14.11.2007 yildagi 16-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SUDGA QADAR ISH YURITISH BOSQICHIDA QAMOQQA OLISH TARZIDAGI EHTIYOT CHORASINING SUDLAR TOMONIDAN QO‘LLANILISHI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi sudlarga o‘tkazilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi inson huquqlari himoyasi ta’minlanishining muhim omillaridan biri bo‘lib, sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirishga yo‘naltirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qonunning surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudlar tomonidan to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tushuntirilsinki, qamoqqa olishga sanksiya berish huquqining sudlarga o‘tkazilishi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27-moddasida, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalarida mustahkamlangan qoidalarga mos bo‘lib, jinoyat ishida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan shaxs huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasi samarali bo‘lishiga erishishga qaratilgan.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 31-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, qonunga ko‘ra, sudlarning vakolatiga nafaqat ishni sudga qadar yuritish bosqichida qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash hamda qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish yuzasidan qaror qabul qilish, balki JPK 243-moddasi o‘ninchi qismi 21-bandida nazarda tutilgan hollarda, boshqa ehtiyot chorasini qo‘llash huquqi ham kiradi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qonunchilikka muvofiq, ehtiyot chorasi ushlab turilgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi surishtiruvdan, dastlabki tergovdan va suddan bo‘yin tovlashining oldini olish, uning bundan buyongi jinoiy faoliyatining oldini olish, uning ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga xalal beradigan urinishlariga yo‘l qo‘ymaslik, hukmning ijro etilishini ta’minlash maqsadida qo‘llaniladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi shaxsning ozodlikka bo‘lgan huquqini cheklashi sababli uni qo‘llash uchun asoslar qonunda qat’iy belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qasddan sodir etilgan va Jinoyat kodeksida uch yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan va Jinoyat kodeksida besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash masalasini hal etishda JPK 236-moddasining 2, 3-qismlarida nazarda tutilgan holatlarni ham inobatga olishlari zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi JPK 242-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan alohida hollarda qasddan sodir etilgan va Jinoyat kodeksida uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlarga doir, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan va Jinoyat kodeksida besh yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha ham, agar quyidagi holatlardan biri mavjud bo‘lsa:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayblanuvchi, sudlanuvchi tergov va suddan yashiringan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushlab turilgan gumon qilinuvchining shaxsi aniqlanmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgari qo‘llanilgan ehtiyot chorasi ayblanuvchi, sudlanuvchi tomonidan buzilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushlab turilgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoyat ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tash davrida sodir etilgan hollarda qo‘llanilishi mumkin.
(4-bandning ikkinchi — oltinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, JPK 558-moddasining birinchi qismiga muvofiq, voyaga yetmagan ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi, faqat qasddan sodir etilgan va Jinoyat kodeksida besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha va boshqa ehtiyot choralari ayblanuvchining tegishli xulq-atvorda bo‘lishini ta’minlay olmagan taqdirdagina qo‘llanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuning uchun ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etgan, shuningdek JPK 242-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra voyaga yetmagan shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash haqida iltimosnoma qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishda, prokuror ish materiallari bilan shaxsan tanishib chiqishi, bu turdagi ehtiyot chorasi tanlanishi asosliligini tekshirishi, favqulodda holat mavjudligiga ishonch hosil qilishi, bu turdagi ehtiyot chorasini qo‘llash bilan bog‘liq holatlar yuzasidan ayblanuvchini so‘roq qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qonunda ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lganda, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan shaxsga nisbatan qo‘llaniladi. Bunday holda ehtiyot chorasi JPK 245-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan uch oylik muddatga (ushlab turish vaqti hisobga olingan holda) qo‘llanilgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alohida hollarda, JPK 226-moddasining uchinchi qismiga muvofiq, bu turdagi ehtiyot chorasi gumon qilinuvchi sifatida JPK 221-moddasiga asosan ushlangan shaxsga nisbatan ham qo‘llanilishi mumkin. Bunday hollarda ehtiyot chorasi o‘n kungacha muddatga (ushlab turish vaqti hisobga olingan holda) qo‘llanilgan hisoblanib, shu muddat ichida gumon qilinuvchi jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinishi shart. Aks holda, prokuror yoki prokurorning roziligi bilan tergovchi gumon qilinuvchini qamoqdan ozod qilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘n kunlik muddat ichida ayb e’lon qilingan taqdirda ehtiyot chorasi uch oy muddatga (ushlab turish vaqti hisobga olingan holda) qo‘llanilgan hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turish vaqti JPK 226-moddasining birinchi qismiga muvofiq shaxs amalda ushlangan paytdan (uning erkin harakatlanishga bo‘lgan huquqlari haqiqiy cheklangan paytdan) boshlab hisoblanishi kerak.
