08.01.2010 yildagi PQ-1257-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 08.01.2010 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RESPUBLIKA SOLIQ ORGANLARI TIZIMINI YANADA MODERNIZATSIYA QILISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etilsinki, mustaqillik yillarida mamlakatda bozor tamoyillariga javob beradigan soliq tizimi shakllandi, Oʻzbekiston Respublikasining yangi Soliq kodeksi qabul qilindi, soliqlarni boshqarishning zamonaviy metodlari va mexanizmlari joriy etildi, soliq organlarining yaxlit tizimi yaratildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, mamlakatimizda toʻplangan va chet el tajribasining tanqidiy tahlili respublika soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya qilishning zarurligidan dalolat beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq organlarining funksiyalari, vakolatlari va tuzilmasi zamonaviy talablarga javob bermaydi, ular fiskal-moliya organlari tuzilmasida, eng avvalo, soliq qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish, Davlat budjetining daromad qismini barqaror shakllantirishning belgilangan topshiriqlarini bajarish masalalarida hali yetakchi oʻrinni egallagani yoʻq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda ishlarni tashkil etishning zamonaviy shakl va metodlaridan zarur darajada foydalanilmayapti, soliq qonunchiligi buzilishlarining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish boʻyicha axborot-tahliliy ishlar sust olib borilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish ishlari aniq-puxta muvofiqlashtirilmayapti, bozorlar hududlaridagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyatiga turli tekshiruvchi va nazorat qiluvchi organlar tomonidan noqonuniy aralashish holatlari mavjud. Shu bilan bir qatorda, bozorlarda soliq qonunchiligini buzish, turli yigʻimlarni undirish, aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlar va kontrafakt mahsulotlarning noqonuniy muomalada boʻlishi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini oshirilgan narxlarda qayta sotish, olingan naqd tushumni toʻliq inkassatsiya qilmaslik hollari davom etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda toʻplangan va chet el tajribasini hisobga olgan holda soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya qilish, nazorat qiluvchi organlar funksiyalaridagi bir-birini takrorlashlarni bartaraf etish, respublika fiskal-moliya organlari tuzilmasida soliq organlarining, eng avvalo, qabul qilingan soliq qonunchiligini va Davlat budjetining daromad qismini shakllantirish boʻyicha belgilangan topshiriqlarni bajarish masalalaridagi vakolatlarini kengaytirish va rolini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining asosiy vazifalari va funksiyalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat soliq siyosatini amalga oshirish va soliq qonunchiligiga, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻgʻri hisoblanishiga, ularning toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishiga rioya qilinishi yuzasidan taʼsirchan nazoratni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga, davlatning maqsadli jamgʻarmalariga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga toʻliq miqdorda tushishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliqlar yigʻilishini koʻpaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, maʼlumotlarning yagona kompyuter bazasini yuritish asosida soliq toʻlovchilarni hisobga olish mexanizmlarini takomillashtirish, ularga koʻrsatilayotgan axborot-maslahat xizmatlari sohasini kengaytirish, soliq sohasida huquq buzilishlarining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish boʻyicha kompleks tadbirlarni roʻyobga chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pul mablagʻlarining noqonuniy muomalada boʻlishi manbalarini bartaraf etish, aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan naqd tushumning oʻz vaqtida va toʻliq topshirilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyektlar, yuridik va jismoniy shaxslar faoliyatini ragʻbatlantirish boʻyicha qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, ularga zarur imtiyozlar va preferensiyalar berish yuzasidan takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dehqon bozorlari va savdo komplekslarining moliya-xoʻjalik faoliyatini, ular tomonidan soliq qonunchiligiga rioya qilinishini qattiq nazorat qilish hamda jinoiy ishlarni huquqni muhofaza qilish organlariga topshirgan holda ularning hududlarida aniqlangan huquq buzilishlari boʻyicha surishtiruvlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika nazorat qiluvchi organlarining xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish masalalari boʻyicha ishlarini muvofiqlashtirilishini taʼminlash, ushbu ishni amalga oshirishda bir-birini takrorlashga va suiisteʼmolchiliklarga yoʻl qoʻymaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta va eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda qonun hujjatlariga qatʼiy rioya etilishi yuzasidan taʼsirchan nazoratni oʻz vakolatlari doirasida amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq xizmati organlarini halol, yuqori malakali xodimlar bilan taʼminlash, korrupsiya va ishga rasmiyatchilik bilan munosabatda boʻlish holatlariga qatʼiy ravishda barham berish boʻyicha tizimli ish olib borish, doimiy asosda kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasi oshirib borilishini taʼminlash.