haqida hukm chiqargan sudga uch kunlik muddat ichida xabar beradi. |
142-modda. Xizmat boʻyicha cheklash tariqasidagi jazoni oʻtash muddatini hisoblash | 142-modda. Xizmat boʻyicha cheklash tariqasidagi jazoni oʻtash muddatini hisoblash |
Xizmat boʻyicha cheklash tariqasidagi jazoni oʻtash muddati hukmni ijro etish toʻgʻrisida buyruq chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi. | Xizmat boʻyicha cheklash tariqasidagi jazoni oʻtash muddati hukmni ijro etish toʻgʻrisida buyruq chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi. |
Boshqa jinoyat sodir etganligi munosabati bilan mahkum harbiy xizmatchi hibsda ushlab turilgan vaqt jazoni oʻtash muddatiga qoʻshilmaydi. | Boshqa jinoyat sodir etganligi munosabati bilan mahkum harbiy xizmatchi hibsda ushlab turilgan vaqt jazoni oʻtash muddatiga qoʻshilmaydi. |
143-modda. Xizmat boʻyicha cheklash vaqtida pul taʼminotidan chegirib qolish | 143-modda. Xizmat boʻyicha cheklash vaqtida pul taʼminotidan chegirib qolish |
Sud hukmi bilan xizmat boʻyicha cheklangan harbiy xizmatchining pul taʼminotidan chegirma lavozim va harbiy unvonga doir maoshdan hisoblab chiqariladi. | Sud hukmi bilan xizmat boʻyicha cheklangan harbiy xizmatchining pul taʼminotidan chegirma lavozim va harbiy unvonga doir maoshdan hisoblab chiqariladi. |
144-modda. Tarbiyaviy ish | 144-modda. Tarbiyaviy ish |
Xizmat boʻyicha cheklash tariqasidagi jazoni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar bilan ular sodir etgan jinoyatning xususiyatini, ijtimoiy xavflilik darajasini va mahkumning shaxsi, shuningdek xulq-atvori hamda harbiy xizmatga munosabatini inobatga olgan holda tarbiyaviy ish olib boriladi. | Xizmat boʻyicha cheklash tariqasidagi jazoni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar bilan ular sodir etgan jinoyatning xususiyatini, ijtimoiy xavflilik darajasini va mahkumning shaxsi, shuningdek xulq-atvori hamda harbiy xizmatga munosabatini inobatga olgan holda tarbiyaviy ish olib boriladi. |
145-modda. Mahkumning xizmat vazifasini oʻzgartirish | 145-modda. Mahkumning xizmat vazifasini oʻzgartirish |
Xizmat boʻyicha cheklash tariqasidagi jazo muddati mobaynida mahkum harbiy xizmatchining lavozimi va harbiy unvoni oshirilishi mumkin emas. | Xizmat boʻyicha cheklash tariqasidagi jazo muddati mobaynida mahkum harbiy xizmatchining lavozimi va harbiy unvoni oshirilishi mumkin emas. |
Komandir (boshliq) qaroriga binoan mahkum harbiy qism doirasida yoki boshqa qismga koʻchirilgan holda boshqa teng lavozimga oʻtkazilishi mumkin. | Komandir (boshliq) qaroriga binoan mahkum harbiy qism doirasida yoki boshqa qismga koʻchirilgan holda boshqa teng lavozimga oʻtkazilishi mumkin. |
146-modda. Xizmat boʻyicha cheklash tariqasidagi jazo ijrosini tugatish | 146-modda. Xizmat boʻyicha cheklash tariqasidagi jazo ijrosini tugatish |
Xizmat boʻyicha cheklash muddati tugashidan kamida uch kun oldin komandir (boshliq) jazo ijrosi tugatiladigan sanani koʻrsatib buyruq chiqaradi. | Xizmat boʻyicha cheklash muddati tugashidan kamida uch kun oldin komandir (boshliq) jazo ijrosi tugatiladigan sanani koʻrsatib buyruq chiqaradi. |
Buyruq nusxasi hukm chiqargan sudga yuboriladi. | Buyruq nusxasi hukm chiqargan sudga yuboriladi. |
147-modda. Harbiy xizmatdan boʻshatilganda jazoni almashtirish | 147-modda. Harbiy xizmatdan boʻshatilganda jazoni almashtirish |
Xizmat boʻyicha cheklashga hukm qilingan shaxs hukmda belgilangan jazo muddati tugaguniga qadar qonunchilikda nazarda tutilgan asoslarda harbiy xizmatdan boʻshatilishi mumkin. Bunday holda komandir (boshliq) jazo muddatining oʻtalmay qolgan qismini boshqa jazo bilan almashtirish yoki jazodan ozod qilish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun materiallarni sudga taqdim etadi. | Xizmat boʻyicha cheklashga hukm qilingan shaxs hukmda belgilangan jazo muddati tugaguniga qadar qonunchilikda nazarda tutilgan asoslarda harbiy xizmatdan boʻshatilishi mumkin. Bunday holda komandir (boshliq) jazo muddatining oʻtalmay qolgan qismini boshqa jazo bilan almashtirish yoki jazodan ozod qilish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun materiallarni sudga taqdim etadi. |
26-BOB. INTIZOMIY QISMGA JOʻNATISH TARIQASIDAGI JAZONI IJRO ETISH | 26-BOB. INTIZOMIY QISMGA JOʻNATISH TARIQASIDAGI JAZONI IJRO ETISH |
149-modda. Jazoni ijro etish tartibi | 149-modda. Jazoni ijro etish tartibi |
Intizomiy qismga joʻnatish tariqasidagi jazo Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining shunga maxsus moʻljallangan harbiy qismlari (intizomiy qism) tomonidan ijro etiladi. | Intizomiy qismga joʻnatish tariqasidagi jazo Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining shunga maxsus moʻljallangan harbiy qismlari (intizomiy qism) tomonidan ijro etiladi. |
Mahkumlarni intizomiy qismga joʻnatish va bu qismlarda qabul qilib olish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | Mahkumlarni intizomiy qismga joʻnatish va bu qismlarda qabul qilib olish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. |
Jazoni intizomiy qismda oʻtash davrida barcha mahkumlar, harbiy unvonlari, lavozimlari va avvalgi xizmatlari xususiyatidan qatʼi nazar, soldatlar (matroslar) holatida boʻladilar hamda belgilangan koʻrinishdagi kiyimda yuradilar va tafovut belgilarini taqadilar. | Jazoni intizomiy qismda oʻtash davrida barcha mahkumlar, harbiy unvonlari, lavozimlari va avvalgi xizmatlari xususiyatidan qatʼi nazar, soldatlar (matroslar) holatida boʻladilar hamda belgilangan koʻrinishdagi kiyimda yuradilar va tafovut belgilarini taqadilar. |
Intizomiy qismda jazoni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar mahkumlar uchun ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilab qoʻyilgan rejim talablariga rioya etishlari shart. | Intizomiy qismda jazoni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar mahkumlar uchun ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilab qoʻyilgan rejim talablariga rioya etishlari shart. |
150-modda. Moddiy-maishiy taʼminot va tibbiy xizmat koʻrsatish | 150-modda. Moddiy-maishiy taʼminot va tibbiy xizmat koʻrsatish |
Mahkumlarga intizomiy qismda harbiy ustavlar talablariga muvofiq maishiy-yashash sharoiti yaratib beriladi. | Mahkumlarga intizomiy qismda harbiy ustavlar talablariga muvofiq maishiy-yashash sharoiti yaratib beriladi. |
Mahkumlarni oziq-ovqat, ust-bosh va boshqa narsalar bilan taʼminlash, shuningdek ularga tibbiy xizmat koʻrsatish harbiy ustavlar talablariga muvofiq muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilari uchun belgilangan norma asosida amalga oshiriladi. | Mahkumlarni oziq-ovqat, ust-bosh va boshqa narsalar bilan taʼminlash, shuningdek ularga tibbiy xizmat koʻrsatish harbiy ustavlar talablariga muvofiq muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilari uchun belgilangan norma asosida amalga oshiriladi. |
Kasalxona sharoitida tibbiy yordam olishga muhtoj mahkumlar, davolanish uchun soqchi nazorati ostida gospitalga joʻnatiladi va maxsus jihozlangan palatalarda saqlanadi. | Kasalxona sharoitida tibbiy yordam olishga muhtoj mahkumlar, davolanish uchun soqchi nazorati ostida gospitalga joʻnatiladi va maxsus jihozlangan palatalarda saqlanadi. |
Mahkumlarning shaxsiy hisobvaragʻiga har oyda muddatli harbiy xizmat soldatlari va matroslari uchun belgilangan taʼminot puli oʻtkazib boriladi. | Mahkumlarning shaxsiy hisobvaragʻiga har oyda muddatli harbiy xizmat soldatlari va matroslari uchun belgilangan taʼminot puli oʻtkazib boriladi. |
Mahkumlar oʻz yonida saqlashi, pul oʻtkazish yoʻli bilan sotib olishi yoki posilka, yoʻqlov va banderollar ichida olishi mumkin boʻlgan eng zarur narsalar va oziq-ovqat mahsulotlari roʻyxati qonunchilik bilan belgilanadi. | Mahkumlar oʻz yonida saqlashi, pul oʻtkazish yoʻli bilan sotib olishi yoki posilka, yoʻqlov va banderollar ichida olishi mumkin boʻlgan eng zarur narsalar va oziq-ovqat mahsulotlari roʻyxati qonunchilik bilan belgilanadi. |
151-modda. Mahkumlarning uchrashuvlari | 151-modda. Mahkumlarning uchrashuvlari |
Intizomiy qismda mahkumlar qisqa va uzoq muddatli uchrashuvlar olish huquqiga ega. | Intizomiy qismda mahkumlar qisqa va uzoq muddatli uchrashuvlar olish huquqiga ega. |
Mahkumlarning qarindoshlari va boshqa shaxslar bilan qisqa muddatli uchrashuvi oyda bir marta toʻrt soatgacha boʻlgan muddatda beriladi. Bunday uchrashuvlar ishdan va mashgʻulotlardan boʻsh vaqtda, maxsus jihozlangan xonada, intizomiy qism vakili kuzatuvi ostida oʻtkaziladi. | Mahkumlarning qarindoshlari va boshqa shaxslar bilan qisqa muddatli uchrashuvi oyda bir marta toʻrt soatgacha boʻlgan muddatda beriladi. Bunday uchrashuvlar ishdan va mashgʻulotlardan boʻsh vaqtda, maxsus jihozlangan xonada, intizomiy qism vakili kuzatuvi ostida oʻtkaziladi. |
Mahkumlarning yaqin qarindoshlari bilan uzoq muddatli uchrashuvlari yiliga uch marta uch sutkagacha boʻlgan muddatda beriladi. Bunday uchrashuvlar intizomiy qismning maxsus jihozlangan binosida yoki qism komandirining ruxsati bilan intizomiy qism hududidan tashqarida oʻtkaziladi. Uzoq muddatli uchrashuv vaqtida mahkumlar ishdan va mashgʻulotlardan ozod qilinadi. | Mahkumlarning yaqin qarindoshlari bilan uzoq muddatli uchrashuvlari yiliga uch marta uch sutkagacha boʻlgan muddatda beriladi. Bunday uchrashuvlar intizomiy qismning maxsus jihozlangan binosida yoki qism komandirining ruxsati bilan intizomiy qism hududidan tashqarida oʻtkaziladi. Uzoq muddatli uchrashuv vaqtida mahkumlar ishdan va mashgʻulotlardan ozod qilinadi. |