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. JPK 240-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, ishni sudga qadar yuritish bosqichida qo‘llanilgan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi shaxsni qamoqda saqlab turish uchun asoslar qolmaganda prokurorning yoki prokurorning roziligi bilan tergovchining qaroriga binoan bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin Bunda shaxsni qamoqdan darhol ozod etilishini ta’minlash ushbu qarorni qabul qilgan organ zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Prokuror yoki tergovchining qarorida ehtiyot chorasini qo‘llash yuzasidan chiqarilgan sud qarorining qonuniyligi va asosliligi muhokama qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Prokuror ajrim chiqargan sudni qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi o‘zgartirilganligi yoki bekor qilinganligi haqida yozma ravishda xabardor qilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Prokuror, shuningdek prokurorning roziligi bilan surishtiruvchi, tergovchi jinoyat ishi bo‘yicha JPK 236, 242-moddalarida nazarda tutilgan holatlar aniqlanganda, faqat ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqida qaror chiqarishga haqli.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash haqidagi iltimosnoma qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qarorda, shaxs gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan jinoyat, qilmish kvalifikatsiyasi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchini qamoqqa olish zaruratini keltirib chiqargan asoslar, shuningdek shaxsga nisbatan boshqa turdagi ehtiyot chorasini qo‘llash maqsadga muvofiq emasligi haqidagi xulosalar bayon etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday qarorga iltimosnomani asoslantiruvchi zarur materiallar, jumladan, jinoyat ishi qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qarorning, jinoyat ishida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish to‘g‘risidagi qarorning, JPK 221, 225-moddalari tartibida tuzilgan ushlab turish bayonnomasining, gumon qilinuvchi, ayblanuvchining shaxsiga oid ma’lumotlarga doir hujjatlarning, himoyachi orderining yoxud himoyachidan voz kechish haqidagi bayonnomaning, JPK 239-moddasi talablariga rioya etilganligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi. Zarurat bo‘lganda, prokuror tomonidan sudga ko‘zdan kechirish uchun mazkur hujjatlarning asli, shuningdek boshqa hujjatlar taqdim qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iltimosnoma va materiallar sudga ushlab turish muddati tugashidan kamida sakkiz soat oldin taqdim etiladi. Materialga qo‘shilgan hujjatlar nusxasi surishtiruvchi yoki prokuror tomonidan tasdiqlangan va muhr qo‘yilgan bo‘lishi zarur.
