18.04.1996 yildagi 156-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 17.12.1998 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

V.P.CHKALOV NOMIDAGI TOSHKENT AVIATSIYA ISHLAB CHIQARISH BIRLASHMASINI AKSIONERLIK JAMIYATIGA AYLANTIRISH TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]

V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida ishlab chiqarishni boshqarishni takomillashtirish, bozor munosabatlari tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasini davlat-aksionerlik jamiyatiga aylantirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksionerlik jamiyati aksiyalari paketlari quyidagi ulushlarda taqsimlanishiga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51 foizi — davlat ulushi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15 foizi — mehnat jamoasi ulushi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 foizi — Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining xoʻjalik hisobidagi boʻlinmalari ulushi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 foizi — Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ulushi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14 foizi — yuridik shaxslarga, shu jumladan, xorijiy yuridik shaxslarga erkin sotiladigan ulush.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, “V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksionerlik jamiyati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs hisoblanadi hamda ochiq turdagi davlat-aksionerlik jamiyati shaklida taʼsis etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasining davlat mulki, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining xoʻjalik hisobidagi boʻlinmalari, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining va boshqa aksionerlarning pul mablagʻlari hisobiga 3,43 mlrd. soʻm miqdoridagi dastlabki ustav jamgʻarmasini shakllantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari, jamiyatning taʼsis shartnomasi va ustavi asosida amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgari V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tuzilgan barcha shartnomalar va qabul qilingan majburiyatlar boʻyicha javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar “V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksionerlik jamiyatining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqobatga bardoshli aviatsiya texnikasi va boshqa texnika yaratish va ishlab chiqarish, xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishni va ularning turlarini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotish bozorlarini va eksportga mahsulot yetkazib berishni kengaytirishga oid marketing tadqiqotlari oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
innovatsiya faoliyatini amalga oshirish, moliya-sanoat guruhlari hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni taʼminlovchi kooperatsiyaning boshqa shakllarini barpo etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiyalarni keng jalb etish, yetakchi xorijiy firmalar va kompaniyalar bilan birgalikda aviatsiya texnikasi ishlab chiqaradigan va sotadigan qoʻshma ishlab chiqarishlar tashkil etish, shu jumladan, lizing asosida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv organlari tashkiliy tuzilmasiga, ijroiya apparati tuzilmasiga, asosiy ishlab chiqarish sexlarining ilovaga muvofiq namunaviy tuzilmasiga 1, 2 va 3-ilovalarga muvofiq rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, “V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksionerlik jamiyati Direktorlar kengashi raisi, Direktorlar kengashi aʼzolari (funksional direktorlar va mintaqaviy boʻlinmalar direktorlari) aksionerlar umumiy yigʻilishi (konferensiyasi)da saylanadilar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi maʼmuriy xodimlari sonini qisqartirishga, ishlab chiqarishni boshqarishning ortiqcha tarkibiy boʻgʻinlarini tugatishga oid olib borilayotgan tayyorgarlik tadbirlari maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir hafta muddatda V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasini aksionerlik jamiyatiga aylantirishning reja-jadvalini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda taqdim etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksionerlik jamiyatiga aksiyalarning davlat ulushini boshqarish huquqini bersin;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 17-dekabrdagi 525-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat jamoasining aksionerlik ulushida aksiyalarning 5 foizini tekin berishni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, “V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksionerlik jamiyati, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Toshkent, Fargʻona, Andijon shaharlari va Toshkent viloyati hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda “V.I.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksionerlik jamiyati balansidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy-kommunal boshqarmasi obyektlarini va bolalar maktabgacha tarbiya muassasalarini Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi va Toshkent, Fargʻona va Andijon shaharlari hokimliklari balansiga berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yordamchi xoʻjalik (“Pomir” agrofirmasi)ni Toshkent viloyati hokimligi balansiga berish masalasini koʻrib chiqsinlar hamda balansdan balansga oʻtkazish tartibi va muddatlarini belgilasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Adliya vazirligi “V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksionerlik jamiyatining ishlab chiqilgan Taʼsis shartnomasi va Ustavi loyihalari boʻyicha xulosalarni bir hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi ikki hafta muddatda V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasini ochiq turdagi davlat-aksionerlik jamiyatiga aylantirish boʻyicha taʼsis konferensiyasini tayyorlasinlar va oʻtkazsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 18-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
156-son

Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 18-apreldagi 156-son qaroriga
1-ILOVA

“Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksionerlik jamiyatining boshqaruv organlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 18-apreldagi 156-son qaroriga
2-ILOVA

“Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksionerlik jamiyati ijro etuvchi apparati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 18-apreldagi 156-son qaroriga
3-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksionerlik jamiyati asosiy ishlab chiqarish sexini boshqarishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY TUZILMASI