Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYAT KODEKSIGA QOʻShIMChA KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 24-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2010-yil 7-mayda maʼqullangan
Senat tomonidan 2010-yil 7-mayda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, 1-son, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, 2-son, 56-modda, 9-son, 241-modda; 1998-yil, 5-6-son, 102-modda, 9-son, 181-modda; 1999-yil, 1-son, 20-modda, 5-son, 124-modda, 9-son, 229-modda; 2000-yil, 5-6-son, 153-modda; 2001-yil, 1-2-son, 23-modda, 9-10-son, 165-modda; 2002-yil, 9-son, 165-modda; 2003-yil, 1-son, 8-modda, 9-10-son, 149-modda; 2004-yil, 1-2-son, 18-modda, 9-son, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, 9-son, 314-modda, 12-son, 417, 418-moddalar; 2006-yil, 6-son, 261-modda, 12-son, 656-modda; 2007-yil, 4-son, 158, 166-moddalar, 6-son, 248-modda, 9-son, 416, 422-moddalar, 12-son, 607-modda; 2008-yil, 4-son, 187, 188, 189-moddalar, 7-son, 352-modda, 9-son, 485, 487, 488-moddalar, 12-son, 640, 641-moddalar; 2009-yil, 1-son, 1-modda, 4-son, 128-modda, 9-son, 329, 334, 335, 337-moddalar, 12-son, 470-modda) quyidagi mazmundagi 571-modda bilan toʻldirilsin:
“571-modda. Aybdor oʻz qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlganida jazo tayinlash
Ushbu Kodeks 55-moddasi birinchi qismining “a” va “b” bandlarida nazarda tutilgan jazoni yengillashtiruvchi holatlar mavjud boʻlgan va ushbu Kodeks 56-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan jazoni ogʻirlashtiruvchi holatlar mavjud boʻlmagan taqdirda jazo muddati yoki miqdori ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan eng koʻp jazoning uchdan ikki qismidan oshmasligi kerak. Mazkur qoida javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish (97-moddaning ikkinchi qismi) va terrorizm (155-moddaning uchinchi qismi) bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga tatbiq etilmaydi”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 18-may,
OʻRQ-245-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 20-son, 147-modda)