(9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qonunda belgilangan ushlab turish yoki qamoqda saqlab turish muddati o‘tgandan so‘ng sudga taqdim etilgan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash yoki qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma sud tomonidan ko‘rib chiqilmaydi. Bunday hollarda, ushlab turilgan yoki qamoqda saqlanayotgan shaxsni ozod qilish masalasi JPK 234-moddasi va 240-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, bunday iltimosnoma sudga qonunda belgilangan muddat o‘tgandan so‘ng, biroq ushlab turish yoki qamoqda saqlab turish muddati o‘tgunga qadar taqdim qilingan taqdirda, sud uni ko‘rib chiqish uchun qabul qilishi lozim. Bunday holda, sud qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxsga nisbatan xususiy ajrim chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qonunda qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash yoki qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining, hududiy harbiy sudning sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqilishi belgilangan.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash yoki qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma jinoyat sodir qilingan yoki jinoyat ishi tergov qilinayotgan joydagi sud tomonidan ko‘rilishi kerak. Materialni sudlovga tegishliligi xususida JPK 243-moddasiga tayangan holda tortishuvga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudya bo‘lmaganda yoki iltimosnomani ko‘rib chiqishda sudyaning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud bo‘lganda, iltimosnoma kiritgan prokuror yozma ravishda mazkur sud raisiga, sud bir tarkibli bo‘lganda esa — yuqori turuvchi sud raisiga murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqori turuvchi sud raisi mazkur murojaatni darhol ko‘rib chiqadi va iltimosnomani ko‘rib chiqishni boshqa tegishli sud sudyasiga topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnoma material kelib tushgan paytdan e’tiboran sakkiz soat ichida, lekin JPK 226-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ushlab turish muddati oxiridan kechiktirmay ko‘rib chiqiladi. Ushlab turish tariqasidagi protsessual majburlov chorasi qo‘llanilmagan ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash haqidagi iltimosnoma ham sakkiz soat ichida ko‘rib chiqilishi lozim.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqda saqlash muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma materiallar sudga kelib tushgan paytdan e’tiboran yetmish ikki soat ichida JPK 247-moddasida belgilangan qoidalarga muvofiq ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash yoki qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma ko‘rib chiqilishini materiallar taqdim etilgan kun va vaqtdan qat’i nazar, (dam olish yoki bayram kunlari, ish vaqti tugagandan so‘ng) ta’minlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Sudlar shuni e’tiborga olishlari lozimki, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash yoki qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rishda qatnashadigan sud majlisi ishtirokchilari tarkibi qonunda qat’iy belgilangan bo‘lib, jinoyat ishini mazmunan ko‘rishda qatnashadigan sud majlisi ishtirokchilari tarkibidan birmuncha farq qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunga ko‘ra, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnoma prokuror, ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi, himoyachi ishtirokida ko‘rib chiqiladi. Bunday iltimosnomani sud majlisida ko‘rishda ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchining qonuniy vakili va surishtiruvchi, tergovchi ishtirok etishi mumkin. Zarurat tug‘ilganda sud majlisiga surishtiruvchi, tergovchi taklif qilinishi mumkin.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma prokuror, ayblanuvchi va himoyachi ishtirokida ko‘riladi. Bunday iltimosnomani sud majlisida ko‘rishda surishtiruvchi, tergovchi ham ishtirok etishi mumkin. Zarurat tug‘ilganda sud majlisiga surishtiruvchi, tergovchi taklif qilinishi mumkin.
(13-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JPK 20, 51-moddalarida nazarda tutilgan hollarda sud majlisida tarjimon va himoyachining ishtiroki ta’minlanishi shart. Iltimosnomani ko‘rishda boshqa shaxslarning ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Sud qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash yoki qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rish joyi, sanasi va vaqtini belgilaydi hamda bu haqda iltimosnoma kiritgan prokurorni xabardor qiladi. Prokuror yoki tergovchi sud majlisi ishtirokchilarini, shu jumladan ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini sudga kelishlarini ta’minlaydi.