Mahkumning iltimosiga koʻra uchrashuv telefon orqali soʻzlashuv bilan almashtirilishi mumkin. | Mahkumning iltimosiga koʻra uchrashuv telefon orqali soʻzlashuv bilan almashtirilishi mumkin. |
Uchrashuvlar va telefon orqali soʻzlashuvlar berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi. | Uchrashuvlar va telefon orqali soʻzlashuvlar berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi. |
152-modda. Mahkumlarning posilkalar, yoʻqlovlar, banderollar va pul joʻnatmalari olishi hamda yuborishi | 152-modda. Mahkumlarning posilkalar, yoʻqlovlar, banderollar va pul joʻnatmalari olishi hamda yuborishi |
Intizomiy qismda mahkumlar har oyda bitta posilka yoki yoʻqlov va cheklanmagan miqdorda banderollar olish huquqiga ega. | Intizomiy qismda mahkumlar har oyda bitta posilka yoki yoʻqlov va cheklanmagan miqdorda banderollar olish huquqiga ega. |
Oʻz nomiga kelgan posilka, yoʻqlov va banderollarni mahkumlarning oʻzi intizomiy qism vakili nazorati ostida ochadi. Foydalanish taqiqlangan narsalar va buyumlar belgilangan tartibda olib qoʻyiladi. | Oʻz nomiga kelgan posilka, yoʻqlov va banderollarni mahkumlarning oʻzi intizomiy qism vakili nazorati ostida ochadi. Foydalanish taqiqlangan narsalar va buyumlar belgilangan tartibda olib qoʻyiladi. |
Mahkumlar nomiga kelgan pullar ularning shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkazilib, bu haqda ularga xabar qilinadi. | Mahkumlar nomiga kelgan pullar ularning shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkazilib, bu haqda ularga xabar qilinadi. |
Mahkumlar posilka, yoʻqlov, banderollar va pul joʻnatmalarini cheklanmagan miqdorda yuborishlari mumkin. | Mahkumlar posilka, yoʻqlov, banderollar va pul joʻnatmalarini cheklanmagan miqdorda yuborishlari mumkin. |
Posilka, yoʻqlov, banderollar va pul joʻnatmalarini olish hamda yuborish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi. | Posilka, yoʻqlov, banderollar va pul joʻnatmalarini olish hamda yuborish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi. |
153-modda. Mahkumlarning yozishmalari | 153-modda. Mahkumlarning yozishmalari |
Intizomiy qismda mahkumlar cheklanmagan miqdorda xat va telegrammalar olishi hamda joʻnatishi mumkin. | Intizomiy qismda mahkumlar cheklanmagan miqdorda xat va telegrammalar olishi hamda joʻnatishi mumkin. |
Oʻz nomiga kelgan xatlarni mahkumlarning oʻzi intizomiy qism vakili nazorati ostida ochadi. Xat ichidagi taqiqlangan narsalar olib qoʻyiladi va ular yuzasidan belgilangan tartibda chora koʻriladi. Xatlar va telegrammalarning mazmuni tekshirilmaydi. | Oʻz nomiga kelgan xatlarni mahkumlarning oʻzi intizomiy qism vakili nazorati ostida ochadi. Xat ichidagi taqiqlangan narsalar olib qoʻyiladi va ular yuzasidan belgilangan tartibda chora koʻriladi. Xatlar va telegrammalarning mazmuni tekshirilmaydi. |
Mahkumlar joʻnatadigan xatlarni ochish taqiqlanadi. | Mahkumlar joʻnatadigan xatlarni ochish taqiqlanadi. |
154-modda. Mahkumlarning taʼtillari | 154-modda. Mahkumlarning taʼtillari |
Intizomiy qismda mahkumlarga muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilari uchun qonunchilikda nazarda tutilgan taʼtillar berilmaydi. | Intizomiy qismda mahkumlarga muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilari uchun qonunchilikda nazarda tutilgan taʼtillar berilmaydi. |
Harbiy xizmatchilarga alohida hollar (yaqin qarindoshining vafoti yoki hayotiga tahdid soluvchi ogʻir kasalligi, mahkumga yoki uning oilasiga jiddiy moddiy zarar yetkazgan voqealar) munosabati bilan borish-kelish uchun ketadigan vaqtni hisobga olmaganda, intizomiy qism doirasidan chetga chiqish huquqini beradigan qisqa muddatli — yetti sutkagacha taʼtil berilishi mumkin. Mahkumning qisqa muddatli taʼtilda boʻlish vaqti jazoni oʻtash muddatiga qoʻshiladi. | Harbiy xizmatchilarga alohida hollar (yaqin qarindoshining vafoti yoki hayotiga tahdid soluvchi ogʻir kasalligi, mahkumga yoki uning oilasiga jiddiy moddiy zarar yetkazgan voqealar) munosabati bilan borish-kelish uchun ketadigan vaqtni hisobga olmaganda, intizomiy qism doirasidan chetga chiqish huquqini beradigan qisqa muddatli — yetti sutkagacha taʼtil berilishi mumkin. Mahkumning qisqa muddatli taʼtilda boʻlish vaqti jazoni oʻtash muddatiga qoʻshiladi. |
155-modda. Mahkumlarning mehnati | 155-modda. Mahkumlarning mehnati |
Intizomiy qismda mahkumlar qonunchilikda belgilangan tartibda mehnatga jalb etiladilar. | Intizomiy qismda mahkumlar qonunchilikda belgilangan tartibda mehnatga jalb etiladilar. |
156-modda. Mahkumlarning tarbiyasi va taʼlimi | 156-modda. Mahkumlarning tarbiyasi va taʼlimi |
Intizomiy qismda mahkumlar tarbiyasi va taʼlimi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan tasdiqlangan maxsus dastur asosida tashkil etiladi va oʻtkaziladi. | Intizomiy qismda mahkumlar tarbiyasi va taʼlimi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan tasdiqlangan maxsus dastur asosida tashkil etiladi va oʻtkaziladi. |
157-modda. Ragʻbatlantirish choralari | 157-modda. Ragʻbatlantirish choralari |
Intizomiy qismda mahkumlarga quyidagi ragʻbatlantirish choralari qoʻllaniladi: | Intizomiy qismda mahkumlarga quyidagi ragʻbatlantirish choralari qoʻllaniladi: |
tashakkur eʼlon qilish; | tashakkur eʼlon qilish; |
ilgari qoʻllanilgan intizomiy jazo chorasini olib tashlash; | ilgari qoʻllanilgan intizomiy jazo chorasini olib tashlash; |
qoʻshimcha ravishda bir marta uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv huquqini berish. | qoʻshimcha ravishda bir marta uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv huquqini berish. |
Yaxshi xulq-atvori hamda mehnatga va harbiy xizmatga vijdonan munosabati uchun mahkumlar, sud tomonidan tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini oʻtaganlaridan soʻng, intizomiy qism komandirining buyrugʻi bilan axloqan tuzalayotganlar qatoriga qoʻshiladi. | Yaxshi xulq-atvori hamda mehnatga va harbiy xizmatga vijdonan munosabati uchun mahkumlar, sud tomonidan tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini oʻtaganlaridan soʻng, intizomiy qism komandirining buyrugʻi bilan axloqan tuzalayotganlar qatoriga qoʻshiladi. |
Axloqan tuzalayotganlar qatoriga qoʻshilgan mahkumlar jazo muddatining kamida yarmini oʻtaganlaridan keyin qonunda belgilangan tartibda jazodan muddatidan oldin shartli ozod qilishga taqdim etiladi. | Axloqan tuzalayotganlar qatoriga qoʻshilgan mahkumlar jazo muddatining kamida yarmini oʻtaganlaridan keyin qonunda belgilangan tartibda jazodan muddatidan oldin shartli ozod qilishga taqdim etiladi. |
158-modda. Intizomiy jazo choralari | 158-modda. Intizomiy jazo choralari |
Intizomiy qismda mahkumlarga quyidagi intizomiy jazo choralari qoʻllaniladi: | Intizomiy qismda mahkumlarga quyidagi intizomiy jazo choralari qoʻllaniladi: |
hayfsan; | hayfsan; |
qattiq hayfsan; | qattiq hayfsan; |
navbatdan tashqari beshtagacha naryadga tayinlash; | navbatdan tashqari beshtagacha naryadga tayinlash; |
oʻn besh sutkaga qadar gauptvaxtaga joylashtirish; | oʻn besh sutkaga qadar gauptvaxtaga joylashtirish; |
axloqan tuzalayotganlar qatoridan chiqarish. | axloqan tuzalayotganlar qatoridan chiqarish. |
159-modda. Ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralarini qoʻllash tartibi | 159-modda. Ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralarini qoʻllash tartibi |
Intizomiy qismda mahkumlarga nisbatan ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralarini qoʻllash tartibi qonunchilik bilan belgilab qoʻyiladi. | Intizomiy qismda mahkumlarga nisbatan ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralarini qoʻllash tartibi qonunchilik bilan belgilab qoʻyiladi. |
160-modda. Jazoni oʻtash vaqtini harbiy xizmat muddatiga qoʻshib hisoblash | 160-modda. Jazoni oʻtash vaqtini harbiy xizmat muddatiga qoʻshib hisoblash |
Intizomiy qismda mahkumlarning jazoni oʻtash vaqti harbiy xizmat muddatiga qoʻshilmaydi. | Intizomiy qismda mahkumlarning jazoni oʻtash vaqti harbiy xizmat muddatiga qoʻshilmaydi. |
Intizomiy qismda saqlash vaqtini harbiy xizmat muddatiga qoʻshib hisoblash toʻgʻrisidagi iltimosnoma sud tomonidan Jinoyat-protsessual kodeksining 546-moddasiga muvofiq koʻrib chiqiladi. | Intizomiy qismda saqlash vaqtini harbiy xizmat muddatiga qoʻshib hisoblash toʻgʻrisidagi iltimosnoma sud tomonidan Jinoyat-protsessual kodeksining 546-moddasiga muvofiq koʻrib chiqiladi. |
VII BOʻLIM. QOʻSHIMCHA JAZOLARNI IJRO ETISH | VII BOʻLIM. QOʻSHIMCHA JAZOLARNI IJRO ETISH |
27-BOB. QOʻSHIMCHA JAZOLARNI IJRO ETISH TARTIBI VA SHARTLARI | 27-BOB. QOʻSHIMCHA JAZOLARNI IJRO ETISH TARTIBI VA SHARTLARI |
161-modda. Harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish tartibi | 161-modda. Harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish tartibi |
