Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 18.02.1997 yildagi 86-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MUBORAK HAJ ZIYORATIGA BORUVChILARGA YORDAM KO‘RSATISh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimiz fuqarolarining vijdon erkinligi borasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash, imon-e’tiqodini mustahkamlash va muborak haj amallarini ado etishda qulayliklar va zarur sharoitlarni yaratishga davlat tomonidan yordam ko‘rsatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston musulmonlari idorasining 1997-yilgi haj ziyoratini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muborak haj safarini tashkil qilish, ziyoratchilar ro‘yxatini respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchiligi markazi, “Mahalla” va “Nuroniy” jamg‘armalarining joylardagi bo‘linmalari vakillari ishtirokida keng jamoatchilik fikrini e’tiborga olgan holda tuzish, musulmonlarning talab-ehtiyojlarini adolatli ravishda qondirish mas’uliyati to‘laligicha O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati, uning joylardagi mutasaddi vakillari zimmasida ekanligi e’tiborga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 1997-yil haj safarini tashkil etishda O‘zbekiston musulmonlari idorasiga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo‘yicha qo‘mita bevosita yordam ko‘rsatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi (A.Ro‘zmetov) 1997-yil aprel oyida ziyoratchilarning Jidda shahriga borib-kelishlari uchun qulay sharoitlar yaratish, ularning xarajatlarini kamaytirish maqsadida jo‘nash va qaytish manzillarini joylarda tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Z.Almatov), Tashqi ishlar vazirligi (A.Komilov), Davlat soliq Qo‘mitasi (Sh.Gataulin) O‘zbekiston musulmonlari idorasining taqdimiga ko‘ra ziyoratchilarning safar hujjatlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirishni ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi (Sh.Karimov) Saudiya Arabistoni Haj ishlari vazirligi tomonidan qo‘yilgan tibbiy talablar va mamlakatning iqlim sharoitini hisobga olgan holda ziyoratchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni va haj davrida ularga yordam ko‘rsatishni tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Z.Almatov) va Milliy xavfsizlik xizmati (R.Inoyatov) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining noqonuniy yo‘llar bilan haj ziyoratiga borish oqibatida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz voqealarning oldini olish va ziyoratchilarning umumiy xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini belgilasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “O‘zbeksavdo” davlat aksionerlik uyushmasi (Z.Fayziyev) va “O‘zbekbirlashuv” uyushmasi (F.Burxonov) O‘zbekiston musulmonlari idorasining buyurtmalariga asosan, ziyoratchilar uchun kerakli buyumlar savdosini joylarda tashkil etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki (R.Azimov) O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasdiqlagan ro‘yxatga binoan mamlakatimizdan hajga ketayotgan har bir fuqaro uchun 1346 (bir ming uch yuz qirq olti) AQSh dollarini imtiyozli — vositachilik haqi olmagan holda almashtirib berishni ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ziyoratchilarning tegishli miqdordagi so‘mlarini joylarda umumlashtirilgan holda yig‘ib olish va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining tegishli bo‘limlariga topshirish O‘zbekiston musulmonlari idorasining mas’ul xodimlari zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu mablag‘lar O‘zbekiston musulmonlari idorasining Milliy bankdagi maxsus hisob raqamiga jamlanib, belgilangan miqdori konvertatsiya qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston musulmonlari idorasi barcha zarur to‘lovlarni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining chet el banklaridagi korrespondent hisoblari orqali pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi pul-kredit siyosati komissiyasi hajga boruvchilar uchun respublika birjasi orqali Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankiga 4845600 (to‘rt million sakkiz yuz qirq besh ming olti yuz) AQSh dollarini sotishni ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda ommaviy axborot vositalariga muborak haj ziyoratining mohiyati va talablarini, uni amalga oshirishning tartib-qoidasi, muddati, barcha shartlarini, uning yakunlarini keng va oshkora yoritib borish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.M. Baxodirov va Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Azizxo‘jayev zimmalariga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil 18-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86-son