27.06.2007 yildagi 6-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BADANGA QASDDAN SHIKAST YETKAZISHGA OID ISHLAR BOʻYICHA SUD AMALIYOTI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qasddan badanga turli darajada shikast yetkazish bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyotini umumlashtirish natijalarini muhokama qilib, bunday qilmishlarni sodir etganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi jinoyat qonuni normalari toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga asoslanib, Oliy sud Plenumi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sudlarga tushuntirilsinki, badanga shikast yetkazish deganda, inson organlari yoki organizmi toʻqimalari anatomik toʻkisligi yoki ular fiziologik funksiyasining tashqi taʼsir oqibatida buzilishi tushunilmogʻi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Badanga yetkazilgan shikastning xususiyati va ogʻirlik darajasini aniqlash, odatda, tibbiyot organlari vakolatiga taalluqli boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining 2012-yil 1-iyundagi 153-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan tan jarohatlarining ogʻirlik darajasini sud-tibbiy aniqlash qoidalariga muvofiq oʻtkaziladi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu sababli, badanga shikast yetkazilgan har bir holda JPK 173-moddasi birinchi qismining 1-bandi talabiga koʻra sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlanishi va oʻtkazilishi shart boʻlib, uning xulosasi sud tomonidan qayd etilgan Qoidalar va ishning boshqa materiallari asosida (JPK 187-moddasi) baholanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Sudlar, badanga shikast yetkazish jinoyatlaridan oilaviy (maishiy) zoʻravonlik bilan bogʻliq jinoyatlarni farqlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oilaviy (maishiy) zoʻravonlik deganda, oila aʼzosining boshqa oila aʼzosiga nisbatan uning huquqlarini, erkinliklarini, qonuniy manfaatlarini buzadigan, jismoniy va (yoki) ruhiy azob uqubatlarga olib keladigan, uning huquqlarini cheklaydigan, badanga shikast yetkazilishiga sabab boʻladigan qasddan sodir etiladigan jismoniy, ruhiy, iqtisodiy yoki jinsiy xarakterdagi xatti-harakatni sodir etilishi tushunilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oilaviy (maishiy) jismoniy zoʻravonlik deganda, kundalik birgalikdagi hayot (turmush)da oilaning bir yoki bir guruh aʼzolari tomonidan boshqa bir aʼzosining sogʻligʻi yoki jismoniy daxlsizligiga tajovuz qiladigan gʻayriqonuniy harakatlar tushunilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oilaviy (maishiy) ruhiy zoʻravonlik deganda, kundalik birgalikdagi hayot (turmush)da oilaning bir yoki bir guruh aʼzolari tomonidan boshqa bir aʼzosining shaʼni va qadr-qimmatini tahqirlash, ularni shaxsiy, mulkiy huquqlarini amalga oshirishni cheklash, taʼlim olish, sogʻliqni saqlash, mehnatga oid huquqini amalga oshirishga toʻsqinlik qilish, yaqin qarindoshlaridan ajratib qoʻyish, mulkiga shikast yetkazish, nobud qilish, hayoti yoxud sogʻligʻi uchun xavfli boʻlgan zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish tushunilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oilaviy (maishiy) iqtisodiy zoʻravonlik deganda, kundalik birgalikdagi hayot (turmush)da oilaning bir yoki bir guruh aʼzolari tomonidan boshqa bir aʼzosining mulk, taʼlim olish, sogʻliqni saqlash va (yoki) mehnatga oid huquqini amalga oshirishini cheklashga olib keladigan, mol-mulkiga va shaxsiy ashyolariga qasddan shikast yetkazishga qaratilgan harakat (harakatsizlik) tushunilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarga oilaviy (maishiy) ruhiy zoʻravonlik bilan bogʻliq jinoyatlar JKning 1261-moddasining tegishli qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozimligi tushuntirilsin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 30-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, badanga shikast yetkazishga oid ishlar boʻyicha qilmishni toʻgʻri kvalifikatsiya qilish uchun ayb shakli, badanga shikast yetkazish motivi, maqsadi va usuli, aybdorning qilmishi bilan kelib chiqqan oqibat oʻrtasida sababiy bogʻlanish mavjudligi, shuningdek ishning toʻgʻri hal etilishi va aybdorga