10.04.2009 yildagi 7-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 19.05.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SUD HUJJATLARINI BAJARISHDAN BOʻYIN TOVLASH VA ULARNING IJRO ETILISHIGA TOʻSQINLIK QILISH UCHUN JINOIY JAVOBGARLIKKA DOIR QONUNLARNI QOʻLLASHNING AYRIM MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud amaliyotida sud hujjatlarini bajarishdan boʻyin tovlash va ularning ijro etilishiga toʻsqinlik qilish bilan bogʻliq ishlar boʻyicha tushuntirish berilishini taqozo etuvchi masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 114-moddasiga muvofiq sud hokimiyati chiqargan hujjatlar barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud hujjatini bajarishdan boʻyin tovlash, uning ijro etilishiga toʻsqinlik qilish odil sudlov obroʻsiga putur, davlat va jamoat manfaatlariga zarar yetkazadi, jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquq va qonuniy manfaatlari tiklanishiga qaratilgan faoliyatga salbiy taʼsir koʻrsatadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu munosabat bilan, Jinoyat kodeksi (bundan buyon — JK) sud hujjatini bajarishdan boʻyin tovlash va uning ijro etilishiga toʻsqinlik qilish bilan bogʻliq qator jinoyatlar, qaysiki voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlash (JK 122-moddasi), ota-onani moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlash (JK 123-moddasi), mehnat qilish huquqini buzish (JK 148-moddasi birinchi qismi), sud hujjatini ijro etmaslik (JK 232-moddasi), band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish (JK 233-moddasi) uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutadi.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2012-yil 13-dekabrdagi 19-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jinoyat kodeksi 232-moddasi dispozitsiyasida nazarda tutilgan sud hujjati deganda, qonuniy kuchga kirgan sud buyrugʻi, ajrim, qaror, hal qiluv qarori, hukm tushunilishi lozim.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Surishtiruv, tergov organlari va sudlar eʼtibori shunga qaratilsinki, JK 232-moddasi birinchi qismi dispozitsiyasida quyidagi jinoyat tarkiblari nazarda tutilgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan harakatlarni sodir etish yoxud ularni sodir etishdan oʻzini tiyish majburiyatini yuklovchi sud hujjatini bajarishdan boʻyin tovlashni maʼmuriy jazo qoʻllanilgandan keyin davom ettirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud hujjatining ijro etilishiga toʻsqinlik qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuni nazarda tutish zarurki, jinoiy javobgarlik nomulkiy xususiyatga ega boʻlgan sud hujjatini, yaʼni muayyan harakatlarni sodir etish yoxud ularni sodir etishdan oʻzini tiyish majburiyatini yuklovchi hujjatni bajarishdan boʻyin tovlaganlik uchun vujudga keladi. Mulkiy xususiyatga ega boʻlgan sud hujjatini, yaʼni pul mablagʻlarini yoki mol-mulkni undirish toʻgʻrisidagi hujjatni bajarishdan boʻyin tovlanilgan holda, shaxs jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, jinoyat qonuni istisnolarni ham nazarda tutadi, qaysiki bunda nomulkiy xususiyatga ega boʻlgan sud hujjatini bajarishdan boʻyin tovlaganlik jinoiy javobgarlikni emas, balki boshqa oqibatlarni vujudga keltiradi. Jumladan, axloq tuzatish ishlaridan boʻyin tovlagan mahkumning javobgarligi uni jinoiy javobgarlikka tortish yoʻli bilan emas, balki axloq tuzatish ishlarining oʻtalmagan muddatini ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirish orqali taʼminlanadi (JK 46-moddasi toʻrtinchi qismi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jinoyat kodeksi 232-moddasi dispozitsiyasi mazmuniga koʻra, sud hujjatining ijro etilishiga toʻsqinlik qilganlik uchun shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun sud hujjatining xususiyati ahamiyat kasb etmaydi. Shu bois, sud hujjatini ijro etilishiga toʻsqinlik qilinganlik uchun jinoiy javobgarlik sud hujjatining mulkiy yoki nomulkiy xususiyatga ega boʻlgan-boʻlmaganligidan qatʼi nazar yuzaga keladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Sud hujjatini bajarishdan boʻyin tovlash uchun jinoiy javobgarlikka tortishning majburiy sharti boʻlib, maʼmuriy jazoga tortilganidan va jinoiy javobgarlik toʻgʻrisida yozma tarzda ogohlantirilganidan soʻng shaxs tomonidan sud hujjatini bajarishdan