01.04.2010 yildagi PQ-1315-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.04.2010 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QISHLOQ JOYLARDAGI BOLALAR SPORTI OBYEKTLARIDA BAND BOʻLGAN AYOL SPORT USTOZLARI MEHNATINI RAGʻBATLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi Vasiylik kengashining 2010-yil 11-martdagi qaroriga muvofiq hamda qizlarni, ayniqsa qishloq joylardagi qizlarni sport bilan shugʻullanishga faol jalb etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, bolalar sporti obyektlarida bolalar va oʻquvchi yoshlar bilan ishlash uchun ayollar orasidan yuqori malakali, professional tayyorlangan ustoz kadrlarni keng jalb etish, ularning mehnatini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligining 2010-yil 1-apreldan boshlab qishloq joylardagi umumtaʼlim maktablarida, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida va bolalar — oʻsmirlar sport maktablarida jismoniy tarbiya oʻqituvchisi hamda sport ustozi boʻlib ishlayotgan ayollarning tarif stavkalariga har oyda 15 foiz miqdorda ustama haq belgilash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, jismoniy tarbiya oʻqituvchilari hamda sport ustozlari boʻlib ishlayotgan ayollarning tarif stavkalariga har oyda qoʻshib beriladigan ustama haq belgilanishi bilan bogʻliq sarf-xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining “Taʼlim” boʻlimi boʻyicha tasdiqlangan xarajatlar doirasida budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi va ularning hududiy organlari bir oy muddatda qishloq joylardagi umumtaʼlim maktablari, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari va bolalar — oʻsmirlar sport maktablarining shtat jadvallari hamda xarajatlar smetalarini mazkur qaror talablari bilan muvofiq holga keltirilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 1-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-1315-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 13-son, 95-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)