O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BA’ZI FARMONLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Pul muomalasini yanada takomillashtirish, naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini kengaytirish, bankdan tashqari pul aylanishini qisqartirish va soliqlar to‘lashdan bo‘yin tovlashga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida:
1. “Respublika pul-kredit siyosati komissiyasining tarkibini o‘zgartirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 1-avgustdagi PF-1827-son Farmoniga 2-ilovaning 3.2-bandi to‘qqizinchi xatboshi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. “Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 21-martdagi PF-2564-son Farmoni 6-bandining ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 2-oktabr,
PF-3143-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 10-11-son, 189-modda)