adolatli jazo belgilanishi uchun ahamiyatli boʻlgan boshqa holatlar batafsil aniqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jinoyat kodeksi 104—110-moddalari boʻyicha javobgarlik aybdorda mazkur moddalar dispozitsiyasida koʻrsatilgan shikastni boshqa bir odamga huquqqa xilof ravishda yetkazishga nisbatan qasd (toʻgʻri yoki egri) mavjud boʻlgandagina kelib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar aybdor oʻz harakati yoki harakatsizligining ijtimoiy xavfli ekanligini anglasa, jabrlanuvchi badaniga muayyan darajada shikast yetkazishi mumkinligiga koʻzi yetsa va shuni xohlasa yoinki xohlamasada, bunga ongli ravishda yoʻl qoʻysa yoki oʻz qilmishidan kelib chiqadigan oqibatlarga befarq qarasa, barcha qilmish aslida kelib chiqqan oqibatlar boʻyicha kvalifikatsiya qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Badanga qasddan shikast yetkazish xotiniga (eriga), sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir roʻzgʻor asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoki umumiy farzandga ega boʻlgan shaxsga nisbatan yetkazilgan boʻlsa, qilmish JKning 1261-moddasi tegishli qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
er-xotin — nikohi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida roʻyxatga olingan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sobiq er-xotin — nikohi qonunda belgilangan tartibda tugatilgan yoki haqiqiy emas deb topilgan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir roʻzgʻor asosida birgalikda yashayotgan shaxslar — muayyan xonadon yoki uyda er-xotinlik munosabatlarida yashovchi, umumiy mol-mulk va pul mablagʻlariga egalik qiluvchi erkak hamda ayol;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy farzandga ega boʻlgan shaxslar — oʻzaro munosabatlari natijasida farzandli boʻlgan erkak va ayol tushuniladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 30-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Badanga har qanday ogʻirlik darajasida qasddan yetkazilgan shikast uchun javobgarlik aybdorning qilmishi bilan kelib chiqqan, JK 104 —110, 1261-moddalarida koʻrsatilgan oqibatlar oʻrtasida sababiy bogʻlanish mavjud boʻlishini taqozo etadi. Agar mazkur oqibatlar, garchi ular aybdorning huquqqa xilof harakatlari bilan bogʻliq boʻlsada, biroq organizmning individual xususiyatlari yoki koʻrsatilgan tibbiy yordam tegishlicha boʻlmaganligi, jabrlanuvchining unga yetkazilgan ziyon ogʻirlashishiga sabab boʻlgan oʻz harakatlari, aybdorning qasdi bilan qamrab olinmagan boshqa holatlar tufayli kelib chiqqan boʻlsa, qilmishni Jinoyat kodeksining koʻrsatilgan moddalari bilan kvalifikatsiya qilish uchun asoslar boʻlmaydi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 30-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sudlarga tushuntirilsinki, JK 104, 105, 109-moddalari birinchi qismlarida qayd etilgan badanga yetkaziladigan turli darajadagi shikast belgilari doirasi qatʼiydir. Bunda badanga yetkazilgan shikast muayyan darajadagi ogʻirlikka taalluqliligini eʼtirof etish uchun ulardan bittasi yetarli boʻladi. Agar badanga yetkazilgan shikast ogʻir, oʻrtacha ogʻir yoki yengil xususiyatga ega ekanligini koʻrsatuvchi bir necha belgi mavjudligi aniqlansa, shaxsni jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisidagi qarorda hamda sud hukmida ularning barchasi bayon etilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aybdorning qasddan qilgan harakatlari oqibatida jabrlanuvchi badaniga ogʻir shikastdan tashqari boshqa ogʻirlik darajasidagi shikast yetkazilgan hollarda, qilmishni Jinoyat kodeksining badanga yengilroq darajada shikast yetkazganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi tegishli moddalari bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya qilish talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, JK 104-moddasining birinchi qismi, 1261-moddasining oltinchi qismida koʻrsatilgan badanning tuzalmaydigan darajada xunuklashishi deganda, jarrohlik aralashuvisiz bartaraf etib boʻlmaydigan inson qiyofasiga yoqimsiz, seskantiradigan koʻrinish beruvchi jarohat (jumladan, mexanik taʼsir, olov, agressiv moddalar va h.k.lar taʼsirida yuz simmetriyasining, mimikaning buzilishi, chuqur chandiqlar, kertiklar paydo boʻlishi, badanning yara bosishi, burun, lab, quloqning ajratilishi va boshqa nuqsonlar) tushunilishi lozim.