Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 23.09.1996 yildagi 334-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XALQARO KLASSDAGI “INTERKONTINENTAL-TOShKENT” MEHMONXONA MAJMUINI FOYDALANIShGA TOPShIRISh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Ko‘chirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro klassdagi “Interkontinental-Toshkent” mehmonxona majmuini o‘z vaqtida foydalanishga topshirish, uning o‘z xarajatlarini o‘zi qoplashini va o‘zini-o‘zi mablag‘ bilan ta’minlash, bronlashtirishning xalqaro tizimiga kirishini ta’minlash, shuningdek, xizmat ko‘rsatish sohasi kadrlari tayyorlash darajasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi mehmonxona majmuining menejmentiga yuqori klassli otellar xalqaro tarmog‘ining egasi va operatori — “Interkontinental Xotelz end Rizorts” (Buyuk Britaniya) kompaniyasi bilan kontrakt tuzganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Interkontinental Xotelz end Rizorts” kompaniyasi tuzilgach kontraktga muvofiq mehmonxona majmuida ishga tushirishdan oldingi ishlarni kredit asosida o‘z mablag‘lari hisobidan o‘z vaqtida amalga oshirish, qurilish uchun foydalanilgan qarz mablag‘larining o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlovchi operatsiya foydasining barqaror darajasini kafolatlash majburiyatini olganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi qurilishi nihoyasiga yetkazilgan mehmonxona majmui davlat mulkiga egalik qilish va undan foydalanish huquqi bilan, tasarruf etish huquqisiz, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining “Interservis” xo‘jalik hisobidagi respublika tashqi savdo birlashmasi balansiga belgilangan tartibda topshirilishi va qabul qilinishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga va “Interservis” xo‘jalik hisobidagi respublika tashqi savdo birlashmasiga mehmonxona majmui mablag‘larining saqlanishini va undan maqsadli foydalanilishini, uning moliyaviy faoliyati nazorat qilinishini, shuningdek, “Turkeksimbank” bilan tuzilgan kredit bitimi doirasidagi qarz mablag‘lari o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlash funksiyasi yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Interservis” xo‘jalik hisobidagi respublika tashqi savdo birlashmasiga xizmat ko‘rsatuvchi banklarda tushumlarni va tovarlar hamda xizmatlarga to‘lanadigan to‘lovlarni o‘tkazish, shuningdek, mehmonxona majmuining boshqa operatsiyalari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish uchun alohida hisob-kitob va valyuta subschetlari ochish huquqi berilsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.“Interservis” xo‘jalik hisobidagi respublika tashqi savdo birlashmasi mehmonxona ochilgan kundan boshlab 5 yil muddatga qo‘shilgan qiymat solig‘i, foydadan olinadigan soliq, mulk solig‘i, yer solig‘i va mahalliy soliqlarni to‘lashdan, shuningdek mehmonxona majmuiga egalik qilish, uni butlash va undan foydalanish bilan bog‘liq yig‘imlar va boj poshlinalari to‘lashdan ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Interservis” xo‘jalik hisobidagi respublika tashqi savdo birlashmasiga amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ham mahalliy, ham xorijiy sug‘urta kompaniyalarini mulkiy va shaxsiy nomulkiy sug‘urtalashni amalga oshirish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Interkontinental Xotelz znd Rizorts” kompaniyasi mehmonxona ochilgan paytdan boshlab 5 yil muddatga foydani chet elga o‘tkazishdan olinadigan soliqdan ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Interkontinental Xotelz end Rizorts” kompaniyasiga mehmonxona foydalanishga topshirilishi munosabati bilan O‘zbekistonga turgan xorijiy xodimlarning mahalliy xarajatlari (yashash, respublika doirasida aviatsiya va temir yo‘l transporti xizmatlari) uchun mahalliy valyutada va respublika fuqarolari uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha haq to‘lash huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi mehmonxona majmuini birinchi toifali iste’molchilar ro‘yxatiga kiritsin hamda zarur miqdorda elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Aloqa vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining buyurtmanomasi bo‘yicha mehmonxona majmuini belgilangan tartibda shahar, shaharlararo va xalqaro aloqaning zarur vositalari bilan ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehmonxona majmui binosida hukumat aloqasi telefonlari o‘rnatilishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Toshkent shahar hokimligi “Interservis” xo‘jalik hisobidagi respublika tashqi savdo birlashmasiga xalqaro klassdagi “Interkontinental-Toshkent” mehmonxona majmuida savdo faoliyatini amalga oshirish hamda umumiy ovqatlanish shoxobchalarini tashkil etishga ruxsatnoma bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Inter-servis” xo‘jalik hisobidagi respublika tashqi savdo birlashmasi buyurtmanomasi bo‘yicha “Interkontinental Xotelz end Rizorts” kompaniyasining mehmonxonani ishga tushirishda jalb etiladigan xodimlariga belgilangan tartibda ko‘p martalik kelish vizalari berilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mehnat vazirligi “Interservis” xo‘jalik hisobidagi respublika tashqi savdo birlashmasi buyurtmanomasi bo‘yicha “Interkontinental Xotelz end Rizorts” kompaniyasining mehmonxona majmuidan foydalanishga jalb etiladigan xodimlari mehnat faoliyatini amalga oshirishlari uchun o‘z vaqtida zarur ruxsatnomalar berilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining “Interkontinental-Toshkent” mehmonxonasi taqdimotini shu yilning 7—10-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan xalqaro paxta konferensiyasi o‘tkaziladigan davrda o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 23-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
334-son