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-oktabrdagi R-3296-son farmoyishiga muvofiq tashkil etilgan Ishchi komissiyaning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparati tuzilmasida Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasini hamda unga boʻysunuvchi, boshqaruv xodimlarining umumiy soni 604 nafar, shu jumladan Bosh boshqarma xodimlari soni — 14 nafardan iborat boʻlgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hududiy boʻlimlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlimlari zimmasiga quyidagilar yuklansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash avtomobil toʻxtash joylari, shuningdek ular hududida faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash avtomobil toʻxtash joylarida moliyaviy-iqtisodiy va soliq sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquq buzilishlarini aniqlash, ularning oldini olish va barham berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozorlar va savdo komplekslari hududida sifatsiz, qalbakilashtirilgan (yasama) yoki kontrabanda tovarlarini tayyorlash va sotishga qarshi kurashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash avtomobil toʻxtash joylari, shuningdek ular hududida faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatidan olingan pul oqimlari va mablagʻlar tushumi hisobining toʻliq yuritilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy-iqtisodiy va soliq sohalarida huquqni buzish sodir etilishi holatlari boʻyicha tergovdan oldingi tekshirishlarni tashkil etish va olib borish, jinoiy ishlar qoʻzgʻash, ular boʻyicha surishtiruv ishlarini amalga oshirish, jinoyat ishlarini tergovga tegishligiga koʻra huquqni muhofaza qilish organlariga topshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq bilan bogʻliq huquq buzilishlari natijasida davlatga, yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazilgan zararni belgilangan tartibda undirish chora-tadbirlarini koʻrish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi faoliyatining doimiy va har tomonlama monitoringini hamda samaradorligi tahlil qilinishini taʼminlasin va, zarurat boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga uning faoliyatini yanada takomillashtirishga qadar takliflar kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash avtomobil toʻxtash joylari, shuningdek ular hududida faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqi faqat davlat soliq xizmati organlariga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat soliq xizmati organlari, keyinchalik Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish respublika kengashini yoki uning hududiy komissiyalarini xabardor qilgan holda, Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi hamda uning hududiy boʻlimlari boshligʻining buyruqlari asosida bozorlar, savdo komplekslari va ularga tutash avtomobil toʻxtash joylarida bir martalik yigʻimlar topshirilishini, ijara toʻlovi tushumi va hisobi toʻliq yuritilishini, nazorat-kassa mashinalaridan, hisob-kitob terminallaridan foydalanilishini, shuningdek savdo va xizmatlar koʻrsatish qoidalariga rioya qilinishini har kuni tekshirish huquqiga egadirlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozorlar va savdo komplekslarida sanitariya norma va qoidalariga, shuningdek standartlarga, yongʻin xavfsizligi normalari va qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining sanitariya-epidemiologiya xizmati organlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yongʻin xavfsizligi xizmatiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, tegishli vazirliklar va idoralar oʻz xodimlari va mutaxassislarining bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solish boʻyicha qonun hujjatlari talablari bajarilishini taʼminlash uchun davlat soliq xizmati organlari tomonidan tashkil etiladigan guruhlar tarkibida qatnashishini taʼminlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi xodimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash tartibi va shartlari tatbiq etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining tashkiliy tuzilmasi va uning markaziy apparati tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1 va 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish boʻlimining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Davlat soliq boshqarmasining namunaviy tuzilmasi 4 va 4a-ilovalarga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 4 va 4a-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanlar (shaharlar) Davlat soliq inspeksiyasining namunaviy tuzilmasi 5-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 5-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat soliq xizmati hududiy organlari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 6-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 6-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boʻlimlari joylashtirilishini tashkil etsin, ularni moddiy-texnik baza va yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi boʻlinmalarining xarajatlar smetasi va shtatlar jadvaliga tegishli qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda davlat soliq xizmati organlari xodimlarining yangi kiyim-bosh formasi namunasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, uning 2010-yil 1-iyuldan boshlab joriy etilishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. 2010-yil 1-apreldan boshlab davlat soliq xizmati organlari xodimlarining lavozim maoshlariga ularning funksional vazifalarini bajarishi, bilim darajasi, soliq toʻlovchilar bilan ish olib borish boʻyicha kasbiy qobiliyatlari har yili test sinovidan oʻtkazilishi asosida belgilanadigan maxsus ragʻbatlantiruvchi ustamalar joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi test sinovidan oʻtkazish natijalari boʻyicha berilgan toifalarga qarab lavozim maoshlariga 10 foizdan 30 foizgacha miqdorda Maxsus ragʻbatlantiruvchi ustamalarni qoʻllash tartibini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va sinovdan oʻtkazilgandan keyin belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari lavozim maoshlariga maxsus ragʻbatlantiruvchi ustamalar toʻlash, shuningdek yangi namunadagi kiyim-bosh formasi qiymatini qisman qoplash bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish manbai etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy normativ hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 8-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-1257-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 1-2-son, 4-modda; 2013-y., 4-son, 44-modda; 2017-y., 18-son, 310-modda, 31-son, 773-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.11.2017-y., 07/17/3376/0211-son; 01.12.2017-y., 06/17/5269/0340-son; 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son; 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son; 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)