Mahkumni harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish toʻgʻrisida hukm chiqargan sud hukmning nusxasini shu unvonni bergan organga yuboradi. Zaxiradagi harbiy xizmatchiga taalluqli hukm nusxasi uning yashash joyidagi mudofaa ishlari boʻlimiga yuboriladi. | Mahkumni harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish toʻgʻrisida hukm chiqargan sud hukmning nusxasini shu unvonni bergan organga yuboradi. Zaxiradagi harbiy xizmatchiga taalluqli hukm nusxasi uning yashash joyidagi mudofaa ishlari boʻlimiga yuboriladi. |
Unvon bergan organning mansabdor shaxsi mahkumni unvondan mahrum qilish toʻgʻrisidagi yozuvni belgilangan tartibda tegishli hujjatlarga kiritadi, bu unvon bilan bogʻliq huquq va imtiyozlarni tugatish choralarini koʻradi hamda hukm chiqargan sudga hukmning nusxasi olingan kundan boshlab bir oylik muddat ichida uning ijro etilganligi haqida xabar qiladi. | Unvon bergan organning mansabdor shaxsi mahkumni unvondan mahrum qilish toʻgʻrisidagi yozuvni belgilangan tartibda tegishli hujjatlarga kiritadi, bu unvon bilan bogʻliq huquq va imtiyozlarni tugatish choralarini koʻradi hamda hukm chiqargan sudga hukmning nusxasi olingan kundan boshlab bir oylik muddat ichida uning ijro etilganligi haqida xabar qiladi. |
VIII BOʻLIM. JAZONI OʻTASHDAN OZOD QILISH | VIII BOʻLIM. JAZONI OʻTASHDAN OZOD QILISH |
28-BOB. JAZONI OʻTASHDAN MUDDATIDAN ILGARI OZOD QILISH | 28-BOB. JAZONI OʻTASHDAN MUDDATIDAN ILGARI OZOD QILISH |
163-modda. Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari ozod qilish hollari | 163-modda. Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari ozod qilish hollari |
Sud tomonidan tayinlangan jazo muddati tugagunga qadar mahkum quyidagi hollarda jazoni oʻtashdan ozod qilinishi mumkin: | Sud tomonidan tayinlangan jazo muddati tugagunga qadar mahkum quyidagi hollarda jazoni oʻtashdan ozod qilinishi mumkin: |
muddatidan ilgari shartli ozod qilinganda; | muddatidan ilgari shartli ozod qilinganda; |
jazo yengilrogʻi bilan almashtirilganda; | jazo yengilrogʻi bilan almashtirilganda; |
kasalligi yoki mehnat qobiliyatini yoʻqotganligi tufayli; | kasalligi yoki mehnat qobiliyatini yoʻqotganligi tufayli; |
amnistiya yoki avf etilganligi tufayli. | amnistiya yoki avf etilganligi tufayli. |
164-modda. Mahkumlarni muddatidan ilgari shartli ozod qilishga, shuningdek jazoni yengilrogʻi bilan almashtirishga taqdim etish tartibi | 164-modda. Mahkumlarni muddatidan ilgari shartli ozod qilishga, shuningdek jazoni yengilrogʻi bilan almashtirishga taqdim etish tartibi |
Jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish, shuningdek jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish sud tomonidan Jinoyat-protsessual kodeksining 536-moddasida belgilangan tartibda qoʻllaniladi. | Jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish, shuningdek jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish sud tomonidan Jinoyat-protsessual kodeksining 536-moddasida belgilangan tartibda qoʻllaniladi. |
Mahkum jazo muddatining Jinoyat kodeksi 73, 74, 89 va 90-moddalarida belgilangan qismini oʻtab boʻlganidan soʻng bir oylik muddat ichida jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ maʼmuriyati uni jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoning oʻtalmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirishga taqdim etish masalasini agar mahkum yoki uning advokati tegishli iltimosnoma bilan sudga bevosita murojaat etmagan boʻlsa koʻrib chiqishi hamda taqdim qilish yoki rad etish haqida qaror chiqarishi shart. | Mahkum jazo muddatining Jinoyat kodeksi 73, 74, 89 va 90-moddalarida belgilangan qismini oʻtab boʻlganidan soʻng bir oylik muddat ichida jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ maʼmuriyati uni jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoning oʻtalmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirishga taqdim etish masalasini agar mahkum yoki uning advokati tegishli iltimosnoma bilan sudga bevosita murojaat etmagan boʻlsa koʻrib chiqishi hamda taqdim qilish yoki rad etish haqida qaror chiqarishi shart. |
Maʼmuriyat mahkumni jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilishga yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirishga taqdim etishni rad etgan taqdirda mahkum yoki uning advokati sudga tegishli iltimosnoma bilan murojaat etishga haqli. | Maʼmuriyat mahkumni jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilishga yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirishga taqdim etishni rad etgan taqdirda mahkum yoki uning advokati sudga tegishli iltimosnoma bilan murojaat etishga haqli. |
Mahkumni jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilishga yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirishga taqdim etish masalasini maʼmuriyat tomonidan qayta koʻrib chiqish jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatining yoki jazoni ijro etuvchi organning jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilishni yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirishni rad etish haqidagi qarori chiqarilgan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach, basharti mahkum tuzalish yoʻliga oʻtgan boʻlsa, amalga oshiriladi. | Mahkumni jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilishga yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirishga taqdim etish masalasini maʼmuriyat tomonidan qayta koʻrib chiqish jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatining yoki jazoni ijro etuvchi organning jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilishni yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirishni rad etish haqidagi qarori chiqarilgan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach, basharti mahkum tuzalish yoʻliga oʻtgan boʻlsa, amalga oshiriladi. |
Muayyan huquqdan mahrum etish tariqasidagi jazodan ozod qilish jamoat birlashmasi, jamoa, mahkumning oʻzi yoki uning himoyachisi iltimosnomasiga binoan sud tomonidan amalga oshiriladi. | Muayyan huquqdan mahrum etish tariqasidagi jazodan ozod qilish jamoat birlashmasi, jamoa, mahkumning oʻzi yoki uning himoyachisi iltimosnomasiga binoan sud tomonidan amalga oshiriladi. |
Sud jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirishni rad etgan taqdirda, bu haqda ajrim chiqqan kundan boshlab kamida olti oy oʻtganidan keyin taqdimnoma takroran kiritilishi yoki iltimosnoma takroran berilishi mumkin. | Sud jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirishni rad etgan taqdirda, bu haqda ajrim chiqqan kundan boshlab kamida olti oy oʻtganidan keyin taqdimnoma takroran kiritilishi yoki iltimosnoma takroran berilishi mumkin. |
1641-modda. Jazoni oʻtash muddatini mahkum tuzalish yoʻliga oʻtganligi munosabati bilan qisqartirishga taqdim etish tartibi Jinoyat kodeksi 73-moddasining toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan mahkumning (bundan umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilganlar mustasno) ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni oʻtash davrida kitob oʻqiganligi faktini aniqlash uning jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatiga bergan arizasiga asosan, jazoni ijro etish muassasasi xodimlaridan, shuningdek jamoatchilik vakillaridan iborat komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Komissiya tarkibiga jamoatchilik vakillaridan, qoida tariqasida, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, jamoat tashkilotlarining hayotiy tajribaga va aholi oʻrtasida obroʻ-eʼtiborga ega boʻlgan vakillari kiradi. Komissiya yigʻilishi yiliga kamida ikki marta oʻtkaziladi. Imtihon natijalari boʻyicha komissiya tomonidan mahkumning kitob oʻqiganligi faktini tasdiqlash haqida xulosa qabul qilinadi. Komissiya xulosasi mahkumning shaxsiy yigʻmajildiga qoʻshib qoʻyiladi. Xulosaning koʻchirma nusxasi prokurorga yuboriladi, mahkumga imzo qoʻydirib topshiriladi, shuningdek mahkumning himoyachisiga uning soʻroviga koʻra beriladi. Mahkumning kitob oʻqiganligi faktini tasdiqlash haqida xulosa qabul qilinganda jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyati sudga jazoni oʻtash muddatini mahkum tuzalish yoʻliga oʻtganligi munosabati bilan qisqartirish toʻgʻrisida taqdimnoma yuboradi. Mahkum yoki uning himoyachisi komissiya xulosasidan norozi boʻlgan taqdirda iltimosnoma bilan sudga murojaat qilishga haqli. Mahkum tuzalish yoʻliga oʻtganligi munosabati bilan uning jazoni oʻtash muddatini qisqartirish Jinoyat-protsessual kodeksining 5362-moddasida belgilangan tartibda sud tomonidan amalga oshiriladi. Komissiyaning faoliyatini tashkil etish, shuningdek mahkumni imtihondan oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | |
165-modda. Kasallik tufayli yoki mehnat qobiliyatini yoʻqotganlik oqibatida jazodan ozod qilishga taqdim etish tartibi | 165-modda. Kasallik tufayli yoki mehnat qobiliyatini yoʻqotganlik oqibatida jazodan ozod qilishga taqdim etish tartibi |
Jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ maʼmuriyati Jinoyat kodeksining 75-moddasida nazarda tutilgan hollarda mahkumni jazoni oʻtashni davom ettirishdan ozod qilish toʻgʻrisida sudga taqdimnoma kiritadi. Ayni bir vaqtda sudga tibbiy komissiya xulosasi va mahkumning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildi yuboriladi. | Jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ maʼmuriyati Jinoyat kodeksining 75-moddasida nazarda tutilgan hollarda mahkumni jazoni oʻtashni davom ettirishdan ozod qilish toʻgʻrisida sudga taqdimnoma kiritadi. Ayni bir vaqtda sudga tibbiy komissiya xulosasi va mahkumning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildi yuboriladi. |
