Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 02.11.1998 yildagi 460-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998 YILNING 9 OYIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISh YAKUNLARI VA JORIY YIL USTUVOR VAZIFALARINING BAJARILIShI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki o‘tgan davrda respublikada iqtisodiy o‘sishni barqarorlashtirishga va aholi turmush darajasini oshirishga va 1999-yilda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yalpi ichki mahsulot shu yilning 9 oyida o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan 1044 foizni tashkil etdi. Yalpi ichki mahsulotning 65 foizdan ko‘prog‘i nodavlat sektorda ishlab chiqarildi. Sanoat (1061 foiz) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (1049 foiz) kapital qo‘yilmalar (1160 foiz) chakana savdo tovar oboroti (1131 foiz) aholiga pulli xizmatlar ko‘rsatish hajmlari (1124 foiz) o‘sdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti taqchilligi belgilangan ko‘rsatkichlardan oshmadi. xarajatlardagi naqd pul emissiyasi ulushi belgilangan 12 foiz o‘rniga 8 foizni tashkil etdi. Inflatsiya darajasi o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan 17 baravar pasaydi. Aholining real daromadlari oshdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fond bozorini faollashtirishga tadbirkorlikni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga va aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari paketlarining o‘z vaqtida sotilishi uchun rahbarlarning javobgarligini oshirishga yo‘naltirilgan bir qator me’yoriy hujjatlar qabul qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga tashqi savdo oborotidagi ijobiy saldoga qaramasdan “O‘zavtosanoat”, “O‘zkimyosanoat”, “O‘zbekyengilsanoat”, “O‘zmashsanoat” uyushmalari, “O‘zmevasabzavotuzumsanoatxolding”, “O‘zqishloqxo‘jalikmashxolding” kompaniyalari, “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi, “Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat aksiyadorlik birlashmasi, “O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasi rahbarlari eksport va valyuta tushumi prognoz hajmlarini bajarish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rmayaptilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zeltexsanoat”, “O‘zavtosanoat”, “O‘zmashsanoat”, “O‘zbektransqurilish” uyushmalari “O‘zparrandasanoat” birlashmasi “O‘zsuvqurilish” davlat konserni rahbarlari tomonidan korxonalar aksiyalarini sotish tarmoq dasturlarini bajarish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rilmayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi tijorat banklari tomonidan kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish xorijiy kredit liniyalarini o‘zlashtirish ishlari sust amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekyengilsanoat”, “O‘zkimyosanoat” uyushmalari “O‘zqishloqxo‘jalikmashxolding” kompaniyasi rahbarlari xorijiy investitsiyalarni jalb qilish dasturining bajarilishini ta’minlashmayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
To‘lanmagan o‘zaro to‘lovlar darajasini qisqartirish ayniqsa Energetika vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “O‘zkimyosanoat” uyushmasi, “O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasi korxonalarida sust bormoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir qator mintaqalarda Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturi zarur darajada amalga oshirilmayapti. Qoraqalpog‘iston Respublikasida Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida paxta yig‘im-terimi Qoraqalpog‘iston Respublikasida Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida kuzgi boshoqli don ekinlari ekish sur’atlari pastligicha qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlarini so‘zsiz bajarish sa’y-harakatlarni iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy rivojlantirishning joriy yil oxirigacha belgilangan ko‘rsatkichlariga erishishga qaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar va kompaniyalar quyidagilarni amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘lov muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni tasdiqlangan jadvallarga muvofiq bartaraf etish to‘lov muddati o‘tgan debitorlik qarzlarning qaytadan ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalarni sanatsiya qilish qayta ixtisoslashtirish umidsiz zarar ko‘rib ishlayotgan va istiqbolsiz korxonalarni tugatish bo‘yicha joriy yilga belgilangan dasturni nihoyasiga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuzilgan shartnomalar bo‘yicha shu jumladan eksport qilish uchun raqobatbardoshli mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish eksport topshiriqlarini va valyuta tushumini majburiy sotishni so‘zsiz bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil uchun buyurtmalar portfelini shakllantirishni shu jumladan eksportga mahsulot yetkazib berish bo‘yicha tugallash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlarning kuz-qish davrida bir maromda ishlashini ta’minlovchi barcha tayyorgarlik tadbirlarini nihoyasiga yetkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar va kompaniyalar rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investorlar ulushi va erkin sotish bo‘yicha joylashtirilmagan aksiyalarni tarmoq