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 30-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Badan jarohatlarining tuzalmaydigan darajada ekanligini aniqlash sud-tibbiy ekspertiza vakolatiga taalluqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jarohatlarni xunuklashtiruvchi deb topish masalasi tergov organlari va sudning vakolatiga tegishli boʻlib, u jamiyatda mavjud estetik tasavvurlar nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda hal etiladi. Bunda mazkur jarohatlarni kiyim, soch turmagi va boshqa yoʻsinda yashirish imkoniyati borligi ularni xunuklashtiruvchi deb topish masalasini hal etishga taʼsir etmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qilmishni homiladorligi aybdorga ayon boʻlgan ayol badaniga qasddan yetkazilgan ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir shikast sifatida kvalifikatsiya qilish uchun (JK 104-moddasi ikkinchi qismining “a” bandi, 105-moddasi ikkinchi qismining “b” bandi, 1261-moddasi beshinchi qismining “b” bandi, 1261-moddasi yettinchi qismining “a” bandi) ayolning homilador ekanligi holati uning badaniga shikast yetkazilgunga qadar aybdorga maʼlum boʻlgan boʻlishi lozim.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 30-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda qilmishni mazkur belgi bilan kvalifikatsiya qilish uchun homilani tushirishga nisbatan qasd mavjud boʻlishi, aybdorning harakatlari homilaning tushishiga olib kelmagan hollarda esa, badanga boshqa, tegishlicha, ogʻir, oʻrtacha ogʻir shikast yetkazilgan boʻlishi shart. Aks holda, harakatlar, kelib chiqqan oqibatlar boʻyicha, Jinoyat kodeksining badanga qasddan shikast yetkazish uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi tegishli moddasi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar jabrlanuvchi homilador ekanligini aybdor anglamagan boʻlsa, uning badanga qasddan yetkazilgan va homilaning tushishiga sabab boʻlgan shikast faqat aybdorda jabrlanuvchi badaniga ogʻir shikast yetkazishga nisbatan qasd mavjud boʻlgan holda JK 104-moddasi birinchi qismi bilan, aks holda JK 111-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinmogʻi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Sudlarga tushuntirilsinki, JK 104-moddasi ikkinchi qismining “b” bandi, 105-moddasi ikkinchi qismining “v” bandi bilan oʻz xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga bunday shaxs tomonidan oʻz xizmat faoliyati yoki fuqarolik burchini bajarishga toʻsqinlik qilish, shuningdek bunday faoliyat uchun oʻch olish maqsadida qasddan ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazgan aybdorning harakatlari kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolik burchini bajarish deganda, jumladan, insonning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida mustahkamlangan majburiyatlarni bajarishga qaratilgan har qanday qonuniy faoliyati tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Badanga qasddan yetkazilgan ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir shikastni oʻta shafqatsizlik bilan yetkazilgan deb tegishlicha JK 104-moddasi ikkinchi qismining “v” bandi, 105-moddasi ikkinchi qismining “g” bandi, 1261-moddasi beshinchi qismining “v” bandi, 1261-moddasi yettinchi qismining “v” bandi boʻyicha kvalifikatsiya qilish uchun aybdorda jabrlanuvchiga bunday shikastni alohida jismoniy yoki ruhiy azob beruvchi usulda yetkazishga nisbatan qasd mavjud boʻlganligini aniqlash lozim.