Mahkumni ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazodan kasalligi tufayli ozod qilish toʻgʻrisidagi taqdimnoma Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining maxsus tibbiy komissiyasi xulosasi asosida kiritiladi. Bunday kasalliklar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. | Mahkumni ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazodan kasalligi tufayli ozod qilish toʻgʻrisidagi taqdimnoma Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining maxsus tibbiy komissiyasi xulosasi asosida kiritiladi. Bunday kasalliklar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. |
Mahkumni axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazodan mehnat qobiliyatini yoʻqotganligi oqibatida ozod qilish toʻgʻrisidagi taqdimnoma tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi xulosasi asosida kiritiladi. | Mahkumni axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazodan mehnat qobiliyatini yoʻqotganligi oqibatida ozod qilish toʻgʻrisidagi taqdimnoma tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi xulosasi asosida kiritiladi. |
Jazoni oʻtash davrida homiladorlik va tugʻish taʼtili berilgan ayollarni jazodan ozod qilish toʻgʻrisidagi taqdimnoma bunday taʼtil huquqini beruvchi tibbiy hujjat asosida kiritiladi. | Jazoni oʻtash davrida homiladorlik va tugʻish taʼtili berilgan ayollarni jazodan ozod qilish toʻgʻrisidagi taqdimnoma bunday taʼtil huquqini beruvchi tibbiy hujjat asosida kiritiladi. |
Harbiy xizmatchilarni intizomiy qismga joʻnatish yoki xizmat boʻyicha cheklash tariqasidagi jazoni oʻtashdan ozod qilish toʻgʻrisidagi taqdimnoma tegishli harbiy-tibbiy komissiyaning ularni harbiy xizmatga yaroqsiz deb topish haqidagi xulosasi asosida kiritiladi. Ayol harbiy xizmatchilar xizmat boʻyicha cheklash tariqasidagi jazoni oʻtashdan homiladorlik va tugʻish taʼtili berilishi munosabati bilan ham ozod qilinadilar. | Harbiy xizmatchilarni intizomiy qismga joʻnatish yoki xizmat boʻyicha cheklash tariqasidagi jazoni oʻtashdan ozod qilish toʻgʻrisidagi taqdimnoma tegishli harbiy-tibbiy komissiyaning ularni harbiy xizmatga yaroqsiz deb topish haqidagi xulosasi asosida kiritiladi. Ayol harbiy xizmatchilar xizmat boʻyicha cheklash tariqasidagi jazoni oʻtashdan homiladorlik va tugʻish taʼtili berilishi munosabati bilan ham ozod qilinadilar. |
166-modda. Jazodan amnistiya yoki avf akti asosida ozod qilish tartibi | 166-modda. Jazodan amnistiya yoki avf akti asosida ozod qilish tartibi |
Jazodan amnistiya yoki avf akti asosida ozod qilish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi. | Jazodan amnistiya yoki avf akti asosida ozod qilish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi. |
Jazoni ijro etish muassasasining yoki jazoni ijro etuvchi boshqa organning maʼmuriyati tegishli asos boʻlgan taqdirda, mahkumga nisbatan amnistiya aktini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnomani sudga kiritish haqida prokurorga taqdimnoma yuborishi shart. Mahkumlarga nisbatan amnistiya aktini qoʻllash Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. | Jazoni ijro etish muassasasining yoki jazoni ijro etuvchi boshqa organning maʼmuriyati tegishli asos boʻlgan taqdirda, mahkumga nisbatan amnistiya aktini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnomani sudga kiritish haqida prokurorga taqdimnoma yuborishi shart. Mahkumlarga nisbatan amnistiya aktini qoʻllash Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. |
29-BOB. JAZO IJROSINI TUGATISH | 29-BOB. JAZO IJROSINI TUGATISH |
167-modda. Jazo ijrosini tugatish asoslari | 167-modda. Jazo ijrosini tugatish asoslari |
Quyidagilar jazo ijrosini tugatish uchun asos boʻladi: | Quyidagilar jazo ijrosini tugatish uchun asos boʻladi: |
mahkumning sud tayinlagan jazo muddatini oʻtab boʻlishi; | mahkumning sud tayinlagan jazo muddatini oʻtab boʻlishi; |
ushbu Kodeksning 163-moddasida nazarda tutilgan hollarda mahkumning jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari ozod qilinishi; | ushbu Kodeksning 163-moddasida nazarda tutilgan hollarda mahkumning jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari ozod qilinishi; |
sud hukmining bekor boʻlishi va ish yuritishning tugatilishi; | sud hukmining bekor boʻlishi va ish yuritishning tugatilishi; |
hukmning kassatsiya, taftish tartibida oʻzgartirilishi va jazoning shartli hukm bilan almashtirilishi; | hukmning kassatsiya, taftish tartibida oʻzgartirilishi va jazoning shartli hukm bilan almashtirilishi; |
mahkumning vafoti. | mahkumning vafoti. |
168-modda. Jazo ijrosini tugatish vaqti | 168-modda. Jazo ijrosini tugatish vaqti |
Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari, xizmat boʻyicha cheklash, ozodlikni cheklash, intizomiy qismga joʻnatish, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoning ijrosi mazkur jazo muddatiga qonunchilikka muvofiq kiritilishi mumkin boʻlgan oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda bu muddatning oxirgi kuni tugatiladi. | Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari, xizmat boʻyicha cheklash, ozodlikni cheklash, intizomiy qismga joʻnatish, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoning ijrosi mazkur jazo muddatiga qonunchilikka muvofiq kiritilishi mumkin boʻlgan oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda bu muddatning oxirgi kuni tugatiladi. |
Agar jazo muddati dam olish yoki bayram kuni tugaydigan boʻlsa, mahkum ushbu dam olish yoki bayram kunidan bir kun oldin ozod qilinadi. Muddat oylar bilan hisoblangan taqdirda bu muddat keyingi oyning tegishli kuni, agar mazkur oyda shunday kun boʻlmasa — shu oyning oxirgi kuni tugaydi. | Agar jazo muddati dam olish yoki bayram kuni tugaydigan boʻlsa, mahkum ushbu dam olish yoki bayram kunidan bir kun oldin ozod qilinadi. Muddat oylar bilan hisoblangan taqdirda bu muddat keyingi oyning tegishli kuni, agar mazkur oyda shunday kun boʻlmasa — shu oyning oxirgi kuni tugaydi. |
Jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ maʼmuriyati mahkumni muddatidan ilgari ozod qilish toʻgʻrisidagi hujjatlarni ish kuni tugaguniga qadar olgan boʻlsa, shu zahoti, ish kuni tugaganidan keyin olgan boʻlsa, ertasi kuni ertalab ijro etadi. | Jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ maʼmuriyati mahkumni muddatidan ilgari ozod qilish toʻgʻrisidagi hujjatlarni ish kuni tugaguniga qadar olgan boʻlsa, shu zahoti, ish kuni tugaganidan keyin olgan boʻlsa, ertasi kuni ertalab ijro etadi. |
169-modda. Hisob-kitob tartibi, hujjatlarni va shaxsiy buyumlarni berish | 169-modda. Hisob-kitob tartibi, hujjatlarni va shaxsiy buyumlarni berish |
Axloq tuzatish ishlari muddati tugayotgan kuni probatsiya boʻlinmasi jazoni oʻtagan shaxsni va u ishlayotgan korxona, muassasa yoki tashkilot maʼmuriyatini ish haqidan chegirib qolishni tugatish va boshqa cheklashlarni olib tashlash toʻgʻrisida xabardor qiladi. | Axloq tuzatish ishlari muddati tugayotgan kuni probatsiya boʻlinmasi jazoni oʻtagan shaxsni va u ishlayotgan korxona, muassasa yoki tashkilot maʼmuriyatini ish haqidan chegirib qolishni tugatish va boshqa cheklashlarni olib tashlash toʻgʻrisida xabardor qiladi. |
Jazoni ijro etish muassasasi ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar ozod etilayotganda ular bilan toʻla hisob-kitob qiladi, ularning shaxsiy hujjatlari, buyumlari va boshqa qimmatli narsalarini, shuningdek shaxsiy hisobvaraqlarida turgan pullarini qaytarib beradi hamda jazoni oʻtab boʻlganlik yoki jazodan ozod qilinganlik toʻgʻrisida belgilangan namunada maʼlumotnoma beradi. | Jazoni ijro etish muassasasi ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar ozod etilayotganda ular bilan toʻla hisob-kitob qiladi, ularning shaxsiy hujjatlari, buyumlari va boshqa qimmatli narsalarini, shuningdek shaxsiy hisobvaraqlarida turgan pullarini qaytarib beradi hamda jazoni oʻtab boʻlganlik yoki jazodan ozod qilinganlik toʻgʻrisida belgilangan namunada maʼlumotnoma beradi. |
Sil kasalligiga duchor boʻlgan shaxslarning ozod qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarga belgilangan namunadagi shtamp qoʻyiladi. | Sil kasalligiga duchor boʻlgan shaxslarning ozod qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarga belgilangan namunadagi shtamp qoʻyiladi. |
170-modda. Mahkum vafot etganligi munosabati bilan jazo ijrosini tugatish tartibi | 170-modda. Mahkum vafot etganligi munosabati bilan jazo ijrosini tugatish tartibi |
Mahkum vafot etgan taqdirda jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyati bu haqda zudlik bilan marhumning yaqin qarindoshlaridan biriga telegraf orqali xabar qiladi. | Mahkum vafot etgan taqdirda jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyati bu haqda zudlik bilan marhumning yaqin qarindoshlaridan biriga telegraf orqali xabar qiladi. |
Marhumning jasadi qarindoshlariga qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda beriladi. | Marhumning jasadi qarindoshlariga qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda beriladi. |
