Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 20.11.2009 yildagi PQ-1231-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RESPUBLIKA ISTE’MOL BOZORINI AYRIM MAKTAB BUYuMLARI BILAN TO‘LDIRIShGA OID QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablariga va belgilangan ta’lim standartlariga muvofiq respublika ta’lim muassasalari o‘quvchilarining yuqori sifatli maktab daftarlari, kundaliklar va rasm chizish albomlariga bo‘lgan ehtiyojlarini yanada to‘liqroq ta’minlash, shuningdek maktab-yozuv buyumlari ishlab chiqarayotgan mamlakat poligrafiya korxonalarini texnik va texnologik qayta jihozlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2010 – 2014-yillar davrida poligrafiya faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yuridik shaxslar O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan va maktab daftarlari, kundaliklar hamda rasm chizish albomlari tayyorlashda foydalaniladigan texnologik uskunalar, ehtiyot qismlar va qog‘oz xomashyosini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha import qilishda bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi mazkur qarorga muvofiq bojxona to‘lovlari imtiyozlari qo‘llanilgan holda maktab daftarlari, kundaliklar va rasm chizish albomlari ishlab chiqarish uchun respublikaga keltiriladigan texnologik uskunalar, ehtiyot qismlar va qog‘oz xomashyosining maqsadli ishlatilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, import qilinadigan tovarlardan maqsadga xilof ravishda foydalanish hollarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq organlari taqdimnomasiga ko‘ra bojxona to‘lovlarining tegishli summasi bojxona organlari tomonidan budjetga undirilib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmalariga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 20-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-1231-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-y., 11-son, 455-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)