Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2022 13.04.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2093
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 13.04.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2093
Kuchga kirish sanasi
23.04.2010
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2022
Hujjat 07.09.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

MIKROKREDIT TAShKILOTLARI FAOLIYATINI LITSENZIYALASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 13-aprelda 2093-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 22-avgustdagi 19/5-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3389, 28.09.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 12-son, 247-modda), “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2006-yil, 9-son, 495-modda) qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2006-yil 7-oktabrdagi 24/4-sonli “Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1635, 2006-yil 31-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 43-44-son, 436-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 15-avgustdagi 23/4-sonli “Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1635-1, 2009-yil 14-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 38-son, 418-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 23-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3/5-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 23-yanvardagi 3/5-sonli qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 12-son, 247-modda), “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2006-yil, 9-son, 495-modda), “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, 5-6-son, 142-modda) qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida mikrokredit tashkilotlarini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikrokredit tashkiloti — mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing berish sohasida xizmatlar koʻrsatish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi va “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq boshqa mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxsdir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalash departamenti — litsenziya olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish vazifalari yuklatilgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining (bundan keyingi oʻrinlarda Markaziy bank deb yuritiladi) tarkibiy tuzilmasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiya — Markaziy bankning Kredit tashkilotlari va kredit byurolarini roʻyxatga olish va litsenziyalash komissiyasi.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 18-avgustdagi 24/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 2093-3, 27.09.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 39-son, 465-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 9-moddasiga muvofiq qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda mikrokredit tashkiloti litsenziya olinganidan keyin mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish faoliyatini amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Mikrokredit tashkilotiga litsenziya olish uchun qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mikrokredit tashkilotlari ustav fondining eng kam miqdori quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20 ming yevro ekvivalentda — Toshkent shahrida tuzilayotgan mikrokredit tashkilotlari uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 ming yevro ekvivalentda — boshqa aholi punktlarida tuzilayotgan mikrokredit tashkilotlari uchun.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mikrokredit tashkiloti ustav fondining milliy valyutadagi eng kam miqdori mikrokredit tashkiloti davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanada Markaziy bankning valyuta operatsiyalari boʻyicha buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarni yuritish uchun eʼlon qilingan yevro kursi boʻyicha yuqorida belgilangan miqdordan kam boʻlmasligi kerak.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 5-noyabrdagi 34/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2093-2, 14.12.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 50-son, 533-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 2012-yil 1-yanvardan boshlab mikrokredit tashkilotlari ustav fondining eng kam miqdori 100 ming yevro ekvivalenti miqdorida belgilanadi. Faoliyat koʻrsatayotgan mikrokredit tashkilotlari 2013-yilning 1-yanvariga qadar oʻz ustav fondlarini ushbu miqdorga yetkazishlari lozim.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 5-noyabrdagi 34/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2093-2, 14.12.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 50-son, 533-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy valyuta ekvivalentidagi ustav fondining miqdorini aniqlash hisobot oyining oxirgi kuniga Markaziy bank tomonidan xorijiy valyutalar boʻyicha eʼlon qilingan kurs boʻyicha amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mikrokredit tashkilotining ustav fondi pul mablagʻlaridan, shuningdek mazkur tashkilot ustav fondi miqdorining yigirma foizidan oshmaydigan boshqa mol-mulkdan shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Kreditga va garovga olingan mablagʻlardan hamda boshqa jalb etilgan mablagʻlardan mikrokredit tashkilotining ustav fondini shakllantirish uchun foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagi shaxslar mikrokredit tashkiloti muassislari boʻla olmaydi:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa nobank kredit tashkilotlari;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 7-maydagi 14/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2093-1, 25.05.2011-y.) tahririda —OʻR QHT, 2011-y., 20-21-son, 215-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
offshor hududda doimiy yashovchi jismoniy shaxslar va ushbu hududda roʻyxatga olingan norezident yuridik shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