Mahkumning qarindoshlaridan jasadni berish toʻgʻrisida ariza tushmagan taqdirda, muassasa maʼmuriyati marhumni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilab qoʻyilgan tartibda dafn etadi. | Mahkumning qarindoshlaridan jasadni berish toʻgʻrisida ariza tushmagan taqdirda, muassasa maʼmuriyati marhumni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilab qoʻyilgan tartibda dafn etadi. |
30-BOB. JAZONI IJRO ETISH MUASSASALARIDAN OZOD QILISH TARTIBI | 30-BOB. JAZONI IJRO ETISH MUASSASALARIDAN OZOD QILISH TARTIBI |
171-modda. Mahkumlarni ozod qilishga tayyorlash | 171-modda. Mahkumlarni ozod qilishga tayyorlash |
Jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyati ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxsning jazoni oʻtash muddati tugashiga uzogʻi bilan uch oy qolganda uni ozodlikka chiqarishga tayyorlash, mehnat va turmushda oʻrnashishga boʻlgan ehtiyojini aniqlash, uning muassasadan ozod boʻlgandan keyingi huquqlari va majburiyatlarini tushuntirish maqsadida mahkum bilan tarbiyaviy ish olib boradi. | Jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyati ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxsning jazoni oʻtash muddati tugashiga uzogʻi bilan uch oy qolganda uni ozodlikka chiqarishga tayyorlash, mehnat va turmushda oʻrnashishga boʻlgan ehtiyojini aniqlash, uning muassasadan ozod boʻlgandan keyingi huquqlari va majburiyatlarini tushuntirish maqsadida mahkum bilan tarbiyaviy ish olib boradi. |
Ishda va turmushda oʻrnashishga muhtoj shaxslar aniqlangan taqdirda muassasa maʼmuriyati oldindan mahkum yashashni moʻljallayotgan joydagi ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod boʻlgan shaxslarning ijtimoiy moslashuvi markazini uning ozod qilinishi, turar joyi bor-yoʻqligi, mehnat qobiliyati va ixtisosi toʻgʻrisida xabardor etadi. | Ishda va turmushda oʻrnashishga muhtoj shaxslar aniqlangan taqdirda muassasa maʼmuriyati oldindan mahkum yashashni moʻljallayotgan joydagi ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod boʻlgan shaxslarning ijtimoiy moslashuvi markazini uning ozod qilinishi, turar joyi bor-yoʻqligi, mehnat qobiliyati va ixtisosi toʻgʻrisida xabardor etadi. |
Muassasa maʼmuriyati ayni bir vaqtda ustidan ichki ishlar organlarining maʼmuriy nazorati oʻrnatilishi zarur boʻlgan shaxslarni aniqlaydi va qonunchilikda belgilangan tartibda sudga tegishli taqdimnoma kiritadi. | Muassasa maʼmuriyati ayni bir vaqtda ustidan ichki ishlar organlarining maʼmuriy nazorati oʻrnatilishi zarur boʻlgan shaxslarni aniqlaydi va qonunchilikda belgilangan tartibda sudga tegishli taqdimnoma kiritadi. |
172-modda. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinayotgan shaxslarga moddiy yordam koʻrsatish | 172-modda. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinayotgan shaxslarga moddiy yordam koʻrsatish |
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinayotgan shaxslar yashashni moʻljallayotgan joyga yetib olishi uchun yoʻl hujjatlari, belgilangan norma boʻyicha oziq-ovqat mahsulotlari yoki pul kompensatsiyasi bilan taʼminlanadilar. | Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinayotgan shaxslar yashashni moʻljallayotgan joyga yetib olishi uchun yoʻl hujjatlari, belgilangan norma boʻyicha oziq-ovqat mahsulotlari yoki pul kompensatsiyasi bilan taʼminlanadilar. |
Ozod qilinayotgan shaxslarda mavsumiy kiyim va poyabzal, shuningdek ularni sotib olishga pul boʻlmasa, ular kiyim va poyabzal bilan bepul taʼminlanadilar. Shu maqsadlar uchun ozod qilinayotgan shaxslarga bir yoʻla toʻlanadigan pul nafaqasi berilishi mumkin. | Ozod qilinayotgan shaxslarda mavsumiy kiyim va poyabzal, shuningdek ularni sotib olishga pul boʻlmasa, ular kiyim va poyabzal bilan bepul taʼminlanadilar. Shu maqsadlar uchun ozod qilinayotgan shaxslarga bir yoʻla toʻlanadigan pul nafaqasi berilishi mumkin. |
173-modda. Mahkumlarning ozod qilinishi toʻgʻrisida xabar berish va ozod boʻlgan shaxslarni kuzatib borish | 173-modda. Mahkumlarning ozod qilinishi toʻgʻrisida xabar berish va ozod boʻlgan shaxslarni kuzatib borish |
Jazoni ijro etish muassasasining maʼmuriyati mahkumlarning ozod etilganligi toʻgʻrisida: | Jazoni ijro etish muassasasining maʼmuriyati mahkumlarning ozod etilganligi toʻgʻrisida: |
birinchi va ikkinchi guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga, homilador ayollar va yosh bolasi (bolalari) bor ayollarga, shuningdek voyaga yetmaganlarga nisbatan — ularning qarindoshlari yoki qarindoshlarining oʻrnini bosuvchi boshqa shaxslarni; | birinchi va ikkinchi guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga, homilador ayollar va yosh bolasi (bolalari) bor ayollarga, shuningdek voyaga yetmaganlarga nisbatan — ularning qarindoshlari yoki qarindoshlarining oʻrnini bosuvchi boshqa shaxslarni; |
ishga kirish va turmushini yoʻlga qoʻyishga muhtoj boʻlgan shaxslarga nisbatan — viloyatlar (tumanlar, shaharlar) hokimliklari huzuridagi ijtimoiy moslashuv markazlarini; | ishga kirish va turmushini yoʻlga qoʻyishga muhtoj boʻlgan shaxslarga nisbatan — viloyatlar (tumanlar, shaharlar) hokimliklari huzuridagi ijtimoiy moslashuv markazlarini; |
sil yoki tanosil kasalliklariga duchor boʻlgan, shuningdek alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikdan majburiy davolash kursini tugallamagan shaxslarga nisbatan — viloyat, shahar sogʻliqni saqlash boshqarmalari (boʻlimlari) yoki sogʻliqni saqlash organlarining davolash muassasalarini; | sil yoki tanosil kasalliklariga duchor boʻlgan, shuningdek alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikdan majburiy davolash kursini tugallamagan shaxslarga nisbatan — viloyat, shahar sogʻliqni saqlash boshqarmalari (boʻlimlari) yoki sogʻliqni saqlash organlarining davolash muassasalarini; |
maʼmuriy nazorat ostiga olinishi lozim boʻlgan shaxslarga nisbatan — ichki ishlar hududiy organlarini oldindan xabardor etadi. | maʼmuriy nazorat ostiga olinishi lozim boʻlgan shaxslarga nisbatan — ichki ishlar hududiy organlarini oldindan xabardor etadi. |
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan mahkumlar kasalligi yoki mehnat qobiliyatini yoʻqotganligi oqibatida, amnistiya akti yoki afv asosida ozod etilgan hollarda, shuningdek mahkumlar jazodan shartli ravishda muddatidan ilgari ozod etilgan taqdirda, bildirish qogʻozi ular ozod etilgan kuni joʻnatiladi. | Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan mahkumlar kasalligi yoki mehnat qobiliyatini yoʻqotganligi oqibatida, amnistiya akti yoki afv asosida ozod etilgan hollarda, shuningdek mahkumlar jazodan shartli ravishda muddatidan ilgari ozod etilgan taqdirda, bildirish qogʻozi ular ozod etilgan kuni joʻnatiladi. |
Hukm qilingan chet el fuqarolarining ozod etilganligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi ularning manfaatlarini himoya qiluvchi davlatlarning diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari qonunchilikda belgilangan tartibda xabardor qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasi hududida biror bir davlatning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi mavjud boʻlmagan taqdirda, bunday davlatning vakolatli organini qonunchilikda belgilangan tartibda xabardor qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga ozod etilganlik toʻgʻrisidagi bildirish qogʻozi joʻnatiladi. | Hukm qilingan chet el fuqarolarining ozod etilganligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi ularning manfaatlarini himoya qiluvchi davlatlarning diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari qonunchilikda belgilangan tartibda xabardor qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasi hududida biror bir davlatning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi mavjud boʻlmagan taqdirda, bunday davlatning vakolatli organini qonunchilikda belgilangan tartibda xabardor qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga ozod etilganlik toʻgʻrisidagi bildirish qogʻozi joʻnatiladi. |
Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi boʻyicha yashagan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs ozod qilinayotganda jazoni ijro etish muassasasining maʼmuriyati mahkum qamoqqa olinguniga qadar roʻyxatga olingan joydagi ichki ishlar hududiy organining mamlakatga kirish, undan chiqish va roʻyxatga olish bilan shugʻullanuvchi tegishli xizmatini xabardor qiladi. | Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi boʻyicha yashagan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs ozod qilinayotganda jazoni ijro etish muassasasining maʼmuriyati mahkum qamoqqa olinguniga qadar roʻyxatga olingan joydagi ichki ishlar hududiy organining mamlakatga kirish, undan chiqish va roʻyxatga olish bilan shugʻullanuvchi tegishli xizmatini xabardor qiladi. |
Sogʻligʻi holatiga koʻra doimiy parvarishga muhtoj shaxslar, shuningdek oʻn olti yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan shaxslar qarindoshlari yoki boshqa shaxslar yoxud muassasa maʼmuriyati vakilining kuzatuvida yashash joyiga joʻnatiladi. | Sogʻligʻi holatiga koʻra doimiy parvarishga muhtoj shaxslar, shuningdek oʻn olti yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan shaxslar qarindoshlari yoki boshqa shaxslar yoxud muassasa maʼmuriyati vakilining kuzatuvida yashash joyiga joʻnatiladi. |
Nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalar oʻz iltimosiga koʻra, keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uylariga (pansionatlarga) yuboriladi. | Nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalar oʻz iltimosiga koʻra, keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uylariga (pansionatlarga) yuboriladi. |
Voyaga yetmagan mahkumlar ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga joʻnatiladi. Ota-onasi yoʻq voyaga yetmagan shaxslar, zarur hollarda, internatlarga joʻnatiladi yoki homiylar qaramogʻiga beriladi. | Voyaga yetmagan mahkumlar ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga joʻnatiladi. Ota-onasi yoʻq voyaga yetmagan shaxslar, zarur hollarda, internatlarga joʻnatiladi yoki homiylar qaramogʻiga beriladi. |
IX BOʻLIM. BOSHQA JINOYAT-HUQUQIY TAʼSIR CHORALARINI IJRO ETISH | IX BOʻLIM. BOSHQA JINOYAT-HUQUQIY TAʼSIR CHORALARINI IJRO ETISH |
31-BOB. BOSHQA JINOYAT-HUQUQIY TAʼSIR CHORALARINING TURLARI VA ULARNI IJRO ETISH ASOSI | 31-BOB. BOSHQA JINOYAT-HUQUQIY TAʼSIR CHORALARINING TURLARI VA ULARNI IJRO ETISH ASOSI |
174-modda. Boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir choralarining turlari | 174-modda. Boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir choralarining turlari |
Boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir choralari jumlasiga: | Boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir choralari jumlasiga: |
shartli hukm qilish; | shartli hukm qilish; |
tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari; | tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari; |
voyaga yetmaganlarga nisbatan majburlov choralari kiradi. | voyaga yetmaganlarga nisbatan majburlov choralari kiradi. |
175-modda. Boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir choralarini ijro etish asosi | 175-modda. Boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir choralarini ijro etish asosi |
Boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir choralarini ijro etish uchun sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi yoki ajrimi asos boʻladi. | Boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir choralarini ijro etish uchun sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi yoki ajrimi asos boʻladi. |
Boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir choralari Jinoyat kodeksining 72, 87, 94-96-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda sud tomonidan tayinlanadi. | Boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir choralari Jinoyat kodeksining 72, 87, 94-96-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda sud tomonidan tayinlanadi. |
32-BOB. SHARTLI HUKM QILINGAN SHAXSLAR USTIDAN NAZORAT | 32-BOB. SHARTLI HUKM QILINGAN SHAXSLAR USTIDAN NAZORAT |
176-modda. Shartli hukm qilingan shaxslar xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi | 176-modda. Shartli hukm qilingan shaxslar xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi |
Probatsiya boʻlinmasi shartli hukm qilingan shaxslarni roʻyxatga oladi va sud belgilagan sinov muddati mobaynida ularning zimmasiga yuklangan majburiyatlar bajarilishini tekshirib boradi. | Probatsiya boʻlinmasi shartli hukm qilingan shaxslarni roʻyxatga oladi va sud belgilagan sinov muddati mobaynida ularning zimmasiga yuklangan majburiyatlar bajarilishini tekshirib boradi. |
Shartli hukm qilingan shaxs harbiy xizmatga chaqirilgan taqdirda probatsiya boʻlinmasi sud hukmi (ajrimi) nusxasini hamda harbiy xizmat oʻtash joyida uning xulq-atvori ustidan nazorat qilish uchun kerakli boshqa hujjatlarni mudofaa ishlari boʻyicha tegishli boʻlimga yuboradi. Harbiy qism (muassasa) qoʻmondonligi oʻn kunlik muddat ichida mahkum roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida, xizmatni tugatganidan keyin esa, joʻnab ketganligi toʻgʻrisida probatsiya boʻlinmasiga xabar qilishi shart. | Shartli hukm qilingan shaxs harbiy xizmatga chaqirilgan taqdirda probatsiya boʻlinmasi sud hukmi (ajrimi) nusxasini hamda harbiy xizmat oʻtash joyida uning xulq-atvori ustidan nazorat qilish uchun kerakli boshqa hujjatlarni mudofaa ishlari boʻyicha tegishli boʻlimga yuboradi. Harbiy qism (muassasa) qoʻmondonligi oʻn kunlik muddat ichida mahkum roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida, xizmatni tugatganidan keyin esa, joʻnab ketganligi toʻgʻrisida probatsiya boʻlinmasiga xabar qilishi shart. |
177-modda. Shartli hukm qilingan shaxslarning majburiyatlari | 177-modda. Shartli hukm qilingan shaxslarning majburiyatlari |
Shartli hukm qilingan shaxslar sud tomonidan zimmalariga yuklangan majburiyatlarni bajarishi, shuningdek chaqiruvga binoan probatsiya boʻlinmasida hozir boʻlishi shart. Uzrli sababsiz hozir boʻlmagan mahkum belgilangan tartibda majburan keltirilishi mumkin. | Shartli hukm qilingan shaxslar sud tomonidan zimmalariga yuklangan majburiyatlarni bajarishi, shuningdek chaqiruvga binoan probatsiya boʻlinmasida hozir boʻlishi shart. Uzrli sababsiz hozir boʻlmagan mahkum belgilangan tartibda majburan keltirilishi mumkin. |
178-modda. Sudga taqdimnoma kiritish | 178-modda. Sudga taqdimnoma kiritish |
Shartli hukm qilingan shaxs xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organ sinov muddati mobaynida belgilangan cheklashlarni toʻliq yoki qisman bekor qilish toʻgʻrisida sudga taqdimnoma kiritishga haqlidir. | Shartli hukm qilingan shaxs xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organ sinov muddati mobaynida belgilangan cheklashlarni toʻliq yoki qisman bekor qilish toʻgʻrisida sudga taqdimnoma kiritishga haqlidir. |
Mahkum zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarishdan boʻyin tovlagan yoki maʼmuriy yoxud intizomiy javobgarlikka tortilgan hollarda mahkum xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organ jinoyat-huquqiy taʼsir chorasini bekor qilish hamda hukmda tayinlangan jazoni ijro etish toʻgʻrisida sudga taqdimnoma kiritadi. | Mahkum zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarishdan boʻyin tovlagan yoki maʼmuriy yoxud intizomiy javobgarlikka tortilgan hollarda mahkum xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organ jinoyat-huquqiy taʼsir chorasini bekor qilish hamda hukmda tayinlangan jazoni ijro etish toʻgʻrisida sudga taqdimnoma kiritadi. |
179-modda. Sinov muddatini hisoblash | 179-modda. Sinov muddatini hisoblash |
Sinov muddati hukm chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi. | Sinov muddati hukm chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi. |
180-modda. Shartli hukm qilingan shaxs xulq-atvori ustidan nazoratni tugatish | 180-modda. Shartli hukm qilingan shaxs xulq-atvori ustidan nazoratni tugatish |
Shartli hukm qilingan shaxs xulq-atvori ustidan nazorat sinov muddati tamom boʻlishi bilan tugatiladi va mahkum probatsiya boʻlinmasi yoki harbiy qism (muassasa) qoʻmondonligi roʻyxatidan chiqariladi. | Shartli hukm qilingan shaxs xulq-atvori ustidan nazorat sinov muddati tamom boʻlishi bilan tugatiladi va mahkum probatsiya boʻlinmasi yoki harbiy qism (muassasa) qoʻmondonligi roʻyxatidan chiqariladi. |
33-BOB. TIBBIY YOʻSINDAGI MAJBURLOV CHORALARINI IJRO ETISH | 33-BOB. TIBBIY YOʻSINDAGI MAJBURLOV CHORALARINI IJRO ETISH |
181-modda. Ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash tartibi | 181-modda. Ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash tartibi |
Ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari sogʻliqni saqlash organlari tomonidan sud-psixiatriya ekspertizasi xulosasiga muvofiq quyidagi tartibda qoʻllaniladi: | Ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari sogʻliqni saqlash organlari tomonidan sud-psixiatriya ekspertizasi xulosasiga muvofiq quyidagi tartibda qoʻllaniladi: |
majburiy ambulatoriya kuzatuvida boʻlish va davolanish ruhiy holati buzilgan shaxsning yashash joyi boʻyicha ruhiy-asab kasalliklari dispanserida (tuman (shahar) psixiatrining xonasida) amalga oshiriladi; | majburiy ambulatoriya kuzatuvida boʻlish va davolanish ruhiy holati buzilgan shaxsning yashash joyi boʻyicha ruhiy-asab kasalliklari dispanserida (tuman (shahar) psixiatrining xonasida) amalga oshiriladi; |
ruhiy holati buzilgan shaxsni jamiyatdan batamom ajratib majburiy davolash, uning ruhiy holatiga qarab, umumiy tartibli psixiatriya muassasasining umumiy kuzatiladigan boʻlimida yoki umumiy tartibli psixiatriya muassasasining maxsus reabilitatsiya boʻlimida yoxud kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida amalga oshiriladi. | ruhiy holati buzilgan shaxsni jamiyatdan batamom ajratib majburiy davolash, uning ruhiy holatiga qarab, umumiy tartibli psixiatriya muassasasining umumiy kuzatiladigan boʻlimida yoki umumiy tartibli psixiatriya muassasasining maxsus reabilitatsiya boʻlimida yoxud kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida amalga oshiriladi. |
182-modda. Jazo bilan birga tayinlangan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash tartibi | 182-modda. Jazo bilan birga tayinlangan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash tartibi |
Alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka yoʻliqqan mahkumlarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari quyidagi tartibda qoʻllaniladi: | Alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka yoʻliqqan mahkumlarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari quyidagi tartibda qoʻllaniladi: |
jamiyatdan batamom ajratib qoʻyish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarga hukm qilingan shaxslarga — sogʻliqni saqlash organlarining tibbiy muassasalari tomonidan umumiy asoslarda; | jamiyatdan batamom ajratib qoʻyish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarga hukm qilingan shaxslarga — sogʻliqni saqlash organlarining tibbiy muassasalari tomonidan umumiy asoslarda; |
ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxslarga — jazoni oʻtash joyida, ozod etilganlaridan soʻng davolashni davom ettirish zarurati boʻlganda esa — sogʻliqni saqlash organlarining tibbiy muassasalari tomonidan umumiy asoslarda. | ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxslarga — jazoni oʻtash joyida, ozod etilganlaridan soʻng davolashni davom ettirish zarurati boʻlganda esa — sogʻliqni saqlash organlarining tibbiy muassasalari tomonidan umumiy asoslarda. |
Ruhiy holati aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda buzilgan mahkumlarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari quyidagilarga nisbatan qoʻllaniladi: | Ruhiy holati aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda buzilgan mahkumlarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari quyidagilarga nisbatan qoʻllaniladi: |
jamiyatdan batamom ajratib qoʻyish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo choralariga hukm qilingan shaxslarga nisbatan — sogʻliqni saqlash organlarining tibbiy muassasalari tomonidan; | jamiyatdan batamom ajratib qoʻyish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo choralariga hukm qilingan shaxslarga nisbatan — sogʻliqni saqlash organlarining tibbiy muassasalari tomonidan; |
ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxslarga nisbatan — jazoni oʻtash joyida, ozod etilganidan keyin davolashni davom ettirish zarur boʻlganda esa, sogʻliqni saqlash organlarining tibbiy muassasalari tomonidan umumiy asoslarda. | ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxslarga nisbatan — jazoni oʻtash joyida, ozod etilganidan keyin davolashni davom ettirish zarur boʻlganda esa, sogʻliqni saqlash organlarining tibbiy muassasalari tomonidan umumiy asoslarda. |
183-modda. Sud-psixiatriya ekspertizasini tayinlash asoslari | 183-modda. Sud-psixiatriya ekspertizasini tayinlash asoslari |
Hibsda ushlab turilgan shaxslarning sud-psixiatriya ekspertizasi surishtiruv organining, tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi asosida, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga nisbatan esa, jazoni ijro etish muassasasi boshligʻining qarori asosida tayinlanadi. | Hibsda ushlab turilgan shaxslarning sud-psixiatriya ekspertizasi surishtiruv organining, tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi asosida, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga nisbatan esa, jazoni ijro etish muassasasi boshligʻining qarori asosida tayinlanadi. |
184-modda. Ruhiy holati buzilgan shaxslarni koʻchirish | 184-modda. Ruhiy holati buzilgan shaxslarni koʻchirish |
Ruhiy holati buzilgan shaxslarni ruhiy kasalliklar shifoxonasiga koʻchirish, shuningdek ularni bir kasalxonadan ikkinchisiga oʻtkazish qonunchilikda belgilab qoʻyilgan tartibda davlat hisobidan amalga oshiriladi. | Ruhiy holati buzilgan shaxslarni ruhiy kasalliklar shifoxonasiga koʻchirish, shuningdek ularni bir kasalxonadan ikkinchisiga oʻtkazish qonunchilikda belgilab qoʻyilgan tartibda davlat hisobidan amalga oshiriladi. |
185-modda. Ruhiy kasalliklar shifoxonalarida bemorlarning huquq va majburiyatlari | 185-modda. Ruhiy kasalliklar shifoxonalarida bemorlarning huquq va majburiyatlari |
Ruhiy kasalliklar shifoxonalarida majburiy davolanayotgan bemorlar: | Ruhiy kasalliklar shifoxonalarida majburiy davolanayotgan bemorlar: |
har kuni sayr qilish; | har kuni sayr qilish; |
xatlar, posilka, yoʻqlov va banderollar, shuningdek pul joʻnatmalari olish va yuborish; | xatlar, posilka, yoʻqlov va banderollar, shuningdek pul joʻnatmalari olish va yuborish; |
qarindoshlari va boshqa shaxslar bilan uchrashish; | qarindoshlari va boshqa shaxslar bilan uchrashish; |
diniy rasm-rusumlarni ado etish; | diniy rasm-rusumlarni ado etish; |
oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni sotib olish hamda ularni oʻz yonida saqlash; | oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni sotib olish hamda ularni oʻz yonida saqlash; |
kasalxona kutubxonasidan foydalanish huquqiga ega. | kasalxona kutubxonasidan foydalanish huquqiga ega. |
Bemorlar advokat xizmatidan foydalanishlari mumkin. | Bemorlar advokat xizmatidan foydalanishlari mumkin. |
Davolash samaradorligini va kasallar yoki boshqa shaxslar xavfsizligini taʼminlash maqsadida qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda bemorlarning huquqlari cheklanishi mumkin. | Davolash samaradorligini va kasallar yoki boshqa shaxslar xavfsizligini taʼminlash maqsadida qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda bemorlarning huquqlari cheklanishi mumkin. |
Bemorlar tayinlangan muolajani qabul qilishi va ichki tartib qoidalariga rioya etishi shart. | Bemorlar tayinlangan muolajani qabul qilishi va ichki tartib qoidalariga rioya etishi shart. |
186-modda. Ruhiy kasalliklar shifoxonalarida bemorlarni saqlash sharoitlari | 186-modda. Ruhiy kasalliklar shifoxonalarida bemorlarni saqlash sharoitlari |
Ruhiy kasalliklar shifoxonalarida bemorlar kasallik turi, xulq-atvorining xususiyati, ruhiy va jismoniy holatini inobatga olib, ularni batamom ajratib qoʻyishni taʼminlovchi hamda ular tomonidan yangi ijtimoiy-xavfli qilmish sodir etish, qochish, saqlash rejimini buzish ehtimolining oldini olishni taʼminlaydigan sharoiti bor palatalarga joylashtiriladi. | Ruhiy kasalliklar shifoxonalarida bemorlar kasallik turi, xulq-atvorining xususiyati, ruhiy va jismoniy holatini inobatga olib, ularni batamom ajratib qoʻyishni taʼminlovchi hamda ular tomonidan yangi ijtimoiy-xavfli qilmish sodir etish, qochish, saqlash rejimini buzish ehtimolining oldini olishni taʼminlaydigan sharoiti bor palatalarga joylashtiriladi. |
Erkaklar va ayollar, kattalar va voyaga yetmagan shaxslar alohida-alohida saqlanadi. | Erkaklar va ayollar, kattalar va voyaga yetmagan shaxslar alohida-alohida saqlanadi. |
Bir bemorga toʻgʻri keladigan foydali maydon normasi besh kvadrat metrdan kam boʻlishi mumkin emas. | Bir bemorga toʻgʻri keladigan foydali maydon normasi besh kvadrat metrdan kam boʻlishi mumkin emas. |
Bemorlarga ovqat va kasalxona kiyimi bepul beriladi. | Bemorlarga ovqat va kasalxona kiyimi bepul beriladi. |
Bemorlarni ovqat va ust-bosh bilan taʼminlash normalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Bemorlarni ovqat va ust-bosh bilan taʼminlash normalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. |
Posilka, yoʻqlov, banderol va pul joʻnatmalari olish hamda yuborish, uchrashuvlar oʻtkazish, oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni sotib olish, saqlash, shuningdek bemorlarga har kuni beriladigan sayr tartibi ichki tartib qoidalari bilan belgilanadi. | Posilka, yoʻqlov, banderol va pul joʻnatmalari olish hamda yuborish, uchrashuvlar oʻtkazish, oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni sotib olish, saqlash, shuningdek bemorlarga har kuni beriladigan sayr tartibi ichki tartib qoidalari bilan belgilanadi. |
Ruhiy kasalliklar shifoxonalarida bemorlarga uzoq muddatli uchrashuv berilmaydi. | Ruhiy kasalliklar shifoxonalarida bemorlarga uzoq muddatli uchrashuv berilmaydi. |
Bemor nomiga kelib tushgan pullar uning shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. | Bemor nomiga kelib tushgan pullar uning shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. |
Oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni bemorlar pul oʻtkazish yoʻli bilan sotib oladilar. | Oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni bemorlar pul oʻtkazish yoʻli bilan sotib oladilar. |
187-modda. Ruhiy kasalliklar shifoxonalarida bemorlarni davolashni tashkil etish | 187-modda. Ruhiy kasalliklar shifoxonalarida bemorlarni davolashni tashkil etish |
Ruhiy holati buzilgan shaxslarni majburiy davolash Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tashhis qoʻyish, davolash va sogʻliqni tiklash usullari qoʻllangan holda oʻtkaziladi. | Ruhiy holati buzilgan shaxslarni majburiy davolash Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tashhis qoʻyish, davolash va sogʻliqni tiklash usullari qoʻllangan holda oʻtkaziladi. |
188-modda. Bemor qochib ketgan yoki vafot etgan taqdirda shifoxona maʼmuriyatining harakati | 188-modda. Bemor qochib ketgan yoki vafot etgan taqdirda shifoxona maʼmuriyatining harakati |
