Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.04.2022 11.07.2002 yildagi PF-3105-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.04.2022
Hujjat 06.11.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA ISTEʼMOL TOVARLARI OLIB KELINIShINI TARTIBGA SOLISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli “Bojxona maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga isteʼmol tovarlari olib kelinishini tartibga solish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2002-yilning 1-avgustidan boshlab nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari olib keladigan yuridik shaxslar uchun isteʼmol tovarlari importiga amaldagi bojxona toʻlovlari bilan bir qatorda toʻlanadigan yigʻim joriy etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki, 2002-yilning 1-avgustidan boshlab isteʼmol tovarlarini olib kelish chogʻida yuridik shaxslar tomonidan bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar bekor qilinadi, ilovada koʻrsatilgan tovarlar bundan mustasnodir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga bojxona qonunchiligini buzgan holda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga tovarlar olib kelinishi faktlari aniqlangan, jinoyat alomatlari mavjud boʻlmagan taqdirda huquqbuzarlik buyumlarini musodara etish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki, 2002-yilning 10-noyabridan boshlab bojxona qonunchiligini buzgan holda koʻp va juda koʻp miqdordagi tovarlar olib oʻtilgan taqdirda jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan tovarlar hamda shunday maqsadlarda foydalanilgan transport vositalari qonunchilikda belgilangan tartibda davlat egaligiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi ushbu Farmonning qoidalari ogʻishmay bajarilishini taʼminlasinlar, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida joylardagi davlat hokimiyati organlari, ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda amaldagi qonunchilikning qoida va talablari hamda ularni buzganlik uchun javobgarlik aholi oʻrtasida keng tushuntirilishini taʼminlasinlar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 6-noyabrdagi PF-3159-son Farmoni bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 12-son, 229-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu Farmonni amalga oshirish boʻyicha qaror qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining tegishli vazirliklari va idoralari bilan birga oʻn kun muddatda amaldagi qonunchilikka mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklatilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 6-noyabrdagi PF-3159-son Farmoni bilan 4, 5 va 6-bandlar tegishli ravishda 5, 6 va 7-bandlari deb oʻzgartirildi — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 10-11-son, 202-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 11-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-3105-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2002-yil 11-iyuldagi PF-3105-son Farmoniga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Import qilinganida amaldagi qonunchilikka muvofiq yuridik shaxslar tomonidan bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar saqlanib qoladigan isteʼmol tovarlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

№‎

Tovarlarning nomi‎‎‎‎‎‎‎‎

Bojxona toʻlovi turi‎‎

1.‎

Import boʻyicha olib kelinadigan dori-darmonlar va tibbiy ahamiyatdagi buyumlar‎‎‎‎ Qoʻshilgan qiymat soligʻi ‎‎

2.‎

Insonparvarlik yordami sifatada va bearaz texnikaviy yordam koʻrsatish maqsadida olib kelinadigan tovarlar Qoʻshilgan qiymat soligʻi, aksiz soligʻi, bojxona poshlinasi, bojxonada rasmiylashtirish uchun yigʻim

3.‎

Olib kelinadigan kompyuter texnikasi va uning butlovchi qismlari, dasturiy vositalar‎‎‎‎ Qoʻshilgan qiymat soligʻi, aksiz soligʻi va bojxona poshlinasi‎‎

4.‎

Erkin savdo rejimi oʻrnatilgan davlatlarda ishlab chiqarilgan va olib kelinadigan tovarlar‎‎ Boyuxona poshlinasi‎‎‎‎‎

5.‎

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan yoki uning kafolati ostida tuzilgan hukumatlararo va kredit bitimlari boʻyicha yetkazib beriladigan tovarlar‎‎‎ Bojxona poshlinasi‎‎

6.‎

Koʻrgazmalar uchun eksponatlar, reklama va taqdimotlar sifatida olib kelinadigan tovarlar‎‎ Bojxona poshlinasi‎‎‎‎

7.‎

Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi yoki xalqaro shartnomalari asosida poshlinasiz olib kelish huquqiga ega boʻlgan xorijiy davlatlar vakillari, jismoniy shaxslar tomonidan rasmiy yoki shaxsiy foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kelinadigan tovarlar‎‎ Bojxona poshlinasi‎‎‎

8.‎

Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan va bojxona qonunchiligiga muvofiq ishlab chiqarish yoki oʻzgacha tijorat faoliyati uchun moʻljallanmagan tovarlar‎‎‎‎ Bojxona poshlinasi‎‎‎‎
(roʻyxat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 5-noyabrdagi PF-3158-son Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 10-11-son, 201-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 6-7-son, 120-modda, 10-11-son, 201-modda, 12-son, 229-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 19-son, 177-modda)