offshor hududlarda joylashgan banklarda hisobvaraqqa ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslar, agar ularning aksiyadori (ishtirokchisi) offshor hududda doimiy yashovchi jismoniy shaxs yoki roʻyxatga olingan yuridik shaxslar boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari, siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari va diniy tashkilotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Mikrokredit tashkilotiga litsenziya olish uchun toʻlovlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim undiriladi. Arizani qayta koʻrib chiqish uchun yigʻim undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Yigʻim va davlat bojining stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Litsenziya dublikatini berishda yoki uni qayta rasmiylashtirishda mikrokredit tashkilotiga litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim summasining teng yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Litsenziya talablari va shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mikrokredit tashkiloti faoliyatini amalga oshirishda quyidagilar litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga, shuningdek mikrokredit tashkiloti faoliyati bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga rioya qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikrokredit tashkiloti ustav fondining ushbu Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan miqdordan kam boʻlmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kassa xonalarining texnik jihatdan mustahkamlangan va qoʻriqlash-yongʻindan saqlash signalizatsiya vositalari bilan jihozlangan boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikrokredit tashkiloti boshqaruv organining rahbari lavozimiga tavsiya etiladigan nomzodning tegishli oliy maʼlumotga va ish tajribasiga ega boʻlishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Litsenziya olish uchun hujjatlarni taqdim etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Litsenziya olish uchun mikrokredit tashkiloti roʻyxatdan oʻtkazilganidan soʻng bir oydan kechiktirmasdan Markaziy bankka yoki uning tegishli hududiy boshqarmasiga quyidagilarni taqdim etadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya berish toʻgʻrisida ariza;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikrokredit tashkilotining taʼsis hujjatlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikrokredit tashkiloti davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnomaning nusxasi;
(13-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 5-noyabrdagi 34/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2093-2, 14.12.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 50-son, 533-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikrokredit tashkiloti boshqaruv organlarining tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikrokredit tashkilotining ustav fondi shakllantirilganligini tasdiqlovchi bank hujjati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mikrokredit tashkilotida axborot tizimlarining oʻzaro ishlashi va almashinuvini taʼminlash maqsadida quyidagilar mavjud boʻlishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank telekommunikatsiya tarmogʻiga ulanish uchun modem aloqasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikrokredit tashkiloti binosi va bank telekommunikatsiya tarmogʻining jihozlari oʻrnatilgan avtomatik telefon stansiyasi bilan alohida sifatli aloqa liniyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kafolatlangan elektr taʼminoti (220 V);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kunlik buxgalteriya hisobini yuritilishini taʼminlovchi dasturiy taʼminot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikrokredit tashkiloti faoliyatini tashkil etish uchun zarur boʻlgan boshqa texnik vositalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mikrokredit tashkiloti binosi va undagi kassa xonalari texnik jihatdan mustahkamlangan va qoʻriqlash-yongʻindan saqlash signalizatsiya vositalari bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mikrokredit tashkiloti binosi va undagi kassa xonalarining texnik jihatdan mustahkamlanganligi va qoʻriqlash-yongʻindan saqlash signalizatsiya vositalari bilan jihozlanganligi, shuningdek axborot tizimlarining oʻzaro ishlashi va almashinuvini taʼminlash maqsadida modem va sifatli aloqa liniyasi mavjudligi hamda buxgalteriya hisobi amaliyotlarini amalga oshirish boʻyicha texnik talablarga mos keluvchi dasturiy taʼminot bilan taʼminlanganligi boʻyicha Markaziy bankning tegishli hududiy boshqarmasining xulosasi olinishi lozim.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 7-maydagi 14/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2093-1, 25.05.2011-y.) tahririda —OʻR QHT, 2011-y., 20-21-son, 215-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Hajmi bir varaqdan ziyod holda taqdim etiladigan barcha hujjatlar alohida yigʻmajild shaklida tikilib, muhr izi tushirilgan holda tasdiqlangan boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Agar mazkur Nizomning 13-bandida koʻrsatilgan hujjatlar hududiy boshqarmaga taqdim etilgan boʻlsa, hududiy boshqarma uch kun muddat ichida hujjatlar toʻplamini mazkur Nizom talablariga muvofiq toʻliqligini oʻrganib chiqadi, shundan keyin ushbu hujjatlar toʻplamini mikrokredit tashkiloti kassa xonalarining texnik jihatdan mustahkamlanganligi va qoʻriqlash-yongʻindan saqlash signalizatsiya vositalari bilan jihozlanganligi boʻyicha xulosa bilan birga Markaziy bankka yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Litsenziya olishga barcha zarur hujjatlar ilova qilingan ariza Markaziy bank tomonidan ariza va zarur hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab oʻttiz kun mobaynida koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Taqdim etilgan hujjatlar toʻplami toʻliq jamlansa, qonun hujjatlari va mazkur Nizom talablariga muvofiq kelsa, litsenziyalash departamenti komissiyaga mikrokredit tashkilotiga litsenziya berish toʻgʻrisidagi masalani kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Markaziy bank litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilinganidan keyin uch kun mobaynida xabardor qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingani haqida xabarnoma litsenziya talabgoriga yozma shaklda bank hisobvaragʻi rekvizitlari va davlat bojini toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi).