boʻyin tovlash boʻyicha harakat (harakatsizlik)ning davom ettirilishi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud hujjatini bajarishdan boʻyin tovlash deganda, shaxs tomonidan nomulkiy xususiyatga ega qonuniy kuchga kirgan sud hujjati talabini bajarishdan boʻyin tovlash boʻyicha qilingan har qanday harakat tushunilishi lozim. Biroq, jinoiy javobgarlikka tortish uchun ushbu harakat (harakatsizlik) shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtK 1981-moddasi boʻyicha maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilgandan soʻng davom ettirilgan boʻlishi lozim. Bundan tashqari, shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonun 71-moddasi talabiga rioya etilishi, chunonchi shaxs ham maʼmuriy javobgarlikka tortilgan boʻlishi, ham shaxs kelgusida sud hujjatini bajarishdan boʻyin tovlagan taqdirda jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida davlat ijrochisi tomonidan yozma tarzda ogohlantirilgan boʻlishi talab etiladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surishtiruv, tergov organlari va sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, JK 232-moddasi dispozitsiyasi mazmuniga koʻra, sud hujjatining ijro etilishiga toʻsqinlik qilgan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun muqaddam unga nisbatan maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilgan boʻlishi talab etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Jinoyat qonunchiligida shaxs davlat ijrochisi tomonidan maʼmuriy jazoga tortilgandan qancha muddat oʻtgandan soʻng sud hujjatini bajarishdan boʻyin tovlash uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligi belgilanmagan.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biroq, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunda (bundan buyon — Qonun) sud hujjati talabini ixtiyoriy ravishda bajarish uchun besh kunlik muddat nazarda tutilgan. Shu bois, Qonun analogiyasini qoʻllab, jinoiy javobgarlik toʻgʻrisidagi ogohlantirish muddati besh kundan oshmasligi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shunga koʻra, shaxsni jinoiy javobgarlik haqida ogohlantirish toʻgʻrisidagi xatda davlat ijrochisi oʻtkazib yuborilishi sud hujjatini bajarishdan boʻyin tovlaganlik uchun jinoiy javobgarlik keltirib chiqaradigan muddatni (5 kungacha) aniq koʻrsatishi lozim.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sudlarga tushuntirilsinki, Qonun ayrim toifadagi nomulkiy xususiyatga ega boʻlgan sud hujjatlari boʻyicha davlat ijrochisi tomonidan bir qator (masalan, uyga kiritishda, uydan chiqarishda, imoratni buzib tashlashda, yer uchastkasini olib qoʻyish va oʻtkazishda va h.k) ijro harakatlarini amalga oshirishni nazarda tutadi. Ushbu toifadagi sud hujjatini bajarishdan boʻyin tovlaganlik uchun shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi masalani hal etishda, maʼmuriy jazo qoʻllanilgandan va ogohlantirish muddati oʻtgandan soʻng shaxs tomonidan sud hujjati talablarini bajarilmasligi holatining oʻzi kifoya hisoblanadi va davlat ijrochisi tomonidan tegishli ijro harakatlarining amalga oshirilishi ahamiyat kasb etmaydi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Shuni eʼtiborga olish lozimki, jinoyat qonuni JK 232-moddasida nazarda tutilgan umumiy normadan istisnolarni ham nazarda tutadi, bunda sud hujjatini bajarishdan boʻyin tovlash uchun jinoiy javobgarlik Jinoyat kodeksining maxsus normalari boʻyicha (masalan, JK 122, 123-moddalari, 148-moddasi birinchi qismi) kelib chiqadi va qilmishni JK 232-moddasi bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya qilish talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Sud hujjatining ijro etilishiga toʻsqinlik qilish deganda, sud hujjatlarini ijro etish organlari mansabdor shaxslarining faoliyatiga qarshilik koʻrsatishga, shu jumladan sud hujjati talabi bajarilishini qiyinlashtirishga hamda uni oʻz vaqtida va soʻzsiz bajarish mumkin boʻlmaydigan holatga keltirishga qaratilgan qilmish tushuniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Agar sud hujjatini ijro etilishiga toʻsqinlik qilgan shaxsning harakatlarida boshqa, ogʻirroq jinoyat belgisi boʻlsa (masalan qasddan badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazish, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish, hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish, hujjatlarni