O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
XALQARO SHARTNOMAGA QO‘SHILISH TO‘G‘RISIDA
1. Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi (QXRXJ)ni tashkil qilish to‘g‘risidagi Bitimga (Rim, 1976-yil 13-iyun) quyidagi izoh bilan qo‘shilinsin:
“Bitimning 13-moddasi 4-bo‘limiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bitim 11-moddasi 2-bo‘limining qoidalari bilan o‘zini bog‘liq emas deb hisoblashini bildiradi”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Kotibiyatiga O‘zbekiston Respublikasi ushbu xalqaro shartnomaga qo‘shilgani to‘g‘risida bildirishnoma yo‘llasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-maydagi PQ-4717-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.05.2020-y., 07/20/4717/0599-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirgandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlasinlar.
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 25-mart,
PQ-1310-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 13-son, 94-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son; 19.05.2020-y., 07/20/4717/0599-son)