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Litsenziya berilgan vaqtdan boshlab olti oy muddat ichida mikrokredit tashkiloti oʻz faoliyatini amalga oshirishga kirishishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganidan keyin Markaziy bank uch nusxada quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi yuridik yigʻmajildlarni rasmiylashtiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikrokredit tashkilotining taʼsis hujjatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikrokredit tashkiloti davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
(21-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 5-noyabrdagi 34/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2093-2, 14.12.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 50-son, 533-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikrokredit tashkilotining boshqaruv organlari tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikrokredit tashkilotining ustav fondi shakllantirilganligini tasdiqlovchi bank hujjati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kassa xonalarining texnik jihatdan mustahkamlanganligi va qoʻriqlash-yongʻindan saqlash signalizatsiya vositalari bilan jihozlanganligi boʻyicha tegishli hududiy boshqarmaning xulosasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bankning mikrokredit tashkilotiga litsenziya berish toʻgʻrisidagi qarori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikrokredit tashkiloti faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziya.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Uch nusxada tayyorlangan yuridik yigʻmajildlar Markaziy bank tomonidan quyidagicha taqsimlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyaning asl nusxasini oʻz ichiga olgan bir nusxasi mikrokredit tashkiloti rahbariga imzo qoʻydirilgan holda mikrokredit tashkilotiga topshiriladi. Mikrokredit tashkilotiga topshirilgan yuridik yigʻmajild yuridik hujjatlarni saqlash uchun moʻljallangan maxsus joyda saqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir nusxasi Markaziy bankda qoldiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir nusxasi mikrokredit tashkiloti joylashgan manzil boʻyicha Markaziy bankning hududiy boshqarmasiga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar Markaziy bankning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq boʻladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 5-noyabrdagi 34/7-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2093-2, 14.12.2011-y.) asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 50-son, 533-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Markaziy bank quyidagi hollarda litsenziya berishni rad etishga haqlidir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan hujjatlar qonun hujjatlarida belgilangan talablarga nomuvofiq boʻlganda;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzilgan maʼlumotlar mavjud boʻlganda.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya talabgoriga yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya talabgori litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan kamchiliklarni toʻliq bartaraf etgandan soʻng hujjatlarni qaytadan koʻrib chiqish uchun Markaziy bankka taqdim etishi mumkin. Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 5-noyabrdagi 34/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2093-2, 14.12.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 50-son, 533-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mikrokredit tashkiloti faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olish maqsadida takroran taqdim etilgan arizani qayta koʻrib chiqishda litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomada ilgari koʻrsatilmagan asoslar boʻyicha mikrokredit tashkilotiga litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 18-avgustdagi 24/10-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2093-3, 27.09.2012-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 39-son, 465-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Norezident jismoniy va yuridik shaxslar ishtirokida mikrokredit tashkilotni tashkil etishga qoʻshimcha talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Norezident jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan, shuningdek ellik foizdan ortiq aksiyalari (ishtirokchilar ulushlari) norezident jismoniy va (yoki) yuridik shaxslarning egaligida, foydalanuvida yoki tasarrufida boʻlgan rezident yuridik shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida tashkil etilgan mikrokredit tashkiloti aksiyalarini (ulushlarini) sotib olish, ularga egalik qilish huquqini berish va shu kabi boshqa munosabatlar boʻyicha kelishuvlar faqat Markaziy bankning oldindan ruxsati olinganidan soʻng amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Mikrokredit tashkilotini tashkil etishda norezident yuridik shaxslar qatnashsa, mazkur Nizomning 13-bandida keltirilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) norezident yuridik shaxs vakolatli organining uning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi mikrokredit tashkilotining aksiyalarini (ulushlarini) sotib olishi va (yoki) egalik qilishi toʻgʻrisidagi qarori nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) auditorlik firmasi tomonidan tasdiqlangan norezident yuridik shaxsning oxirgi uch yillik moliyaviy hisoboti (kamida uch yil faoliyat koʻrsatgan boʻlishi shart);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) agar norezident yuridik shaxsning mamlakati qonunlari talab qilsa, u joylashgan mamlakat nazorat organining uning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi mikrokredit tashkilotiga muassis boʻlishiga roziligini tasdiqlovchi hujjati;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) norezident yuridik shaxsning toʻlovga layoqatliligi toʻgʻrisida xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan berilgan tasdiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) norezident yuridik shaxsning muassislari toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muassis-yuridik shaxslar uchun — firma nomi, davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanasi va joyi, muassisning ustav fondidagi (kapitalidagi) ulushi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muassis-jismoniy shaxslar uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, turar joyi (toʻliq manzili), muassisning ustav fondidagi (kapitalidagi) ulushi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Mikrokredit tashkilotini tashkil etishda norezident jismoniy shaxs qatnashsa, mazkur Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda oxirgi ikki yil uchun soliq deklaratsiyasi ham ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Mazkur Nizomning 26 va 27-bandlarida qayd etilgan hujjatlar norezident yuridik shaxs roʻyxatdan oʻtkazilgan yoki norezident jismoniy shaxs yashayotgan mamlakatdagi Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasasida, u mavjud boʻlmagan taqdirda esa, norezident yuridik shaxs roʻyxatdan oʻtkazilgan yoki norezident jismoniy shaxs yashayotgan davlatning Tashqi ishlar vazirligida, mazkur mamlakatning Oʻzbekiston Respublikasidagi konsullik muassasasida yoki diplomatik vakolatxonasida belgilangan tartibda legallashtiriladi, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining konsullik boshqarmasida tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Norezidentlarning arizasini koʻrib chiqish va ularning moliyaviy ahvolini baholashda, Markaziy bank norezidentlar mamlakatining nazorat organi maʼlumoti va fikr-mulohazalariga tayanadi. Zarurat boʻlganda, Markaziy bank oʻz mezonlari va fikr-mulohazalarini qoʻllash huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Norezidentlar ishtirokidagi mikrokredit tashkilotiga litsenziya berishni soʻrab murojaat qilingan arizani rad etish uchun quyidagilar asos boʻlishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy iqtisodiyotga yoki raqobat muhitiga salbiy taʼsir oʻtkazish xavfi mavjud boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
norezident mamlakatining nazorat qiluvchi organlari tomonidan rad etish tavsiya qilinsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
norezidentning ustav fondida (kapitalida) jinoiy faoliyatdan olingan mablagʻlarning mavjud boʻlishi yoxud ularning aksiyadorlari (ishtirokchilari) tarkibida offshor hududlarda roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik shaxslar yoki offshor hududda doimiy yashovchi jismoniy shaxslar mavjud boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
offshor hududlarda joylashgan banklarda hisobvaraqqa ega boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muassisi offshor hududda doimiy yashovchi jismoniy shaxs yoki ushbu hududda roʻyxatga olingan yuridik shaxslar boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