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 30-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻta shafqatsizlik, jumladan badanga ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazishga sabab boʻlgan azoblash va qiynashda namoyon boʻladi. Bunda azoblash deganda, uzoq vaqt ovqat, suv yoki issiqlikdan mahrum qilish kabi xoʻrlovchi harakatlar, yoxud insonni sogʻliq uchun ziyon yetkazuvchi sharoitga solish yoki unda qoldirish va h.k. tushunilishi lozim. Qiynash deganda, koʻp marta yoki uzoq vaqt davomida ogʻriq yetkazuvchi, jumladan, muttasil doʻpposlash, chimchilash, kesish, oʻtmas yoki oʻtkir-sanchiluvchi (kesuvchi) predmetlar bilan koʻp sonli, biroq chuqur boʻlmagan jarohatlar yetkazish, elektr yoki termik omillar orqali taʼsir koʻrsatish va h.k. bilan bogʻliq harakatlar tushunilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Badanga qasddan ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish usulini oʻta shafqatsizlik xususiyatiga ega deb topish masalasini hal qilish sud-tibbiyot ekspertining emas, tergov organlari va sudlar vakolatiga taalluqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jabrlanuvchi uchun yaqin shaxslar koʻz oʻngida uning badaniga qasddan ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish holati ham basharti bunda aybdor oʻz harakatlari bilan ularga alohida azob berayotganligini anglagan boʻlsa, aybdor tomonidan namoyon etilgan oʻta shafqatsizlik ifodasi sifatida baholanishi lozim. Jabrlanuvchi uchun yaqin shaxslar toifasiga uning yaqin qarindoshlari bilan bir qatorda, u bilan alohida doʻstlik munosabatlarida boʻlgan shaxslar ham kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Badanga qasddan ommaviy tartibsizliklar jarayonida yetkazilgan ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir shikast tegishlicha, JK 104-moddasi ikkinchi qismining “g” bandi, 105-moddasi ikkinchi qismining “d” bandi boʻyicha kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar aybdor tomonidan ommaviy tartibsizliklar jarayonida qasddan badanga ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazishdan tashqari yakson qilish, buzish, oʻt qoʻyish va shu kabi boshqa jinoyatlar sodir qilingan boʻlsa, uning harakatlari jinoyatlar majmui boʻyicha kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, badanga qasddan tamagirlik niyatida, ayni paytda, bosqinchilik belgilari mavjud boʻlmagan holda yetkazilgan ogʻir, oʻrtacha ogʻir shikast, tegishlicha JK 104-moddasi ikkinchi qismining “d” bandi, 105-moddasi ikkinchi qismining “e” bandi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Badanga qasddan bezorilik tuygʻusida yetkazilgan ogʻir shikast JK 104-moddasi ikkinchi qismining “e” bandi bilan kvalifikatsiya qilinadi va JK 277-moddasi bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya qilishni talab etmaydi. Agar aybdor mazkur jinoyatdan tashqari yana bezorilik jinoyati belgilari mavjud boshqa harakatlarni sodir etgan boʻlsa, qilmish JK 104-moddasi ikkinchi qismining “e” bandi va 277-moddasining tegishli qismida koʻrsatilgan jinoyatlar majmui boʻyicha kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Badanga qasddan yetkazilgan ogʻir, oʻrtacha ogʻir shikastni millatlararo yoki irqiy adovat zamirida yetkazilgan (JK 104-moddasi ikkinchi qismining “j” bandi, 105-moddasi ikkinchi qismining “j” bandi boʻyicha) deb kvalifikatsiya qilish uchun aybdor tomonidan bunday harakatlar boshqa motivlarda (masalan, muayyan jabrlanuvchiga nisbatan rashk, oʻch olish, shaxsiy kelishmovchilik munosabati tufayli) emas, balki aynan ushbu bandda nazarda tutilgan motivda sodir etilganligi aniqlanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Jabrlanuvchiga nisbatan diniy taassublar zamirida uning diniy eʼtiqodi munosabati bilan, aksariyat hollarda, muayyan diniy konfessiya shaʼni va obroʻsini kamsitish, diniy adovat yoki ixtilof qoʻzgʻatish maqsadida qasddan yetkazilgan ogʻir, oʻrtacha ogʻir, sogʻliqni uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqotilishiga sabab boʻlgan yengil shikast, tegishlicha JK 104-moddasi ikkinchi qismining “z” bandi, 105-moddasi ikkinchi qismining “z” bandi, 109-moddasi ikkinchi qismining “a” bandi, 1261-moddasi beshinchi qismining “d” bandi, 1261-moddasi yettinchi qismining “d” bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, jabrlanuvchi badaniga uning organlari yoki toʻqimalarini qonunsiz olish paytida yetkazilgan ogʻir shikast ham uni oʻz organlari yoki toʻqimalarini berishga majburlash paytida yetkazilgan ogʻir shikast ham JK 104-moddasi ikkinchi qismining “i” bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim. Bunda aybdorning harakatlari natijasida kishi organi yoki toʻqimasi olingan boʻlishi shart boʻlmay, unda inson aʼzolarini va (yoki) toʻqimalarini olish maqsadi borligi aniqlanishining oʻzi kifoya.