Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 08.06.1998 yildagi 243-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
GERMANIYANING “KfV” TARAQQIYOT BANKI TOMONIDAN MABLAGʻ BILAN TAʼMINLANADIGAN OROLBOʻYI QISHLOQ AHOLISINI ICHIMLIK SUV BILAN TAʼMINLASH LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Germaniyaning “KfV” taraqqiyot banki tomonidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan Orolboʻyi qishloq aholisini ichimlik suv bilan taʼminlash dasturining investitsiya qismini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xorazm viloyati qishloq aholisini ichimlik suv bilan taʼminlash loyihasining investitsiya qismini amalga oshirish uchun “KfV” banki tomonidan 23 mln. Germaniya markasi miqdorida moliyaviy mablagʻlar, ulardan 20 mln. Germaniya markasi yillik foiz stavkasi 0,75 foiz, uzish muddati 40 yil boʻlgan, 10 yil mobaynidagi imtiyozli davr ham shu jumlaga kiradi va qaytarilmaydigan ssuda sifatida 3 mln. Germaniya markasi berilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi asosiy qarz oluvchi va Xorazm viloyatining qishloq joylarini ichimlik suv bilan taʼminlash loyihasini amalga oshirish yuzasidan qarz mablagʻlarining maqsadli foydalanilishi va taqsimlanishi uchun masʼul tashkilot etib belgilansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Obi hayot” aksiyadorlik investitsiya kompaniyasi “KfV” bankining imtiyozli krediti hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadigan loyihani ijro etuvchi tashkilot, buyurtmachi va obyektlardan foydalanuvchi tashkilot, shuningdek, kreditning oʻz vaqtida qaytarilishi uchun masʼul hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit doirasida yetkazib beriladigan asbob-uskunalar loyiha tugallangandan soʻng ijro etuvchi tashkilotga mulk qilib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi “Obi hayot” aksiyadorlik investitsiya kompaniyasi bilan birgalikda “KfV” banki bilan uch tomonlama kredit bitimini imzolash uchun zarur boʻlgan hujjatlar paketi tayyorlanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va “Obi hayot” aksiyadorlik investitsiya kompaniyasi bilan birgalikda “KfV” banki bilan uch tomonlama kredit bitimi imzolanganidan soʻng uch hafta muddatda kreditga xizmat koʻrsatish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, bunda dastlabki besh yilda foizlarni davlat budjeti mablagʻlari hisobiga qoplashni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Obi hayot” aksiyadorlik investitsiya kompaniyasi jalb qilinadigan xorijiy konsultantlar bilan birgalikda, mablagʻ bilan taʼminlovchi tashkilot mezonlarini hisobga olgan holda, qishloq aholisini ichimlik suv bilan taʼminlash obyektlari roʻyxatini tayyorlasin hamda uni Xorazm viloyati hokimligi va Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan kelishib olsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Xorazm viloyati hokimligi Moliya vazirligi va “Obi hayot” aksiyadorlik investitsiya kompaniyasi bilan birgalikda loyihani amalga oshirishda mintaqa qishloq aholisini ichimlik suvdan oqilona foydalanish jarayoniga faol jalb etish, ichimlik suv bilan taʼminlash obyektlaridan foydalanish xarajatlarini qoplaydigan tarif stavkalarini takomillashtirish yuzasidan tadbirlar ishlab chiqsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Jahon banki dasturi doirasida Orolboʻyi aholisini ichimlik suv bilan taʼminlash loyihalarining umumiy muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari I. X. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yil 8-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
243-son