31.12.1997 yildagi 581-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 11.01.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BUXORO NEFTNI QAYTA ISHLASH ZAVODI ATROFIDA YASHIL VOHA BARPO ETISH TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Neftni qayta ishlash zavodini va Qorovulbozor tuman markazini qum bosishidan muhofaza qilish hamda ushbu mintaqada ekologiya vaziyatini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Buxoro viloyati hokimligi Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga va Qorovulbozor tuman markaziga yondosh 18 ming gektar yerni ajratish masalasini belgilangan tartibda hal qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻrmon qoʻmitasi ushbu yerlardagi avtomobil yoʻllari, novlar va sugʻorish tarmoqlari boʻylab ihota oʻrmonzorlari, manzarali ihota daraxtzorlari, kichik oʻrmonlar va koʻchatzorlar barpo etish hamda ularni parvarish qilish boʻyicha ixtisoslashtirilgan oʻrmon xoʻjaligi korxonasi tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi oʻrmon xoʻjaligi korxonasi tashkil etish uchun ilovaga muvofiq mablagʻ ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasi Buxoro neftni qayta ishlash zavodi bilan birgalikda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻrmon qoʻmitasi hisob-kitoblariga binoan, tashkil qilinayotgan ixtisoslashtirilgan oʻrmon xoʻjaligi korxonasini ihota oʻrmonzorlari barpo etish uchun zarur boʻlgan texnika, asbob-uskunalar va anjomlar bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasiga tashkil qilinayotgan ixtisoslashtirilgan oʻrmon xoʻjaligi korxonasining texnika va transport vositalarini tuzatish hamda ularga servis xizmati koʻrsatish, korxonani zarur ehtiyot qismlar bilan taʼminlash yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻrmon qoʻmitasi buyurtmanomalariga binoan, ixtisoslashtirilgan oʻrmon xoʻjaligi korxonasini ihota oʻrmonzorlari va manzarali ihota daraxtzorlari barpo etishga doir ishlarni bajaruvchi texnika va avtomashinalarning uzluksiz ishlashi uchun yonilgʻi-moylash materiallari bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi ixtisoslashtirilgan oʻrmon xoʻjaligi korxonasi tashkil etilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻrmon qoʻmitasiga mineral oʻgʻitlar va daraxtzorlarni himoya qilish kimyoviy vositalari ajratishni nazarda tutsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi Buxoro neftni qayta ishlash zavodi atrofida yashil voha tashkil etishni 2000-yilgacha har yili Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritishni va Davlat oʻrmon qoʻmitasiga asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha mablagʻlar ajratishni nazarda tutsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil 31-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
581-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 31-dekabrdagi 581-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qorovulbozor tumani “Neftchi” oʻrmon xoʻjaligining shtatlari jadvali
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Lavozimlar nomi

Soni tarif razryadlari tarif stavkasi Oylik ish haqi soʻm
maosh 15 %li ustama 50 % tuman ustamasi hammasi‎
Direktor‎ 1‎ 11‎ 4.029‎ 3 022‎ 453‎ 1 511‎ 5 186‎
Bosh oʻrmonbegi 1‎ 10‎ 3.768‎ 2 826‎ 424‎ 1 413‎ 4 663‎
Oʻrmon muhofazasi va himoya muhandisi 1‎ 7‎ 3.012‎ 2 259‎ 339‎ 1 129‎ 3 727‎
Oʻrmon daraxtlari yetishtirish muhandisi 1‎ 6‎ 2.769‎ 2 077‎ 312‎ 1 038‎ 3 427‎
Bosh iqtisodchi 1‎ 9‎ 3.512‎ 2 634‎ 395‎ 1 317‎ 4 346‎
Bosh buxgalter 1‎ 10‎ 3.768‎ 2 826‎ 424‎ 1 413‎ 4 663‎
Hisobchi-kassir 1‎ 6‎ 2.769‎ 2 077‎ 312‎ 1 038‎ 3 427‎
Inspektor-mashinkada yozuvchi 1‎ 2‎ 2.107‎ 1 580‎ 237‎ 790‎ 2 607‎
Xoʻjalik mudiri 1‎ 4‎ 2.316‎ 1 737‎ 260‎ 868‎ 2 865‎
Farrosh 1‎ 1‎ 1.0‎ 750‎ 113‎ 375‎ 1 238‎
Qorovul 2‎ 1‎ 1.74‎ 1 305‎ 196‎ 652‎ 2 153/4 306‎
Mexanik‎ 1‎ 6‎ 2.769‎ 2 077‎ 312‎ 1 038‎ 3 427‎
Boshqaruv apparati jami: 13‎
Ishlab chiqarish xodimlari:
Oʻrmon ustasi 1‎ 5‎ 2.539‎ 1 904‎ 285‎ 952‎ 3 141‎
Oʻrmon nazoratchilari 4‎ 8‎ 3.26‎ 2 445‎ 367‎ 1 222‎ 4 034‎/16 136‎
Yengil avtotransport haydovchisi 1‎ 2‎ 1 436‎ 215‎ 718‎ 2 369
Jami: 6‎ 20 967‎
Hammasi: 19‎ 51 273‎
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 11-yanvardagi 6-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 2-son, 17-modda)