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Badanga qasddan ogʻir, oʻrtacha ogʻir, sogʻliqni uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqotilishiga sabab boʻlgan qasddan badanga yengil shikast yetkazgan bir guruh shaxslarning harakatlari, oldindan til biriktirilgan yoki biriktirilmaganligidan qatʼiy nazar, tegishlicha, JK 104-moddasi ikkinchi qismining “k” bandi, 105-moddasi ikkinchi qismining “i” bandi, 109-moddasi ikkinchi qismining “b” bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda badanga qasddan ogʻir, oʻrtacha ogʻir, sogʻliqni uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqotilishiga sabab boʻlgan qasddan badanga yengil shikast bir guruh shaxslar tomonidan yetkazilgan deb topish uchun ikki va undan ortiq shaxs bunday shikast yetkazish maqsadida birgalikda harakat qilib, uni sodir etishda ham ijrochi sifatida qatnashgan boʻlishi kerak. Biroq, badanga shikast ulardan har biri tomonidan yetkazilgan boʻlishi shart emas (masalan, guruh ishtirokchilaridan biri jabrlanuvchining qarshiligini bostirsa, ayni paytda boshqasi unga jarohat yetkazadi). Badanga ogʻir, oʻrtacha ogʻir, sogʻliqni uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqotilishiga sabab boʻlgan qasddan badanga yengil shikast yetkazishga qaratilgan harakatlar bir shaxs tomonidan sodir etilish jarayonida unga boshqa shaxslar shu maqsadda kelib qoʻshilganda ham bunday jinoyat bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan deb topilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xotinini (erini), sobiq xotinini (sobiq erini), bir roʻzgʻor asosida birgalikda yashayotgan shaxsni yoki umumiy farzandga ega boʻlgan shaxsning badaniga sogʻliqni uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqotilishiga sabab boʻlgan qasddan badanga yengil, oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazish jinoyati maxsus subyektli jinoyat boʻlganligi uchun jinoyat sodir etishda ishtirok etgan boshqa shaxslarning harakatlari JKning 28 va 1261-moddasining tegishli qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ikki va undan ortiq shaxs badaniga qasddan yetkazilgan ogʻir, oʻrtacha ogʻir shikast, basharti aybdorning harakatlari yagona qasd bilan qamrab olingan va odatda, uzluksiz bir vaqtning oʻzida yoki juda qisqa vaqt ichida sodir etilgan boʻlsa, JK 104-moddasi uchinchi qismining “a” bandi, 105-moddasi ikkinchi qismining “a” bandi, 1261-moddasi beshinchi qismining “a” bandi, 1261-moddasi sakkizinchi qismining “a” bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 30-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Qasddan badanga ikki va undan ortiq marta, uni sodir etishga yagona qasd mavjud boʻlmagan holda va odatda turli vaqtda ogʻir, oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish, tegishlicha, JK 104-moddasi uchinchi qismining “b” bandi, 105-moddasi ikkinchi qismining “k” bandi, 1261-moddasi beshinchi qismining “j” bandi, 1261-moddasi sakkizinchi qismining “b” bandi bilan takroriylik belgisi boʻyicha kvalifikatsiya qilinadi.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 30-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qasddan badanga yetkazilgan ogʻir, oʻrtacha ogʻir shikastni, tegishlicha, takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan deb kvalifikatsiya qilish uchun aybdor jinoyatning ijrochisi yoki boshqa turdagi ishtirokchisi ekanligi ahamiyat kasb etmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayni paytda, sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, aybdor tomonidan muqaddam boshqa jinoyat sodir etilgan boʻlib, uning tarkibiy qismini qasddan ogʻir, oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish tashkil etilganligi (masalan, shaxs muqaddam bosqinchilik, terrorizm, bezorilik, harbiy xizmatchilar oʻrtasida oʻzaro munosabatlarga oid ustav qoidalarini buzish va h.k. jinoyatlarni sodir etgan boʻlsa) qilmishni JK 104-moddasi uchinchi qismining “b” bandi, 105-moddasi ikkinchi qismining “k” bandi, 1261-moddasi beshinchi qismining “j” bandi, 1261-moddasi sakkizinchi qismining “b” bandi bilan takroriylik belgisi boʻyicha kvalifikatsiya qilish uchun asos boʻlmaydi.
