Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 29.04.1997 yildagi 217-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 29.04.1997 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IMOM AL-BUXORIY TAVALLUDINING HIJRIY-QAMARIY TAQVIM BOʻYIChA 1225 YILLIGINI NIShONLASh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hadis ilmining ravnaqiga ulkan hissa qoʻshgan yirik alloma, buyuk vatandoshimiz Imom al-Buxoriy ilmiy-diniy merosining xalqimiz maʼnaviy-ruhiy hayotidagi beqiyos oʻrnini va mamlakat keng jamoatchiligining takliflarini hisobga olib hamda ushbu merosni asrab-avaylash, qadrlash va jamiyatning barkamol kishilarini tarbiyalashda undan oqilona foydalanishga shart-sharoit yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1998-yilda Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim boʻyicha 1225 yilligi mamlakatimizda keng nishonlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu sanaga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika tashkiliy qoʻmitasi 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkiliy qoʻmita oʻn besh kun muddatda tegishli vazirliklar va idoralar, Samarqand va Buxoro viloyatlari hokimliklarining takliflari asosida oʻz tadbirlarini ishlab chiqsin va ularni bajarishga kirishsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Samarqand viloyatidagi Imom al-Buxoriy maqbarasi va masjidini taʼmirlash hamda bu yerda qadimiy milliy meʼmorchilik anʼanalari bilan uygʻunlashgan zamonaviy inshootlardan iborat betakror muhtasham yodgorlik majmuini barpo etish uchun loyihaviy takliflarni tayyorlovchi komissiya 2-ilovaga muvofiq tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya ikki oy muddat ichida YUNESKO ekspertlarini va xalqaro tashkilotlarning, jumladan, shahzoda Charlz Uelskiyning Meʼmorlik instituti va Oksford islom tadqiqotlari markazi (Buyuk Britaniya) mutaxassislarini jalb qilgan holda tegishli takliflarni tayyorlasin va tasdiqlashga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Samarqand va Buxoro viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda mamlakat hududidagi Imom al-Buxoriy nomi va davri bilan bogʻliq qadamjolar, obidalar roʻyxatini aniqlasin va ularni taʼmirlash-konservatsiyalash boʻyicha belgilangan tartibda taklif tayyorlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Samarqand viloyati hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi Imom al-Buxoriy maqbarasi majmuidagi taʼmirlash-qurilish ishlarini 1998-yilning avgust oyigacha tugallashni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi Imom al-Buxoriy maqbarasi majmuidagi yangi inshootlar qurilishini 1998-yilgi investitsiya dasturida belgilangan tartibda inobatga olsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi, YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi va Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda va YUNESKOning xalqaro tadbirlari doirasida 1998-yil sentyabr oyida Samarqand shahrida “Imom al-Buxoriy va uning dunyo madaniyatida tutgan oʻrni” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi 1997-1998-yillarda Imom al-Buxoriy asarlari hamda uning hayoti va ijodiga oid nashrlarni oʻzbek, arab, rus va ingliz tillarida chop etishni nashriyotlarning rejasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oʻzbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi 1998-yilda Imom al-Buxoriy merosining mohiyatini va bugungi kundagi ahamiyatini ochib beruvchi 2 qismli hujjatli ilmiy-ommabop film yaratsin va uning xorijiy tillarga dublyaj qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligiga bagʻishlangan pochta markalari, otkritkalar, xatjildlar chiqarsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalari Imom al-Buxoriy hayoti va ilmiy faoliyatini, yubileyga tayyorgarlikning borishini keng yoritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ushbu qarorda koʻrsatilgan tadbirlarni va tashkiliy qoʻmita tasdiqlaydigan ishlarni amalga oshirish xarajatlari teng ulushlarda respublika budjeti va mahalliy budjetlar hisobidan qoplanishi belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu ishga Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, homiylar, shu jumladan, xorijiy homiylarning oʻz ulushlarini qoʻshish haqidagi taklif-istaklari qoʻllab-quvvatlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil 29-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
217-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 29-apreldagi 217-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim boʻyicha 1225 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika tashkiliy qoʻmitasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Joʻrabekov ‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisi ‎
A. Azizxoʻjayev ‎‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari
R. Bahodirov ‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari (kelishuv boʻyicha) ‎
Oʻ. Rahmatov ‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi (kelishuv boʻyicha)‎
A. Mardiyev ‎ —‎ Samarqand viloyati hokimi, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari ‎
K. Bakirxonov ‎ —‎‎ Samarqand viloyati hokimi, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari ‎
K. Bakirxonov ‎ —‎‎ Vazirlar Mahkamasi boʻlimi mudiri, tashkiliy qoʻmita masʼul kotibi v‎
M. Abdullayev ‎ —‎‎ Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy ‎
N. Aminov ‎ —‎‎ Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi rahbari ‎
T. Joʻrayev ‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidenti ‎
X. Joʻrayev ‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri ‎
N. Ibrohimov ‎ —‎‎ Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori ‎
A. Komilov —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri ‎
Sh.Mirmahmudov —‎‎ Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi ‎
A. Nosirov ‎ —‎‎ Samarqand shahri hokimi‎
A. Oripov ‎ —‎ Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi ‎
K. Toʻlaganov ‎ —‎ Toshkent shahar hokimi ‎
T. Yunusov ‎ —‎ “Oʻzbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi raisi ‎
M. Xayrullayev ‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi sharqshunoslik instituti direktori ‎
R. Shogʻulomov ‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi raisi ‎
M. Hazratqulov ‎ —‎ Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori ‎
Z. Hakimov ‎ —‎ “Oʻzteleradio” kompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi ‎
S. Husenov ‎ —‎ Buxoro viloyati hokimi ‎
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 29-apreldagi 217-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Imom al-Buxoriy maqbarasi majmuini taʼmirlash va barpo etish boʻyicha taklif tayyorlovchi komissiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
X. Joʻrayev ‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri, komissiya raisi ‎
T. Nabiyev ‎ —‎‎ Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi, komissiya raisi oʻrinbosari ‎
A. Abdullayev ‎ —‎‎ Islom tadqiqotlari markazi direktori ‎
F. Ashrafiy ‎ —‎‎ Oʻzbekiston Meʼmorlar uyushmasi raisi ‎
M. Ahmedov ‎ —‎ Samarqand davlat meʼmorchilik-qurilish institutining meʼmorchilik fakulteti dekani ‎
P. Zohidov ‎ —‎‎ Meʼmorchilik doktori ‎
A. Muhammadjonov ‎ —‎‎ OʻzFA tarix instituti direktori ‎
E. Nurillayev ‎ —‎‎ “Oʻzbektaʼmirshunoslik” instituti bosh meʼmori ‎
X. Toʻxtaboyev ‎ —‎‎ “Oltin meros” jamgʻarmasi raisi ‎
T. Qoʻziyev ‎ —‎‎ Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi ‎