O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XORIJIY INVESTITSIYaLAR IShTIROKIDAGI MEHMONXONA KOMPLEKSLARIGA IMTIYOZLAR BERISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Xalqaro turizmni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1999-yil 1-yanvardan boshlab:
“Bakri Investindo” (Indoneziya) kompaniyasining “Le Meridian” mehmonxona kompleksi va “Buig” (Fransiya) kompaniyasi tomonidan Toshkent shahrida yangi qurilgan mehmonxona mehmonxona xizmatlari bo‘yicha uch yil muddatga qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan;
“Bakri Investindo” kompaniyasining “Le Meridian” mehmonxona kompleksi mehmonxonani rekonstruksiya qilish va butlash uchun olib kelinadigan asbob-uskunalar va materiallar uchun 2000-yil 1-yanvargacha qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod etilsin.
2. “Bakri Investindo” kompaniyasining “Le Meridian” mehmonxona kompleksining ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha 1999-yil 1-yanvardagi holatiga ko‘ra budjet oldidagi mavjud qarzdorligi 18 oy muddatga kechiktirilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari B.S. Hamidov va H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 12-iyul,
339-son