norezidentning moliyaviy holati qoniqarsiz boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Mikrokredit tashkiloti nomiga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Mikrokredit tashkilotining firma nomida “mikrokredit tashkiloti” soʻz birikmasi ifodalanishi va firma nomlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida keltirilgan talablarga muvofiq boʻlishi zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. Mikrokredit tashkiloti filialini tashkil etish va Markaziy bankka hisobga qoʻyish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Filial mikrokredit tashkilotining u joylashgan erdan tashqarida tashkil etiladigan hamda uning barcha vazifalarini yoki vazifalarining bir qismini, shu jumladan vakolatxona vazifalarini bajaradigan alohida boʻlinmasidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Filial nomlanishi “filial” soʻzi koʻrsatilgan holda uni tashkil etgan mikrokredit tashkiloti nomi bilan mos kelishi lozim. Oʻzbekiston Respublikasi hududida tashkil etilgan mikrokredit tashkiloti filiallari yuridik shaxs hisoblanmaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Mikrokredit tashkiloti filiali Markaziy bankning oldindan roziligi olingandan soʻng qonun hujjatlariga muvofiq mikrokredit tashkilotining boshqaruv organi qaroriga binoan tashkil etiladi yoki tugatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Filial oʻz faoliyatini mikrokredit tashkilotining boshqaruv organi tomonidan tasdiqlagan filial toʻgʻrisidagi nizom va mikrokredit tashkilotiga berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Mikrokredit tashkiloti filial tashkil qilish uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoniqarli moliyaviy holatga ega boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlari va Markaziy bankning talablariga javob berishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikrokredit tashkiloti kunlik jamlama buxgalteriya balansini tuzish uchun kerakli dasturiy-texnik vositalarga hamda malakali buxgalteriya xodimlariga ega boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikrokredit tashkiloti litsenziya olingan kundan boshlab kamida ikki yildan ziyod oʻz faoliyatini amalga oshirgan boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank talablariga javob beradigan tegishli xonalar va uskunalarga ega boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Mikrokredit tashkiloti quyidagi holatlarda qoniqarli moliyaviy holatga ega deb topiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joriy yil natijalariga koʻra sof foydaga ega boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muddati oʻtgan kreditlarning summasi oxirgi bir yil davomida mikrokredit tashkiloti kredit portfelining 5% dan kam miqdorini tashkil etganda;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikrokredit tashkilotining jami kapitalidan ustav fondi va tekinga olingan mulklar chegirilgandan soʻng qolgan kapitali oxirgi bir yil davomida mikrokredit tashkiloti aktivlarining kamida 10% ni tashkil etganda.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Mikrokredit tashkiloti filialini tashkil etish va Markaziy bankda hisobga qoʻyish uchun Markaziy bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiy asoslab berilgan holda mazkur filialni tashkil etish toʻgʻrisidagi ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
filialni tashkil etish toʻgʻrisidagi mikrokredit tashkiloti boshqaruv organining qarori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikrokredit tashkiloti filiali toʻgʻrisida nizom;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
filial rahbari va bosh buxgalteri lavozimiga koʻrsatilgan nomzodlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
filial kassa xonalarining texnik jihatdan mustahkamlanganligi va qoʻriqlash-yongʻindan saqlash signalizatsiya vositalari bilan jihozlanganligi boʻyicha tegishli hududiy boshqarmaning xulosasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Filialni tashkil etish uchun taqdim etilgan hujjatlar toʻplami Markaziy bank tomonidan oʻttiz kun ichida koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Taqdim etilgan hujjatlar toʻplami toʻliq jamlansa, qonun hujjatlari va mazkur Nizom talablariga muvofiq kelsa, litsenziyalash departamenti komissiyaga mikrokredit tashkilotining filialini hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi masalani kiritadi. Agar taqdim etilgan hujjatlar toʻplami ushbu Nizom va qonun hujjatlari talablariga zid boʻlsa, hujjatlar toʻplami sabablari koʻrsatilgan holda qaytariladi. Hujjatlar qaytadan taqdim etilganda, filial toʻgʻrisidagi nizom mikrokredit tashkiloti tomonidan qaytadan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Mikrokredit tashkiloti filialini tashkil etish uchun taqdim etilgan hujjatlarda keyinchalik notoʻgʻri yoki haqqoniy boʻlmagan maʼlumotlar mavjudligi aniqlangan holda hamda filialning faoliyati natijasida mikrokredit tashkilotining moliyaviy holati ogʻirlashganda Markaziy bank mikrokredit tashkilotidan mazkur filialni tugatishni talab qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Mikrokredit tashkilotining filiali joylashgan manzili boʻyicha qonun hujjatlarida koʻrsatilgan tartibda bankda hisobvaragʻini ochadi va qonun hujjatlariga hamda mikrokredit tashkilotining filiali toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq operatsiyalarni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IX. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish va uning dublikatini berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Litsenziyaning asl nusxasi yoʻqolgan taqdirda, mikrokredit tashkiloti bir haftalik muddatda bu haqda Markaziy bankka yozma ravishda axborot beradi va uni qayta tiklash uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyaning yoʻqolganligi sababi koʻrsatilgan hamda litsenziya dublikati berilishini soʻrab, litsenziyani saqlash uchun javobgar boʻlgan mansabdor shaxslarga nisbatan koʻrilgan va bunday holatlarning oldini olish boʻyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar aks ettirilgan ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