(18-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 30-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishtirokchilikda badanga qasddan ogʻir, oʻrtacha ogʻir shikast yetkazilganda, takroriylik sifatidagi kvalifikatsiya belgisi, faqat, ushbu belgiga loyiq aybdorga nisbatan qoʻllanilib, boshqa ishtirokchilarga nisbatan qoʻllanilishi istisno etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Sudlar shuni inobatga olishlari kerakki, jabrlanuvchi badaniga uning oʻlishiga sabab boʻlgan ogʻir shikast yetkazilishi, faqat aybdorda ogʻir shikast yetkazishga nisbatan qasd va oʻlim kelib chiqishi tariqasidagi oqibatga nisbatan ehtiyotsizlik koʻrinishidagi ayb mavjud boʻlgandagina JK 104-moddasi uchinchi qismining “d” bandi, 1261-moddasi sakkizinchi qismining “g” bandi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Bunda, qilmishni shu taqlid kvalifikatsiya qilish uchun badanga yetkazilgan ogʻir shikast bilan kelib chiqqan oʻlim oʻrtasida sababiy bogʻlanish borligi aniqlanishi shart.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 30-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelib chiqqan oʻlimga nisbatan ehtiyotsizlik koʻrinishidagi ayb, jumladan aybdor tomonidan oʻldirib qoʻyish ehtimoli anglanganligidan dalolat bermaydigan usul yoki qurol bilan yoxud hayotiy muhim boʻlmagan organlariga yetkazilganligida va shunga oʻxshash boshqa holatlarda namoyon boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Sudlar badanga qasddan yetkazilgan va jabrlanuvchining oʻlishiga sabab boʻlgan ogʻir shikastni ehtiyotsizlik orqasida odam oʻldirishdan farqlashlari lozim. Bunda shuni eʼtiborga olish lozimki, ehtiyotsizlik orqasida odam oʻldirishda aybdorda jabrlanuvchi badaniga ogʻir shikast yetkazishga nisbatan ham, uni oʻldirib qoʻyishga nisbatan ham qasd boʻlmasligi taqozo etilsa, jabrlanuvchi badaniga uning oʻlishiga sabab boʻlgan ogʻir shikast yetkazilganda esa, shaxsning qasdi jabrlanuvchiga shunday shikast yetkazishga qaratilgan boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. JK 104-moddasi ikkinchi yoki uchinchi qismlari, 105-moddasi ikkinchi qismining ikki va undan ortiq bandlarida, 1261-moddasi beshinchi, yettinchi yoki sakkizinchi qismlarining ikki va undan ortiq bandlarida nazarda tutilgan kvalifikatsiya belgilari mavjud boʻlgan holda badanga qasddan ogʻir, oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish ushbu bandlarning barchasi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Bunday hollarda jazo bir necha kvalifikatsiya belgisi mavjudligi hisobga olingan holda tayinlanishi lozim.
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 30-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aybdorning harakatlarida JK 104-moddasining ham ikkinchi ham uchinchi qismlarida, 1261-moddasi ikkinchi — sakkizinchi qismlarida ham nazarda tutilgan kvalifikatsiya belgilari mavjud boʻlgan hollarda, barcha qilmish JK 104-moddasining uchinchi qismi, 1261-moddasining sakkizinchi qismi boʻyicha kvalifikatsiya qilinishi lozim boʻlib, biroq shaxsni jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb etish toʻgʻrisidagi qarorda va hukmda barcha kvalifikatsiya belgilari koʻrsatilishi shart.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 30-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayblanuvchiga, tegishlicha JK 104-moddasi ikkinchi yoki uchinchi qismlari, 105-moddasi ikkinchi qismining ikki va undan ortiq bandlarida, 1261-moddasi beshinchi, yettinchi yoki sakkizinchi qismlarining ikki va undan ortiq bandlarida nazarda tutilgan kvalifikatsiya belgilari mavjud boʻlgan holda badanga qasddan ogʻir, oʻrtacha ogʻir shikast yetkazganligi yuzasidan ayb qoʻyilib, biroq ulardan ayrimlari oʻz tasdigʻini topmasa, hukmning tavsif qismida u yoki bu bandlar boʻyicha ayblov asossiz deb topilganligi toʻgʻrisida motivlar keltirilib, xulosa qilinishining oʻzi yetarli.