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud majlisining joyi, sanasi va vaqti haqida lozim darajada xabardor qilingan shaxslarning (ushlab turilgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, himoyachi bundan mustasno) kelmaganligi qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rish uchun monelik qilmaydi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunga muvofiq, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomani ayblanuvchining ishtirokisiz ko‘rishga, faqat unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan holdagina yo‘l qo‘yiladi (JPK 243-moddasining sakkizinchi qismi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma ayblanuvchi statsionar tartibdagi sud-psixiatriya ekspertizasi o‘tkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirilgan holda uning ishtirokisiz ko‘rib chiqilishi mumkin. Bunda ayblanuvchining himoyachisi sud majlisida ishtirok etishi shart (JPK 247-moddasining oltinchi qismi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, qonunda qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash yoki qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma, shuningdek unga ilova qilingan materiallar bilan sud majlisi ishtirokchilarini tanishtirish nazarda tutilmagan. Biroq, himoyaga nisbatan huquq to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy prinsipdan kelib chiqqan holda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, uning himoyachisi va qonuniy vakili iltimosnoma va unga ilova qilingan materiallar bilan, basharti ular bu haqda murojaat etishgan taqdirda, prokuror tomonidan sud majlisi boshlangunga qadar tanishtirilishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash yoki qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma sudning binosida, yopiq sud majlisida har bir gumon qilinuvchi, ayblanuvchiga nisbatan alohida ko‘riladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud majlisi sudya tomonidan qanday iltimosnoma ko‘rib chiqilishini e’lon qilishdan boshlanadi. So‘ngra sudya o‘zining, prokuror, himoyachi, qonuniy vakil, ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi, kotib, tarjimon, tergovchining familiyasi, ismi, sharifini e’lon qiladi, ushlab turilgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchining shaxsini aniqlaydi hamda ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi, rad etish haqidagi arzlari bor-yo‘qligini aniqlaydi. Bunday arzlar mavjud bo‘lsa, ular yuzasidan JPK 76, 80-moddalariga muvofiq qaror qabul qiladi.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iltimosnomani ko‘rib chiqish prokuror ma’ruzasi bilan boshlanadi, u qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash yoki qamoqda saqlash muddatini uzaytirishning zaruratini asoslab beradi. So‘ngra ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi, uning himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek sudda hozir bo‘lgan boshqa shaxslar eshitiladi, taqdim etilgan materiallar tekshiriladi. So‘ngra sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi.
(16-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash yoki qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rishda JPK 426-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq sud majlisi bayonnomasi yuritiladi va u ajrim chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taraflar sud majlisi bayonnomasi bilan u imzolangan paytdan boshlab tanishishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud majlisi bayonnomasiga berilgan mulohazalar darhol JPK 427-moddasida nazarda tutilgan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, ishni mazmunan ko‘rishdan farqli o‘laroq, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash yoki qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rishda sud tergovi o‘tkazilmaydi, protsess ishtirokchilari eshitiladi, lekin so‘roq qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda shuni nazarda tutish lozimki, iltimosnomani asoslab berish majburiyati qonun bo‘yicha sudga emas, balki prokurorga yuklatilgan va prokuror protsessning istalgan bosqichida, sud alohida xonaga kirguniga qadar iltimosnomani chaqirib olishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud gumon qilinuvchi, ayblanuvchining aybliligi yoki aybsizligi masalasi muhokamasiga kirmagan holda qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash yoki qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi masalani hal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. JPK 243-moddasining o‘ninchi qismiga ko‘ra, to‘plangan materiallar yetarli bo‘lmagan taqdirda, sud, taraflar qo‘shimcha dalillar taqdim etishlari uchun ularning iltimosnomasiga asosan ushlab turish muddatini qirq sakkiz soatgacha uzaytirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar belgilangan muddatda taraflar tomonidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash asosliligi yoki asossizligiga doir qo‘shimcha dalillar taqdim etilmasa, sud mavjud materiallarga asoslangan holda qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iltimosnoma prokuror tomonidan chaqirib olingan taqdirda u sud tomonidan ko‘rilmasdan qoldiriladi va bu haqda ajrim chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnoma qanoatlantirilganda ajrimning qaror qismida mazkur ehtiyot chorasi qanday muddatga qo‘llanilayotganligi ko‘rsatilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayni paytda, qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma qanoatlantirilganda, sud ushbu ehtiyot chorasi qaysi sanagacha amal qilishini ajrimda ko‘rsatishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash masalasi taqdim qilingan iltimosnoma bo‘yicha qaror qabul qilish imkoniyati bo‘lmaganligi va qo‘shimcha dalillar taqdim qilinishi zarurligi sababli boshqa vaqtga qoldirilganda, sudning ajrimida iltimosnomani qayta ko‘rib chiqish joyi, vaqti va sanasi ko‘rsatilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Sudyaning qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash yoxud qo‘llashni rad etish haqidagi ajrimi u e’lon qilingan paytdan kuchga kiradi va darhol ijro etilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudyaning ajrimi sud zalida prokurorga ijro qilish uchun, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, himoyachiga — ma’lumot uchun topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash yoki qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish jarayonida qonun buzilganligi, jumladan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala qo‘llanilganligi haqida murojaat qilingan taqdirda, bu haqda sud majlisi bayonnomasida qayd etiladi va dastlabki tergov davomida nazoratni amalga oshiruvchi prokuror tomonidan tekshirilib, natijasi haqida sudga xabar qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Iltimosnoma qanoatlantirilmay qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash rad qilinganda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi (ushlab turish oxirgi muddati tugagan yoki tugamaganligidan qat’iy nazar) unga nisbatan uy qamog‘i yoki garov tariqasidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan holda sud zalida qamoqdan ozod qilinadi (JPK 243-moddasi o‘ninchi qismining 21-bandi).