dasturlarida nazarda tutilgan hajmlarda shu yil oxirigacha sotish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ko‘rsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulkini xususiylashtirish dasturi va 1998-yilda pul tushumlari bajarilishini ta’minlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarish tizimini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 22-avgustdagi 361-son qarorini bajarish bo‘yicha aksiyadorlik jamiyatlari aksiyadorlari umumiy yig‘ilishlarining tasdiqlangan jadvallarga muvofiq o‘tkazilishini tugallasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi (V. A Chjen):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boshqa vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar va uyushmalar bilan birgalikda 1998-yilda xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarining sotilishi yakunlariga ko‘ra erkin resurslar qoldiqlarini tahlil qilsin va ushbu aksiyalarni sotishdan 1999-2000-yillarda davlat budjetiga tushadigan pul mablag‘lari miqdorini aniqlagan holda ularni sotish muddatlari bo‘yicha 1999-yil 10-yanvargacha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar va uyushmalar bilan birgalikda aksiyadorlik jamiyatlaridagi davlatning ishonchli vakillarini o‘qitish dasturini ikki hafta muddatda ishlab chiqsin, ularni o‘qitish jadvalini tasdiqlasin va o‘qitishni tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi, Biznes-fond, tijorat bilan birgalikda tijorat banklarida 1999-yilgi kredit dasturi doirasida kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun har bir kredit liniyasi bo‘yicha kreditlar berish shartlarini keng tadbirkorlar doirasiga yetkazgan holda shu yil oxirigacha kredit liniyalari ochilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar va kompaniyalar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkida davlat ulushi bo‘lgan istiqbolsiz va 1999-yilda bankrot qilinadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar ro‘yxatini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkida davlat ulushi bo‘lgan va sanatsiya qilinadigan yoki qayta ixtisoslashtiriladigan korxonalar ro‘yxatini, shuningdek ularni moliyaviy sog‘lomlashtirish dasturini shu yilning 1-dekabrigacha tayyorlasinlar va Vazirlar Mahkamasi komplekslarining rahbarlari bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasiga kiritsinlar, keyinchalik Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasiga taqdim etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha hukumat komissiyasi 1999-yilda mulkida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarni tugatish, sanatsiya qilish va qayta ixtisoslashtirish dasturini 1999-yil 1-yanvargacha ko‘rib chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar va kompaniyalar rahbarlari ilgari yo‘l qo‘yilgan qoloqlikning o‘rnini to‘ldirishni ta’minlashni nazarda tutgan holda shu yil IV chorakda eksportga mahsulot jo‘natishning aniqlashtirilgan jadvallarini bir hafta muddatda tasdiqlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joriy yilda mahsulot eksport qilish bo‘yicha qoloqlikning o‘rnini to‘ldirish va mahsulotni yuklab jo‘natishning belgilangan jadvallari bajarilishi uchun shaxsiy javobgarlik vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar va kompaniyalar rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi mahsulotni yuklab jo‘natishning ko‘rsatib o‘tilgan jadvallari bajarilishi monitoringini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mahsulot yetkazib berish yuzasidan shartnomalar tuzilishini va ularning bajarilishini hamda moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlashni nazorat qilish bo‘yicha ishchi guruh vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar va uyushmalar bilan birgalikda 1999-yilda mahsulotlar, hom ashyo va materiallarning asosiy turlarini ishlab chiqarish va taqsimlashning prognoz balanslaridan kelib chiqib, tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan kelgusi yil uchun buyurtmalar portfeli o‘z vaqtida shakllantirilishi yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil uchun buyurtmalar portfelini shakllantirish ishlarining borishi 1998-yil noyabr oyida Vazirlar Mahkamasi majlisida ko‘rib chiqilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi 1998-yilgi Investitsiya dasturi bajarilishining kutilayotgan yakunlarini mablag‘ bilan ta’minlashning real manbalari mavjudligini va respublika iqtisodiyotini tarkibiy qayta qurishning asosiy yo‘nalishlarini hisobga olgan holda 1999-yilgi Investitsiya dasturini ishlab chiqsin va shu yil 20-noyabrda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, mahalliy moliya organlari, budjet muassasalari va boshqa tashkilotlarning ular tomonidan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hisobiga iste’mol qilinadigan elektr-energiyasi, kommunal xizmatlar, neft mahsulotlari, aloqa xizmatlari va boshqa xarajatlar uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarning budjetga soliqlar va to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligini kamaytirish hisobiga o‘zaro qarzlarni uzish bayonnomalarini rasmiylashtirish yo‘li bilan hisob-kitob qilish amaliyotini davom ettirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yil 2-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
460-son