topilmalar byurosi tomonidan litsenziyaning yoʻqotilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalari manbalarida yoʻqotilgan litsenziyani haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida berilgan eʼlon nusxasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Markaziy bank bir oy muddat ichida taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va mikrokredit tashkiloti tomonidan koʻrilgan tadbirlarni mazkur Nizomning 44-bandiga muvofiq ekanligiga ishonch hosil qilgan taqdirda litsenziyani yoʻqotgan mikrokredit tashkilotiga uning dublikatini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Agar litsenziya dublikati olingandan soʻng avval yoʻqotilgan litsenziya topilsa, mikrokredit tashkiloti besh ish kuni ichida litsenziyaning asl nusxasini bekor qilish uchun Markaziy bankka topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
X. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish yoki uni bekor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Markaziy bank quyidagi hollarda litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikrokredit tashkiloti tomonidan “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonun va boshqa qonun hujjatlari talablari, shu jumladan litsenziya talablari va shartlari buzilganda;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikrokredit tashkilotining faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar bajarilmaganida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Markaziy bankning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori mikrokredit tashkilotiga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Markaziy bank litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlarning mikrokredit tashkiloti tomonidan bartaraf etilishi muddatini belgilashga majbur. Koʻrsatilgan muddat olti oydan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Mikrokredit tashkiloti litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etgan taqdirda Markaziy bank tasdiqlovchi hujjatlar olingan kundan boshlab oʻn kun ichida uning amal qilishini tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikrokredit tashkiloti toʻlovga qobiliyatsiz boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot maʼlumotlari muntazam ravishda buzib koʻrsatilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikrokreditlar berish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish litsenziya berilgan paytdan eʼtiboran olti oydan ortiq muddatga kechikkanda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Litsenziyaning amal qilishi mikrokredit tashkiloti tomonidan Markaziy bank belgilagan muddatda litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlar bartaraf etilmaganda ham tugatilishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishi uni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan boshlab tugatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Litsenziya soxta hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlangan taqdirda, u bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Agar mikrokredit tashkiloti litsenziya berishga qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisida bildiruvnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan boshlab uch oy mobaynida Markaziy bankka litsenziya berilishiga davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa, Markaziy bank koʻrsatilgan litsenziyani bekor qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XI. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Ushbu Nizomga muvofiq talab qilinadigan barcha hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 257-modda) rioya etilgan holda taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 14-15-son, 116-modda; 2011-y., 20-21-son, 215-modda; 50-son, 533-modda; 2012-y., 39-son, 465-modda; 2013-y., 33-son, 451-modda; 2015-y., 12-son, 145-modda, 38-son, 506-modda; 2016-y., 16-son, 162-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 10/18/2093-9/1350-son, 12.03.2019-y., 10/19/2093-10/2737-son, 30.08.2019-y., 10/19/2093-11/3673-son; 27.06.2020-y., 10/20/2093-12/1004-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)