O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“BUXOROTEKS” AKSIONERLIK JAMIYATI UCHUN TO‘QIMACHILIK USKUNALARINI XARID QILISH TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining eksport imkoniyatlarini kengaytirish, yuqori sifatli kalava ip ishlab chiqarishni ko‘paytirish va Shveysariya Konfederatsiyasi bilan iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasiga qarashli “Buxoroteks” aksionerlik jamiyati bilan “Mashiniyenfabrik Riter AG” firmasi (Shveysariya) o‘rtasida uskunalarni montaj qilish va ishga tushirishni 0997-yil aprel oyida tamomlash sharti bilan 54/1-kardg‘altak ip ishlab chiqaruvchi uskunalarni yetkazib berish va montaj qilishga qiymati 5.04 mln Shveysariya franki bo‘lgan kontrakt tuzilganligi ma’lumot o‘rnida qabul qilinsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
kontrakt qiymatining 85 foizi — Shveysariya Birlashgan Banki (YUBS) krediti asosida;
kontrakt qiymatining 15 foizi miqdoridagi avans to‘lovi — “Buxoroteks” aksionerlik jamiyatining o‘z mablag‘lari hisobidan mablag‘ bilan ta’minlanadi.
Chet el valyutasidagi kreditlarni va ular bo‘yicha foizlarni to‘lash 5 yil davomida “Buxoroteks” aksionerlik jamiyatining o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki:
bir hafta muddatda Shveysariya Birlashgan Banki (YUBS) bilan Yakka tartibdagi kredit bitimini belgilangan tartibda rasmiylashtirsin;
“Buxoroteks” aksionerlik jamiyati tomonidan olinadigan kredit resurslarini o‘z vaqtida mablag‘ bilan qayta ta’minlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziriga “Buxoroteks” aksionerlik jamiyati bilan “Mashiniyenfabrik Riter AG” firmasi (Shveysariya) o‘rtasida uskunalar yetkazib berish va montaj qilishga tuzilgan kontrakt bo‘yicha Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati kafolatini berish vakolati berilsin.
5. Davlat soliq qo‘mitasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi, “O‘zavtotrans” korporatsiyasi bojxona hujjatlari o‘z vaqtida (uch kundan ko‘p emas) rasmiylashtirilishini hamda ushbu kontrakt bo‘yicha “Buxoroteks” aksionerlik jamiyati uchun keltirilayotgan asbob-uskunalar va moddiy resurslar belgilangan joyga to‘siqsiz yetkazib berilishini ta’minlasinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari M. 3. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 5-yanvar,
10-son