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan taqdirda, sud shaxsga nisbatan protsessual majburlov choralari qo‘llanilganligi va u saqlab turilgan joy haqida darhol gumon qilinuvchi, ayblanuvchining oila a’zolaridan biriga, ular bo‘lmagan taqdirda — qarindoshlariga yoki yaqin kishilariga yozma ravishda xabar berishi, shuningdek bu haqda ish yoki o‘qish joyiga ma’lum qilishi shart.
(24-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan shaxs boshqa davlatning fuqarosi bo‘lsa, xabar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xabar yuborilganligi haqidagi ma’lumot sudda mavjud bo‘lgan materialga qo‘shib qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Sudlarga tushuntirilsinki, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash rad qilinishi, ehtiyot chorasining bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi, aynan o‘sha shaxsga nisbatan bunday ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida iltimosnoma bilan sudga takroran murojaat qilishga, basharti ishni tergov qilish jarayonida uni qamoqqa olish zaruratini taqozo etuvchi yangi holatlar yuzaga kelgan bo‘lsa, to‘sqinlik qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi holatlar deganda, jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnoma sud tomonidan rad etilgandan so‘ng gumon qilinuvchi, ayblanuvchining dastlabki tergovdan bo‘yin tovlashi, jinoiy faoliyatni davom ettirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gumon qilinuvchi, ayblanuvchining jinoyat ishi bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gumon qilinuvchi, ayblanuvchiga boshqa yoki og‘irroq jinoyat sodir etganlikda ayb e’lon qilinishi tushunilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash haqidagi iltimosnomani rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan sudyaning aynan o‘sha gumon qilinuvchi, ayblanuvchiga nisbatan shunday iltimosnoma bilan takroran murojaat qilinganda ishtirok etishi qonunda taqiqlanmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash yoki qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risida masala bo‘yicha ajrim chiqargan sudya, shuningdek bunday iltimosnomani kiritgan prokuror, shu shaxsga nisbatan jinoyat ishini mazmunan ko‘rib chiqishda ham ishtirok etishi mumkin, JPK 76-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash yoki qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi masala bo‘yicha sudyaning ajrimi ustidan, u chiqarilgan kundan boshlab, yetmish ikki soat ichida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, uning himoyachisi va qonuniy vakili tomonidan apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi, prokuror tomonidan protest bildirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya shikoyati (protesti) berilishi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi masala bo‘yicha qabul qilingan qarorning ijrosini to‘xtatmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya shikoyati (protesti) ajrim chiqargan sud orqali beriladi. Shikoyat (protest) berish muddati o‘tgandan so‘ng, tegishli sud raisi JPK 49712-moddasida nazarda tutilgan talablarni bajarib, materialni shikoyat (protest) bilan birga yigirma to‘rt soat ichida apellyatsiya instansiyasi sudiga yuboradi.