qalbakilashtirish va h.k.), aybdorning harakatlari JK 232-moddasi va Jinoyat kodeksining mazkur jinoyat uchun javobgarlik belgilovchi tegishli moddasi majmui bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tushuntirilsinki, shaxs tomonidan sud hujjati hisoblanmaydigan ijro hujjatini majburiy ijro etish boʻyicha xizmat vazifasini bajarayotgan davlat ijrochisiga qarshilik koʻrsatilganda, bunday shaxsning harakatlari JK 219-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sud hujjatini bajarishdan boʻyin tovlash va uning ijro etilishiga toʻsqinlik qilish (JK 232-moddasi) uchun jinoiy javobgarlik oʻn sakkiz yoshdan yuzaga keladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JK 232-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan jinoyat subyekti faqat bunday shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksi Maxsus qismining sakkizinchi boʻlimida qoʻyilgan talablarga javob beradigan mansabdor shaxs hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JK 232-moddasi ikkinchi qismi bilan, jumladan, sud hukmiga koʻra muayyan lavozimni egallash yoki muayyan faoliyat bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilingan shaxs bilan, bila turib, mehnat shartnomasi(kontrakt) tuzgan yoki bunday shartnoma(kontrakt)ni bekor qilmagan mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surishtiruv, tergov organlari va sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, sud hujjatini bajarishdan boʻyin tovlashdan farqli ravishda, mansabdor shaxsni sud hujjatini bajarishdan boʻyin tovlaganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish uchun mansabdor shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilgan boʻlishi va kelgusida sud hujjatini bajarishdan boʻyin tovlagan taqdirda jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida davlat ijrochisi tomonidan yozma tarzda ogohlantirilgan boʻlishi talab etiladi.
(10-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Sud hujjatini bajarishdan boʻyin tovlashning subyekti sud hujjati bilan muayyan harakatlarni sodir etish yoxud ularni sodir etishdan oʻzini tiyish majburiyati yuklatilgan shaxslar (qarzdorlar) hisoblanadi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar, bunday majburiyat sud hujjati bilan yuridik shaxsga yuklatilgan boʻlsa, sud hujjatini bajarishdan boʻyin tovlaganlik uchun sud hujjatining tegishli talabini bajarish, tashkil qilish yoxud amalga oshirilishini nazorat qilish mansab vazifalariga kirgan shaxslar (mansabdor shaxslar va yuridik shaxsning boshqa xodimlari) jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud hujjatining ijro etilishiga toʻsqinlik qilishning subyekti nafaqat qarzdor hisoblangan shaxs, balki boshqa har qanday jismoniy (mansabdor) shaxs boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish yurituvidagi sud hujjatining oʻz muddatida ijro etilishini taʼminlash chorasini koʻrmayotgan davlat ijrochisi JK 232-moddasida nazarda tutilgan jinoyat subyekti hisoblanishi mumkin emas. Bunday hollarda, sud ijrochisining harakati (harakatsizligi) boshqaruv tartibiga qarshi jinoyat sifatida kvalifikatsiya qilinishi mumkin.
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Sud hujjatini bajarishdan boʻyin tovlash uzoqqa choʻzilgan jinoyat hisoblanadi. U sud hujjatini bajarishdan qasddan boʻyin tovlash fakti aniqlangan paytdan boshlanib, sud hujjati aybdor tomonidan sud hujjatida qayd etilgan sud farmoyishi amalda bajarilgan yoki jinoyat sodir etilishiga toʻsiq boʻlgan voqea boshlangan paytda tugaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud hujjatini bajarishdan boʻyin tovlash, uning ijro etilishiga toʻsqinlik qilish uchun sudlanganlik qonun boʻyicha sud hujjatini bajarish majburiyatidan ozod qilmasligi sababli, shaxs tomonidan shunga oʻxshash harakatlar sudlangandan keyin sodir etilgan hollarda, u umumiy asoslarda javobgarlikka tortiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, JK 232-moddasida nazarda tutilgan jinoyat tarkibi formal hisoblanadi va shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun sud hujjatini bajarishdan boʻyin tovlash yoki uning ijro etilishiga toʻsqinlik qilish fakti aniqlanishining oʻzi kifoya boʻlib, bunda qandaydir zararli oqibat kelib chiqqan-chiqmaganligi, jumladan moddiy zarar borligi