(21-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 30-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, agar aybdor qoʻllagan zoʻrlik jabrlanuvchini doʻpposlash, uning badaniga yengil yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazishga sabab boʻlsa, jabrlanuvchi badaniga ogʻir shikast (yoki jabrlanuvchining oʻlimi) aybdorning aybi bilan qamrab olinmagan holatlar boʻyicha (masalan, zarbadan soʻng yiqilish natijasida) kelib chiqqan boʻlsa, aybdor oqibatiga koʻzi yetmagan, biroq koʻzi yetishi shart va mumkin boʻlgan yoxud koʻzi yetsada, yetarli asoslarsiz uning oldini olishni moʻljallab qilgan harakatlari natijasida kelib chiqqan oqibatlar JK 111 yoki 102-moddalari bilan kvalifikatsiya qilinadi. Bunday paytda badanga qasddan yetkazilgan shikastlar alohida yuridik baholanishi lozim. Bunday harakatlarda jinoiy jazoga sazovor qilmish belgilari mavjud boʻlsa javobgarlik jinoyatlar majmui boʻyicha kelib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar zoʻrlik oqibatida qasddan badanga ogʻir shikast yetkazilgan boʻlib, jabrlanuvchining aybdor ehtiyotsizlik shaklida subyektiv munosabat bildirgan oʻlimi olingan jarohatlar, masalan, yiqilish oqibatida kelib chiqqan boʻlsa, qilmish qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish va ehtiyotsizlik orqasida odam oʻldirish jinoyatlari majmui boʻyicha kvalifikatsiya qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Sudlarga tushuntirilsinki, kuchli ruhiy hayajonlanish holatida, zaruriy mudofaa yoki ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash choralari chegarasidan chetga chiqib, badanga qasddan ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish, hatto JK 104-moddasi uchinchi qismida, 1261-moddasi sakkizinchi qismida koʻrsatilgan aybni ogʻirlashtiruvchi belgilar mavjud boʻlgan taqdirda ham tegishlicha JK 104, 105, 1261-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi mumkin emas. Bunday harakatlar, jumladan, ular ehtiyotsizlik orqasida oʻlimga sabab boʻlgan holda ham tegishlicha JK 106, 107, 108-moddalari bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 30-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, badanga qasddan, sogʻliqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqolishiga sabab boʻlmagan darajada yengil shikast yetkazganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilangan.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Badanga qasddan bunday shikast yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlik, faqat u shunday qilmish uchun shaxsga nisbatan muqaddam maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan paytdan boshlab bir yil mobaynida takroran sodir etilgan boʻlsa (JK 1261-moddasining ikkinchi qismi) yoki sogʻliqning qisqa vaqt davomida yomonlashuviga sabab boʻlgan (JK 109-moddasining birinchi qismi, 1261-moddasining uchinchi qismi) holdagina kelib chiqadi.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Aybdorning harakatlarini JK 110-moddasi bilan kvalifikatsiya qilish uchun doʻpposlash yoki qiynash xususiyatiga ega boʻlgan boshqa harakatlar qasddan, muttasil, yaʼni jabrlanuvchiga jismoniy yoki ruhiy azob berish maqsadida yagona qasd bilan qamrab olingan va kamida uch marta sodir etilganligi aniqlanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qiynash jarayonida badanga yengil shikast yetkazish (u sogʻliqning yomonlashuviga olib kelgan-kelmaganligidan qatʼi nazar) JK 110-moddasi bilan qamrab olinadi va JK 109-modda, 1261-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlari bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya qilinishini talab etmaydi.
(25-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 30-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar qiynash jarayonida badanga ogʻir, oʻrtacha ogʻir shikast yetkazilgan boʻlsa qilmishni, bunday jarohat yetkazishga nisbatan qasd mavjud boʻlgan taqdirda, JK 104, 105 yoki 1261-moddasi toʻrtinchi — sakkizinchi qismlari bilan kvalifikatsiya qilish lozim boʻlib, uni JK 110-moddasi bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya qilish talab etilmaydi.
(25-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 30-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Mazkur toifa ishlar boʻyicha jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni undirish masalasini hal etish chogʻida sudlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi “Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashga oid qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 26-sonli qarorida mavjud tushuntirishlarga amal qilishlari lozim.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 27-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-son