Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.05.2017 17.03.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1712-1
ONLINE TRANSLATE
Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining qarori, 17.03.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1712-1
Kuchga kirish sanasi
27.03.2010
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.05.2017
Hujjat 27.03.2010 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAZORAT QILUVChI ORGANLAR FAOLIYATINI MUVOFIQLAShTIRUVChI RESPUBLIKA KENGAShINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAZORAT QILUVChI ORGANLAR TOMONIDAN YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLAR FAOLIYATINI TEKShIRIShLARNI TAShKILLAShTIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 17-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1712-1]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining 2017-yil 14-martdagi 1-sonli “Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2880, 06.05.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 8-yanvardagi PQ-1257-son “Respublika soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 1-2-son, 4-modda) asosan Kengash qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining 2007-yil 23-avgustdagi 01-son qarori bilan tasdiqlangan “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirishlarni tashkillashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning (roʻyxat raqami 1712, 2007-yil 3-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 35-36-son, 370-modda) 1-ilovasi quyidagi tahrirdagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat soliq xizmati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi hamda uning hududiy boʻlimlari boshliqlarining buyruqlari asosida bozorlar, savdo komplekslari va ularga tutash avtomobil toʻxtash joylari hududida faoliyat koʻrsatayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatida bir martalik yigʻimlar va ijara toʻlovi toʻliq toʻlanishi, nazorat-kassa mashinalaridan, hisob-kitob terminallaridan foydalanilishi, shuningdek savdo va xizmatlar koʻrsatish qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan oʻtkaziladigan har kunlik tekshirishlar. Bunda, Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi hamda uning hududiy boʻlimlari tomonidan tegishli ravishda Kengash yoki uning viloyat hududiy komissiyalariga har kuni oʻtkazilgan tekshirishlar boʻyicha tekshirilgan subyektlar, aniqlangan holatlar va koʻrilgan choralar toʻgʻrisida kunlik maʼlumot taqdim etib boriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu qaror Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Respublika kengashi raisi Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 24-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
02-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 10-11-son, 80-modda)