Majburiy davolanishda boʻlgan bemor qochib ketgan taqdirda ruhiy kasalliklar shifoxonasi maʼmuriyati zudlik bilan uni qidirib topish choralarini koʻrishi hamda bu haqda shifoxona joylashgan yerdagi va bemor, uning qarindoshlari yoki vasiylari yashaydigan joydagi prokurorni, ichki ishlar organlarini, psixonevrologiya dispanserini, shuningdek majburiy davolash chorasini tayinlagan sudni xabardor qilishi shart. | Majburiy davolanishda boʻlgan bemor qochib ketgan taqdirda ruhiy kasalliklar shifoxonasi maʼmuriyati zudlik bilan uni qidirib topish choralarini koʻrishi hamda bu haqda shifoxona joylashgan yerdagi va bemor, uning qarindoshlari yoki vasiylari yashaydigan joydagi prokurorni, ichki ishlar organlarini, psixonevrologiya dispanserini, shuningdek majburiy davolash chorasini tayinlagan sudni xabardor qilishi shart. |
Majburiy davolanishda boʻlgan bemor vafot etganligi toʻgʻrisida ruhiy kasalliklar shifoxonasi maʼmuriyati uning qarindoshlari yoki vasiylarini, prokuror va sudni, shuningdek bemor yashagan joydagi psixonevrologiya dispanserini xabardor qiladi. | Majburiy davolanishda boʻlgan bemor vafot etganligi toʻgʻrisida ruhiy kasalliklar shifoxonasi maʼmuriyati uning qarindoshlari yoki vasiylarini, prokuror va sudni, shuningdek bemor yashagan joydagi psixonevrologiya dispanserini xabardor qiladi. |
Vafot etgan bemor jasadini berish shartlari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi. | Vafot etgan bemor jasadini berish shartlari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi. |
189-modda. Bemorni ruhiy kasalliklar shifoxonasidan chiqarish toʻgʻrisida xabar | 189-modda. Bemorni ruhiy kasalliklar shifoxonasidan chiqarish toʻgʻrisida xabar |
Bemorni shifoxonadan chiqarishdan oʻn kun oldin ruhiy kasalliklar shifoxonasi maʼmuriyati bu haqda uning yashash joyidagi ichki ishlar organlariga, shuningdek uning qarindoshlari yoki vasiylariga xabar qiladi. | Bemorni shifoxonadan chiqarishdan oʻn kun oldin ruhiy kasalliklar shifoxonasi maʼmuriyati bu haqda uning yashash joyidagi ichki ishlar organlariga, shuningdek uning qarindoshlari yoki vasiylariga xabar qiladi. |
Majburiy davolanish sud tomonidan bekor qilinganidan keyin oʻn sutka ichida davolash muassasasi maʼmuriyati bemorning yashash joyidagi psixonevrologiya dispanseriga ambulatoriya kartasidan koʻchirma yuboradi hamda uning qarindoshlari yoki vasiylarini, shuningdek bemorning yashash joyidagi ichki ishlar organlarini voqeadan xabardor qiladi. | Majburiy davolanish sud tomonidan bekor qilinganidan keyin oʻn sutka ichida davolash muassasasi maʼmuriyati bemorning yashash joyidagi psixonevrologiya dispanseriga ambulatoriya kartasidan koʻchirma yuboradi hamda uning qarindoshlari yoki vasiylarini, shuningdek bemorning yashash joyidagi ichki ishlar organlarini voqeadan xabardor qiladi. |
190-modda. Bemorlarni ruhiy kasalliklar shifoxonasidan chiqarish tartibi | 190-modda. Bemorlarni ruhiy kasalliklar shifoxonasidan chiqarish tartibi |
Bemorlarni ruhiy kasalliklar shifoxonasidan chiqarish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi. | Bemorlarni ruhiy kasalliklar shifoxonasidan chiqarish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi. |
Ruhiy kasalliklar shifoxonasidan chiqarilgan shaxslarga davolanishda boʻlgan vaqti toʻgʻrisida maʼlumotnoma beriladi. | Ruhiy kasalliklar shifoxonasidan chiqarilgan shaxslarga davolanishda boʻlgan vaqti toʻgʻrisida maʼlumotnoma beriladi. |
191-modda. Bemorlarni yashash joyiga yuborish | 191-modda. Bemorlarni yashash joyiga yuborish |
Bemorlar yashash joyiga qarindoshlari yoki vasiylari yoxud tibbiy xodimlar kuzatuvida yuboriladi. | Bemorlar yashash joyiga qarindoshlari yoki vasiylari yoxud tibbiy xodimlar kuzatuvida yuboriladi. |
Bemorning yashash joyigacha yetib borish, kuzatuvchi shaxsning esa, borish-kelish xarajatlari davlat hisobidan toʻlanadi. | Bemorning yashash joyigacha yetib borish, kuzatuvchi shaxsning esa, borish-kelish xarajatlari davlat hisobidan toʻlanadi. |
192-modda. Bemorlar va ruhiy kasalliklar shifoxonasi xodimlari xavfsizligini taʼminlash | 192-modda. Bemorlar va ruhiy kasalliklar shifoxonasi xodimlari xavfsizligini taʼminlash |
Bemorlar va xodimlar xavfsizligini taʼminlash, bemorlarning ruhiy kasalliklar shifoxonasi (boʻlinmasi) doirasidan tashqariga oʻzboshimchalik bilan chiqib ketishining oldini olish maqsadida nazorat-ruxsatnoma tizimi joriy etiladi. | Bemorlar va xodimlar xavfsizligini taʼminlash, bemorlarning ruhiy kasalliklar shifoxonasi (boʻlinmasi) doirasidan tashqariga oʻzboshimchalik bilan chiqib ketishining oldini olish maqsadida nazorat-ruxsatnoma tizimi joriy etiladi. |
Umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonalarini qoʻriqlash tibbiy xodimlar tomonidan, sud-psixiatriya ekspertizasi boʻlinmalari va kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonalarida — ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi. | Umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonalarini qoʻriqlash tibbiy xodimlar tomonidan, sud-psixiatriya ekspertizasi boʻlinmalari va kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonalarida — ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi. |
Bemor jazavaga tushgan, shuningdek tibbiy xodimlarga itoat etmagan va ularga jismoniy qarshilik koʻrsatgan taqdirda unga nisbatan qoʻlkishan, bogʻlash vositalari va boshqa maxsus vositalar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda qoʻllanilishi mumkin | Bemor jazavaga tushgan, shuningdek tibbiy xodimlarga itoat etmagan va ularga jismoniy qarshilik koʻrsatgan taqdirda unga nisbatan qoʻlkishan, bogʻlash vositalari va boshqa maxsus vositalar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda qoʻllanilishi mumkin |
193-modda. Ruhiy kasalliklar shifoxonalarida majburiy davolash oʻtkazilishi ustidan nazorat | 193-modda. Ruhiy kasalliklar shifoxonalarida majburiy davolash oʻtkazilishi ustidan nazorat |
Ruhiy kasalliklar shifoxonalarida (boʻlinmalarida) majburiy davolash oʻtkazilishi ustidan nazorat sogʻliqni saqlash organlari tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. | Ruhiy kasalliklar shifoxonalarida (boʻlinmalarida) majburiy davolash oʻtkazilishi ustidan nazorat sogʻliqni saqlash organlari tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. |
194-modda. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash tartibi | 194-modda. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash tartibi |
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, alkogolizm, giyohvandlik va zaharvandlikka yoʻliqqan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi. | Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, alkogolizm, giyohvandlik va zaharvandlikka yoʻliqqan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi. |
34-BOB. VOYAGA YETMAGAN SHAXSLARGA NISBATAN MAJBURLOV CHORALARINI QOʻLLASH | 34-BOB. VOYAGA YETMAGAN SHAXSLARGA NISBATAN MAJBURLOV CHORALARINI QOʻLLASH |
195-modda. Jabrlanuvchidan uzr soʻrash | 195-modda. Jabrlanuvchidan uzr soʻrash |
Voyaga yetmagan shaxs jabrlanuvchidan ogʻzaki yoki yozma ravishda, koʻpchilikning oldida yoki yakka tartibda uzr soʻraydi. | Voyaga yetmagan shaxs jabrlanuvchidan ogʻzaki yoki yozma ravishda, koʻpchilikning oldida yoki yakka tartibda uzr soʻraydi. |
Uzr soʻrash joyi, vaqti va tartibini sud belgilaydi. | Uzr soʻrash joyi, vaqti va tartibini sud belgilaydi. |
Uzr soʻrash majburiyatini yuklash tariqasidagi majburlov chorasi ijro etilganligi toʻgʻrisida tegishli hujjat tuziladi. | Uzr soʻrash majburiyatini yuklash tariqasidagi majburlov chorasi ijro etilganligi toʻgʻrisida tegishli hujjat tuziladi. |
196-modda. Yetkazilgan zararni toʻlash yoki bartaraf etish | 196-modda. Yetkazilgan zararni toʻlash yoki bartaraf etish |
Voyaga yetmagan shaxsning yetkazilgan zararni oʻz mablagʻlari hisobidan yoki oʻz mehnati bilan toʻlashi yoxud bartaraf etishi sud tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi. | Voyaga yetmagan shaxsning yetkazilgan zararni oʻz mablagʻlari hisobidan yoki oʻz mehnati bilan toʻlashi yoxud bartaraf etishi sud tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi. |
Yetkazilgan zararni oʻz mablagʻlari hisobidan yoki oʻz mehnati bilan toʻlash yoxud bartaraf etish majburiyatini yuklash tariqasidagi majburlov chorasi ijro etilganligi toʻgʻrisida tegishli hujjat tuziladi. | Yetkazilgan zararni oʻz mablagʻlari hisobidan yoki oʻz mehnati bilan toʻlash yoxud bartaraf etish majburiyatini yuklash tariqasidagi majburlov chorasi ijro etilganligi toʻgʻrisida tegishli hujjat tuziladi. |
197-modda. Maxsus oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish | 197-modda. Maxsus oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish |
Voyaga yetmagan shaxslar xalq taʼlimi organlarining maxsus oʻquv-tarbiya muassasalariga qonunchilikda belgilangan tartibda joylashtiriladi. | Voyaga yetmagan shaxslar xalq taʼlimi organlarining maxsus oʻquv-tarbiya muassasalariga qonunchilikda belgilangan tartibda joylashtiriladi. |
Voyaga yetmagan shaxslarning maxsus oʻquv-tarbiya muassasalarida boʻlishi tartibi va sharoiti, oʻquv jarayoni va tarbiyaviy taʼsirga oid ishni tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi. | Voyaga yetmagan shaxslarning maxsus oʻquv-tarbiya muassasalarida boʻlishi tartibi va sharoiti, oʻquv jarayoni va tarbiyaviy taʼsirga oid ishni tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi. |