30.12.2009 yildagi O‘RQ-242-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SOLIQ TOʻGʻRISIDAGI QONUN HUJJATLARI TAKOMILLAShTIRILIShI MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUNLARIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 25-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2009-yil 4-dekabrda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 175-modda birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Foyda (daromad) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarning hisobini olib bormaslik yoxud bunday hisobni belgilangan tartibni buzgan holda olib borish, basharti bu harakatlar toʻlanishi lozim boʻlgan soliq yoki boshqa majburiy toʻlovlarning summasini kamaytirishga olib kelsa, shuningdek budjetga va budjetdan tashqari fondlarga soliqlarni, boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish va toʻlash uchun zarur boʻlgan soliq hisobotlarini, hisob-kitoblarini hamda boshqa hujjatlarni taqdim etmaslik, oʻz vaqtida taqdim etmaslik yoki belgilanmagan shaklda taqdim etish, xuddi shuningdek kameral nazorat natijalari boʻyicha aniqlangan tafovutlar asoslarini yoxud aniqlashtirilgan soliq hisobotini belgilangan muddatda taqdim etmaslik”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) quyidagi mazmundagi 2153-modda bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2153-modda. Soliq toʻlovchilarning majburiyatlari yuzaga kelganligi toʻgʻrisida axborot taqdim etish tartibini buzish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq toʻlovchilarning majburiyatlari yuzaga kelganligi toʻgʻrisida qonun hujjatlariga muvofiq axborot taqdim etadigan organlar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari tomonidan soliq toʻlovchilarning majburiyatlari yuzaga kelganligi toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etish tartibining koʻrsatilgan axborotni taqdim etmaslikda, oʻz vaqtida taqdim etmaslikda yoki buzib koʻrsatgan holda taqdim etishda ifodalangan buzilishi —
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eng kam ish haqining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 264-moddaning birinchi qismi “(aksiz markasi bilan markalanmagan tovarlar qonunga xilof ravishda ishlab chiqarilgan yoki muomalaga kiritilgan hollarda)” degan soʻzlardan keyin “2153-moddasida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi 474-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda, № 9, 312-modda, № 12, 415-modda; 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 5-modda birinchi qismining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“8) soliq tekshiruvini oʻtkazishga soliq toʻlovchi tomonidan toʻsqinlik qilingan yoki davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslarining soliq toʻlovchi tomonidan daromadlar olish uchun foydalanilayotgan yoxud soliq solish obyektini saqlash bilan bogʻliq hududlar, binolar, shu jumladan joylarni koʻzdan kechirish uchun kirishi rad etilgan hollarda soliq toʻlovchining banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish yuzasidan sud tartibida choralar koʻrish, bundan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishning aniqlangan hollari mustasno. Soliq toʻlovchining banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarini toʻxtatib turish quyidagi hollarda davlat soliq xizmati organlarining qarorlari asosida ham amalga oshirilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq va (yoki) moliyaviy hisobot uni taqdim etishning belgilangan muddati tugaganidan keyin oʻn besh kun ichida soliq toʻlovchi — yuridik shaxs tomonidan taqdim etilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq toʻlovchi — yuridik shaxs koʻrsatilgan manzilda boʻlmaganda”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 7-modda toʻrtinchi qismining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“6) soliq toʻlovchi — mijozlarning hisob-kitob yoki boshqa hisobvaraqlaridan pul mablagʻlari berish, oʻtkazish yoki ularni hisobdan chiqarishga doir operatsiyalarni davlat soliq xizmati organlarining yozma talabi boʻyicha toʻxtatib qoʻyadi. Banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib qoʻyish sud tartibida amalga oshiriladi, ushbu Qonun 5-moddasi birinchi qismining 8-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Ushbu Qonun 2010-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 30-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-242-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 557-modda)