Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.03.2018 13.11.2009 yildagi PQ-1226-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.03.2018
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VAZIRLAR MAHKAMASINING TUZILMASIGA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSh VAZIRINING O‘RINBOSARI —TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRI LAVOZIMINI KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi PF-5329-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasining takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimiz oldida turgan strategik vazifalarga erishish ishida olib borilayotgan tashqi iqtisodiy siyosatning rolini yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish hamda bundan manfaatdor tuzilmalarning faoliyatini zarur darajada muvofiqlashtirish va uyg‘unligini ta’minlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tuzilmasiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri lavozimi kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri lavozimi tugatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yangi kiritilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari lavozimining eng asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin: tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining lavozim vazifalarini so‘zsiz bajarishi bilan bir qatorda, birinchi galda respublika hududida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirayotgan vazirliklar, idoralar, tijorat tuzilmalari, kompaniyalar, uyushmalar, firmalar, korxonalar va tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va uyg‘unligini ta’minlash, buning uchun zarur shart-sharoitlar va preferensiyalar yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Sh.M. Mirziyoyev) o‘n kun muddatda hukumat tuzilmasiga zarur o‘zgartishlarni kiritsin va yangi joriy etilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining mavqei hamda vazifalari to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 13-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-1226-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-y., 11-son, 452-modda)