va uning miqdori ahamiyat kasb etmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayni paytda, tergov organlari va sudlar jinoyat ishi qoʻzgʻatilgandan keyin va sud maslahat xonasiga (alohida xonaga) kirgunga qadar sud farmoyishini ixtiyoriy ravishda bajargan shaxslarni jinoiy javobgarlikdan va jazodan ozod qilish boʻyicha qonunda berilgan imkoniyatlardan keng foydalanishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Quyidagilar shaxsni JK 122-moddasiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortish shartlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moddiy yordamga muhtoj boʻlgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy taʼminlash haqida sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki sud buyrugʻi mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bunday shaxsni moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlaganlik uchun shaxsga nisbatan muqaddam maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu mablagʻ jami boʻlib ikki oydan ortiq muddat mobaynida toʻlanmasligi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Surishtiruv, tergov organlari va sudlarga tushuntirilsinki, shaxsni voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlaganlik, shuningdek ota-onani moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlaganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish uchun qarzdorlikning umumiy muddati ketma-ketligidan qatʼiy nazar ikki oydan ortiq boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlash deb, shaxsning sud hujjatida belgilangan aliment miqdorini toʻliq hajmda toʻlamasligi holati ham tushunilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunga koʻra, agar shaxs aliment majburiyatlari boʻyicha qarzdorlikni toʻliq toʻlasa, u jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi lozim.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Shuni nazarda tutish lozimki, Oila kodeksining 140-moddasi mazmuniga koʻra, agar aliment toʻlashi shart boʻlgan shaxs muayyan davrda ishlamagan boʻlsa, aliment boʻyicha qarz qarz undirilayotgan paytdagi Oʻzbekiston Respublikasidagi oʻrtacha oylik ish haqi miqdori boʻyicha hisoblab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oila kodeksining 141-moddasi talablaridan kelib chiqib, sud hujjatida belgilangan miqdordagi aliment qarzlarini toʻlashdan toʻla yoki qisman ozod etishga faqat sud tartibida yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bois, aliment toʻlashdan toʻla yoki qisman ozod etish toʻgʻrisida sud qarori mavjud boʻlmagan taqdirda, shaxsning moddiy va oilaviy sharoiti ogʻirligini vaj qilib, aliment toʻlashdan boʻyin tovlashi JK 122-moddasi bilan jinoiy javobgarlikni istisno qiluvchi holat sifatida qabul qilinmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Sud hujjatining ijro etilishiga toʻsqinlik qilish alohida jinoyat tarkibini tashkil etganligi sababli, voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlayotgan shaxsning sud hujjatini ijro etilishiga toʻsqinlik qilishi JK 122-moddasi bilan birga JK 232-moddasi bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Sud hujjati ijrosi samarasi uning oʻz vaqtida ijroga qaratilishi bilan ham bogʻliqligini inobatga olgan holda, sudlar protsessual qonunda uni ijroga qaratish muddatlari va tartibiga, sud hujjatini ijro etish bilan bogʻliq masalalarni hal etishga nisbatan qoʻyilgan talablarga ogʻishmay rioya etishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Sud hujjatini bajarishdan boʻyin tovlash, uning ijro etilishiga toʻsqinlik qilish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrish vaqtida sudlar bunday jinoyatlar sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlashlari va ularni bartaraf etishga qaratilgan choralar koʻrishlari zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar sud hujjatini bajarishdan boʻyin tovlash, uning ijro etilishiga toʻsqinlik qilish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyotini vaqti-vaqti bilan umumlashtirishlari, bu toifadagi ishlar boʻyicha sud qarorlari qonuniyligi va asosliligini chuqur tekshirishlari, yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishlarini oʻz vaqtida bartaraf etishlari lozim.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 10-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-son