Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 11.07.1996 yildagi 245-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BUYUK BRITANIYANING MOLIYAVIY TASHKILOTLARI TOMONIDAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIGA KREDIT LINIYALARI OCHILISHI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish, importning o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishlarni kengaytirish maqsadida hamda Buyuk Britaniya Hukumatining O‘zbekiston Respublikasi uchun kreditlarni sug‘urta qilish haqidagi qarorini e’tiborga olib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining O‘zbekistonga texnologiyalar va asbob-uskunalar yetkazib berishni mablag‘ bilan ta’minlash yuzasidan “Barklayz bank” (Buyuk Britaniya) bilan uzoq muddatli Umumiy bitim tuzish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda Buyuk Britaniyaning eksport kreditlarini kafolatlash departamentining sug‘urta qoplamasi ostida “Barklayz bank” bilan 75 mln funt sterling summasidagi Umumiy bitimni imzolasin va bu haqda respublika Hukumatiga axborot bersin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda kredit berishning asosiy prinsiplariga va loyihalarning to‘liq o‘zini qoplashiga qat’iy rioya qilgan holda texnik-iqtisodiy asoslanishi kompleks ekspertizadan o‘tgan Angliya texnologiyalari va asbob-uskunalari yetkazib berilishining “Barklayz bank” kredit liniyasi hisobidan mablag‘ bilan ta’minlanishi mo‘ljallanayotgan loyihalarni tanlov asosida tanlab olsin. Ekspert xulosalari ijobiy bo‘lgan taqdirda loyihalar ro‘yxatini kelishish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika uchun ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan va eksportga mo‘ljallangan hamda importning o‘rnini bosishga yo‘naltirilgan loyihalar yuzasidan xalqaro kreditlarni mablag‘ bilan qayta ta’minlash bo‘yicha “Barklayz bank” bilan yakka tartibdagi kredit bitimini tuzsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Moliya vaziri B.S. Hamidovga, Vazirlar Mahkamasining qarori asosida, “Barklayz bankidan olinadigan kreditlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan kafolatni har bir loyiha uchun alohida imzolash vakolati berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Barklayz bank” bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki o‘rtasida tuzilgan Umumiy bitim qoidalariga, yakka tartibdagi kredit bitimlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hukumati kafolatlari yuzasidan yuridik xulosalarni belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur qarorning qanday bajarilayotganligi to‘g‘risida respublika Hukumatiga yilning har choragida axborot berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 11-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
245-son