(27-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(27-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Sudning qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash yoki qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi masala bo‘yicha chiqarilgan ajrimi ustidan yetmish ikki soat o‘tgandan so‘ng berilgan shikoyat (protest) ko‘rmasdan qoldiriladi, bu haqda ularni bergan shaxslarga ma’lum qilinadi (JPK 4974-moddasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Sudning qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash yoki qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi masala bo‘yicha chiqarilgan ajrimi ustidan berilgan shikoyat (protest), apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan uchta sudyadan iborat tarkibda, sudning binosida, yopiq sud majlisida kelib tushgan vaqtidan boshlab, yetmish ikki soatdan kechiktirmasdan ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Sud majlisi raislik etuvchi tomonidan qanday shikoyat (protest) ko‘rib chiqilishini e’lon qilishi bilan boshlanadi. So‘ngra raislik etuvchi sudyalar, prokuror, himoyachi, qonuniy vakil, ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi, kotib, tarjimon, tergovchining familiyasi, ismi, sharifini e’lon qiladi, ushlab turilgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchining shaxsini aniqlaydi hamda ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi, rad etish haqidagi arzlar bor-yo‘qligini aniqlaydi. Bunday arzlar mavjud bo‘lsa, sud hay’ati ular bo‘yicha JPK 76, 80-moddalariga muvofiq qaror qabul qiladi.
(30-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shikoyat (protest)ni ko‘rib chiqish sudyalardan birining ma’ruzasi bilan boshlanadi, u ko‘rilayotgan masalaning mohiyati, shikoyat (protest) vajlari hamda ularga qarshi bildirilgan e’tirozlar mohiyatini bayon qiladi. So‘ngra shikoyat (protest) bergan shaxs eshitiladi. Ham shikoyat, ham protest berilgan taqdirda, birinchi bo‘lib prokuror so‘zga chiqadi. Sud zarurat yuzaga kelganda surishtiruvchi, tergovchini eshitadi, taqdim etilgan materiallarni tekshiradi. Shundan keyin sud ajrim chiqarish uchun maslahatxonaga kiradi.
(30-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shikoyat (protest)ni apellyatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda JPK 426-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq sud majlisi bayonnomasi yuritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Apellyatsiya instansiyasi sudi qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash yoki qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi masala bo‘yicha chiqarilgan ajrim ustidan berilgan shikoyat (protest)ni ko‘rib chiqib, o‘zining ajrimi bilan JPK 243-moddasining o‘n uchinchi qismida nazarda tutilgan qarorlardan birini qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi prokurorga ijro qilish uchun, sud majlisining boshqa ishtirokchilariga — ma’lumot uchun taqdim etiladi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Apellyatsiya instansiyasi sudining qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash yoki qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi masala bo‘yicha chiqarilgan ajrimi o‘qib eshittirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi va darhol ijro qilinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya instansiyasi sudining qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash yoki qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi masala bo‘yicha chiqarilgan ajrimi uzil-kesil hisoblanib, uning ustidan kassatsiya tartibida shikoyat (protest) berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(32-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Apellyatsiya instansiyasi sudida qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash yoki qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi masalaga oid materialni ko‘rishda qatnashgan sudya, shuningdek prokuror, aynan shu shaxsga nisbatan jinoyat ishini mazmunan birinchi, apellyatsiya, kassatsiya instansiyalarida ko‘rishda ishtirok etishga haqli, JPK 76-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. JPK 3-moddasiga ko‘ra, jinoyat ishini yuritish protsessual harakat amalga oshirilayotgan yoki protsessual qaror qabul qilinayotgan paytda amalda bo‘lgan qonun hujjatlariga muvofiq olib boriladi. Shu munosabat bilan “Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi sudlarga o‘tkazilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun normalari faqat qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash yoki qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi masala yuzasidan 2008-yil 1-yanvardan boshlab chiqarilgan qarorlarga taalluqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash yoki qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risida 2008-yil 1-yanvarga qadar chiqarilgan qarorlar yangi qonun bo‘yicha qayta ko‘rib chiqilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Mazkur qaror 2008-yil 1-yanvardan boshlab qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 14-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-son